“O‘ZLITINEFTGAZ” AJda 2026 yil 25-may kuni xodimlarning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo'yicha huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan seminar o'tkazildi
Seminar korrupsiyaga qarshi kurashishga doir amaldagi Qonunchilik hujjatlarida "odob-axloq" komissiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar hamda korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularga nisbatan ta'sirchan choralarni belgilash kabi dolzarb mavzular bo'yicha o'tkazildi.
Seminarda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish sho''basi professori, yuridik fanlari doktori Niyozova salomat Saparovna ishtirok etdi.
Ma'ruzachi o'z so'zida O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi Qonuni, "manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi O'RQ-931-son Qonunida va shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabdagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-sonli qarorida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishning asosiy printsiplari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik, shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, qonun ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi hamda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda odob-axloq komissiyasining manfaatlar to'qnashuvi holatlari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari keng yoritib berildi.