«OʻZLITINEFTGAZ» AJda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik ishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-martida “O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishga asosan qabul qilingan 01-43-03-111-sonli Bayonning qaror qismidagi 3-bandida yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida «OʻZLITINEFTGAZ» AJda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jamiyat ma’muriy binosining 1-qavatida korrupsiyaga qarshi kurashish burchagi tashkil etildi va ushbu burchak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga doir bildirgan iqtibosi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa tegishli huquqiy me’yoriy hujjatlarga asosan jamiyatimizda olib borilayotgan ishlarga oid fotolavha va tegishli materiallar bilan jihozlandi.
Shu bilan bir qatorda har bir xodimning ish kompyuteri ekraniga, kabinetlarga “Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz” nomli eslatma va ish stoliga “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Korrupsiyaga yo‘l yo‘q” nomli bukletlar joylashtirildi.