April 25

In my heart

2-Qism.

Bahor bo‘lganligi tufayli daraxtlar pushti gullarga burkangan edi. Seungmin eski parkda sayr qilarkan, hiyobon sokin va jimjit, salqin havoda daraxt gullari asta to‘kilardi.
U yurib borar ekan tanish o‘rindiqqa yetib keldi. Bu o‘rindiq ikki do‘stning bolalikdan ulg‘aygunigacha sherik bo‘lgan. Hatto o‘rindiq suyanchig‘iga S va Y harflari o‘yib bitilgan. Yana o‘yib "Bu shaxsiy mulk birov o‘tirishi mumkin emas. Agar o‘tirsangiz ishtoningiz yirtilib ketsin" deya yozib qo‘yilgandi.
Seungmin beixtiyor kuldi. Yozuvni silarkan Y/n-ni yana ham sog‘inib ketdi.
Seungmin hayolga cho‘mdi. Y/n bilan doim darsdan chiqib shu o‘rindiqqa kelishar, qancha narsalar qilishardi. Kulishar, suhbatlashishar, ba’zida sho‘xlik qilishardi. Y/n juda quvnoq, sho‘x qiz edi. Yuzidan quyoshdek tabassumi tushmasdi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak unga qattiq gapirmoqchi bo‘lishsa-da tabassumini ko‘rib gapirisholmasdi. Seungmin uni kulganini har safar ko‘rganida ko‘zini uzolmay qolardi. Aslida har xil sho‘xlikni ham aynan Y/n-dan chiqardi. Seungmin uni yonida o‘zini juda baxtli his qilar, Y/n uni baxtli bo‘lmaganiga ham qo‘ymasdi...
Seungminning nigohi u tomon kelayotgan Y/n-ga ko‘zi tushdi. Ko‘rgan joyida qotib qoldi. Na oldinga, na orqaga yurishni bilardi. Shunchaki ko‘zini uzolmay unga tikilgancha qolib ketdi.
Y/n o‘rindiq yoniga kelgach Seungminga bir on tanimay tikilib turdi. So‘ng ko‘zlari hayratda katta-katta bo‘lib ochilib ketdi.
Y/n: Seungmin?...
Seungmin ismi aytilgach, seskanib o‘ziga keldi.
Seungmin undan ko‘zini uza olmadi. Y/n ozib-to‘zib ketgan, ko‘zlari so‘nib qolgan, jiddiy boqardi.
Seungmin: Salom...
Y/n: Umuman o‘zgarmabsan. Haliyam o‘sha-o‘shasan.
Seungmin: Sen esa o‘zgarib ketibsan.
Y/n hijolatomuz kuldi.
Y/n: Han balki. Axir turmushga chiqdim. Oila deganlaridek... O‘zing qalaysan?
Seungmin: O‘qishimni bitirib keldim... Aytgancha, kel to‘yda uchrashaylik.
Y/n: Yo‘q, kechir ammo borishim qiyinroq. Biroz bo‘sh vaqtim bor ekani uchun hiyobonga kirgandim.
Seungmin: Jillaqursa besh minut o‘tirib suhbatlashaylik.
Y/n qizarib qo‘l soatiga qaradi.
Y/n: Meni kechir. Ammo qololmayman.
Y/n bosh egib xayrlashgach yurib ketdi. Seungmin uni qo‘yib yuborgisi kelmay ortidan yurmoqchi bo‘ldi. Ammo nimayam bo‘lardi, to‘xtab qoldi.
Seungmin: Y/n!
Y/n ortiga qaradi.
Seungmin: Seni uchratganimdan xursandman. Sog‘ingan ekanman.
Y/n: Men ham.
Seungmin sal jonlandi. Jilmaygancha boshini qashib qo‘yardarkan dedi:
Seungmin: Balki yana uchrasharmiz. Shu yerda.
Y/n o‘ylanib ham o‘tirmay bosh silkidi.
Y/n: Kechir. Boshqa uchrasholmaymiz. Boshqa ko‘rishmaganimiz yaxshi. Omon bo‘l.
Y/n shunday deb shoshib qo‘l siltab qoldi.
Kechki ovqat mahali nabirasining o‘ychan o‘tirganini ko‘rgan Kim xonim undan hol-ahvol so‘radi. Seungmin esa shunchaki yelka qisib qo‘ydi.
Seungmin: Buvi.
Mrs.Kim: Ha bolajonim.
Seungmin: Menga Y/n-ning manzili kerak.
Kim xonim ichayotgan choyiga tiqilib qoldi. Yo‘talarkan nabirasiga hayron bo‘lib qaradi.
Mrs.Kim: Senga nega kerak bo‘lib qoldi to‘satdan?
Seungmin: Menga kerak. Bugun uni uchratdim. Tez ketib qoldi. Manzilini olishni unutibman.
Mrs. Kim: Bolam topishga topib beraman. Ammo... balki endi uchrashmassan. Bilasan u oilali yo‘q. Bilasan u oilali ayol. Erining jahli yomon deb eshitganman. Senga biror muammo chiqarmasin deyman.
Seungmin... bilaman bolam uni sevasan... ammo y/n unut, tinch qoʻy endi boʻldi. Oilasini tinchligini buzib, janjal qilmagin deymanda bolam.
Seungmin: Havotir olmang. Janjal chiqarmayman.
Mrs.Kim: Senga gapirish befoyda...
Seungmin: Tushunganingizdan hursandman buvilar suktoni.
Mrs.Kim: paxta qoʻyma! Bo‘pti... ertaga ertalab bilib beraman.
Kim xonim xoʻrsinib qayarkan, telefonini chiqarib yordamchisiga qo‘ng‘iroq qildi.
Seungmin: Tezroq toping buvi.
Mrs.Kim: oʻzingni bos bola.
Seungmin Y/n-ni shu qadar sog‘ingandiki... Ertalab ko‘rib yana aqldan ozgudek darajaga kelgandi...
Oy shulalanib, koʻchani yoritdi.Seungmin Y/n-ning uyi tashqaridan o‘tirib tomosha qilarkan, yoniq chiroqlar orqali derazalardan birida Y/n-ni uchratib qolish orzusida edi.

Va birdan deraza yonida Y/n paydo bo‘lib qoldi. Seungmin o‘tirgan yerida yeqilib tushishiga oz qoldi.
Birdan uydan kelayotgan hayqiriq Seungminning e’tiborini o‘ziga tortdi. Derazadan Neo va Y/n-ni sochidan tortib yerga qulatganini ko‘rib aqldan ozayozdi. Y/n-ning nolali qichqirig‘i eshitildi.
Yuragi g‘azabdan gupirlab ketdi. O‘ylab ham o‘tirmay Y/n-ning uyiga yugurdi. Tepib eshikni ocharkan, ichkariga bostirib kirdi.
Neo Y/n-ni tepib uyaltirgandi. Y/n esa yerda cho‘zilib yotar, yuzi qonga belangandi.
Seungmin: Sen it!!!
Seungmin uni yoqasidan olib tagiga bosib mushtlay ketdi.
Y/n uni ajratishga urindi.
Y/n: Seungmin iltimos unday qilma! Yolvoraman qo‘yvor.
Seungmin jahlini bosolmay Neoni tepa boshladi.
Seungmin: Shu iflos oyoqlaring bilan tepdingmi?! Yaramas!
Y/n: Yolvoraman qo‘yvor uni!
Seungmin hansirab tepishdan to‘xtarkan, Seungmin: Ahhh! Tushunyapsanmi?!
Seungmin o‘zini bosolmay Neoni yana mushtladi, o‘ziga o‘zi dedi tinchlanish uchun.
Seungmin Y/n-ga qo‘l cho‘zdi.
Seungmin: Yur ketdik.
Y/n rad etib o‘rnidan turdi.
Y/n: Ket Seungmin. Iltimos barini murakkablashtirma.
Seungmin: Yana nimasini murakkablashtirish kerak? O‘zi hayoting dabdala bo‘lib yotibdiku! U hayvon seni xo‘rlaydi sen esa uni yonini olasanmi?!
Y/n: Ha yonini olaman. Chunki u mening erim.
Y/n Neoni turg‘izdi. Neo esa Y/n-ni itarib yuborarkan, mushtini tugib tashqariga chiqib ketdi...