April 22

Zero

4- Qism

Minho ogʻriyotgan tanasini uqlab qoʻygancha darsga quloq solishga urindi. Yigirma daqiqadan beri professor allaqanday qonunni chetlab oʻtish yoʻllarini tushuntirayotgan hamma diqqatini zoʻr berib unga qarab oʻturgan edi.
Toʻsatdan eshik taqqillab qiya ochildi.
"Kirish mumkinmi?"
Moʻylabi uzun tushgan nurli yuzli erkak bosh suqdi. Ruhsat olgach qaddini rostlagancha qoʻllarini orqaga chalishtirib kirib keldi. Bu universitet direktori mister Bill Neyo edi.
Neyo:Hammaga hayrli kun. Darsingizni boʻlganim uchun uzr. Bugun sizlarga yangi oʻquvchi qoʻshilishi sabab qarshingizda turibman. Marhamat kiring.
Eshik sekin ochildiyu Han shoshmay, muloyim tabassum bilan kirib keldi.
Labidagi kichik yorilgan yeri uni qandaydir koʻrkamroq koʻrsatib turardi. Har holda Minho shunday fikrda edi.
Neyo:Tanishing yangi kurdoshingiz Han Jisung.
Han yengil taʼzim qildi.
Han:Sizlar bilan chiqishib ketaman degan umiddaman. Hursandman.
Direktor bir oz ustoz bilan xol ahvol soʻrab turgandek boʻldiyi Hanni oʻtirishiga ruxsat berib chiqib ketdi.
Han:Salom Minho.
Minho:Kursdosh ekanimizdan hursandman.
Han bosh siklib qoʻygach hamma eʼtiborini ustozga qaytardi.
Professor bir tomoq qoqdiyu, maʼruzasink uzilib qolgan yeridan davom ettirdi...
Minho: Labingga nima qildi?
Ikkisi tashqi hovlidan ketib borisharkan Han savolni eshitib biroz jiddiylashdi.
Han:yorilgan yermi?... Yoʻlda biroz nohushlik boʻldi.
Han aperatsiyada ortirgan yarasini nima deb niqoblashga rosa oʻylandi. Axiri eng real javob koʻcha bezorilari ekanini tushunib yetdi.
Han:Qandaydir mushtumizoʻrlar...
Minho gapini ilib ketdi.
Minho:Axir oʻzingni himoya qilolasanku?
Han:Ular koʻproq edi. Oʻzimnj himoya qilganim bilan koʻpi bilan ikkita zarbani bir vaqtda qaytarolaman holos. Qolgani baribir tegadi.
Han kulib qoʻydi "Haaa, Minho oʻta ziyrak"
Han: Seni ham ranging biroz oqargan?
Minho:Haa...
Minhoning miyyasi soniya ichida tezlikda ishladi.
Minho:Kechagi vino yoqmadi chamasi. Uyqum ham yaxhsi boʻlmadi.
Oraga sukut choʻkdi. Minho mavzuni oʻzgartirmoqchi boʻlib gap ochdi.
Minho: Uyga avazifaga berilgan asar...
Han:Men u kitobni allaqachon tugatganman.
Minho ajablanib unga qaradi. Han jilmayib turarkan, Minho bir soniya unga tikilib qoldi.
Minho: Ming betli kitobniya?
Han:Ha, bir oydan sla kamroq vaqtda...
"Hey!"
Ular ortidan bir yigit yugurib keldi.
Minho: Chan?
Anchagina baquvvat koʻringa bu yoqimtoy koʻzlarga ega yigit Minhoni gapini eshitmagandek Handan koʻz uzmadi.
Chan:Meni ismim Chan.
Han:Men esa Han Jisung. Siz...
Minho:U bizni kurdoshimiz.
Gapga suqildi Minho, Chan unga eʼtibor bermay turtib Hanni roʻparasiga oʻtib olganidan gʻashi kelib.
Han:Ov, rostdanmi...
Chan:Siz bilan tanishganimdan hursandman. Yaqin doʻst boʻlib ketiamiz degan umiddaman. Ishonavering.
Chan koʻz qisib qoʻydi. Minho qovogʻini osib Hanni bilagidan ohista uslab yoniga tortdiyu, Chandan uzoqlashtirib olib ketdi.
Minho:Ishonaver undan uzoq yurish senga foydali boʻladi.
Han:Men unday oʻylamayman. Hayr Chan!!
Minhoni battar qovogʻi osildi.
Minho:U kaltafahm. Agar senga kaltafahmlar bilan boʻlish yoqsa... marhamat.
Minho Hanni qoʻyib yuborib oʻzi keta boshladi. Han unga tushunmay bir oz turib qoldiyu, orqada qoʻl siltayotgan Changa javobat hayrlashib qoʻyib Minhoga yetib olish uchun biroz tezlashdi...
Binolar ancha quyiqlashgan, va rangli koʻchalar biroz xira tortgan edi. Havoda tumanga oʻxshash tutun barqir, odamlar jiddiy tusda edi.
Minho:Sen qayerda uchratding ularni?
Han:Kimni?
Minho biroz hayron qaradi. Han tushunib "haaa..." Dehancha qoʻl siltadi.
Han:Zoʻravonlarnimi?
Minho:Ha.
Han yolgʻon doʻpposlash sahnasiga tushadigan yer qidirib koʻrdi.
Han:Shu koʻchadan biroz chapdagi shase.
Minho:Uyimizga teskari koʻchami?
Han:Ha hayolga berilib notoʻgʻri yerga qarab ketaveribman. Hatto sezmabman qaraya.
Han yolgʻonni toʻldirish uchcun huddi asabiylashganddi kulib qoʻydi.

Minho:Qiziq...
Han:Jim! Eshityabsanmi?
Minho atrofga alanglab diqqatini jamladi.
Qayerdandir bolani yegʻi ovozi kelyabdi.
Ular ovoz tomon yurib borarkan, boshi berk koʻchaga kelib qolishdi.
Musur idishning jaranglagani va bolani joni oʻgʻrib chinqirgani eshitildi. Ikkisi choʻchib yugurishdi.
Ikkita barzangi koʻcha oxiridagi musurlar toʻplangan yerga qarab turishar, aftidan bola aynan oʻsha yerda edi.
Han:Hoy!
Ikki barzangi oʻgrildi. Oʻshandagina axlatlar ichida idishlar ortiga yashirinishga urinayotgan qizaloq koʻrindi.
Minho: Mitti qizchani ikki kishi boʻlib urish yaxshimas.

Barzangi 1: Guvoh qoldirmaslik kerak. Sen qizni ol. Men ikkovini tinchitaman.
Sherigi bosh irgʻib qoʻygach, barzangi ikki yigit tomon yugurdi. Minho va Han bir biriga qarab qoʻygach ikki chetga surildiyu oʻtib ketib toʻxtolmagan barzangini qoʻlini ushlashib belidan sakrab oʻtishdiyu, iks holatiga keltirib qoʻyishgach ikkisi qoʻlini oʻzlariga tortishdi. Bir nima qirs etgach barzangi dodladi.
Qoʻlini qoʻyib yuborishhach yerga yeqildi.
Sherigi ortqa endi qaramoqchi boʻlganida Minho chetroqda turgan quvur boʻlagi bilan uni bpshiga tushirdi.
U qarashga qarab,anglashga ulgurmay yerga quladi.
Han tiz choʻkib idishlar ortiga berkinib turgan qizchani yoniga yaqinlashdi.
Han:Salom qizaloq.
Minho ham Hanni yoniga choʻkkaladi. Han qizcha tomon qoʻl choʻzdi.
Yuzi koʻkarib qonab yotgan, mittigina qizcha ularga hayron va qoʻrquv toʻla nigoh bilan tikildi...