April 25

In my heart

Seungmin aeroportdan chiqib mashinaga o‘tirarkan Koreya manzarasidan baxra olib, eski damlarini xotirlab ketdi. Buvisini judayam sog‘ingandek, Y/n-ni ham... Hayoliga birdan Y/n kelarkan beixtiyor hamyonini chiqarib uni pinxon rasmiga qaradi. Bosh barmog‘i bilan suratni silab qo‘yarkan. Maktab davri, bolaligi yodiga tushdi. Y/n bilan o‘tkazgan davrlarini u unuta olmasdi.
Seungmin uchun bu davr nafaqat baxtli balki shu bilan birga yomon davr ham edi. Sababi Y/n-ni parallel sinfidagi Yang Neo ismli bola bilan uchrasha boshlagach Seungminning hayoti qorong‘u asirligicha qolgandi o‘shanda. Rashk qilib yurib shuni angladiki Y/n-ni do‘st deb yurib uni qattiq sevib qolgan ekan. Ammo kech izhori tufayli Y/n allaqachon boshqa birovni yoqtirib qolib bo‘lgandi.
Seungmin bitiruv kechasida izhor qilganida esa Y/n ular faqat do‘st ekanliklarini aytib, Neoni yaxshi ko‘rishini aytgandi.
Seungmin rad etilganiga chiday olmadi. Y/n bilan umuman ko‘rishmay qo‘ydi. Har kelganida xizmatkorga yo‘q deb ayttirib yubortirardi.
Buvisi Seungminning bu g‘amgin holatidan chiqarish uchun uni chet elga jo‘natdi. Uni o‘zi ham bu narsani o‘ylab yurgandi o‘shanda. Hullas shu tariqa Seungmin besh yilni Fransiyada ta’lim olib o‘tkazdi. Mana nihoyat qaytarkan yuragi g‘ashlanar, Y/n-ni bir tomondan sog‘ingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan u bilan yuz ko‘rishish hayajonli edi...
Kim xonim hujjat ishlarini uyda ko‘zdan kechirib o‘tirarkan Seungmin guldasta bilan to‘satdan kirib keldi.
Mrs. Kim: Se... Seungmin!!! Bolajonim!
Ayol shoshib o‘rnidan turib quchoq ochgan nabirasining bag‘riga kirdi.
Seungmin: Buvi! Ahvolingiz qalay? Haliyam o‘sha-o‘sha go‘zalsiz.
Buvisi gullarni olarkan kuldi.
Mrs. Kim: Hushomad qilmay qo‘ya qol. Ammo to‘g‘ri aytding haliyam go‘zalman. Qirchillama asovman.
Seungmin: Sizni judayam sog‘indim xonim.
Ayol atayin o‘zini arazlaganga soldi.
Mrs. Kim: Yo‘g‘-e? Telefon qilmaysanku o‘zingcha. Sog‘indim deysan-a.
Seungmin: O‘qishlarim bilan bo‘lib... Kechirasiz uyimizni qirolichasi.
Ayol kulib yuborib nabirasini o‘pdi. Seungmin egilib peshonasini tutib bergach u yon qaroqlik qilib qo‘ylar ekan.
Ayol qo‘yarga qo‘ymay xizmatkorlarga dasturxon yozishni buyurdi. Nabirasi ko‘ziga juda ozg‘in tuyulib, chet ovqatlari baribir Koreys taomlariga yetmasligi haqida qayta-qayta aytib o‘tdi...
Mrs. Kim: Ol ye bolajonim. Qara ozib ketibsan. Ranging siniqqan.
Seungmin: Vahima qilmang. Shunchaki sog‘liq diyetasi.
Mrs. Kim: Hech qanaqa diyetani tan olmayman. Katta-katta ye ol.
Seungmin: Kompaniyada ishlar qalay?
Mrs. Kim: Nima yangiliklar bo‘ladi? Kompaniyada ishlar joyida. Ertaga dam ol. Keyin seni o‘zim tanishtiraman boshqaruvga. Endi navbat senga.
Seungmin boshqa "Yanglik" haqida ham so‘rayman deb og‘iz ochdi-yu, lagnadi ammo buvisi boshqa narsalarga o‘tib ketdi...
Seungmin achchig‘idan ko‘zi yoshlanarkan tomog‘iga bir narsa tiqildi.
Seungmin: Buvi... Mmm... Y/n... U yaxshimi? Hozir nima qilyapti? Rejalarichi?...
Hozir nima qilyapti? Pianinochi bo‘lmoqchi edi. Hozir qayerdadir ishlayotgandur.
Kim xonim nabirasining yarasini tirmasligi uchun unga hammasini lom-mim demayotgandi. Ammo baribir savolga javob berishga majbur bo‘ldi.
Mrs. Kim: Y/n... U turmushga chiqib ketgan. Seungminning ustidan tog‘ qulagandek bo‘ldi. O‘zini tutib tahrishda davom etarkan bo‘g‘ziga ovqat tiqilganini bildirmadi.
Seungmin: Mobodo Neo emasmi?
Mrs. Kim: Ha o‘sha yigitga. Vyyy! To‘ylari kuni ham o‘sha jinni eri boshqa qizlarga suzilib yurgan. Bechoraga na qanchalik achinganman. Menimcha hozir sinovli davrlar u yerda. To‘yidan keyin bir ko‘rishdik xolos. Keyin yo‘q bo‘lib ketdi. Hozir qayerda ekanidan xabarim yo‘q.
Seungmin beparvodek tutishga urindi-yu, ammo habarni eshitib hafa bo‘lgani ko‘zlaridan ma’lum edi.
Seungmin: Ah mayli! Buvi, men juda charchadim. Endi borib yotay. Yaxshi dam oling.
Seungmin buvisini o‘pib qo‘ygach eski xonasiga qarab ketdi.
Afsuski bu xona ham Y/n bilan bog‘liq xotiralarga to‘la edi. Seungmin tokchada turgan Y/n-ning va o‘zining maktab payti tushgan suratiga qararkan uni sog‘inib g‘amgin jilmaydi...