December 2, 2025

Memory

4-BOB.

Han oʻzini biroz hijolatli his qildi. Ogʻziga bazoʻr ovqatni kirgizarkan, Minho bilan bu antiqa monosabatini boshlaganiyu, hujum voqeasi qandaydir sayoz tuyilardi. Avvalgi oʻzini tasavvur qilgancha Minho bilan tunlari nima qilishini oʻyladi. Ikki yuzi qizarib ketgach boshini egib biroz yashirdi. Minho jilmaygancha uni yuzini artib qoʻyarkan Minhoning qizarishi kuchaydi.
Minho:Juda yoqimtoy koʻrinasan.
Han:Bunday qarama, bas qil.
Minho kulib yubordi. Han uni nigohidan oʻzini olib qochish uchun idishlarni oldiyu rakvinaga shoshdi.
Han:Minho...
Minho:Ha?
Han:Men oldin biror ishda ishlarmidim?
Han boshini koʻtarmay idish yuvishda davom etarkan Minho sukut saqlab turdi. Birozdan keyingina pastroq ovozi eshitildi.
Minho:Ha, ammo ishdan boʻshatilganding.
Han:Nima uchun?
Minho: Munosabatimizni bilib qolishgani uchun.
Han oʻgrildiyu qarshisida Minhoni koʻrdi.
Minho: Kechir... Meni deb... Biz uchrashayotganimiz uchungina ishingdan haydalding.
Han Minhoga nisbatan biroz iliqlikni his qildi. Qoʻlidan ushlarkan "hammasi joyida" degandek jilmaydi.
Minho chuqur nafas oldiyu jilmayishini qaytarib Hanni yuzidan oʻpdi.
Minho:Kayfiyatni tushirmaymiz. Men musrlarni toʻkib qaytishim bilanoq xarid qilish uchun chiqib kelamiz. Boʻladimi? Bir yoʻla aylanib kelamiz.
Han:Boʻpti. Unda bora qol. Tezroq toʻkib qayt.
Minho ayyarona kularkin yuzini tutdi.
Minho:Uchinchi qavatdan tushib chiqish oson emas. Shunday ekan menga kuch kerak.
Han:Kuch?
Minho: oʻpich. Qani boʻl!
Han yuzidan oʻpib qoʻyarkan Minho hursand boʻlib musr qopni oldiyu ortiga qarab qarab qoʻygancha chiqib ketdi.
Minho:Shamoldek yelaman!...
Han oʻziga choy damlab olgancha, issiq bakalni siqimlab uyni sekin aylanib chiqdi. Yotoq xonadan eski magnitafon topgach qoʻshimchasiga bir olma kasetalar polga toʻkilib uyildi.
Kasetalarning hammi esko durdona asarlar. Negadir hammasi gitara ohangi. Nahotki gitaraga shunchalik qiziqishgan boʻlsa?...
Han boshqalardan ajralib turgan "ilk uchrashuv" deya yozib qoʻyilgan kasetani magnitafonga joyladi. Sokin gotara ohangi yangradi. Bu musiqa huddi yuragini tub-tubida chalinayotgandek edi.
Han bakalni koʻksiga bosgancha polda sirpanib vals harakatlarini qilgancha xona boʻylab aylandi. Shu qadar berilib ketdiki oyogʻini divan qirgʻogʻiga toʻgʻri borib urganini payqamay qoldi.
Oʻgʻriqdan sakrarkan qoʻlidagi bakal yerga tushib chilchil boʻldi.
Han:Lanato divan!
Han oyogʻink uqalab qoʻyarkin choʻkkalab siniqlarni yegʻishtirishga tushdi.
Han:Bu nima boʻldi?
Polda gʻalati belgiga koʻzi tushdi. Juda kichik. Koʻrsatgichga oʻxshaydi. Divan tagiga ishora qilib turardi. Han hayron boʻlgancha egilib, bir qoʻlini tiqqancha divan tagini paypaslay ketdi. Taxtalardan biriga teginisho hamon nimadir ship etib polga tushdi.
Han: Qogʻozmi?
Birinchi buklamni ochdi unda "Minhodan tashir!!" Deya katta qilib yozib qoʻyilgandi.
Minho:Nima qilyabsan?
Han choʻchib tushdiyu, tez varoqni yengi ichiga berkitdi.
Minho Hanni yoniga savol nazari bilan kelarkan Han siniqlarni koʻrsatdi.
Han:Qoʻlimdan tushib ketdi.
Minho:Hech qayeringga kirmadimi? Kesib oldingmi?
Han:Havotir olma shunchaki terib olayotgandim. Men yaxshiman.
Minho uf tortib qoʻyarkan Hanni qoʻlidan siniqlarni olib, oʻzi yegʻishtirib olishini aytib uni turgizdi.
Han sekingina qogʻozni choʻntagiga soldi...
Mashina oʻt olib muzlagan sirpanchiq yoʻlga tushib olarkan, Han atrofga yetti yoshli boladek qiziqsinib qarab ketdi.
Minho:Kecha qor yoqqandi. Ammo bugunga bir pastda eridi qoʻydi.
Han: Chiroyli manzara.
Minho:Ha chiroyli. Ammo baribir Koreyaga yetmaydi. Kel shu oylarda Koreyaga qaytamiz.Toʻgʻri Amerika yaxshi ammo baribir oʻz uying oʻlan toʻshaging.
Han biroz ikkilandi. Chunki bor kunlik xptira bilan koʻchib yurishni tasavvur qilolmasdi. Ammo Minho hafa boʻlmasligi uchun jilmayib qoʻya qoldi....
Supermarketda odam siyrak va rastalarda yoshlar va hozirgi chegirmalardan foydalanib qolmoqchi boʻlgan zinalar izgʻib yurardi holos.

Ikkisi aravachani olishib sekin aylanishga tushdilar.
Han:Toviq goʻshti olsakchi?
Minho:Yoʻq! Unga allergiyang bor.
Han:Meni allergiyam bormi?
Minho:Ha.
Minho bor narsani esladiyu kulib yubordi.
Han:Nima boʻldi?
Minho:Oʻsmir paytimizda sinov uchun atayin yeb koʻrganingni esladim. Oʻziyam qizarib shishib ketganding. Boʻgʻilib qolgansan. Oʻlib qolasanmi deb qoʻrqib ketgandim. Shuni ortidan bir hafta kasalxonada yotgansan.
Han:Minho, oʻzi qachondna beri birgamiz?
Minho:Meni yetimxonaga olib borishgan ilk kundan beri. Eslashimcha olti yoshda edik. Eshikni yonidan ketmay oilamni kutardim. Shunda sen kelib menga qoʻl choʻzgancha jilmaygansan. Oʻshanda bilganman. Sendan ajoyib sherik chiqishini.
Han:Shundan keyin oilangni topmadingmi?
Minho:Yoʻq. Mendan voz kechgan u ahmoqlarni qidirib nima qildim.
Han:Meni oilamchi?
Minho:Oʻzing aytib berganding oilang qandaydir halokatda oʻlgani uchun yetimxonaga olib kelishganini. "Toʻrt-yoki besh yoshda olib kelishgan meni." Deganding adashmasam
Hanni oʻylanib qolganini koʻrib Minho yelkasini mehr bilan qoqib qoʻydi.
Minho:Hafa boʻlma. Kimdadir oila bor. Kimadir yoʻq. Nimayam qilolardik. Meni oilam sensan. Seniki esa men. Boʻldi oʻylanma. Aravachani ushlab tur, narigi rastadan ramyon olib kelaman, sogʻinibman.
Minho burilib koʻrinmay qolarkan Hanni hayolini buzib qandaydir oʻrta yoshli, koʻzlari yegʻidan qizargan, mayus nigohli ayol Hanga sinchkov tikilib yaqinroq keldi.
Han:Mazur tuting. Biror yordamim kerakmi?
Ayol:Sen.... Sen Hansana?
Han hayron boʻldi. Bosh silkirkan ayolni koʻzidan yosh oqdi.
Ayol:Qani u?
Han:Kim?
Ayol tentaknamo gʻamli nigoh bilan Hanning ypqasidan tutib silkidi.
Ayol:Qani u?!!! Meni Meysiim qani?!!! Javob ber!! Qani u? Qizim qani?!!
Han:Xo... Xonim... Men bilmayman. Men... Men bilmayman.
Ayol:Qizim qani? Iltimos qayerdaligini ayt. Yolvoraman. U tirikmi? Yurak bagʻrim ado boʻldi. Qizim qani?
Han:Meysi?
Ayol:Ha-ha!!! Meysi...
Minho:Han!!!
Minho yugurib kelib Hanni yoqasini ayolni qoʻllaridan ajratdi. Oʻrtaga turib olarkan, ayolga shunday gʻazab, nafrat nigohi bilan qaradiki... Ayol choʻchib ortga tisarildi. Ammo qizini umidida soʻrashda davom etdi.
Ayol:Qizim qani? Qaytarib bering. Iltimos uni qaytarib bering. Han.... Han axir u seni...
Minho: Hoy!!! Ogʻzim bor deb, har baloni vaysayverasizmi?!!! Yoʻqolin. Ketin bizni tinch qoʻying!
Ayol:Qizimni topib ber avval!!!
Toʻpalonga qoʻriqchilar bir paatda yugurib kelishdi.
Minho:Bu ayolni esi joyidamas. Iltimos uni naru tuting bizdan.
Ayol battar jazavaga tushib Minhoga tashlanmoqchi boʻldi. Ammo qoʻriqchilar uni ikki qoʻltigʻidan qisgancha sudirab ketishdi. Ayol bariqgancha ularga lanat oʻqib "Meysiyimni topib ber!" degancha chiqish eshigidan oʻtib gʻoyib boʻldi....