Today

In my heart

9-qism

Kim xonimning mashinasi y/n ning uyi yaqinida to'xtarkan, xonim botib borayotgan quyoshga bezovta qarab qo'ydi. Haydovchi shoshib tushib, orqa eshikni ochdi. Kim xonim mashinadan tushib, uy tomon yuridi. Eshikni taqillatgach "Hozir!" degan ovoz eshitildi ichkaridan.
Y/n: Buvi?
Y/n eshikda Kim xonimni ko'rgach hayron bo'lib ichkariga kiritdi.
Y/n: Yuring buvi. Dasturxon yozaman...
Kim xonim bir qo'li bilan "kerak emas" ishorasini qildi.
Y/n: O'tirmaysizmi? Tinchlikmi?
Mrs. Kim: Y/n qizim... bilasan senga doim yaxshi munosabatda bo'lganman. Yo biroz xafa qildimmi?
Y/n: Yo'q, yo'q... Nimalar deyabsiz buvijon?
Mrs. Kim: Demak meni hurmat qilasan-a?
Y/n: Albatta...
Mrs. Kim: Unda bir iltimosimni yerda qoldirmassan deb keldim oldingga.
Y/n: Qo'limdan kelgancha qilaman.
Mrs. Kim: Bu bir buvining o'tinchli iltimosi. Jon qizim... Seungmin... U bilan orangizda nima o'tganini bilmayman. Biroq u qaytmayman deyapti. Kecha qaytganida o'zini tanishi qiyinlashibdi, nima bo'lganini aytmadi. AQSHga jo'natmoqchiydim bir oyga, u bo'lsa umrbodga ketaman deb turib oldi. Jon qizim!!! Iltimos uni to'xtat bu shashtidan. O'tgan safar faqat o'qishga ketgandi. Bu safar qaytmayman deyabdi. O'g'limni yo'qotishni istamayman. Uni... uni sen to'xtatolasan.
Y/n juda qo'rqib ketdi. Bu safar Seungminni qalbini qattiq sindirganini angladi. Ketishini istamaydi. Keta qaytmaydi...
Y/n: Buvi... Men... men buni qilolmayman. Kechiring meni. Qanday qilib deyman unga? Axir men doim ket dedim. Seni sevmayman hech qachon dedim. Endi... endi qanday aytaman qol deb? Qo'limdan kelmaydi.
Mrs. Kim: Men rosa urindim. Yalindim yolvordim. Ammo ko'ndirolmadim. U hozir aeroportga ketdi. Y/n sendan boshqasi uni qaytarolmaydi. Yolvoraman unga qol deb ayt...
Y/n: Buvi!...
Neoning yotoqxonadan ovozi eshitildi.
Neo: Bu yerda nima bo'lyapti?!
Y/n buvi bu ishlarni ko'p ko'ndira olmayman deb o'ylashini o'zi ham xohlamasdi. Axir bir zamonlar umidvor bo'lib so'radi. Axir buni bir inson umrbod baxtsiz bo'lishi haqida o'ylashayotganini tushunmasmiding?
Mrs. Kim: Noto'g'ri tanlov qilganing bu taqdiring shunday bo'lgani esa sening aybingdan degani emas...
Neo: Hoy jalab!!! Qayoqqasan?!
Kim xonim "qo'rqyapsanmi?" degandek qarab qo'ydi.
Mrs. Kim: Yoshlikdagi xatoyingni deb senga qancha inson baxtsiz bo'ladi? Agar shu xatoni qilishda davom etsang bir umr yig'lab o'tasan. Keyin... qalbingga quloq solib ko'r. Bir qara... Balki u o'sha sening qahramoningdir.
Y/n: Menimcha yutgan ko'rinasiz.
Mrs. Kim: Demak seni so'rayman.
Y/n: Yutganimni yutug'ini olishim bilan bo'lsa-da. Menimcha yutgan ko'rinasiz.
Y/n yuzini burarkan ko'zlaridan yosh quyildi. Yuragi shu qadar qattiq urardiki, aks sadosi butun tanasini yuvardi.
Neo asabiy ulamoqda edi.
Neo: Nima qilyabsan qanchiq!!! Iye, sen kim bo'lding yana?
Mrs. Kim: Unutma bu imkoniyatni boshqa qaytib kelmaydi. Boshqa eshik ochildi.
Y/n asabiy ulamoqda edi, qizil libosini kiyib, oldiga tushdi.
Neo: Nimalar deyabdi bu alvasti? Hoy senga aytyabman. Meni pichog'im o'lib...
Y/n Neo'ga o'girilib yonida turgan suvni oldiyu ortiga o'girilib Neoni boshiga urib yubordi.
Y/n: Viskiingni o'zing ichsang yaxshi bo'lardi bo'sa!
Y/n hayratdan anqayib qolgan Kim xonimni mashinasiga o'tirdi.
Y/n: Seungminni ketganiga qancha bo'ldi? Samolyot qachon uchadi?
Mrs. Kim: Yarim soat qoldi. Allaqachon aeroportga yetib borgandur. Haydovchi o'g'lim amallab gazni bos.
Mrs. Kim: Agar ulgurib borsak xursand qilaman....
Yetti kelishlari bilan y/n o'tilib aeroportga kirdi. Soatga qararkan juda oz vaqt qolganini ko'rib asabiylashdi.
"Hurmatli yo'lovchilar! AQSHga yo'nalgan reys o'n daqiqadan keyin parvoz qiladi iltimos hujjatlaringizni tekshiruv bo'lmasidan o'tkazib joylaringizni egallang"

Styuardessaning gapidan keyin y/n nima qilishni bilmay qoldi. Markazdagi ulkan jadvalda parvoz boshlanayotganini ko'rsatib turgan chiroqlar yondi.
Y/n oyog'ini qo'liga olib qabul tomon yugurdi. Odamlar chiptalarini topshirib birma-ketin samolyotga yo'l olishardi. Olomon ichida Seungminni ko'rib qolgandek bo'ldi.
Y/n: SEUNGMIN!!! SEUNGMIN!!!
Aeroport shovqin bo'lgani uchun Seungmin uni eshitmadi. Y/n baqirib befo'yda ekanini tushunib, nima qilishni bilmay to'xtashga majbur bo'ldi.
Seungminning yan ikki odam bor edi. Y/nning ko'zlaridan yosh quyilar, itarishga urinardi.
"Aziz yerda kichik boshqaruv paneli bor. Demak ovoz kuchaytiruvchi uchun dinamikli mikrafon ham bor-da!" o'yladi u.
Mikrafon yoniga bordiyu mikrafonni olib baqira boshladi.
Y/n: Seungmin... meni eshityabsanmi? Iltimos agar meni eshitayotgan bo'lsang to'xta! Bilaman, seni ko'p xafa qildim. Doim o'zimdan nari qilishga urinaman. Seni boshqasi bilan baxtli bo'ladi deb o'ylayman men ahmoq. Ha... men ahmoqman. Boshidan beri yonimda yurgan dunyodagi eng zo'r yigitni ko'rmagandek darakda axmoqman. Va yana u menga meni barcha qabul qilishini aytib qaytib kelganida ham uni rad qiladigan darajada axmoqman. Kechir meni. Shuni bildimki... Sen yo'qotishni istamas ekanman. Ha sendan ayrilishni istamayman. Iltimos meni barcha qabul qilishi aytdi... Men seni sevaman. Iltimos meni tashlab ketma. Axir va'da bergansan. Seni hech qachon tashlab ketmayman deb! Endi nega qochyabsan?! Meni bunday tashlab ketolmaysan. Eshitdingmi?! Chunki....
Y/n unga hayron qarab turgan Seungminni ko'rib to'xtab qoldi. Jilmayib qo'yarkan Seungmin ham javoban jilmaydi.
Y/n: Chunki, seni sevaman. Shuning uchun ham yonimda oxirigacha qolishingga majbursan.
Y/nning ko'zidan yosh oqib tushdi. Seungmin ham bildirmay yoshini artib oldi. Va qo'llarini unga keng yozib ko'rsatdi. Seungminning bag'riga o'tdi. Va u qo'llarini o'rab yuzini y/nning sochlariga qo'yib:
Seungmin: Ketmayman. Bu safar emas.
Y/n: Men ham sevaman.
Seungmin: Men ham sevaman.
Y/n: Men seni sevaman.
Seungmin: Men seni sevaman.
Y/n: Yana bir marta.
Seungmin: Men seni sevaman.
Y/n: Men seni sevaman.
Seungmin: Bo'ldi eshitdim. Tushim ekanmi mabodo. Agar tushim bo'lsa uyg'onmaslikka tayyorman butun umr.
Y/n: Tush emas.
Seungmin yuzini y/nga yaqinlashtirdi. Y/n ham uning bo'ynidan mahkam quchoqladi. Ularning lablari bir-biriga taqalgach barcha tashvishlar unut bo'ldi.

### The End.