In my heart
Seungmin telefon qoʻngʻirogʻidan koʻzlarini ochdi. Yonida bagʻrida uxlab yotgan y/nni koʻrib jilmayib qoʻydi. Ehtiros bilan bosilgan yuzini y/nning sochlariga berkitdi. Qimirlagani uchun y/n ham bezovta boʻlib koʻzini ochdi.
Seungmin: Salom.
Y/n kerishib olib Seungminga biroz xijolat tortib qaradi.
Y/n: Salom.
Seungmin: Uygʻotib yubordimmi?
Y/n: Hechqisi yoʻq...
Telefon qayta jiringladi. Seungmin hoʻrsinib qoʻyib telefonni olib, qulogʻiga tutdi.
Seungmin: Alo?
Mrs. Kim: Alo oʻgʻlim.
Seungmin turib oʻtirib oʻzini toʻgʻriladi.
Seungmin: Salom buvijon. Nima boʻldi?
Mrs. Kim: AQSHdagi filialimizda kichik muammolar bormish. Oʻrinbosarim sifatida borib kelishing kerak.
Seungmin y/nga qarab qoʻydi.
Y/n: Nima boʻpti?
Sekin soʻrab qoʻydiyu Seungminning yuzi oʻzgarganini koʻrib...
Seungmin: Bu boʻlishi shartmi? Qachon joʻnashim kerak?
Mrs. Kim: Ertaga kechqurun. Bugun kelib hamma ishlarni koʻr. Kerakli topshiriqlar va hujjatlarni topshirib. Tashish chiqasan.
Seungmin: Hoʻp buvi.
Seungmin oʻsha kunni nonushta qilarkan y/nga kostyumini berib yoniga oʻtirdi.
Y/n: Buni nimasiga shuncha oʻylanyapsan? Axir yaxshiku. Oʻzingni koʻrsatish uchun buvim imkon yaratib berayabdi.
Seungmin: Ketsam... bir oydan kamida qaytmayman.
Y/n: Nima qilibdi?
Seungmin: Axir tushunsangchi, seni qoʻrolmayman. Bir oy uzoqda...
Y/n: Seungmin gaplashib olamiz kerak. Bizni oʻrtamizda boʻlib oʻtganlari ajoyib edi. Biroq endi...
Birdan eshik qattiq taqilladi. Y/n koʻzlarida vahima paydo boʻldi.
Seungmin: Ertalabdan kim ekan?
Y/nning yuzi burishdi. Koʻzlariga yosh olib gʻashlanib labini tishladi. Seungmin turib eshik yoniga keldi.
Seungmin: Kel yaxshisi men ochaman.
Seungmin: Seninchami...
Seungmin: Hey! Eshikni ochinglar!!! — eshik ortidan Neoning ovozi eshitildi.
Y/n: Meningcha emas, aniq.
Y/n Seungminni chetga chiqarib eshikni ochdi.
Neo: Nega tez ochmaysan yalmogʻiz!
Y/n: Kechir.
Seungmin: Nega kechirim soʻraysan?!
Neo: Anavi oliftaku. Nima qilyabdi uyimda?
Y/n: Menga qarashyabdi uylarida. Seni deb pichoqlandimku.
Neo uyga kirib oshxonaga oʻtdi. Taraqlatib qoʻyganicha suv ichdi.
Neo: Hoy! Qornim ochdi. Nimadur ber...
Seungmin y/nning bilagidan ushladi.
Seungmin: Nimalar deyabsan?! Y/n! Men seni anavi bilan qoldirmayman.
Y/n: Yoʻq! Ketsan... Va bizni oʻramizda boʻlganlarini unutsan.
Seungmin: Nimalar deyabsan?!
Y/n: Jim!!! Agar meni sevsang unut. Boʻldi ket endi. Va...
Y/n hoʻrsindi. Bor kuchini toʻplab Seungminning koʻzlariga qaradi.
Y/n: Va meni unut. Seungmin seni ahmoqliging tufayli seni umidvor qilib qoʻygan boʻlsam kechir meni. Men erli ayol ekanimni unutib qoʻydim. Iltimos meni qiynama. Ket baxtingni top.
Seungmin bir on tikilib turdiyu hamma narsani sharta olib chiqib ketdi.
Neo: Hey ovqat berasanmi yo yana kaltaklarimni sogʻindingmi?
Seungmin eshikdan qarab qoldi. Koʻzlaridan hafa boʻlgani va endi qaytmasligi koʻrinib turardi.
Y/n oʻpkasi toʻlib oʻzini yuvinish xonasiga urdi. Eshikni qulflab suvni ochdi. Ichidan otilib chiqayotgan yigʻi koʻzlaridan quyildi. Aksiga qararkan Seungmin ketib qolganiga negadir bunchalik hafa boʻlayotganini oʻzi ham tushunmasdi. Koʻnglini oʻrtaladi. Bechora Seungmin...
Y/n taqdirining bunchalik shoʻr ekanidan oʻksinib ketdi. Ichidagi bir ovoz oʻzini yuvinish ortidan quvib borib quchoqlab u bilan qol derdi. Boshqasi esa "uni baxtsiz qilma, sen erli ayolsan!" deya tanbeh berardi...