In my heart
Seungminning boshidagi bog'lamni ushlab qo'yarkan achishib beixtiyor yuzi burishdi. Tungi oy yarqirab turarkan kun bo'yi hayolidan y/nni chiqarolmadi. Buvisi ertalabdan boshiga ham qaramay kompaniyaga olib ketish oshiga ko'mib tashladi. Seungmin biladi buvisi nega bunday qilganini. Y/nni o'ylamasin deb qilgan. Biroq foydasiz. Seungmin bir to'la tun tushishini bilanoq hamma ishini yig'ishtirib y/nni uyiga kelgan. Seungmin endi y/nni qo'yib yuborolmaydi. Oldingi safar sevgisini rad qilib boshqasini tanlaganida jimgina ketgandi. Endi voz kechmaydi, qochmaydi. Y/nni o'zi hahlaydimi yo'qmi Seungminga endi farqi yo'q. Y/n baribir erishadi...
Telefon jiringlab ekranda "Buvi" degan yozuv qalqib chiqdi. Seungmin go'shakni olgach buvisining havotirli ovozi eshitildi.
Mrs. Kim: Alo... bolam qaydasan? Nimaga qochib ketding ahmoq bola?! Ish yurituvchi menga shikoyat qildi.
Seungmin: Y/nni uyini oldidaman.
Mrs. Kim: Eh, yaramas bola!! Y/n senga aytdiku meni tinch qo'y deb. Nega ortidan yuribsan yana. U bechorani tinch qo'y.
Seungmin: Buvi bo'pti keyin o'zim qo'ng'iroq qilaman.
Mrs. Kim: Hwy bola!!
Seungmin: Bilaman meni yaxshi ko'rasiz. Men ham sizni yaxshi ko'raman. Bo'pti buvijon....
Seungmin telefonni butunlay o'chirib y/nning uyiga yaqinlashdi. Y/nni nima qilib bo'lsa ham erini yonida ortiq qoldirolmasdi. Chuqur nafas olarkan u yoq bu yoqni to'g'rilab, eshikni taqqillatdi.
"Hozir!" degan y/nning yoqimli tovushi eshitildi. Seungmin ovozini eshitib entikib ketdi.
Y/n eshikni ochib Seungminni ko'rgach ko'zida qo'rquv paydo bo'ldi. Yuzida vahima ko'rindi.
Y/n: Bu yerda nima qilyapsan? - deyarli pichirlab so'radi u.
Seungmin: Seni olib ketaman. Nima qilib bo'lsa ham. Ering qani?
Y/n ulgurmadi. Iltimos qilaman uy-joyi qolmasdan ket. Yolvoraman o'tinaman.
Seungmin: Ketmayman. Ketsam faqat seni olib ketaman....
Uy ichidan Neoni ovozi eshitildi. Y/n bir sapchib tushdi. Battar vahimaga tusharkan Seungminni ortga itardi.
Y/n: Seungmin iltimos. Hozir uyimdan uzoqroqqa borib tur. Men chiqaman gaplashib olamiz ho'pmi? Iltimos u chiqib qolmasin hozir ketib tur. Uni tinchitib men ham ortingdan chiqaman.
Seungmin: Aniq chiqasana?
Y/n: Ha chiqaman-chiqaman! Ket endi.
Y/n Seungminni itarib yuborib eshikni yopdi. Seungmin hursand bo'lib uydan uzoqroqqa mashinasi yoniga yo'l chetiga borib turdi Ko'p o'tmay y/n havfsirob shoshgancha uydan chiqib Seungminning yoniga yugurdi.
Y/n: Seungmin ortimdan yurishni bas qil! O'zingni yosh boladek tutyabsan! Oilamga aralashishga harakat qilma!
Seungmin: oila? Qanaqa oila haqida gapiryabsan?! Anavi hayvon bilan yashash hayotmi seningcha?!
Y/n: U meni erim!!
Seungmin: U erkak emas! Hayvon! Bir kuni senga nimalardir qilib qo'ysa nima qilasan?
y/n indamay yerga qaradi. Seungmin javob bermayotganini ko'rib g'azabi qaynab ketdi. Y/nni yelkasidan ushlab silkitdi.
Seungmin: Javob ber! Bir kuni seni o'ldirib qo'yishchi? Shunda ham itoatkor xotin bo'lib qolishni tanlarsana?!
Y/n: U... u meni sevadi.
Seungmin y/nni tiligicha qolgancha qo'yib yubordi. Y/nni ko'z yoshlarini ehtiyotkorlik bilan artarkan o'zi ham yeg'lab yubormaslik uchun labini tishladi.
Seungmin: Seni deb dunyolarga o't qo'yaman kerak bo'lsa. Seni birgina tabassuming uchun hammasidan kechishga tayyorman. Seni himoya qilmoqchiman. Ammo sen meni ojiz qilib qoyyabsan. O'zimni ojiz sezishga majbur qilyabsan.
Seungmin: Seni sevaman. Butun borlig'im bilan.
U endi lablarini y/nning labiga tekkizmoqchi bo'lganida y/n yuzini burib ortga chekindi.
Y/n: Seungmin... sen yaxshi bo'lsan. Seni ko'rgan har qanday qiz sevib qoladi...
Seungmin: Jin ursin! Menga o'sha qizlar, na ularni sevgisi kerak! Menga sen keraksan.
Y/n: Men senga loyiq emasman. Men juvonman. Er ko'rgan juvon. Sen esa bo'ydoq, ko'rkam yigitsan. It tekkan oshdan nahotki hazar qilmasang?
Seungmin g'azabdan y/nni ushlab bag'riga qisib ushlab oldi.
Y/n: ammo bu rost. Sen hohlasang mingtasi senga turmushga chiqishga rozi bo'ladi. Men senga munosib emasman. Hayotimga kelsak buni o'zim tanladim. Bu hayotni o'zim tanladim. Men ko'nikib ketganman.
Seungmin: U seni o'ldirib qo'ydi-ku?
Y/n: unday qilmaydi. Neo meni ursada ammo o'ldirmaydi. Meni boshqa boradigan yerim yo'q. Yakka boshpanam shu yer.
Seungmin y/nni bag'riga bosdi.
Seungmin: Seni boshpanang menman. Boshpanang uying, vataning, ohirgi manziling nima bo'lsa o'shaman. Seni sevaman deyabman. Hamma narsangman.
Y/n ko'zlarini chirt yumib gapirishga kuch yeg'di.
Y/n: sen sevarsan. Ammo men seni sevmayman. Erimni yaxshi ko'raman. Seungmin ustiga tog'lar qulagandek bo'ldi. Y/n ko'zlarini chirt yumib yuborib umidsiz tikildi.
Y/n: Baribir befoyda. Meni seni tanlamayman. Endi meni tinch qo'y. Qancha ursha ham men o'sha yerda qolaman. Bu o'zgarmaydi. Ket endi!
Seungmin: Yaxshi...
Buni u pichirlashdan zo'rg'a aytdi. Huddi o'zini parchalanib ketgandek his qilardi. Y/nga ko'zida yosh bilan qarab ortga o'girilib keta boshladi.
Seungmin juda achinarli ko'rinishda edi. Noiloj indamay ortiga burildi. Y/n buni kuzatishni istamay ortiga qarab yugurdi. Uyga kirgach eshikni berkitib o'tirib qoldi.
Y/n: Kechir meni...
Y/n erini uyg'otib yubormaslik uchun o'zini ikki qo'li bilan to'sib ovozini chiqarmay o'tirgancha ho'ngrab yig'lab yubordi.