๐๐ค๐ช๐ก๐จ ๐๐ค๐ข๐๐ฃ๐ฉ๐๐ ๐ฉ๐ค ๐๐๐ง๐ ๐ฃ๐๐จ๐จ
๐ฝ๐๐ฏ๐ฃ๐๐ฃ๐ ๐ค๐ก๐๐ข๐๐ ๐จ๐๐ซ๐๐๐๐ ๐๐ค๐ฎ ๐ฎ๐ค'๐ฆ, ๐๐๐ฆ๐๐ฉ ๐ฆ๐ค๐ฃ ๐ซ๐ ๐ฆ๐ช๐๐ง๐๐ฉ ๐ช๐๐๐ช๐ฃ ๐ ๐ช๐ง๐๐จ๐ ๐๐ค๐ง
Dunyodagi eng kuchli tuyg'u muhabbat deyishadi, sevgi insonni har qanday qiyinchiliklarni yengishga ruhlantiradi deyishadi. Ammo dunyoda yana bir tuyg'u borki, u boshqa tuyg'ulardan yuz, kerak bo'lsa ming karra kuchliroqdir. Bu tuyg'uning nomini nafrat deyishadi. Rostdan ham sevgi kuchi bilan bitmaydigan ishlar, nafrat olovi bilan hal bo'lishi mumkin. Biroq nafrat shunday olovki nafaqat atrofdagilarni, balki o'zi yashab turgan qalbni ham yo'q qilish qudratiga ega.
O'n yoshida dushman oilaning ota-onasini vaxshiylarcha o'ldirganiga guvoh bo'lgan, yetti yoshli ukasining mas'uliyatini va qasos olishni bo'yniga olgan Jaehyokning qalbi aynan mana shu tuyg'u- nafratdan kuch olgandi. Yigirma besh yoshida Jaehyok Seoul shahrining boshqaruvini o'z qo'liga ololdi.
Ukasi bilan nafaqat butun Korea balki butun Osiyodagi eng kuchli mafia oilalaridan biriga asos soldi. Jaehyok ota-onasining qasosini olgandan keyin mafia olamini tark etishga qaror qilgandi, ammo bunga kuchi yetmadi. Harom yo'llar orqali keladigan katta boylik uning qalb ko'zlarini allaqachon ko'r qilib ulgurgandi. Shu sababli mafia olamida qoldi. Hattoki o'zining farzandlarini ham, Jae Wookning farzandlari ham bu olamning kuchli vakillari qatoridan joy oldi. Ularga qarshi tura oladigan birgina Kim oilasi bor edi, ammo ular bilan hech qanday muammolar bo'lmagani sababli havotiga hojat yo'q edi. Butun oila ularga teng kela oladigan kuch yo'q deb hisoblab, qolgan hayotlari ham boshqalarning hayotlari evaziga kelgan pullar bilan jannatdek hayotlari davom etishiga ishonardilar. Biroq ular har qanday yomonlik jazosiz qolmasligini, hozirgi tinchlikdagi hayotlari to'fon oldidan bo'ladigan bir lahzalik jimlik ekanligini, tez orada qumdan qurilgan bu saroylari boshlariga qulab tushishini tasavvur qilmasdilar.
Seoulning markazida joylashgan, shaharning eng boy va mashhur kishilarigina kira oladigan tungi klub, hozir deyarli bo'sh edi. Hali kun erta ekanligi, tungi hayotning boshlanishiga bir necha soatlar borligi hisobiga klubda hozir faqatgina ishlar va klub egalari bor edi. Hodimlar atrofni tozalab, bugun kechqurun keladigan mehmonlar uchun hammasi mukammal bo'lishiga intilardilar.
Klubning egasi hisoblagan yoshlar esa yangi kelgan ishchilar bilan suhbatni boshlashayotgandi. Hodimlar ular bilan yuzma-yuz turishdan, biror harakatlari bilan g'azablarini qo'zg'ashdan juda qo'rqishardi. Klubning egasi hisoblagan yoshlar esa yangi kelgan ishchilar bilan suhbatni boshlashayotgandi. Hodimlar ular bilan yuzma-yuz turishdan, biror harakatlari bilan g'azablarini qo'zg'ashdan juda qo'rqishardi.
Yangi kelgan qizlar xonaga kirisharkan eng birinchi bo'lib ko'zlari oldinda tik turgan sovuq qiyofali qizga tushdi. Qiz juda go'zal bo'lsada, yuzidan anchagina xavfli ekanligi bilinib turardi. Orqaroqda yumshoq o'rindiqlarda ikki 28-29 yoshlarda erkaklar o'tirishar, birining ko'zlarida o'ynoqilik bor edi, qizlarga qandaydir buzuqlik bilan qaradi. Ikkinchi erkak esa umuman boshqacha qop-qora ko'zlarida hech qanday hissiyot ko'rinmasdi. U qizlarga hatto qarab ham qo'ymadi, telefonini titlilashda davom etdi.
Seung:Yangi kelgan ishchilar avvalo xush kelibsiz. Men bu klubning boshliqlaridan biri Seungman. Bu janoblar esa Jungkook va Taehyung, klubning men bilan teng huquqli boshqaruvchilari.
Qizlar orqadagi erkaklarga qarab qolishdi. Jungkookning lablarida o'ynoqi jilmayish bor edi, Taehyung esa sovuqqon qiyofasini saqlab qoldi.
-Jessi xonim sizlarga klubning qoidalari haqida tushintirgan bo'lsa kerak. Bu yer nafaqat Koreadagi, balki butun Osiyodagi eng mashhur va o'borli klub hisoblanadi. Bu yerda ishlash uchun harakat qiladigan juda ko'p, ammo biz hammani ham qabul qilavermaymiz. Buni o'zingizga berilgan imkoniyat sifatida qabul qiling.
Seung gapirish barobarida xona bo'ylab aylanib, qizlarni yaqinroqdan kuzatdi
-Bu yerda bo'lgan voqealar politsiya yoki jurnalistlarga yetkazsangiz boshingiz bilan javob berasizlar. Birgina ahmoqlik va men o'zim sizlarni jahannamga jo'nataman. Joningizni shu darajada qiynab olamanki, Junko Furutaning taqdiri menikidan yaxshi bo'lgan ekan deb o'ylaysizlar. Tushunarlimi?
Qizlar bunday qo'rqinchli tahdidni kutmagan edilar, dahshatga tushganliklari sabab tillari aylanmay qoldi
Jessi:Xonim tushunarlimi dedilar!
Qizlarning ovozi pichirlash gapirishganidan zo'rg'a eshitildi.
Seung:Boshqa savollar bo'lmasa...
X:Shoshmang! Siz kim bo'libsizki bizga bunday muomala qilasiz
Kutilmaganda qizlarning ichidan jasurrog'i oldinga chiqdi.
Seungning qilgan muomalasi unga yoqmagandi. Bu takabbur "oyimcha" ni joyiga o'tkazib qo'ymoqchi bo'ldi.
-Nega bizga tahdid qilyapsiz? Sizning bunga haqqingiz yo'q. Siz kimsiz o'zi? Oddiy yugurdakdirsiz balki.
Seung boshini ortga tashlagancha kulib yubordi, bu mazahlovchi kulgi bo'lib ortida tahdid yashirin edi.
-Menmi? Agarda shu ohangda davom etsang ajaling bo'laman. Aytgancha foxishaga yaxshiroq muomala qilish qo'limdan kelmaydi.
Qiz Seungning gaplaridan g'azablandi. Bu yerga nima uchun kelganini bilardi, ammo foxisha deb atashlariga chiday olmadi. Ko'zlarida tahdid porladi. U Seungga tashlanib, uni do'pposlashmoqchi bo'ldi, ammo shu payt to'satdan eshitilgan o'qning ovozi sabab qizlar chinqirib yubordi. O'sha qiz birdan yerga quladi. Uning peshonasidan qon oqardi.
Hech narsaga aralashmay o'tirgan Taehyungning qilgan bu ishi hammani qo'rqitgandi.
Taehyung:Yana savollar yoki e'tirozlar bormi?
Yigitning sovuq ovozi sukunat hukmronlik qilayotgan xonada aks-sado bilan yangradi. Hech kim javob berishga jur'at eta olmadi.
Jungkook:Jessi qizaloqlarni xonalariga kuzatib qo'y. Bechoralarni bu qo'rqinchli amakivachchalarim dahshatga soldi menimcha.
Qizlar ortiqcha ovoz chiqarmasdan xonadan tezlikda qutilganliklariga shukur qilgan holda chiqib ketishdi. Ulardan so'ng ikki ishchi kirib, polda yotgan qizning jasadini olib chiqib ketishdi. So'ngra farroshlar polni tozalab oldilar. Atigi besh daqiqada xona huddiki bu yerda qotillik sodir bo'lmagan holga keldi
Farroshlar xonani tozalab chiqib ketishganlaridan so'ng, Jessi qaytib kirdi
Jessi:Bugungi voqea... Qizlar juda qo'rqib ketishdi. Bazilari shartnomani bekor...
Taehyung:Sen biror ishni eplay olasanmi o'zi?
Ko'pincha jim turishni afzal ko'radigan Taehyung, juda g'azablangan paytlaridagina bu ohangda gapirardi.
-Jessi biz senga nima uchun pul to'layapmiz o'zi? Nega qizlarga to'g'ri tarbiya bermayapsan? Yoki o'rningga boshqa ishchi olishimiz kerakmi?
Seung:Aka o'zingizni bosing. Bu Jessining aybi emas.
-Sen jim bo'l Seung. Bugun oddiy foxishalardan biri singlimga tashlanmoqchi bo'ldi. Ertaga qo'llariga qurol olib, bizga o'qtalishmasliklari uchun bugun bittasining bahridan o'tish kerak edi. Ammo agarda yana bir marta shu ish qaytalansa, Jessi o'q sening miyangga joylanadi. Tushundingmi?!
Taehyungning gaplari oddiy po'pisa emas, haqiqiy ogohlantirish edi.
Taehyungning asabiylashgan qiyofasiga qarab Seung miyig'ida jilmayib qo'ydi. Akasi bunday paytlarda juda yoqimtoy bo'lib ketadi deb o'ylardi.
Seung:Aka bas endi. Bu gaplarni ortiq qo'zg'amang, Jessi yaxshi ishchi. U ortiq bunday xato qilmaydi, to'g'rimi Jessi?
-Ana, ko'rdingizmi muammo hal. Aytgancha Jessi senga aytgan anavi ikki qizni va eng yaxshi xonalarni tayyorlab qo'y.
Jungkook:Tinchlikmi Seung? Bugun qandaydir muhim mehmonlar bormi?
Jessi:Yo'q janob, Seung xonim siz va janob Taehyung uchun mahsus ikkita qizni tanladi. Ya'ni bu qizlarga hali erkaklarning qo'li tegmagan
Jessining gaplaridan Jungkookning tabassumi kengaydi
Jungkook:Qaysi qilgan yaxshiligimiz uchun bokira qizlarni bizga sovg'a qilyapsan?
Seung:Oxirgi paytlarda ko'p ishlayapsizlar. Menimcha yaxshiroq dam olishingiz kerak. Kimgadir uylanganingizdan keyin bunday imkoniyatingiz bo'lmaydi.
Jungkook xursandchiligini yashirmasdan, tabbasum qildi.
Taehyungning yelkasiga urib, ko'z qisib qo'ydi.
Taehyung:Men uchun tanlagan qizingni boshqa mehmonlarga berishing mumkin. Mening vaqtim yo'q
Taehyungning gaplaridan Jungkookning tabassumi so'ndi.
Seung:Nega endi. Men qancha tayyorgarlik ko'rdim axir, aka.
-Bugun Malayziya orqali maxfiy ravishda olib o'tiladigan qurollarimiz Ansan portiga yetib keladi. Ularni kutib olish kerak.
-Ammo aka bu ishni dadam Sehunga topshirgan edilar.
-Sehun shunchaki dadamning o'ng qo'li, men esa asrandi o'g'liman. O'zim borsam muammosiz qurollarni olib o'tishimiz mumkin.
-Agar istasangiz, qizni ertagalikka tayyorlashlari mumkin.
Seung akasiga savol nazari bilan qaradi, ammo Taehyung yana rad etdi. Jungkook do'stining sovuqligidan kulib qo'ydi.
-Seung, qadrli akajoningni majburlana, u o'z bokiraligini to'yi kechasi xotiniga beradi, shundaymi Taehyung?
Jungkookning gaplarini eshitib Seung hayron qoldi.
-Shoshmang, aytmoqchisizki Taehyung hech kimga qo'l tekkizmaganmi? Hatto o'pishmaganmi?
-Albatta shunday. Sening bu akang o'rta asrlardagi ahloq-odob qoidalari bilan yashaydi hali ham.
-Nega endi? Seung ham bilsin sening bu bemaniligingni. Bilasanmi yoki sen rostdan ham juda ahloqlisan, yoki senda jismoniy...
Taehyung ortiq chidab tura olmadi, Jungkookka tashlandi. Uning yuziga musht tushirdi. Jungkook ham kuttirmasdan javob qaytardj. Seung ularni vaqtida ajratib qolmaganida bir-birining og'zi-burnini aniq qonga to'ldirishardi.
-Bas qiling dedim! Ahmoqona jangni to'xtating.
Jessi va Seung birgalikda ikkalasini zo'rg'a ajratdilar.
Seung:Shu qilgan ahmoqligingiz uchun ham ikkalangiz bugun Ansan portiga borasizlar. Sizlarga yaxshilik qilgan men ahmoq.
Seung ikkisini ham Ansan portiga jo'natib yubordi
Oyning oppoq nurlari dengiz bo'lab tarqab tunni juda go'zallashtirardi. Taehyung sohilda salqin qum ustida o'tirgancha hayol surar ekan, yelkalarini mayin va tanish qo'llar siypalaganini his qildi.
Ortga o'girilganda Seung turardi, qizning sochlari dengizning mayin mabbodasi bilan o'ynashar, egnidagi kiyimi sonlarฤฑni zo'rg'a qoplardi. Qiz Taehyungning yoniga o'tirdi. Bir lahza uning ko'zlariga mehr bilan tikilib turdida, qo'llarini yigitning bo'ynidan o'tkazdi. Taehyung huddi shuni kutib turgandek qizni o'ziga tortdi, tizzasiga o'tqazib, lablaridan o'pa boshladi. Ikkisi bir-biridan ehtiros bilan bo'sa olarkan, Taehyungning qo'llari qizning tanasini har bir qismini o'rganib chiqardi. Taehyung o'pichni buzib qizning bo'yniga tushdi. U yerga tishlarini botirib, o'z izlarini qoldirardi. Qo'llari esa qizning kiyimi ustidan ko'kraklarini ezg'ilardi. Bu unutilmas, huddi abadiy davom etishi kerak bo'lgan tundek edi...
Taehyung ko'zlarini ochganida o'z mashinasida uxlab qolganini sezdi. Kecha Jungkook bilan Ansan portiga kelgandi. Ishlar tugaganidan keyin Jungkook qaytib ketdi, Taehyung esa yana bir necha port nozirlari bilan gaplashib qolib ketdi.
Hamma ishlarni bitirganida soat 3 bo'lgandi. Uyga borishga erinib, mashinaning o'zida uxlab qolgandi.
Taehyung dengizga qararkan yuragi yana tez ura boshladi, nafas olishi ham notekis.
"Ahmoq, buzuq Taehyung. Sen dunyodagi eng iflos insonsan. Singlimh haqida shunday o'ylashga uyalmaysanmi? Sen Seung haqida bunday tushlar ko'rishing kerak emas, aksincha bunday narsalarni o'ylaganlarni o'ldirishing kerak. O'zining Jungkookdan ahloqliroq deb bilasan, ammo Jungkook hech qachon Yuna haqida bunday hayol surmaganini yaxshi bilasan. Ahmoq to'nka"
Taehyung ochiq dengizga qarab turarkan, ko'z oldida o'tmishi gavdalandi. Onasi Taehyung hali aqlini tanimay turib og'ir kasallikdan vafot etgan, otasi esa u 6 yoshda ekanligida mafialar urushida janob Jaehyokni qutqarish uchun jonini bergandi. Otasidan ham ayrilgan Taehyung butunlay yolg'iz qoldi. Jaehyok Taehyungning otasi qilgan xizmatlari evaziga bolani o'zi tarbiyalay boshladi. Uning qaysidir jihatlarinini Jaehyok o'zining taqdiriga o'xshashligini sezgandi. Bolakay birinchi bor qasrga kelganda juda hayajonlangandi, xato qilib qo'yishdan qo'rqib, hatto gapirishga ham qo'rqardi. Jaehyok va rafiqasining hali farzandlari yo'q edi, shu sabab Taehyungni huddi o'z o'g'illaridek ko'rishdi. Yarim yil o'tib esa Seung dunyoga kelgandi.
Mittigina chaqaloqni ko'rgan paytlaridan boshlab, yigitda ximoya qilish istagi paydo bo'lgandi. Taehyung doimo Seungni yonida bo'ldi, maktab, kollej, universitet hamma joyda Seungni ximoya qildi.
Qizga jang san'ati, quroldan o'q uzish, mashina haydash deyarli hammasini Taehyung o'rgatgandi. Jungkook, Seung va Taehyung bolalikdan yaqin do'st, bir-birlariga tayanch edilar. Ammo Taehyungda o'gay singlisiga nisbatan tuyg'ular bor edi.
Boshida buni tan olgisi kelmagandi,biroq bu rost edi. Seungga bo'lgan hislari shu qadar kuchli ediki, hatto boshqa ayol bilan bo'lishga ham bu hislar qo'ymasdi. Seungga yetisha olmasligini bilardi, ammo qalbiga xiyonat qilolmasdi...
Taehyungning hayollarini telefon qo'ng'irog'i bo'ldi. Jungkook kechagi bemani muomalasi uchun uzr so'radi va dadasi Taehyungni chaqirayotganini aytib, tezroq kelishini so'radi
Seung amakisi Jae Wookning uyiga yetib kelganida hali vaqt ancha erta edi. Aslida ular qo'shni edi. Birgina butali devor ikki qasrni bir-birdan ajratib turardi.
Pov Seung:" Aslida amakimnikiga borishni unchlik yotirmayman. Bunga asosiy sababchi esa amakimning ikkinchi xotini Mira xonim. Bu dimog'dor xonim har safar asabimni yeydi. Jungkook va singlisi Sanani o'z oilamdek qabul qilaman, amakimning kichik o'g'li Jayni ham bir iloj qilib qabul qilishim mumkin, ammo Mira va qizi Yunaga chiday olmayman. Ayolning birinchi eridan bo'lgan qizi Yuna mendan uch yosh katta va advokatlik bilan shug'ullanadi. Bu aqlli ahmoqni yerga urishni juda yoqtiraman."
Seung eshikdan kirganida amakisi va Sana nonushta qilishayotgan edilar.
Seung:Hayrli tong amakijon va kichik balerina.
Sana Seungni ko'rib kayfiyati ko'tarildi. Uchalasi bir o'tirib nonushta qila boshladi. Sana muhim ishi borligini aytib o'qishiga vaqtliroq ketdi. Seung amakisi bilan ishlar haqida gaplasharkan, yuqori qavatdan Mira xonim tushib kelyotganini qiz ko'rdi. Kecha Jungkook va Taehyung portga ketganlaridan so'ng amakisi tungi klubga bazi masalalarni hal qilish bo'yicha kelgan, Seung esa Jae Wookka akalari uchun tayyorlatgan qizlardan birini sovg'a qilgandi. Atayin Mira xonimning asabini buzish uchun qiz o'sha tunga ishora qildi.
Jae Wook:Sen juda zo'r jiyansan, rostini aytsam bu zo'r edi. O'sha qiz... Men avval ko'rganlarim orasida eng go'zali edi.Yana biror kun klubga albatta boraman. Qizni men uchun saqlab qo'y
-Albatta amaki. Siz uchun eshiklar doim ochiq amakijon.
Mira xonim ularning suhbatini eshitib rashkdan tutab ketdi, ammo g'azabini bosdi. O'zini hech narsani eshitmagandek tutib nonushta qildi.
Biroq ko'rinishidan o'zini bazo'r tutayotgani aniq edi. Seung ayolning devordek bo'lib ketgan yuziga qarab miyig'ida kulib qo'ydi
Taehyung portdan qaytganidan so'ng Jae Wook Seung, Taehyung, Jungkookni xonasiga olib kirib, ba'zi masalalar bo'yicha gaplashdi. Klublar, kazinolar haqida maxsus topshiriqlar berdi.
Jae Wook:Ertaga kazinoda katta o'yin bor. Qurol-yarog',qoradori,odam savdosi hammasi bo'yicha kelishuvlar imzolanadi. Bu safar yakuzalardan ham mehmonlar qaytashadi. Ulardan ehtiyot bo'lgan ma'qul.Aytgancha Kim oilasining vorisi yaqinda Liviyadan qaytibdi. Katta kelishuvlarga erishgani aniq. Endi bu oila bilan muomalada ehtiyot bo'lish kerak, sababi ularning kuchi biznikidan ko'proq. Namjoon avvaldan xavfli edi, endi qudrati yanada oshdi. U bilan iloji boricha to'qnashmanglar
1-๐ฆ๐๐จ๐ข ๐ฉ๐ช๐๐๐๐
๐๐ช๐๐ก๐ก๐๐:@๐๐ค๐ซ๐๐ก๐ฎ_๐๐๐ช๐ฃ๐