December 7, 2024

π™Žπ™žπ™£π™œπ™–π™£ π™ͺπ™’π™žπ™™

Yangi qurilayotgan shaharda ishlar boshlanishiga qarshilik qilayotgan asosiy inson ham hujjatlarga qo'l qo'ygani haqidagi xabarni eshitib hamma yengil tortdi. Besh yildan buyon rejalashtirilayotgan ishlar ham o'z o'rniga tushdi.

Seokjin ayolning uyidan chiqqanlaridan so'ng bir og'iz ham gapirmadi. Otasining qimishi sabab bir ayolning nogiron bo'lib qolganligi vijdonini qiynardi. Boshida amakisining farzandlari unga yoqmagandi. Ularni kibrli va berahm deb o'ylagandi. Ammo bularga otasi sabab ekanligini o'ylamagandi.

-Nimalar haqida o'ylayapsiz? Nima otangiz nima qilganligini bilmasmidingiz?

-Afsuski yo'q. Men o'tmish haqida juda kam narsa bilaman. Aslida nima bo'lgan? Menga otang barcha narsaga erishish uchun dadamni ishlardan chetlashtirganini aytishgan holos.

-Barcha narsaga erishish uchun? Ya'ni aynan nimaga?

-Bobomdan qolgan meros...

Seokjin gapini tugatolmadi. Seung birdaniga tormoz oldi.

-Bobomdan qolgan meros? Nima bobomdan biror meros qolgan deb o'ylaysizmi? Bobomiz oddiygina zavod ishchisi bo'lganlar. Hozirgi boylikka dadam o'z kuchi bilan erishgan. Oyim bunda ularga yordam bergan. Ularning dadasi katta kompaniyaga egalik qilgan va dadamga yordam berib kelgan. Sizning otangiz esa bunga hasad bilan qaragan. Oyimning go'zalligi va badavlatligi uchun unga erishmoqchi bo'ldi. U oyimni yo'ldan ozdirishga uringan, ammo oyim dadamga sadoqat saqlagan. Otangiz shuning uchun oyimning joniga qasd qilgan. Mana shu asl haqiqat.

Ular boshqa gaplashmadilar. Bir soatdan so'ng kompaniyaga yetib borgunlariga qadar.


Seokjin qarshisidagi kompaniya binosiga qarab hayratda qoldi. Kompaniya u tasavvur qilganidan ham ko'ra ancha hashamatliroq edi.

-Juda chiroyli shunday emasmi? Bino o'tgan yilda yangilangan. Mening loyiham asosida.

-Qoyilmaqom. Ammo hashamat oshib ketgan.

Seokjin buni shunchaki hazil tariqasida aytdi. Buni Seung ham sezdi va indamadi. Ular ichkariga kirdilar. Birinchi qavatda tanishtiradigan narsalar ancha kam ekanligi uchun yuqori qavatga chiqdilar.

-Ikkinchi qavatda asosan qurilishga ketadigan xom-ashyolarni yetkazib beradigan kompaniyalar bilan shartnomalar tuziladi va muzokaralar olib boriladi. Bu bo'limdagi ishlar bilan akam Jungvoo shug'ullanadi. Bu bo'lim Oh oilasi bilan ishlaydi. Kecha bazmda ko'rgan bo'lsang kerak Sehun u shu oilaning vorisi.

-Sehun anavi sening oldingdan bir qadam ham siljimagan yigitmi? Juda chiroyli juftlik bo'lib ko'ringandingiz kecha.

-Ha o'sha yigit Sehun. Ammo siz aytgandek biz juftlik emas, do'stmiz.

-Sen uchun shundaydir, biroq yigitn senga do'st sifatida qaramaganini sezdim.

-Jin sizga yaxshi munosabatda bo'layotganimga afsuslantiryapsiz.

-Bo'ldi jimman.

Ular keyingi bo'limga o'tdilar.

-Bu bo'lim chet el bilan shartnomalar imzolashga mas'ul. Biz chet el tajtibasini o'rganib uni yanada mukammalashtiramiz va o'zimizda qo'llaymiz. Chet elliklar ham shunday. Bundan tashqari biz boshqa davlatlardagi loyihalarni moliyashtirish va yangi qurilishlarni loyihalashtirishga ham e'tibor qaratamiz. Bu bo'limda Taehyung boshliq. U sayohatlarni yoqtiradi. Shu sababli.

-To'xta men qaysi bo'limda ishlayman o'zi?

-Siz men mas'ul bo'lgan bo'limda ishlaysiz. Ya'ni chizmalar bilan ishlaydigan bo'limda. Arxetiktura bo'yicha diplomizgiz bor shundami?

-Ha men shu sohada o'qiganman. Demak sohamiz bir ekan. Xo'sh bizni bo'lim qayerda?

Seung Jinni yettinchi qavatda joylashgan bo'limga olib chiqdi. U yerda har bir arxitektor uchun alohida xonalar ajratilgan, erkin ijod uchun barcha narsa muhayyo edi. Seung Jinni yangi ta'mirdan chiqqan xonaga boshlab kirdi.

-Bu yer siz uchun atalgan xona. O'zim istagandek tamirladim. Keyinchalik o'zgartirish kiritishingiz mumkin.

-Menimcha bunga hojat yo'q xona menga yoqdi.

-Unda xursandman. Ishingiz haqida ma'lumotlarni birozdan so'ng berishadi. Ishingizni ertadan boshlaysiz.


Bir necha kundan beri Namjoon sabab juda ko'p asabbuzarliklarga uchragan Seung bugun u bilan gaplashib olish uchun ataylab Kim korporatsiyasiga keldi. O'zi tahmin qilganidek, xonaga kirganda Namjoon o'sha Bora bilan birga nimalarnidir muhokama qilardi.

Seung eshikdan hech qanday taqillatishlarsiz va ruxsatsiz kirib keldi.

-Qadrligim Namjoon siz bilan yolg'iz gaplashib olishimiz kerak. Shaxsiy fohishangizga aytsangiz bizni yolg'iz qo'ysa.

Seungdan doimo kesatiqli gaplar eshitib o'rganib qolgan bo'lsada, Namjoonga oxirgi so'zlar ortiqchalik qildi.

-Hozir sen bilan gaplashishga vaqtim yo'q Seung. Xonadan chiq.

-Demak vaqtingiz yo'q. Demak amakim bilan gaplashar ekanmanda. Nima deysiz unga borib unashtiruvni buzishimni aytsam, sizni o'rningizga voris qilib kimni tayinlar ekanlar-a?

Seung oxirgi gapalarni tahdid uchun aytmagandi. Agar Namjoon muomalasini o'zgartirmasa, Namjoonning dadasi bilan gaplashishi aniq edi.

-Sevgilim biroz vaqtga tashqariga chiqib tur. Men u bilan gaplashib olishim kerak.

Bora Namjoonning gapiga kirib xonani tark edi. Seung asta yurib kelib Namjoonning ish stoliga o'tirdi.

-Qachongacha bu qaysarlikni davom ettirasiz? O'sha iflosni yoningizda ko'rishni yoqtirmasligimni bilib turib, atayin qilasiz. Namjoon meni juda yaxshi bilasiz, men o'zimniki bo'lgan narsani hech kimga bermayman. Berganimdan ko'ra o'sha narsani yo'q qilganim yaxshi.

Seungning ko'zi ish stoli ustida turgan jimjimador qilib ishlangan ruchkaga tushdi. Uning ust qismiga "B" va "N" xarflari o'yib yozilgandi. Buni Namjoonga Bora sovg'a qilgandi. Seung rashkdan yonib ketdi. Yillar davomida to'plangan alamini bittada olgisi keldi. Ruchkaning qopqog'ini ochib, uchli tomonini Namjoonning qo'liga sanchib yubordi. Ruchkaning uchi juda o'tkir qilib ishlangandi, darrovda yigitning qo'li qonga belandi. Seung borgan sari ruchkani qattiroq suqdi.

-Joningiz og'riyaptimi? Mening ham jonim og'riyapti. Qalbimga yetkazgan jarohatlaringiz oldida bu hech gap emas. Bilib qo'ying men sevgim uchun o'laman ham, o'ldiraman ham. Ammo sizni o'ha fohishaga berib qo'ymayman.


Namjoonni xonada Seung bilan yolg'iz qoldirganidan jig'iboyroni chiqqan Bora xonasining eshigini zarb bilan yopib ichkariga kirdi. U xonasida turgan ayolni ko'rib ham hayratlandi ham xursand bo'ldi. Chunki Bora bu ayoldan Seungdan qutilishga yordam berishi haqida kecha vada olgandi.