My savior
Muallifdan: Bazan hayotimizni bir necha soniya ichida qilgan qarorlarimiz hal qiladi. Birgina noto'g'ri qadam hayotimizni jarlikka qulatishga yetarli asos bo'ladi. Eng yomoni esa bu qarorimiz yaqinlarimizning hayotini ham barbod qilishi mumkin
-Nima deb o'ylaysan bu ko'ylak Jungkookka yoqarmikan? Unashtiruv marosimi uchun juda mos, shunday emasmi?
Hera kiyinish xonasidan egniga qizil ko'ylakni kiyib chiqqanida, Seung telefoniga tikilib o'tirgandi. Hafsalasizlik bilan Heraga bir nigoh tashlab, yana telefoniga qaradi.
-Akamga bu ko'ylak yoqishi mumkin, unashtiruv marosimi uchun ham mos keladi. Bo'lajak kelinoyimga aynan shundan sovg'a qilaman.
Hera Seungning har doimgidek sovuq va qo'pol gaplarini boshqa manoga burishga harakat qildi.
-Demak bu ko'ylakni menga sovg'a qilar ekansanda.
Heraning gaplaridan Seung kulib yubordi. Telefonidan ko'zini uzib, o'rnidan turdi va Heraga yaqinlashdi. Mazahlovchi nigoh bilan unga qaradi.
-Men akamning bo'lajak rafiqasiga sovg'a qilaman dedim, unga zulukdek yopishib olgan qizaloqqa emas.
Seungning bu gaplaridan Heraning yuzidagi tabassum so'ndi.
-Seung men Koreadagi eng mashhur oilalardan birining yagona qiziman, akangga mendan ko'ra munosibroq qiz topa olmaysan deb o'ylayman
-Otang yoki oilang qanday kuchga ega ekanligi muhim emas, akam senga hech qachon uylanmaydi, bunga o'zim kafolat beraman So Hera.
Hera javob qaytarish uchun og'iz ochgan payt Seung uni to'xtatdi. Telefonida gaplashgancha xonani tark edi. Hera shu paytgacha hech kimdan bunchalik bexurmatlik ko'rmagandi. Qiz Seungning bunday munosabatlarini bir kun kelib yo'qoladi deb o'ylardi,ammammo Seung uning asablarini sinashda davom etardi. Hera har doim aytagan ishi bajarilishiga o'ragangan qiz edi. Seungdan ola olmagan alamini boshqalardan olishga urindi. Shu payt Heraga yaqin yerda turgan do'kon hodimasi sherigining hazilidan kulib yubordi. Bu huddiki uning ustidsn kulishayotgandek tuyilib, janjal qila boshladi. U savdo markazi hodimasini kaltaklash uchun qo'l ko'targan paytda, uni boshqa bir ishchi to'xtatib qoldi. Qizning ishchi formasiga Yona Uzumaki deb yozilgandi
Yona:Xonim, bu yer sizning shaxsiy savdo markazingiz emas, hodimlarga bunday muomala qilishga haqqingiz yo'q.
Yonaning gaplari Herani battarroq asabiylashtirib, portlashi aniq bo'lgan vulqonni uyg'otdi. U ortiq chiqaday olmay Yonaga tarsaki tushirdi. Ammo shu payt u kutmagan voqea bo'ldi. Yona Heraga qattiqtroq tarsaki tushirdi.
Hera:Sen! Qanday hadding sig'di?
Hera Yonaning sochlaridan yulish uchun unga tashlandi , ammo qiz unga vaqtida chap berdi. Hera muvozanatni saqlay olmay yerga yiqildi. Qiz hech qachon bir necha daqiqa ichida bunchalik xorlanmagandi. Hera shu zahotiyoq savdo markazi rahbarini chaqirtirib, Yonani ishdan haydashni talab qila boshladi. Hera agar qiz ishdan bo'shatilmasa, oilasining kuchi yordamida savdo markazining o'brosini tushurish bilan tahdid qila boshladi. Yona eng mas'uliyatli va tirishqoq ishchilardan biri bo'lishiga qaramay ishdan bo'shatildi. Hera o'zi anglamagan holda taqdirini va muhabbatini havf ostiga qo'ygandi
Yona asablari buzilgancha boshliq xonasidan chiqdi.
-Sen ahmoq, qo'rqoq, bir chaqaga qimmat erkaksan. Bir ahmoq sabab meni ishdan haydaganingga hali pushaymon bo'lasan! Savdo markaziningga o't tushsin!
Yona boshlig'iga ayta olmagan gaplarini ishxonadan chiqquncha gapirib chiqdi. Qilingan bu adolatsizlik uning qaynatgandi. Ayniqsa Heraning o'zini begunohdek ko'rsatishi uni yanada g'azab otiga mindirgandi. Agarda hozir yo'lidan Hera yoki boshlig'i chiqib qolsa, tirik qolmasliklari aniq edi.
Yona savdo markazidan chiqib, taksi kutarkan, yoniga qimmatbaho mashina kelib to'xtadi. Mashina ichidan chiqqan qizni Yona bir qarashda tanidi. O'sha jodugar bilan birga kelgan, bir necha gapi bilan Herani og'zini yumgan qiz. Buning ustiga Yona Seungning rasmlarini reklama peshtaxtalarida ko'rgandi
Yona:Agarda dugonangizning qilgan ishini ko'rib, rohatlanish uchun kelgan bo'lsangiz, ko'zimdan daf bo'ling.
-Men o'ylagandan ham tiling o'tkirroq ekan. Menga yoqding. Aytgancha ismim Seung. Seniki Yona shundaymi? Seni ishdan bo'shattirgan qizni sendan ko'ra ko'proq yoqtirmaydigan qizman
Yonaga qizning sensirab gapirishi yoqmadi. Ammo qarshisida turgan qizning yuziga yaxshilab qaradi. Yolg'on alomatlari yo'q edi. Shu sabab yana achchiq gapirishni istamadi
Seung:O'sha jodugar seni ishdan bo'shattirgan ekan, menimcha senga yangi ish kerak. Men bilan ishlaysanmi?
-Albatta yo'q. Men jiddiyman. Agar istamasang xohishing. Ammo bunday qilsang tez orada ish topa olmasliging aniq.
Yona Seungning gaplarini o'ylarkan, u to'g'ri aytayotganini bilardi. Hera kerak bo'lsa, Yona qayta ish topa olmasligi uchun ham harakat qilishini bilardi.
-Men roziman, ammo qanday ish?
-Ishxonaga borganda muhokama qilamiz. Qani mashinaga chiq.
Seungning mashinasi eng mashur restoranlaridan birining oldiga kelib to'xtadi. Yona hayron qolgandi. Bu eng qimmat va asosan VIP mijozlarga xizmat qiladigan restoran edi
Seung:Yona qaysi yo'nalishda o'qiysan? Mutahasisliging nima?
-Demak restoran yuritishni uddalaysan
-Taklifim yoqmadimi? Istaganingcha to'layman.
-Taklifingiz juda zo'r, ammo nega aynan men? Bu yerda ishlashga mendan yaxshiroq nomzodlar va talabgorlar ko'pku.
-To'g'ri, talabgorlar ko'p, ammo ularning ko'pchiligi bu lavozimda faqat akamga yaqin bo'lish uchungina ishlashni istaydilar. Jungkookni oltin ovchilarining qo'liga topshirib qo'yish bu ahmoqlik. Bu restoran oilamga tegishli eng muhim restoranlardan biri. Bu yerni boshqaradigan inson Jungkook bilan juda ko'p vaqt birga bo'ladi.
Yona va Seung gaplashish barobarida ichkarini aylanishardi. Bu yer juda hashamatli va ertaknamo edi.
-Agar akangizni ularning qo'liga tushishini istamasangiz nega o'zingiz bu yerni boshqarmaysiz?
-Men bunga qiziqmayman. Mening asosiy ishim modellik. Bu yerda ortiqcha vaqt sarflashni istamayman. Sevimli ishimmi tashlab, bu yerda o'zimga yoqmagan hujjatlar bilan ishlash bu azob.
-Nega otangizga buni aytib, ishingizni tark eta qolmaysiz unda?
-Kelishuv bor. Men istagan narsamga erishish uchun nimanidir qurbon qilganman deyaqolaylik
Yona Seungning gaplarini eshitib, hayron qoldi. Ko'plab insonlar bu yerda atigi bir marotaba ovqatlanishni orzu qiladilar. Qarshisida turgan qiz esa hech ikkilanishsiz bu unga yoqmasligini aytayotgandi.
-Boylar o'zlari istagan ishlarini qiladilar, hatto kimnidir hayotini barbod qilish ham ularga hech narsa emas. Sizlarga havasim keldi. Istagan narsamgizni sotib ola olasizlar, hatto muhabbatni ham.
Yonaning gaplari sabab Seungning yuzidagi tabassum so'ndi.
-Bilasanmi, agar pul muhabbatni sotib ola olganida men bor pulimni bunga sarflardim. Afsuski buning iloji yo'q.
Yona va Seung bir necha daqiqa so'zsiz qoldilar. Ular Seungning xonasiga kirib, ish tavsilotlarini gaplashisharkan, xonaga juda kelishgan erkak kirib keldi.
-Yona tanish bu Jungkook, mening akam va sen eng ko'p ishlash paytida ko'rishadigan insoning. Aka bu Yona yangi ish boshqaruvchi
Jungkook Yonaga qarab, tabassum qildi
-Nihoyat qaysar singlim bu lavozimga mos inson topganidan xursandman. Umid qilamanki, Seung kabi dangasa emassiz.
Jungkook atayin Seungning asabini buzardi
Seung:Yona bugundan ish boshlaydi, uning boshini aylantirishga urinsangiz, mendan ko'rasiz.
-Bunday go'zal qizning boshini aylantirishga yo'q demagan bo'lardim
Jungkook Yonaning qat'iylik va ishonch barq urib turgan yuziga qarab, qandaydir boshqacha hissiyotlarni his qilishini boshlagandi. Seung Yunaning o'limidan so'ng birinchi marta akasining ko'zlarida muhabbat uchqunini ko'rgandek bo'ldi
Yona ish boshlagandan buyon bir necha kungina o'tgandi. Ammo Jungkook bilan juda yaqin bo'lishga ulgurgandilar. Seung restoranga juda kam kelar, Yonaning asosiy vaqti Jungkook bilan o'tardi.Jungkook tobora qizga oshiq bo'lib qolayotgandi. Yona ham bunday hislardan holi emasdi. Ammo Yona har safar Jungkookka yaqinlashganda, yigitning ko'zlarida boshqa bir ayolni ko'rgandek bo'lardi. Go'yoki uning hayotida avval boshqa bir inson bo'lgan va Jungkook u qizni unata olmayotgandek edi. Bir kuni Yona Jungkook bilan har kungi hujjat ishlarini yakunlagach, hodimlar dam olish xonasiga yo'l oldi. Ammo ichkaridan eshitilayotgan ovozlar sabab eshik oldida to'xtab qoldi. Boshqa hodimlar Yona va Jungkook haqida gapirishardi.
-Menimcha bu qiz boshlig'ning boshini allqachon aylantirib oldi
-Ammo bu foydasizku, o'zingiz ham bilasizlar boshliq hali ham o'sha sevgan qizini unata olmagan. Ismi nima ediya o'sha qizni... Ha esladim Yuna edi. Seung xonimning eng yaqin dugonasi edi.
-Ha, men ham eslayman, o'sha qizning ismi Yuna edi. Seung xonim bilan juda yaqin dugona edilar, ammo aynan Seung xonim uning o'limiga sabab bo'lgandi.
-Hoy sekinroq, bunday gaplarni gapirish taqiqlanganku.
-Ta'qiqlangan bo'lsa nima? Axir bu haqiqatku, Seung xonim o'z dugonasini o'ldirgan qotil
-Lekin Yuna xonimning o'limidan so'ng, Seung xonim joniga qasd qilishga uringan deyishadi
-Shu gapga ishondingmi? U shunchaki ro'l o'ynab hammaning rahmini keltirgan holos. Bu qiz tulkidan ham ayyorroq.
Yona ularning gaplariga ortiq chiday olmadi. U haqiqatni to'liq bilmasa ham Seung bunday gaplarga loyiq emas deb hisoblardi.
-Boshlig'ingiz haqida bunday gapirishga qanday haddingiz sig'yapti. Seung xonim o'sha qizni o'z qo'li bilan o'ldirganini ko'rgandek gapiryapsizlar.
Uni ko'rib hodimlar jim qoldilar, hech biri javob bermadi, ammo Seungni eng ko'p yomonlagan ishchi Yonaga qarshi chiqdi.
-Biz istagan narsamizni gapiramiz, bu sening ishing emas. Ha yana bir gap, Seung xonim beg'ubor ko'rinishiga aldanma, bir kun kelib, sening boshingga ham huddi Yuna xonimning boshiga tushgan ish tushsa, afsuslanib qolma. Bu qız bilan yaqinlashish o'zingga zarar bo'lishi mumkin