November 16, 2024

Singan umid

Ko’rinishdan qurilganiga ancha yillar bo’lib qolgan, eski uy juda boy oilada katta bo’lib

, Gangnamning eng hashamatli uylarida yashagan insonlarga go’yoki hozir qulab tushadigandek ko’rinardi. Amakilarining dafn marosimidan keyin tezroq uyga qaytishni istayotgan yoshlar qishloq odamlari bilan ko’p o’ralashishni istamay, ikkinchi qavatni aylangani chiqishdi. Bu qavat birinchi qavatdan ham nochorroq ko’rinardi.

TAEHYUN:To’g’risini aytsam onamga qilmoqchi bo’lgan yomonligi uchun, Doguk bundan ham battariga loyiq edi.

Tae xonani jihozlariga jirkanib qarab gapirardi. Hammayoq ozoda bo'lsada xonadagi mebellar juda eskiligi sabab uy juda xunuk ko'rinardi.

Jungvoo:Qiziq bu xarobada qanday yashar ekanlar-a? Hattoki haydovchimiz ham bundan yaxshiroq uyda yashaydi.

Akalarining gaplarini eshitgan holda xonani ko'zdan kechirayotgan Seungning e'tiborini stol ustidagi chizmalar o'ziga tortdi. Chizmalar juda mahorat bilan chizikgankigi yaqqol ko'rinib turardi. Dadalarining akasi me'mor bo'laganligi va o'g’li ham bu sohadan ketganini eshitgan bolalar bu amakivachchalari Seokjinning xonasiligini tushunishdi. Chizmalardan tashqari ish stoli ustida Jeon Doguk o’g’li Seokjin va rafiqasi Geom Ju bilan tushgan surat ham bor edi. Suratdan oila anchagina baxtli yashagini bilinib turardi. Taehyun suratni ko’rib yuzini burishtirdi.

Taehyung: Tezroq shu uydan ketsak edi. Doguk kabi iflos odam yashagan uyda yana bir necha soat tursam, aniq bo’g’ilib o’laman.

X:Unda bu yerdan hoziroq yo’qolishing mumkin.

Eshik oldidan o’tib ketayotgan Seokjin ularning gaplarini eshitgan va jahlini bosa olmay xonaga kirgandi. O'zlariga nisbatan ancha nochorroq yashaydigan amakivachchalarinig gapi Jungwooga juda xaqoratli eshitildi. Unga o'rnini ko'raatib qo’yish uchun atay kinoya bilan gapirdi.

Jungvoo:Bu gaping bilan bizni bu xarobadan xaydayapsanmi? Qishloq odamlari anchagina mehmondo’st bo’ladi deb o’ylagan edik biz.

Jin: Qishloq odamlari bilan sening ishing bo’lmasin, bu yer yoqmagan bo’lsa hoziroq yo’qolinglar. Sen esa hoziroq suratni joyiga qo’y.

Seung:Bunimi?

Qiz savol berish barobarida atayin suratni polga tashladi. Bu ham yetmagandek uni oyog’i bilan bosib, sindirdi.

Qiz savol berish barobarida atayin suratni polga tashladi. Bu ham yetmagandek uni oyog’i bilan bosib, sindirdi.

Seung:Kechirasan, bilmay tushirib yubordim.

Qizning ko’zlarida afsuslanishdan asar ham yo’q edi. Aksincha Seokjinni atayin mazah qilayitgani bilinib turardi.

Sen nima qildim deb o’ylayapsan??!!

Seokjin Seung tomon qadam tashladi, ammo shu zahoti Taehyun uning yuziga musht tushurdi. Kutilmagan zarbadan Seokjin yerga quladi. U o’rnidan turishga harakat qilar ekan, Jungvoo uni ushlab qoldi. Taehyung esa uning qorniga bir necha bor musht bilan zarba berdi. Seokjin qanchalar kuchli bo’lmasin, bu zarbalar uni tezda holdan toydirdi.

Taehyung:Zo’ravonning o’g’li ham zo’ravon bo’lar ekanda. Agar halal bermaganimda singlimga qo’l ko’targan bo’larmiding?

Taehyung gapirish barobarida yana bir bor musht tushirdi.

Taehyung, Jungvoo va Seung hozir ustidan kulayotgan insonlari o’zlarining qondoshlari ekanligiga e’tibor berishmas, uning jonini og’ritib zavq olishardi.

Taehyung:Voy bechora agar shunchalar kuchsiz ekanligingni bilganimda sekinroq urgan bo’lardim

Taehyung Seokjinning yuziga masxaroomuz qarab turdi akasiga ma'noli ko'z qisib qo'ydi.Jungvoo atayin birdaniga Seokjinni qo’yib yubordi. Muvozanatni saqlay olmagan yigit bo’yog’i o’chgan polga quladi. U endi o’rnidan turmoqchi bo’lganida Jungvoo uni tepib yubordi. Bu ham yetmagandek uning bo’ynini oyog’i bilan bosib yuzini polga ishqadi.

Jungvoo:Hali senga turish uchun ruxsat berilmadi yigitcha.

Seokjin ularga baribir kuchi yetmasligini bilsada, Jungwooning oyoqlari ostida ezilmaslikka urinib ko'rdi, ammo qo'lidan kelmadi.

Seung oyoqlari ostidagi suratni poshnalari bilan battarroq sindirdi.

:Bilasanmi qadrli amakivachcham, dadam sen haqingda gapirganida ancha kuchliroq insonni tasavvur qilgandik. Afsuski qarshimizda sendek nimjon dushmanni ko’rdik. Akajon menimcha unga ortiqcha kuch sarflashingizga arzimaydi. Qo’yib yurborsangiz ham bo'ladi.

Jinni anchagina jonini og'rita olganiga ishonchi komil bo'lgan Junwoo uni qo’yib yubordi. Seokjin shu zahotiyoq o'zini o'nglashga harakat qildi-yu, o'zini tuta olmay qayta polga quladi.

Shu vaqt eshikdan Seokjinning onasi Geom Ju xonim kirib keldi.