April 7, 2025

Forbidden love

Bir tomoni dengiz sohiliga qaragan, shahar matkazidan va odamlar ko'zidan uzoqroqda Namjoon atayin uy sotib olgandi. Bu yer juda chiroyli edi va Seung bilan eng chiroyli paytlari aynan shu uyda o'tgandi. Bu uyni Seung va Namjoon o'zlari ta'mirlagan edilaredilar. Dizayni ham ular istagan shaklda edi.

Ammo hozir Namjoon uchun bu uy huddi jahannamdek tuyilyapti. U bugun Seungning qalbini sindirishi kerak. Bu ishidan so'ng Seung uni hech qachon kechirmaydi.

Bir necha soatlardan beri sukunat ichida bo'lgan uyda, nihoyat qadam tovushlari eshitildi. Astalik bilan qadamlar yaqinlasharkan, Namjoon qadamlar yaqinlashgani sari hayajonlanib borardi. U hech qachon bu qadamlar xonagacha yetib kelmasligini istardi. Abadiylikdek tuyilgan bir necha daqiqadan so'ng xona eshigi ochilib Seung ko'rindi. Qiz eshikni ochib, bir lahza yotoqxonaga kirish-kirmaslik haqida o'ylab qoldi. So'ngra o'zidagi so'nggi jasoratni to'plab, xonaga qadam qo'ydi.

Namjoon deraza oldida turar, qo'lidagi stakan viski bilan to'ldirilgandi. Seungning ko'zi ish stolidagi ichkilik shishasiga tushdi. Shisha yarimlagandi. Namjoon odatda bunday paytda ichmasdi, ammo u hozir o'ziga o'xshamasdi. Seung ikkilanib qoldi. Namjoonga Heejin bilan suhbatdan so'ng beradigan savollari ko'p edi, ammo hozir gapirishga jurati yetmayotgandi. Oxiri so'zsizlik yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi tushundi.

-Heejinning aytganlari rostmi?

Seung bu gaplar yolg'on bo'lishini istardi, ammo Namjoonning sukuti, go'yo shubhalarni tasdiqlagandek edi.

Seung Namjoonning ko'zlariga tikilgancha, javob istardi.

-Namjoon javon bering, siz bu ishni qildingizmi? Bolamiznj abort qilishga buyruq berdingizmi?

-Ha, men buni qildim...

Seung muzlab qoldi, u quloqlariga ishona olmasdi. Sevgan insonidan bunday yomonlik ko'rishi mumkinligini tasavvur ham qilmagandi.

-Nega? Nega bunday qildingiz? Nega hali borligini his qilishga ham ulgurmagan bolamni o'ldirdingiz? Nega?

-Negaligini bilishni istaysanmi? Men bilasan deb o'ylagandim.

-Bilmayman, nega bolamni yo'q qilganingizni bilmayman. Nega ishonchimni barbod qilganingizni bilmayman!

-Chunki men uni xohlamdim! Men qandaydir fohishadan bolali bo'lishni istamadim. Qandaydir suyuqoyoqning bolasi mening qonimga ega bo'lishiga yo'l qo'yolmadim.

Seungning ustidan qaynoq suv quyilgandek bo'ldi. U Namjoondan bu so'zlarni eshitaman deb tasavvur ham qilmagandi.

-Fohisha?!

-Ha fohisha, sen fohishasan, nima bilmasmiding? Oilasi bor bo'lgan erkak bilan birga bo'lishga rozi bo'lgan ayolni yana nima deyish mumkin? Sen bor-yo'g'i jinsiy qo'g'irchoqsan xolos. Sendek ayollar faqatgina yotoqda ko'ngil olishga yaraysizlar xolos, boshqa hech narsa.

Seung yuragida juda qattiq og'riqni his qildi. Uning yashagan ertagi shu joyda nihoyasiga yetganini his qildi.

-Shoshma, nima seni sevib qolganman deb o'ylaganmiding? Heejindek ayolni tashlab, seni sevarmidim. Sen o'zingni menga munosib deb o'ylaganingni o'zi dahshatli. Bilasanmi, Heejin juda yaxshi oiladan, menga kuch-qudrat bera oladi, menga sog'lom farzandlar bera oladi. Sen esa hech narsasan. Hech narsa, ojiz bir notavonsan. Menga shunchaki bir qancha vaqtga o'ynash uchun o'yinchoq kerak edi.

-Nega men? Nega meni tanlading, ablah! Nega mening hayotimni buzding? Senga nima yomonlik qilgandim?!

Seung Namjoonga tarsaki tushurmoqchi edi, ammo Namjoon omburdek qo'llari bilan uni ushlab qoldi.

-Negami? Sen eng oson variant eding. Sodda, beg'ubor, meni sevarding va... Bokira... Hech kim senga mendan avval tegmagandi, sen hatto seni telbalarcha sevgan Kaiga ham senga tegishiga ruxsat bermaganding. Bilasanmi, sen bilan bo'lish jismoniy jihatdan rohat bag'ishlaydi, faqat shu... Sen mening jinsiy sherigim eding, ortiq narsa emas..

Namjoon gapirarkan, yuziga shavqatsiz tabassum yugurdi. Seungning qo'lidan ushlashi og'riqli edi.

-SENDAN NAFRATLANAMAN, NAMJOON, NAFRATLANAMAN!

-O, nafratlanasanmi? Istasang senga nafratlanish uchun yaxshiroq sabab beraman.