Forbidden love
-Opa, Suganing opasi biroz dimog'dorga o'xshab ko'rinadi. Ammo yaxshi ayol. Ertaga tushlikni birga qilamiz. Yana...
-Bilaman Luna, hayajondasan, ammo havotir olma. Men o'z vaqtida u yerda bo'laman.
-Bilaman, ammo baribir... Aytgancha siz yaxshimisiz? Bir haftadan buyon kayfiyatingiz yo'q. Axillesga ham vaqt ajratgingiz yo'q. Namjoon akam bilan munosabatlaringiz yaxshimi?
Luna Seungning yuzidagi qayg'uli ifodani bir haftadan buyon ko'raradi. Seung va Namjoon Parijdan qaytganlaridan beri. Seung Heejin bilan tuzgan shartnomasiga asosan Namjoon bilan gaplashdi. Heejin bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qildi. Namjoonni farzandli bo'lishga ko'ndirdi. Ammo shundan keyin Namjoon o'zgardi. Aeropotdayoq Seung bilan gaplashishdan qocha boshladi. Bir haftadan buyon esa o'zini olib qochib yuribdi.
-Luna men bunday bo'ladi deb o'ylamagan edim. Men hech qachon Namjoondan bunchalik uzoqlashmagandim. Yuragim... Yuragim juda qattiq og'riyapti. O'zimni juda yomon his qilyapman.
Seungning ko'zlaridan yosh tomchilay boshladi. Luna Seungni ovutishga urinardi.
-Opa, opa meni eshiting, siz o'zingiz buni tanladingiz-ku. Boshidanoq bilardingiz. Bu kun kelishini bilar edingizku opa.
-Luna, bilaman, ammo chidolmayapman... Qalbim o'zimga bo'ysunmayapti. Men Namjoon menga tegishli emasligini bilaman, ammo o'zimni rashk qilishdan to'xtata olmayapman. Har kecha boshqa bir ayol unga teginayotganini o'ylash meni aqldan ozdiryapti. Har kecha u bilan boshqa ayol bir yotoqda uxlayotganini o'ylasam, o'lib qolay deyapman. Uni rashk qilishdan to'xtay olmayapman. Men uni sevishdan, kutishdan, Heejinga hasad qilishdan o'zimni to'xtata olmayapman...
-Opa tinchlaning, hammasi yaxshi bo'ladi.
-Chidolmayapman... Luna, nafas ololmayapman...
Namjoon offisning tomida tungi shahar manzarasiga tikilgancha turarkan, Parijda bo'lgan voqealarni eslab, vijdoni qiynalardi. Namjoon juda katta yomonlik qildi. Buni hech kim bilmadi, ammo vijdoni uni tinch qo'ymasdi. Qo'l urgan ishining dahshatini o'ylashning o'zi Namjoonni tamom qilayotgandi. Shu ishi sababli Seungning ko'zlariga bir haftadan buyon qaray olmayapti. Seungdan o'zini olib qochib yuribdi.
Bir hafta avval Parijdan qaytadigan kunlari aeroportda Seung hushidan ketib yiqildi. Namjoon aqldan ozay dedi. Zudlik bilan kasalxonaga olib bordi. Bir necha tekshiruvlardan so'ng Seungning xomilador ekanligini shifokarlar aytishdi. Namjoonning hayoliga dastlab urilgan firk Seungning kasalligi edi. O'pka gipertoniyasiga chalingan ayol farzandli bo'lishi mumkin emas, agar xomilador bo'lsa, fazandini dunyoga keltirish chog'ida vafot etish ko'rsatgichi yuqori. Bola sog'lom tug'ilish ehtimoli esa juda past. Hattoki bola o'lik tug'ilishi ham mumkin. Buni shifokarlarga tushuntirganida ular zudlik bilan bolani abort qilishdi. Namjoon bu haqda hech kimga aytmadi. Seungga ham og'iz ochmadi. Ammo har safar Seungga qaraganida o'sha voqea esiga tushdi. U qizning ko'zlariga qaray olmasdi. Agarda qarasa, Seung baridan xabar topib qoladigandek, Namjoondan o'zi hali his qilmagan, yaxshi ko'rishga ulgurmagan bolasidan ayirgani uchun hisob so'raydigandek edi. U ikki o't orasida edi.
Luna va Seung Suga va oilasi bilan uchrashish uchun aytilgan manzilga o'z vaqtida yetib kelishdi.
-Opa tanishing bu Suga, mening qallig'im.
-Salom Suga men Seungman, Lunaning opasi.
-Men ham xursandman. Opam va pochcham sizlarni kuyapti. Marhamat qiling.
Suga opa-singilni maxsus buyurtma qilingan xonaga boshlab kirdi. Kirishlari bilan ko'rgan manzaradan Seung shokka tushdi.
-Tanishing,bu opa Herjin va eri Namjoon.
-Shoshma, Heejin sening opangmi?