January 21, 2025

Hidden history

Sidneyning eng hashamatli joylaridan biri hisoblangan Double Bay(Oqqushlar ko'rfazi) da joylashgan qimmatbaho villalar ko'plar uchun orzu edi. Ammo men uchun emas. Men bu hashamat ichida tug'ilib,ulg'aygandim.Bu yerda hayotimning 18 yili aniqrog'i 17 yil,11oy va 29 kuni hech qanday qiyinchiliklasiz o'tdi, ammo 18 yoshga to'lgan kunimda mening jannatmisol hayitim tugadi. O'sha kunda barcha orzularim sarobga aylandi...

18 yoshga to'lgan kunida majburan turmushga chiqishga majbur bo'lgan qiz uchun bu eng baxtli emas, eng baxtsiz kuni edi. U ota-onasiga yalinib-yolvordi, o'sha insonga nisbatan qalbida hech qanday iliqlik yo'qligini qanchalik tushuntirishga urinmasin, bari befoyda edi. Otasi Seungni biznesi yo'lida shunchaki qurbon qildi. Qizning egnidagi oq libos unga huddi kafandek sovuq tuyilardi.

-Nega yaxshiroq qarshilik qilmadim-a, nega? Hech bo'lmaganda qochib ketishim mumkin ediku, nega bunday qilmadim? Men uni sevmayman, aksincha undan nafratlanaman. U o'zidan pastroq tabaqali insonlarga yomon munosabatda bo'lganini ko'p bora ko'rganman. Udek inson bilan bir umr yashashdan qo'rqib ketyapman.

Seung hayajonlanganidan zo'rg'a qadam tashlardi. U so'nggi daqiqalarda, otasi uni mehrob sari boshlab ketayotgan paytda ham to'yni to'xtatishlariga umidvor bo'ldi. Ammo bu imkonsiz edi...