Destructive love or Desire
Yn ni Taehyungning yoniga yurib bordi va roʻparasida tik turdi. Yn unga baqirib: „Bu nima?! Menga javob ber!“ — deb talab qildi. Taehyung oʻrnidan turib, unga yuqoridan pastga qaragan koʻyi javob qaytardi.
Taehyung Ynga: „Sen buni allaqachon bilasan, zaharim. Shunday ekan, nega soʻrayapsan? Menga biror bir savol berishga hech qanday huquqing yoʻq“, — dedi.
Yn esa Taehyungga har bitta savolni berishga qonuniy huquqi borligini va Taehyung uning savollariga javob berishga majburligini aytdi, chunki ular Taehyungning yotoqxonasida emas edilar. Shuning uchun Taehyung baribir javob berishi shart edi.
Taehyung kinoyali jilmashib: „Qoidalarni yaxshi bilarkansan, koʻrib turibman. Endi esa menga oʻz kuchingni koʻrsatyapsanmi... Mayli, senga javob beraman“, — dedi Ynga qarab.Taehyung bir xil odam bilan buni qilishdan zerikayotganini aytdi. Taehyung endi yangi kimnidir sinab koʻrmoqchi edi, chunki yangi narsalar har doim hayajonli boʻladi. Qolaversa, otasi uni Yn’ga bogʻlanib qolgan deb oʻylagani uchun, otasining bu notoʻgʻri tushunchasini ham parchalab tashlashi kerakligini bildirdi.
Biroq Yn bir muddat unga tikilib qoldi, soʻngra uni qoʻyib yuborishini, uni tark etishini va bu nikoh kishanlaridan ozod qilishini talab qildi. Shundan keyin kim bilan xohlasa, oʻsha bilan birga boʻlishi mumkinligini aytdi.
Taehyung esa boshqa birov bilan birga boʻlishi uning ozod boʻlishini anglatmasligini aytdi. U hech qachon ozod boʻlolmasligini, chunki u uning fohishasi ekanini taʼkidladi.
Biroq Yn uni oʻz xoʻjayini sifatida qabul qilmasligini bildirdi. Agar u oʻsha ayol bilan birga boʻlsa, Yn’ga teginishni unutishi kerakligini, unga aslo teginishga yoʻl qoʻymasligini, ajrashishini va uning uyini tark etishini aytdi. Oxirida esa endi nima xohlasa, shuni qilishini bildirdi.
U shunday deb, Taehyungni xonada yolgʻiz qoldirib chiqib ketdi. Xonadan chiqqach, u yerda tik turgan Massimoni koʻrdi. Massimo uning poshnalarini mramor polda taqillab kelayotgan ovozini eshitgach, ortiga oʻgirilib unga qaradi.
Yn unga: „Biz hoziroq ketyapmiz, Massimo“, — dedi.
Massimo esa: „Siz qanday aytsangiz, malikam“, — deb javob qaytardi.
U yuqoriga, tepa qavatga koʻtarilayotgan edi, biroq u yerga chiqishdan oldin Massimoga buyruq berdi.
Yn: „Massimo, Kim Taehyungning mening xonamga kirishiga ruxsat berilmaydi. Agar u mening xonamga kiradigan boʻlsa, oqibatiga oʻzingiz javob berasiz“, — deb tayinladi.
Massimo Taehyungdan buni qilish shartmikinini soʻradi. Taehyung esa qatʼiy qilib shartligini aytdi.
Massimo unga malikam bundan ozor chekishini tushuntirmoqchi boʻldi, biroq Taehyung bunaqa parvo qilmay, ozor cheksa chekaversin, qabilida javob berdi.
Massimo ogʻir xoʻrsinib, malikam uning xonasiga kirishni taqiqlaganini eslatib oʻtdi. Taehyung esa uning gapini boʻlib, Jenna kelgan-kelmaganini soʻradi. Massimo uning kelganini tasdiqladi.
Taehyung Jennani uning huzuriga kiritib yuborishni buyurdi. Massimo bosh irgʻab, Jennani ichkariga kiritish uchun u yerdan chiqib ketdi.
Josh sultonim uchun 372-xonani band qilganini aytib, kalitni uzatdi va u yerga borishini, ichkariga kirishini, sultonim u bilan tez orada xonada uchrashishini aytdi. (Taehyungning odamlaridan biri buni Jennaga tushuntirdi).
Jenna: „Xizmatkor...“ — deb javob berdi.
U xonaga kirdi va atrofni koʻzdan kechira boshladi. Jenna xonadagi chiroqlar bezagi juda xira ekanini payqadi.
Josh unga sultonim tunda mayin va xira yorugʻlikni afzal koʻrishini, shuning uchun xonani uning taʼbiga qarab bezatishganini tushuntirdi. Jenna buni eshitib, uning juda romantik ekanini aytdi.
Josh esa mehmonga xayrli tun tilab, u yerdan ketishga ruxsat soʻradi. U xonadan chiqishi bilan Jenna ustidagi ortiqcha kiyimlarni yechishga kirishdi.
Taehyung yoʻlak boʻylab yurib borayotganida, Josh uning yoniga yetib keldi va shunday dedi:
„Xayrli kech, shahzodam. Hamma narsa siz xohlagandek tayyorlandi. Butun xonani sizning taʼbingizga qarab bezatdik, umid qilamanki, sizga yoqadi“.
Taehyung yengil bosh irgʻab, uning yonidan oʻtib ketdi. Bir oz yurgach, 372-xonaning roʻparasida toʻxtadi va ichkariga kirdi.
Jenna Taehyungni kutib oʻtirgan edi. Toʻsatdan xona eshigi ochilib, u ichkariga kirib keldi. Taehyung uning yoniga yaqinlashdi, Jenna esa hayajon bilan uning ismini aytdi.
U ismini aytishi bilan, Taehyung Jennaning qoʻlidan ushlab, oʻziga tomon tortdi. Yuzini uning boʻyniga yashirib, terisini tishladi.
Taehyungning oʻtkir va erkaklarga xos atri hidi Jennaning dimogʻiga urildi. Uning hidi Jennani aqldan ozdirayozdi va u uning ismini pichirlab ingradi. Taehyung uni karavotga itardi va uning ustiga egilib, qoʻllariga kishan soldi
Bir necha daqiqadan soʻng Jenna uning ish xonasiga kirib keldi va shunday dedi:
Jenna unga qarab: „Meni shunchalik erta, boz ustiga ofisingizga chaqiradigan darajada sabrsizlik qilyapsizmi, azizim?!“ — deb soʻradi.
Taehyung uning soʻzlarini eshitib, kinoyali jilmashdi va unga javob qaytardi. Taehyung uning bu yerga bugun tun haqida gaplashib olish uchun kelganini, u bilan tunni birga oʻtkazishi uchun rozi boʻlishi kerak boʻlgan baʼzi shart va talablar borligini aytdi.
Jenna hayron boʻlib: „Qanaqa shartlar??“ — deb soʻradi.
Taehyung unga shartlarni birma-bir tushuntira ketdi:
1.Jennaga unga teginishga ruxsat berilmaydi, faqat Taehyungning oʻzi unga teginadi.T
2.Taehyung oʻpishishni yoqtirmaydi, shuning uchun Jennaning uni oʻpishiga ruxsat yoʻq.
3.Taehyung yaqinlik paytida gaplashishni yoqtirmaydi, shuning uchun jarayon davomida Jennaning unga biron bir savol berishi taqiqlanadi.
4.Jenna unga butunlay boʻysunishi kerak, yaʼni hamma narsa faqat Taehyung xohlaganday boʻladi
...xohlasa shunday boʻlishini aytdi va unga qarab: „Bunga rozimisan???“ — deb soʻradi.
Jenna bir oz oʻylanib qoldi va xayolidan nimalardir oʻtgach, javob qaytardi. U Taehyungning hamma shart va talablariga roziligini, unga faqat Taehyungning oʻzi kerakligini aytdi.
Taehyung kinoyali jilmashib: „Yaxshi qiz“, — dedi. Keyin esa unga borib, bugun tunga tayyorgarlik koʻrishini, uni olib ketish uchun mashina yuborishini aytdi.
Jenna bosh irgʻab, u yerdan chiqib ketdi. Shundan soʻng Massimo Taehyungning ish xonasiga kirdi.
Massimo xavotir bilan: „Sultonim, kechirasiz, lekin malikam uchun oʻzimni yomon his qilyapman. Nega buni qilishingiz ker...“ — deb gap boshlagandi, Taehyung uning gapini keskin boʻldi.
„Massimo!!!!“ — deb baqirdi Taehyung.
~ KTH imorati, ovqatlanish xonasi ~
Birinchi xizmatkor ikkinchisidan: „Shahzodam uchun kechki ovqat tayyorlamadingizmi?“ — deb soʻradi.
Ikkinchi xizmatkor esa Massimo unga sultonim uchun kechki ovqat pishirmaslikni, chunki u bugun tunda kelmasligini aytganini bildirdi.
U gapini tugatishi bilan, har ikkala xizmatkor nimadir singanini eshitishdi. Ular ovqatlanish stoliga qarashganda, malikamizning kechki ovqati tortilgan tarelka yerga tushib, parchalnib ketganini koʻrishdi. Yn esa u yerdan gʻazab bilan chiqib ketdi.
Birinchi xizmatkor hayron boʻlib: „Malikamizga nima boʻldi?? Nega u toʻsatdan bunday munosabat bildirdi!!??“ — deb soʻradi.
Yn balkonda yolgʻiz tik turgan edi. U uyqusiz tunni oʻtkazayotgandi.Erining boshqa ayol bilan birga boʻlayotgani haqidagi oʻy unga aslo uyqu bermayotgan edi. U erining nima qilayotganiga parvo qilmasligini oʻylasa-da, qalbining tub-tubida bugungi vaziyat unga juda qattiq azob berayotgandi. Uning koʻzlari qizarib ketgandi.
Aynan oʻsha lahzada u kutilmaganda kimdir qadam tashlayotganini eshitdi. Ortiga oʻgirilib qarab, uni koʻrdi. Uni koʻrgach, unga tomon sekin yurib bordi va roʻparasida tik turdi.
Yn’ning koʻzlari uning butun tanasini koʻzdan kechirdi; u juda tartibsiz ahvolda edi. U uning toʻzgʻigan sochlariga, joyida turmagan galstugiga va boʻyniga yopishib qolgan lab boʻyogʻi iziga tikildi.
Yn uning koʻzlariga qaradi va ikkalasining nigohlari toʻqnashdi. U Yn’ning qizarib ketgan koʻzlarini koʻrdi; koʻzlarida yosh yoʻq edi, lekin u u yerdagi ogʻriqni aniq koʻra olardi.
Ikkalasi ham biror ogʻiz soʻz aytmasdan bir-biriga tikilib turishdi va toʻsatdan uning yuziga qattiq tarsaki tushib, yuzini chetga burib yubordi.
U uning koʻylagi yoqasidan mahkam ushlab, oʻziga yaqin tortdi va shunday dedi:
Yn uning yuziga qarab: „Nega buni qildingiz... NEGA MEN BILAN BUNDAY QILDINGIZ??“ — deb baqirdi.
U buni aytayotganda bor ovozi bilan oʻksib-oʻksib baqirayotgan edi.
Yn yana unga: „NEGA MEN BILAN BUNDAY QILDINGIZ?? Menga xiyonat qildingiz, Kim Taehyung... NEGAAAA!!!!!“ — deb aytdi.
U buni uning koʻzlariga yoshga toʻla nigohlari bilan tikilib turgancha aytdi.
Yn pichirlab: „Sizdan nafratlanaman... Sizdan nafratlanaman“, — dedi.