June 22

MASTER OF RUIN

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗧𝗪𝗘𝗡𝗧𝗬 𝗡𝗜𝗡𝗘|𝟮𝟵

𝗢𝗿𝗮𝗱𝗮𝗻 𝗯𝗶𝗿 𝗻𝗲𝗰𝗵𝗮 𝗸𝘂𝗻 𝗼'𝘁𝗴𝗮𝗰𝗵

Y/Nning koʻzlari son-sanoqsiz oltin chiroqlar aksidan porlab ketdi. Bu manzaradan zavqlanib, koʻzlarini pirpiratdi va oʻzicha jilmayib, mamnuniyat his qildi. Hammasi aynan Y/N xohlagandek boʻlib chiqdi! Katta xonasining butun bir devorini egallagan ulkan yogʻoch kitob javonining chetlarini bezab turgan sun'iy pechak barglariga qoʻl tegizar ekan, ohista ohang taratdi. Javonda hozircha boʻsh turgan qatorlar bor edi. Kitoblarini oʻsha yerga joylashtirmoqchi, biroq baribir ular bu ulkan javonni toʻldirishga yetmasdi. Bu oʻydan ichi quvonchga toʻlib, oyoq barmoqlari hayajondan raqsga tushgandek qimirlab ketdi. Nihoyat, kitoblari uchun ulkan javon tayyor edi! Y/N har doim shuni orzu qilgandi. Garchi oldingi xonasida ham javon boʻlsa-da, u ancha kichik edi. Unga bor-yoʻgʻi 80 taga yaqin kitob sigʻardi. Bunisiga esa yuzlab kitoblarni joylash mumkin. Y/N bundan juda mamnun edi.

Javon butunlay tayyor boʻlib, xonaga oʻrnatilgach, u juda goʻzal koʻrinish kasb etdi. Toʻgʻrisini aytganda, boshida u biroz sodda va gʻaribroq koʻringandi. U qaymoqrang va shaftolirang uygʻunlashgan goʻzal ranglardan ishlangan edi. Uni bezatish ishtiyoqi tugʻildi va Y/N aynan shunday qildi.

Jungkook shu kunlarda uyda yoʻq edi. U ishtiroki zarur boʻlgan xizmat safari bilan ketgandi. Y/Nni ham oʻzi bilan olib ketishi mumkin edi, biroq bu galgi safar Londondagidan farq qilardi. Londonda shunchaki uchrashuv va tanishuv tadbiri boʻlgan boʻlsa, bu safargisi ancha jiddiy ish edi. Shuning uchun Y/N shu yerda qoldi va bundan xursand edi. Deyarli bir oy oldin boʻlgan London safaridan beri xojaning fe'l-atvori shunchalik muloyim boʻlib qolgandiki, ba'zida bu hatto shubhali tuyulardi. Albatta, bu shunchaki hazil. Ayniqsa, uning yonida yurak oʻzgacha urishni boshlaganda, bu Y/Nga juda yoqardi. Nima boʻlganda ham, unga bir qancha imtiyozlar ham berilgandi. Y/N xohlagan vaqtida xojasi bilan tashqariga chiqa olardi.

U safarga ketishidan oldinroq, ular sakura tomosha qilishga borishgandi. Bu dunyodagi eng goʻzal manzara edi. Xuddi piknikdek... Yoki uchrashuvmikan? Ehtimol, shunday boʻlgandir. Xojasi ilgari hech qachon bunday qilmagani va oʻz his-tuygʻularini oshkor etish unga qiyin boʻlgani sababli, safar davomida oʻzini biroz noqulay his qilgani koʻrinib turardi. Shunga qaramay, uning aynan Y/N uchun shunday qilayotgani judayam yoqardi. Xojasi ham xuddi oʻzi kabi sevingan boʻlishini judayam umid qilardi.

Jungkook yoʻqligida Y/N uni qattiq sogʻinardi. Ovqatlanishga ham ishtihasi yoʻq edi, chunki tushlik stolida uni tinglaydigan, taomlarni suzib berib, xuddi malikalardek parvarish qiladigan hamrohi yoʻq edi. Ba'zida kitob oʻqishga ham xohishi boʻlmasdi, chunki xayolini faqat sogʻinch qamrab olgandi. Butun qiladigan ishi — Jungkook yoʻqligida xuddi sodiq bir uy hayvonidek uni oʻylar, yoʻliga koʻz tikishdan iborat edi. Jungkookning safari ikki kunlik boʻlib, odatda bu kunlarda juda band boʻlardi, shu sababli hatto gaplasha olishmasdi ham. Y/N buni tushunardi. Sevgan insoning bilan gaplashishga vaqt topish kerakligini bilsa-da, biroq u oʻylaganidan ham koʻra koʻproq band boʻlsa kerak deb hisoblardi. Hechqisi yoʻq, shunchaki uni kutishga qaror qildi.

Xullas, oʻtgan kuni javon oʻrnatilgach, Y/N uyning shahar telefoni orqali xojasi bilan bu haqda gaplashdi. Jungkookni nihoyat unga telefon sotib olib berish haqida gap ochdi, ammo bunga unchalik xohish bildirmadi. Toʻgʻri, uyali telefon hamma uchun zaruratga aylangan hozirgi zamonda yashab, oʻzining bunchalik ortda qolganini yaxshi bilardi, biroq unga hech qachon ehtiyoj sezmagani uchun buni soʻramagan ham edi. Buning ustiga, markazda boʻlganida unga telefondan foydalanish taqiqlangan edi. Kecha xojasi bilan gaplashganida, javonni bezatish istagi borligini aytdi va xoja buni rad etmadi. U rozi boʻlib, ushbu hovlidagi baquvvat qoʻriqchilariga Y/Nni xohlagan joyiga olib borishni va koʻngli tusagan narsani sotib olib berishni buyurdi. Oʻsha paytdagi quvonchini tasavvur qilsa boʻladi!

Y/Nga butun umri davomida koʻchaga chiqishga ruxsat berilmagandi.Bu yerga kelganidan keyin Jungkook uni bir necha bor tashqariga olib chiqdi, endi esa, albatta, uning ruxsatini olgan holda, oʻziga hamma narsaga ruxsat beradigan bir nechta qoʻriqchilar hamrohligida yolgʻiz ham koʻchaga chiqa olardi. Ular shunchaki yonida turishar, hech qanday xalaqit berishmasdi. Shunday qilib, ertalab xarid qilish uchun tashqariga chiqdi. Bezaklar va yana juda koʻp kitoblar sotib olib keldi. Toʻgʻri, boshida juda koʻp pul sarflab yuborishdan biroz xavotirlangan edi, ammo ochigʻini aytganda, allaqachon bu holatga koʻnikib qolgandi. Jungkook uni hech qachon cheklamasdi va Y/N bu imkoniyatdan toʻliq foydalanardi.

Ortga qaytishganda, allaqachon tush boʻlgandi. Shoshilinch tushlik qilib boʻlgach, tezda xonasiga yoʻl oldi va oʻtgan kundan beri rejalashtirib yurgan ishiga kirishdi. Mana, endi oqshom tushdi va bezatish ishlarini yakunladi. Endi faqat kitoblarni hamda xonasiga estetik jihatdan goʻzallik bagʻishlab turishi uchun olingan bir nechta yoqimli haykalchalarni joylashtirib chiqish qolgan edi.

Y/N yana bir bor jilmayib, yonidagi polda togʻdek uyilib yotgan kitoblariga qaradi. Sun'iy barglar va oltin chiroqlar oʻrnatilgach, boyagi gʻaribgina oddiy javon xuddi ertaklardagidek goʻzal boʻlib qolgandi. Haykalchalar va kitoblar ham joylashtirilgach, u yanada ajoyib koʻrinishga kirardi. Buni intiqlik bilan kutayotgan edi. Sochlarini yana bir bor tepaga mahkam va biroz tartibsiz yigʻib, narsalarni javonga joylashtirishda davom etdi. Keyingi bir soat davomida kitoblarni yanada chiroyli koʻrinadigan qilib qanday terib chiqishni oʻylash bilan band boʻldi. Javonning yuqori qismiga kitoblarni joylashtirish uchun kichik stulchadan foydalandi. Pastki qatorlarga koʻplab kitoblarni terib boʻlgach, endi ularni yuqori qatorlarga ham tizishga harakat qilayotgan edi.

𝗬/𝗡 (𝘁𝗮𝘀𝗮𝘃𝘃𝘂𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻!)

Kitoblarni qanday joylashtirishni o'ylarkan, Y/Nning qoshlari chimirildi. Aynan shu ish bilan ovora bo'lib turganida, xonaning eshigi to'satdan ochilib ketdi va kutilmagan shovqindan u cho'chib tushdi. Baxtiga, javonning bir chetidan mahkam ushlab qolib, stulcha ustida muvozanatini yo'qotmadi. Yuzida biroz norozilik bilan eshik tomonga qaradi. U yerda kim turganini anglagach, chehrasi yorishib, ko'zlari hayratdan katta-katta ochilib ketdi.

"Xojayin... Qaytib keldingizmi?" deb duduqlandi Y/N.

U butunlay shokda edi. Axir u ertaga kelishi kerak emasmidi? Uni qattiq sog'inganidan ko'ziga ko'rinayotgan bo'lmasin tag'in.

"Salom, gulyuzligim," Jungkookning yoqimli, bo'g'iq ovozi xona bo'ylab taralib, Y/Nning qulog'iga chalindi.

Shu lahzada uning ichida hayajondan go'yo minglab kapalaklar chiroqlar jilosi ostida raqsga tusha boshladi, chunki u nihoyat shu yerda edi. Y/N uchun xuddi haftalardek tuyulgan qariyb uch kundan keyin Jungkook qaytib keldi.Y/N hech narsa demadi. Shunchaki stulcha ustidan turib, eshik yonida turgan Jungkookka pastga qarab tikildi. Jungkook o'zining jozibali go'zalligi bilan xuddi farishtalardek begubor ko'rinardi. Bugun uning ko'zlarida shunday bir chaqnoqlik bor ediki, go'yo uning o'zi juga Y/Nni ko'rishga, unga qo'l tegizishga va diydorlashishga intizor bo'lib turgandek edi.

"S-Salom," deb zo'rg'a pichirladi Y/N.

Uning yuragi ko'kragida shunchalik qattiq va baland urayotgandiki, buni hatto tashqaridan ham eshitish mumkindek edi. Jungkook ham buni eshitayotganmikan? U biroz jilmaydi va uning o'zini tutib turishga urinayotgan qiyofasidagi o'zgarish sezilib turardi. Jungkook xursand edi, u tabassum qilayotgandi. U chin dildan jilmayayotgan edi.Jungkook chuqur nafas olib, Y/N tomonga qarab yura boshladi. Sochlari oldingidagidan ko'ra uzunroq bo'lib, bo'ynining orqa qismiga tushib turardi, biroz jingalaklanib, xuddi barmoqlar bilan taralganidek tartibsiz ko'rinardi. Jungkook uzun sochlar bilan yanada kelishgan ko'rinardi. U nihoyat kelib, ro'parasida to'xtaganida, Y/N unga qarash uchun o'girildi, biroq to'satdan muvozanatni yo'qotdi.

"Oh-" stulcha ustida chalqinib ketarkan, baqirib yubordi Y/N.

Qattiq polga yiqilib tushishga ulgurmasidan, Jungkook uni ushlab qolish uchun oldinga otildi, belidan tutib, o'ziga yaqinroq tortdi. Y/Nning qo'llari uning yelkalariga qo'ndi va ustidagi qalin palto matosidan mahkam ushladi.Yoyilgan sochlari oldinga to'zg'ib, yuzining ikki chetini yopib qo'ydi, ba'zi qismlari hatto uning yelkalariga ham tushdi. Y/N pastga, Jungkook esa yuqoriga qaraganida, qizning yonoqlari qizarib ketdi. Ular bir-biriga juda yaqin turishardi. Burunlari bir-biriga tegib, nafaslari uyg'unlashib ketgandi. Y/N uning yalpiz va charm hidlari qorishgan o'tkir atri hidini his qila boshladi va to'satdan uning butun vujudi g'oyat ta'sirchan bo'lib qoldi. Belidagi issiq qo'llarning taftini aniq seza boshladi. Bu haroratni hatto gulli ko'ylagining matosi ortidan ham his qilsa bo'lardi. Shuningdek, Jungkookning nigohlari uning yuzini sog'inch bilan ko'zdan kechirayotganini va nihoyat o'z uyiga, Y/Nning yoniga qaytganini anglab, qanday jilmayayotganini his qildi.

Jungkookning ko'zlari Y/Nning ko'zlariga tikildi va ulardan nima demoqchiligini aniq o'qish mumkin edi. Bu nigohlar unga yana bir bor shunchalik yaqin masofadan qarashni nechog'lik xohlaganini, uni qanchalik sog'inganini ko'rsatib turardi. Y/N Jungkookning buni hech qachon tiliga chiqarmasligini ham yaxshi bilardi. Jungkook his-tuyg'ularini ifoda etishga usta emas edi va Y/N buni tushunardi. Unga qarab jilmaygancha, Y/N o'z nomidan:

"Men ham sizni sog'indim," dedi.

Jungkook ko'zlarini biroz qisib, ovozini pastlatgancha:

"Albatta sog'inasan-da, azizam," deb pichirladi. Uning ovozidagi shodon va o'yinqaroq ohangdan Y/Nning ichida yana hayajonli titroq turdi va pichirlab kulib yubordi, bu esa Jungkookning yanada kengroq jilmayishiga sabab bo'ldi.

Jungkook bir qo'lini belidan sekin yuqoriga ko'tarib, bo'ynining orqasidan sochlarini ushladi, bu holat Y/Nni biroz hayratga soldi. So'ng lablarini uning lablariga yaqinlashtirib, unga sekin bo'sa berdi.

Bu hisdan Y/N o'zini tutib turolmay, ohista shivirlab yubordi. Jungkookning lablari lablariga tekkanidagi bu tuyg'u xuddi ertaklarni ko'rgandan keyingi his-tuyg'ularga o'xshardi. Yo'q, haqiqatdan ham, bu go'yo kamalaklar va mo''jizalar dunyosiga tushib qolgandek gap edi, bu shunchaki sehrli edi. Buni so'z bilan ta'riflash qiyin. Y/N ko'plab bo'sa sahnalarini ko'rgan, ko'plab kitoblarda o'qigan edi, biroq haqiqiy hayotga kelganda, bu shunchaki so'zlardan ham ko'ra kattaroq narsa edi. Bu haqiqat chegarasidan tashqaridagi, u uchun g'oyat g'ayritabiiy, go'yo o'zining timsolida yangi bir yulduz tug'ilgandek his edi.

Y/N Jungkook har bir bo'sa bilan beradigan haroratni va u hali bu haqda bilmasa ham, buni o'zi bilan bog'laydigan har bir mitti tuyg'uni judayam yaxshi ko'rardi.Y/N uni shunchaki yaxshi ko'radi. Bu o'ydan uning ichi hapriqib ketdi va u bo'sa paytida jilmayib qo'ydi. Jungkook Y/Nning go'dakdek begubor jilmayib turganiga qarash uchun biroz ortga chekindi. Jungkookning uyalib, yuzlari qizargan paytlarini Y/N nechog'lik ko'rkam deb bilishini hech aytganmidi? Xuddi hozirgidek. Jungkook hech narsa demadi, u faqat o'zining chiroyli ko'zlari bilan qizning yuz chizgilarini chizgandek, unga termilib tikilib turardi.

Buni his qilish shunchalik yoqimli edi. Jungkookning nigohlari ostida o'zini go'zal his etish juda maroqli edi.

"Pastga tush," Jungkook sukunatni buzib, qo'llarini Y/Nning belida tutgancha, unga ehtiyotkorlik bilan pastga tushishga yordam berdi. Y/N polda turinganida, Jungkook uning peshonasidan o'pdi va Y/N yana quvonib jilmaydi. U o'zini juda qadrli his qildi.

𝗝𝗸 𝗮𝗻𝗱 𝗬/𝗡

"Senga bir narsa sotib oldim," dedi Jungkook lablarini hali ham Y/Nning peshonasidan uzmay. Y/N unga qaradi va nigohlari to'qnashdi. Uning o'zi uchun sovg'a olib kelishni o'ylaganining o'ziyoq Y/Nning ko'zlarini quvonchdan porlatib yubordi.

"U nima ekan?" deb so'radi Y/N, har bir so'zidan hayajon ufurib.

"Kutilmagan sovg'a (syurpriz)," deb Jungkook sir boy bermadi, Y/N esa unga ko'zlarini qisib qaradi.

"Aytib bering, iltimos Xojayin," Y/N unga eng shirin nigohlarini hadya qildi va Jungkook ohista kulib qo'ydi. Y/N bu kulgi ovozini juda yaxshi ko'rardi. Jungkook qo'llarini Y/Nning beliga mahkamroq bog'lab, uni o'ziga yaqinroq tortdi, quchoqladi. Uning uni mana shunday ardoqlashini judayam sevardi.

"Bu qiziquvchanlikni boshingdan chiqarib yuboraman," deb pichirladi Jungkook bo'g'iq ovozda.

Jungkookning muomalasi to'satdan o'zgarganidan Y/Nning lablari beixtiyor ochilib qoldi. U yutunib qo'ydi, Jungkook esa kinoyali jilmaydi. Albatta, u hamma narsani tushunib turardi. Keyingi lahzada Jungkook uni xuddi kelinchaklardek dast ko'tarib quchog'iga oldi, bu kutilmagan holatdan Y/N chuqur nafas yutdi. Qo'rquv aralash instinkt bilan qo'llarini uning bo'yniga soldi, Jungkook esa yuzini uning bo'yniga bosib hidladi, bu Y/Nning nafasini yanada tezlashtirib yubordi. Y/N Jungkookni juda qattiq sog'ingan edi. Bo'ynidan o'parkan, Jungkook o'sha joyning o'zini yaladi, bu esa Y/Nni uning quchog'ida titrab ketishga majbur qildi. Jungkook uning balla nozik nuqtalarini yaxshi bilardi. To'g'rirog'i, unga aynan Jungkook tegayotgani uchun ham vujudidagi har bir nuqta eng nozik joyga aylanib ulgurgandi.

"Seni shunday sog'indimki," nihoyat tan oldi Jungkook va bu iqror Y/Nni baxtdan sarmast qildi.

"Albatta sog'inasan-da, azizam," Y/N biroz oldin o'ziga xuddi shu gapni aytgan Jungkookning ohangiga taqlid qilib javob qaytardi.

Jungkook lablarida oʻyinqaroq jilmayish bilan koʻzlarini qisib qaradi va aynan shu lahzada Y/N uni hozirgina "azizam" deb chaqirganini anglab yetdi. Uning koʻzlari katta-katta ochilib, ogʻzi hayratdan ochilib qoldi.

"Yoʻq, uzr soʻrash shart emas. Menga har doim meni shunday chaqirishing juda yoqishi mumkin," dedi Jungkook va Y/Nning koʻzlari shokdan yanada kengaydi. U haqiqatan ham shunday dedimi?

"Janob, hammasi tayyor," eshik taqillatilgach, xonaning tashqarisidan bir ovoz eshitildi. Bu uning yordamchisining ovozi boʻlsa kerak. Toʻxtang, nima tayyor?

"Ketdik," dedi Jungkook va yura boshladi. Y/N unga qarab qoldi, uning oʻzini qayerga va aynan nima uchun olib ketayotganidan butunlay bexabar edi. Shunga qaramay, u buni intiqlik bilan kutardi, chunki bilardiki, bu ajoyib bir narsa boʻlishi kerak edi.

Jungkook uni oʻzining qizil xonasi tomon yetaklab borarkan, Y/Nning xayoliga turli oʻylar kela boshladi. U nima xohlayapti? Yaqinlikmi? Unda boyagi "tayyor" deyilgan narsa nima edi? Uning poshasi qotgandi. Garchi hech narsa soʻramasa-da, qattiq urayotgan yuragini tinchlantirishga harakat qilardi, chunki hayajondan goʻyo havoda erib ketayotgandek his qilayotgandi. Ular xira yoritilgan qizil xonaga kirishganda, Y/N atrofga qaradi. Hammasi mutlaqo odatiy koʻrinardi. Ichkariga kirishgach, Jungkook eshikni tepib yopdi va xonaning oʻrtasiga yetishganda, uni pastga tushirdi. Y/N yana oyoqqa turdi va unga qaradi. Endi nima qilishi kerak? Kiyimlarini yechishimi?

"Yodingdami, moychechagim, sening butun dunyoni kezip chiqish orzung bor edi... dunyo boʻylab?" deb soʻradi Jungkook va uning koʻzlariga tikildi. Y/N jilmayib, bosh irgʻadi:

"Ha, Xojayin..."

"Va buni qayerdan boshlashni bilmaysan. Birinchi boʻlib plyajdagi yaltiroq suvlarni koʻrishni xohlaysanmi, qutb yogʻdusinimi yoki Eyfel minorasini va hokazolarni."

Y/N pichirlab kulib yubordi, endi uning qiziqishi yanada ortgandi. U nima demoqchi? Va nega aynan hozir buni soʻrayapti?

"Xullas, senga atalgan narsam bor," Jungkook lablarini bir-biriga bosdi va ma'noli jilmayib qoʻydi.
"Kaftingni roʻparamda och, moychechagim," dedi u koʻylagining choʻntagiga qoʻlini tiqib, Jungkook mushtini mahkam qisib olgani uchun Y/N koʻra olmayotgan bir narsani chiqararkan.

Unga toʻliq ishonib, Y/N ochiq kaftini uning roʻparasiga tutdi. Dastlab qoʻliga, keyin esa unga qaradi. Keyingi soniyada Jungkook yopiq mushtini uning ochiq kafti ustiga keltirib, qoʻlini ochdi. Kaftiga bir narsa qoʻyganida Y/Nning qoshlari chimirildi. Qoʻlidagi buyum yoki buyumlar unchalik ogʻir emas edi. Jungkook qoʻlini tortib olgach, Y/N unga nima berganiga qaradi va deyarli kulib yuborishiga sal qoldi.

"Darts? Haqiqatdanmi, Xojayin?" Y/N kulib yubordi. Bu hazilmidi? Orzulari haqida shuncha gaplarni gapirib, endi unga darts beryaptimi? Uning xayolidan nimalar oʻtyapti oʻzi?

"Ha," Jungkook boshini qimirlatib, orti bilan oʻgirish uchun Y/Nning yelkalaridan tutdi, shunda qizning orqasi unga oʻgirildi.

"Devorga qara," dedi Jungkook va Y/N devor tomonga qaradi, shunda butun manzara koʻz oʻngida namoyon boʻldi.

(Darts- bu devorga osib qoʻyiladigan maxsus dumaloq nishon (nishon taxtasi) va unga otiladigan kichkina uchli oʻqlar (drotiklar) bilan oʻynaladigan mashhur oʻyin.)

Devorda osig'liq taxta bor edi. U xuddi dart o'yini taxtasiga o'xshardi, lekin ochko yig'ish uchun chizilgan doiralar o'rniga unda xarita bor edi. Dunyo xaritasi. Unda turli joylarda ko'plab sayyohlik yo'nalishlari yozilgandi.

"Dartni ot va u qayerga sanchilsa, o'sha yerga boramiz", — dedi jungkook ortidan kelib.

"Rostanmi, bu juda ajoyib", — Yn quvonganidan o'zini tutib tura olmadi. Bu juda yoqimli va qiziqarli tuyulardi.

"Hm. Men buni keyingi ta'tilimiz uchun joy tanlashning qiziqarli usuli deb o'yladim. Ta'tilga chiqmaganimga ham ancha bo'ldi. Yaqin kunlarda vaqtim bemalol bo'lgani uchun, biror joyga borishimiz kerak deb o'yladim. Dunyoni kezish sening orzung bo'lgani sababli, joyni sening omading hal qilsin", — deb tushuntirdi Jungkook unga.

Yn ko'zlarida yosh miltillab tabassum qildi. Jungkook u bilan birga ta'tilga chiqmoqchi edi. U shunchaki hamrohlik qilishini emas, balki xuddi bir juftlikdek birga vaqt o'tkazishni istayotgandi.

"Shunday qilib, men sen borishni xohlayman deb aytgan hamma joylarni belgilab chiqdim. Darting qayerga tegsa, o'sha yerga boramiz", — dedi jungkook uning qo'llaridan asta silab.

"Bu juda e'tiborli ish bo'libdi, xojayin. Menga hozirdanoq yoqyapti", — dedi Yn unga.

"Shunaqami? Juda xursandman, mening gulyuzligim. Endi dartni tezroq ot. Sen bilan qiladigan boshqa ishlarim ham bor", — dedi Jungkook. Yn kulingancha:

"Lekin men bu o'yinni hech qachon o'ynamaganman. Shuning uchun..." — dedi.

"Shunaqami?" — deb so'radi jungkook va Yn unga qayrilib qaradi.Jungkook qarshisidagi taxtaga qarab turardi, keyin Yn dartlarni ushlab turgan qo'liga uning qo'li tegganini his qildi. Ularning qo'llariga qaragan Yn jungkook uning kaftini ochayotganini ko'rdi. Jungkook uning qo'lida bitta dart qoldirib, qolgan uchtasini yoki to'rttasini yana o'z cho'ntagiga soldi.

U qaytadan Ynning dart ushlagan qo'liidan tutdi va qo'lini yuqoriga ko'tarishga yordam berdi. Jungkook uning qo'lini shunday joylashtirdiki, dartning o'tkir uchi devordagi taxtaga qarab turardi. Jungkook ortidan turib hamon uning qo'lini ushlab turardi. Bu xuddi unga dart otishni o'rgatayotgandek tuyulardi.

"E'tiboringni taxtaga qarat", — dedi jungkook va Yn bor diqqatini o'sha yerga qaratdi.

"Dartingni u qayerga sanchilishini xohlasang, o'sha tomonga to'g'rilagin".

Yn u aytgandek qildi, shundan so'ng Jungkook dartni u bilan birga ushlash uchun barmoqlarini uning barmoqlariga yaqinlashtirdi. Uning ikkinchi qo'li esa Ynning belidan quchdi. Ular bir-birlariga jismonan shunchalik yaqin edilarki, Yn to'satdan vujudida issiqlikni his qildi.

"Ot", — deb buyurdi Jungkook past ovozda uning qulog'iga shivirlab, shunda xojayinning qo'li ichidagi Ynning qo'li dartni taxta tomon otdi.U taxtaning qayerigadir mukammal tarzda borib sanchildi va Yn hayajondan sakrab yubordi.

"U qayergadir sanchildi! Bu qayer ekan?" — deb so'radi Yn yuzida katta tabassum bilan undan.Jungkook uni mahkam quchgancha, bu qaysi joy ekanligini ko'rish uchun taxta yoniga boshlab bordi. Bu okeanning o'rtasidagi qandaydir joy edi.

"Hmm, ko'rinishidan Maldiv orollari yaqiniga otganga o'xshaysan", — dedi jungkook unga.

"Maldiv orollari! Bu ajoyib joy emasmi? U yerda yaltirab turuvchi okean suvi bor. Okean qirg'og'idagi mehmonxonalar va eng chiroyli plyajlar bor. Men u yerni eng zo'ri deb eshitganman... bahor faslida!" — dedi Yn o'sha joy haqida bilgan barcha ma'lumotlarini unga aytib berib.

"Geografiyani bunchalik yaxshi bilishingni o'ylamagandim", — dedi Jungkook butkul hayratda qolib.

"Albatta bilaman. Bu mening orzuyimdagi joylardan biri, shuning uchun... Boz ustiga, men hech qachon plyajni ko'rmaganman. U yerga borsak bo'ladimi? Juda qiziqarli bo'ladi!" — deb ko'ndira boshladi Yn uni.U kulib yubordi:

"Albatta boramiz, mening gulyuzligim."Yn yuzida keng tabassum bilan quvongonidan yana joyida yengil sakrab qo'ydi. U judayam baxtiyor edi! Plyajni ko'radi, bu uning birinchi ta'tili bo'ladi.

Buni sabrsizlik bilan kutayotgandi!

"Rahmat sizga, xojayin!" — deb quvonchdan qichqirib yubordi Yn. Yn tabassum qilishdan to'xtamas ekan, xojayin uning yuzlarini kaftlari orasiga oldi:

"Yuzingda shu tabassumni ko'rish uchun hamma narsaga tayyorman."Yn uning quchog'ida kulib qo'ydi. Jungkook peshonasidan o'pish uchun yaqinlashishdan oldin lablarini tishladi. Yn o'zini juda minnatdor his qildi. Bu baxt abadiy qolishini va u hech qachon o'zgarmasligini dildan xohladi.U o'zgarmaydi.

"Endi esa asosiy qismga o'tamiz. Hozir seni jinnilarcha o'pib-quchgim kelmoqda," — dedi xojayin va yaqinlashib kelayotgan ehtiros sababli Ynning vujudi junjushga keldi.

Yn ham ayni damda uni shunday ehtiros bilan xohlayotganini yashirib o'tirmadi. Y/N Jungkookning lablariga ishora qilib.

"Maylimi?" — Yn uning shimiga qarab so'radi.

"Nega yo'q deyishim kerak, mening jozibali aqlligim?" — dedi Jungkook. Yn ich-ichidan kuchli bir eyforiyani his qildi. Bularning barchasi kutilayotgan ta'til va hozir sodir bo'ladigan voqealar hayajonidan edi.

Agar Jungkook uni shunday baxtli qilishda davom etsa, Yn hamisha faqat uning o'zi uchun jozibali va sodiq qiz bo'lib qoladi.

Faqat uniki.

.
.
.
𝗙𝗮𝗻𝗳𝗶𝗰𝗻𝗶 𝗼𝘅𝗶𝗿𝗴𝗮𝗰𝗵𝗮 𝗼'𝗾𝗶𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮 𝗯𝗶𝘁𝘁𝗮 𝗿𝗲𝗮𝗸 𝗯𝗼𝘀𝗯 𝗾𝗼𝘆𝗶𝘄 𝗾𝗶𝘆𝗶𝗻𝗺𝗶? 𝗞𝗲𝘆𝗶𝗻𝗴𝗶 𝗾𝗶𝘀𝗺 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝟲𝟱+ 𝗿𝗲𝗮𝗸 𝘃𝗮 𝟭𝟬+𝗸𝗼𝗺𝗲𝗻𝘁 𝗸𝘂𝘁𝗮𝗺𝗮𝗻✔️
𝗦𝗲𝗼_𝗩𝗶𝗲𝗹𝗹𝗮
𝗩𝗜𝗘𝗟𝗟𝗔 𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖𝗦~𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗺𝗮𝘅𝘀𝘂𝘀.