June 29

Destructive love or Desire

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗦𝗘𝗩𝗘𝗡|𝟳

Yn yana uning qoʻlini sonida his qildi... U sonini qoʻpol ravishda silab, siqa boshladi... Yn unga gʻazabli nigoh bilan qaradi va pichirlagan ovozda gapirdi:

— Endi nima xohlaysiz?! Qoʻlingizni torting, — dedi Yn va uning qoʻlini olib tashlashga urindi. Biroq yigit uning sonini mahkam siqib oldi... Yn uning qattiq siqishidan paydo boʻlgan bosimni sezdi.

Tasavvur uchun!

— Taehyung!!! — deb chaqirdi Yn.

— Nega? Bu senga yoqmayaptimi, zaharim?
— dedi Taehyung oʻzining past, chuqur va boʻgʻiq ovozida.

— Yoʻq, yoqmayapti... — javob qaytardi Yn.

— Kimni aldayapsan? — dedi Taehyung.

U Ynning sonini yanada mahkamroq qisib, istehzoli tabassum qildi. Barmoqlari asta-sekin koʻylagining ostiga sirgʻalib, yuqoriroq harakatlana boshladi.

— Hozir siz bilan tortishish niyatim yoʻq... Bas qiling... — dedi Yn.

— Agar toʻxtatmasam-chi? — javob qaytardi Taehyung.

— Meni oilaviy ziyofatingizga olib ketayotganingizni unutyapsiz shekilli, — eslatdi Yn.

— Oʻsha ziyofat menga qiziq emas, — dedi Taehyung gʻurur bilan. — Agar biror narsani xohlasam, unga baribir erishaman. Qayerda boʻlishim yoki qayerga ketayotganimning zarracha ahamiyati yoʻq.

— Xudo xayringizni bersin, bas qiling... Mashinani Massimo boshqaryapti... U sezib qoladi, — deb ogohlantirdi Yn.

— Massimo bizni koʻrib qolsa kimga qiziq, zaharim? U ogʻzini yumib, oʻzini koʻrdek tutadi, — dedi Taehyung.

U qoʻlini yanada yuqoriga surar ekan, ohasta kulib qoʻydi; barmoqlari endi Ynning ochiq terisiga tegib oʻtardi. Yigitning har bir qitiqlovchi teginishidan Ynning nafasi tobora ogʻirlashib borardi.

— Taehyung, iltimos... — dedi Yn.

Taehyung hech bir soʻz demasdan tugmani bosdi va oʻrtadan ularni old qismdan ajratib turuvchi toʻsiq koʻtarildi. Kutilmaganda, Taehyung bir lahzada Ynni oʻz tizzasiga tortdi. Qoʻli bilan uning boʻynidan ushlab, yuzini oʻziga yaqinlashtirdi va lablarini uning lablariga bosib, uni oʻpa ketdi.

Ular ehtiros bilan oʻpishishardi. Taehyungning tili Ynning lablariga mayin tegib oʻtdi va ichkariga sirgʻaldi. U qoʻlini uning beliga oʻrab, oʻziga mahkam tortdi, tili esa deyarli egalik qilish va talabchanlik hissi bilan harakat qilardi. U Ynni fidokorona oʻpardi, biroq Yn unga javob qaytarmayotgan edi. Shunda yigit qoʻlini uning boʻyniga qoʻyib, biroz qisdi va lablarini tishlab shunday dedi:

— Menga javob qaytar, zaharim, buni boshqa takrorlamayman, — dedi Taehyung.

Yn yigitning tomogʻini mahkam qisib turganini his qilib, chuqur nafas oldi va lablarini uning lablariga moslab qimirlata boshladi. Lablarining harakatini sezgan yigit oʻpich orasida istehzoli tabassum qildi va uning tanasini oʻziga yanada yaqinroq bosdi...Oradan daqiqalar oʻtdi. Biroz vaqt oʻtgach, Yn yigitning bir qoʻli sonining ichki qismiga qarab ketayotganini his qildi. U yigitning qoʻlini ushlab, oʻpishni toʻxtatdi va ogʻir nafas olib, shunday dedi:

— Hozir... emas... Iltimos... — dedi Yn yigitning qoʻlini mahkam qisib.

Buni eshitgach, yigit qoʻlini u yerdan tortib oldi, biroq Ynning koʻylagi yenglarini pastga tushirdi va yuzini uning boʻyniga yashirdi. U yerda oʻz izlarini qoldira boshlaganida, Yn boshini orqaga tashladi.

~Time skip~

Massimo ular tushishi uchun mashina eshigini opens. Ular mashinani boradigan manzillaridan biroz uzoqroqda toʻxtatishgan edi, chunki Taehyung Massimoga shunday degan edi.

Massimo eshikni ochgach, Yn mashinadan tashqariga chiqdi... Taehyung esa hali ham mashina ichida oʻtirardi va u erda oʻtirgancha istehzoli tabassum qilardi. Massimo Ynni koʻrib, uning biroz tartibsiz koʻrinishda ekanini payqadi. Sochlari oldingidek silliq emas, boʻyniga sharfini oʻrab olgan, pardozi ham biroz buzilgan edi.

— Malikam, siz umuman yaxshi koʻrinmayapsiz... Menimcha, shifokor chaqirishim kerak. Sizni zudlik bilan tekshirishlari lozim. Sizga nimadir boʻlgan, malikam... Men shifokorga qoʻngʻiroq qilyapman... — dedi Massimo.

— Ogʻzingni yum va ketimdan yur, — dedi Yn.

U sumkachasini Massimoga qarab otdi va lol qolgan yigitni ortida qoldirib, mehmonxona ichkarisiga yoʻl oldi.

Massimo xavotirli qiyofa bilan Taehyungga qaradi va shunday dedi:

— Shahzodam, malikam yaxshi emaslar... U kishi juda horgʻin koʻrinmoqdalar. Unga nima boʻlganini bilasizmi?

— Seningcha malikangga nima boʻlgan boʻlishi mumkin, Massimo? — deb soʻradi Taehyung.

Massimo sarosimaga tushib, Taehyungga tikilib qoldi.

— Aqlingni ishlat, Massimo... Malikangni toʻsatdan bunday horgʻin koʻrinishga nima olib kelishi mumkin? — dedi Taehyung.

Massimo bir muddat nimanidir oʻylab, Taehyungga tikilishda davom etdi, soʻng kutilmaganda koʻzlari katta-katta ochilib, darhol nigohini yerga qaratdi. Taehyung istehzoli tabassum qildi va unga shunday dedi:

— Malikang ichkarida yolgʻiz... Borib, uning xavfsizligiga ishonch hosil qiling.

U boshini qimirlatib tasdiqladi va mehmonxona ichkarisiga yoʻl oldi.

~Time skip~

Asl manzilga yetib kelgach, mashina qizil gilamchaning roʻparasida toʻxtadi. Massimo mashinadan tushdi va ular uchun eshikni ochdi. Taehyung birinchi boʻlib mashinadan chiqdi va smokingini toʻgʻriladi, soʻng qoʻlini mashina ichkarisiga uzatdi. Yn uning qoʻlidan ushlab, mashinadan tashqariga chiqdi.

Taehyung bir qoʻlini Ynning beliga oʻrab, uni oʻziga yaqinroq tortdi. Foromuxbirlar toʻxtovsiz suratga olayotgan bir paytda, ular gilamcha boʻylab yura boshlashdi.

Shunda muxbirlardan biri Taehyungdan ular birga suratga tushishlari uchun yoʻlda toʻxtashini iltimos qildi. Yigit ommaviy axborot vositalari xodimining aytganini qildi va ular yana bu juftlikni rasmga ola boshlashdi.

— Janob va xonim Kim, iltimos, biror romantik holatda (poza) tursangiz... — soʻradi OAV muxbiri.

Muxbir shunday deganida, Yn Taehyungga qarashdan oldin jilmayib qoʻydi va yigitning unga his-tuygʻusiz, xotirjam qiyofada tikilib turganini koʻrdi. Yn bir qoʻlini uning koʻksiga qoʻyib, biroz siladi, yigit esa yuzini unga yaqinlashtirib, asta uning lablaridan oʻpdi. Kameralarning chaqnoq chiroqlari yana ularga qaratildi, olqishlar va suratlarga olish ovozlari eshitilib turardi.

U Ynning lablaridan mayin oʻpib, ortga chekindi va har ikkalasining koʻzlari toʻqnashdi. Ular bir necha soniya davomida nigohlarini uzishmadi, soʻng paparatsilardan rasmga olishni toʻxtatishni talab qilayotgan Massimoning ovozi eshitildi. Ular nigohlarini uzishdi va yana ichkariga kirish uchun yura boshlashdi.

Jenna

Ular oilaviy ziyofatda ishtirok etishayotgan edi. Taehyung amakivachchalari bilan suhbatlashar, Yn esa bir nechta ayollar bilan gaplashib turardi. Shu payt Ynning koʻzi Taehyung tomon ketayotgan Jennaga tushdi. Yn nigohini Jennadan uzmay turganida, uning yoniga "Don" yaqinlashdi.

— Xayrli kech, ota, — dedi Yn.

— Senga meni ota deb chaqirmaslikni aytgandim... Men seni kelinim deb qabul qilganim yoʻq, — dedi Don.

Yn Donga qarab biroz jilmayib qoʻydi.

— Qabul qilasizmi yoki yoʻqmi, bu oʻzingizga havola... Ota... Siz mendan kattasiz... Erimning otasisiz, shuning uchun men shunchaki sizga koʻrsatishim kerak boʻlgan hurmatni bajo keltiryapman... Ushbu imperiyaning malikasi sifatida, — dedi Yn.

— Malika!!! Rus mafiyasining malikasi boʻlish uchun senda biror bir loyiqlik yoki malaka bormi oʻzi? — dedi Don.

— Buni oʻgʻlingiz yaxshiroq biladi... Nega buni oʻzidan soʻrab koʻrmaysiz?! Meni malika qilgan aynan oʻgʻlingiz boʻladi, — javob qaytardi Yn.

— Oʻgʻlimning miyasini juda yaxshi yeb kelayotgan ekansan... Lekin men mening oʻgʻlimni barbod qilishingga yoʻl qoʻymayman. Seni uning hayotidan otib tashlayman. Sen oʻgʻlim uchun munosib (mukammal) emassan, — dedi Don.

— Unda oʻgʻlingiz uchun kim munosib?! — deb soʻradi Yn.

— Anavi yerga qara, — dedi Don [Taehyungning atrofida oʻralashib, unga yopishishga urinayotgan Jennaga ishora qilib]. — Aynan u oʻgʻlim uchun eng munosib juftlik... Ular birga juda chiroyli koʻrinishadi. Oʻgʻlimning rafiqasi u boʻladi.

— U oʻgʻlingiz xohlagan ayol emas... U Taehyungga hech qachon erisha olmaydi...Oʻgʻlingiz menga juda sodiq, — javob qaytardi Yn.

— Sodiq?! Mafiyalar hech qachon hech kimga sodiq boʻlishmaydi... Bratvaning (mafiya klanining) yetakchisi boʻlgan Kim Taehyung senga oʻxshash qizga sodiq boʻladi deb oʻylaysanmi?! U senga sodiq emas, xonim... Ularga qara, u Jennaning oʻziga tegishiga qanday yoʻl qoʻyyapti. U seni hatto aldashi ham mumkin, — dedi Don.

— U buni hech qachon qilmaydi, — dedi Yn.

— Qila oladi.Tez orada shunday boʻladi, shunchaki kut va kuzat. Tez orada u seni oʻz hayotidan otib tashlaydi, — dedi Don.

— U meni hech qachon aldamaydi... Erimga boʻlgan ishonchim komil, — javob qaytardi Yn.

~Time skip~

Yn yoʻlak boʻylab qayergadir ketayotgan edi, Massimo esa uning ortidan borardi.

— Taehyung qayerda, Massimo? Uni ancha vaqtdan beri koʻrmayapman, — deb soʻradi Yn.

— Men ham u Shahzodamni ancha vaqtdan beri koʻrganim yoʻq... Oxirgi marta shahzodamni Jenna xonim bilan birga koʻrgandim, — javob berdi Massimo.

— Ouh... — dedi Yn va shunday deb yoʻlida davom etdi.

U bir necha qadam oldinga yurdi va xonalarning biridan kimningdir gaplashayotgan ovozini eshitdi. Xona eshigi yarim ochiq edi. Ovoz unga tanishdek tuyuldi, shuning uchun eshikka yaqinroq bordi va yarim ochiq eshik tirqishidan ichkariga qaradi.

Shunga o'xshash deb tasavvur qilamiz!

Taehyung divanda oʻtirardi, Jenna esa qoʻllarini uning boʻyniga oʻrab, tizzasida oʻtirardi. Yigitning qoʻli esa Jennaning sonida edi.

— Ertaga kechqurun biz uchun xona band qilib qoʻydim... Sen men bilan vaqt oʻtkazasan, ertaga kechqurun men bilan... — dedi Taehyung.

— Men juda hayajondaman, azizim... Ertaga kechqurunni intizorlik bilan kutyapman... Sening ayoling boʻlishni sabrsizlik bilan kutyapman. Lekin rafiqang nima boʻladi? — deb soʻradi Jenna.

— U haqida qaygʻurishingga hojat yoʻq... Sen shunchaki ertaga kechqurun meni qanday xursand qilish (koʻnglimni olish) haqida o'yla, — javob berdi Taehyung.

𝘼𝙪𝙩𝙝𝙤𝙧: 𝗩𝗶𝗲𝗹𝗹𝗮