June 20

MASTER OF RUIN

๐—–๐—›๐—”๐—ฃ๐—ง๐—˜๐—ฅ ๐—ง๐—ช๐—˜๐—ก๐—ง๐—ฌ ๐—˜๐—œ๐—š๐—›๐—ง|๐Ÿฎ๐Ÿด

Jungkook Y/N ning bu yerdagi turli xil pichoq, vilka va qoshiqlardan foydalanishda adashib qolishidan xavotirda edi. Biroq, qiz buni avvalgidan ko'ra yaxshiroq uddalayotganini ko'rdi. Shunga qaramay, Y/N ko'makka muhtoj edi va Jungkook qaysi asbobni qayerda ishlatishni sekingina ko'rsatib, bajonidil yordam berdi. Bundan tashqari, Y/N atrofidagilar bilan juda yaxshi kirishib ketayotgandi va avvalgiga qaraganda ancha yaxshi natija ko'rsatayotgan edi.

Jungkook Y/N ning har bir kichik odimidan faxrlanardi.

Nonushta nihoyat tugagach, hamma joyidan turdi.

"Bo'lmasa shunday, sizlar bilan juda ajoyib tong o'tkazdik. Kechasi ko'rishguncha", โ€” deb tabassum qildi janob Minatozaki qo'llarini artib bo'lgach.

"Albatta, buni intiqlik bilan kutib qolamiz", โ€” deb tabassum qildi Jungkook ham ularga qarab.

"Seni u yerda ko'rishdan juda xursand bo'laman", โ€” dedi Namjoon Y/N ga qarab.

Y/N sekingina kulib qo'ydi, lekin Jungkookning qo'lini mahkamroq qisdi. Bu harakat jahli chiqmasligi va yigitga qo'pol gapirmasligi uchun ogohlantirishmidi yoki o'sha o'ta xushmuomala bo'lib ko'ringan kimsaning oxirgi qilmishi tufaylimidi, buni anglash qiyin edi. Nima bo'lganda ham, Jungkook indamaslikka qaror qildi va mashinalar sari yo'l olishdan oldin ular bilan shunchaki xayrlashdi.

Xodimlardan paltolarni olgach, to'g'ri mashinalarga qarab ketishayotganda, Y/N to'satdan to'xtab qoldi.

"Bu juda chiroyli bog' ekan", โ€” dedi Y/N yo'lning narigi tomoniga qarab. Ichkarida o'tirishgandagiga qaraganda, uning ko'zlari hozir boshqacha porlab turardi.

"Sayr qilishni xohlaysanmi?" โ€” deb so'radi Jungkook qizdan.

"Rostdanmi? Yo'q demagan bo'lardim!" โ€” deb quvonib ketdi Y/N Jungkookga qarab.

Peshin yaqinlashayotgani sababli havo ancha iligan edi. Bog' bahor nafasi bilan ochilgan yangi gullar va rang-barang daraxtlarga to'la edi. Masofadan turib qaraganda ham u yer haqiqatan ham go'zal ko'rinardi. Ichkarida bir nechta odam ko'zga tashlansa-da, unchalik gavjum emas edi.

"Yaxshi, ketdik unda", โ€” dedi Jungkook va tansoqchilarga bu haqda ishora qildi. Shunchaki kichik sayr bo'lsa ham, xavfsizlik baribir zarur edi.

Ular yo'lni kesib o'tib, narigi tomonga qo'l ushlashib ketishayotganda, uch-to'rtta tansoqchi ma'lum masofani saqlab, ortlaridan kuzatib bordi.

Bog'ga kirgach, Jungkook tonggi toza havodan to'yib nafas oldi va uning qanchalik tetiklashtirishini his qildi. Uning yonida esa Y/N atrofdagi gullar va kapalaklarga qarab, og'zi qulog'ida tabassum qilib borardi.

"Xo'sh, ovqat senga yoqdimi?" โ€” deb so'radi Jungkook Y/N dan. Bu u uchun odatiy bo'lmagan holat bo'lsa-da, qizning u bilan har qanday mavzuda gaplashishi unga yoqardi. Jungkook shunchaki Y/N ni tinglashni yaxshi ko'rardi. Y/N qoshlarini chimirib, unga qaradi.

"Ha! Mazali edi, lekin yashirib nima qildim, sizning hovlingizdagi oshpazlar eng zo'r ovqatlarni tayyorlashadi. Bu yerda ham yaxshi edi, lekin u yerdagidek emas", โ€” dedi Y/N samimiy ohangda.

"Bu juda yaxshi. Kecha kechki ovqatda hammasi ko'nglingdek bo'ldimi?"

"Shunga o'xshash", โ€” deb xo'rsinib qo'ydi Y/N va koshinli yo'lakda ketayotgan poshnali poyabzaliga qarab gapida davom etdi:
"Taomlar haqida ko'p narsa eslay olmayman. Faqat janob va xonim Minatozakilar menga aytgan gaplar haqida o'ylayotgan edim".

"M-m? Sening ovqatxo'r xayolingni taomlardan chalg'itadigan darajada nima deyishdi, gulyuzligim?" โ€” deb so'radi Jungkook va Y/N kฤฑkฤฑrlab kulib yubordi.

Y/N ning og'zidan buni eshitgach, Jungkookning ichida nimadir titrab ketgandek bo'ldi. Yuragi hayajondan gupillab urib, o'ziga nafas olishni eslatishiga to'g'ri keldi.

"Xo'sh, ular menga biznes sababli turmush qurishganini aytishdi", โ€” dedi Y/N gapini tugatgach lablarini burishtirib, go'yo baland ovozda aytmoqchi bo'lgan, ammo ikkilanayotgan gapi bordek.

"Xo'sh, keyin-chi?" โ€” deb qiziqdi Jungkook.

"Keyin esa..." โ€” Y/N xo'rsinishdan oldin kichik toshchani tepib yubordi, โ€” "Ular bunday biznes muhitida oila qurish odatiy hal ekanligini aytishdi. Mafiya va shunga o'xshash narsalarda."

Jungkook bularning hammasini juda yaxshi bilgani uchun bosh irg'ab qo'ydi.

Uning ota-onasi ham xuddi shunday turmush qurishgan edi.

"Siz mamlakatning Donisiz (mafiya boshlig'isiz). Shuning uchun, bilasizki, balki siz ham shunday qilishingizga to'g'ri kelar deb o'ylayotgandim, shunday emasmi? Biznes kelishuvi asosidagi nikohlar oilalar tomonidan uyushtiriladi", โ€” Y/N hanuz oyoqlariga tikilib, boshini yuqoriga ko'tarmasdi.

Jungkook qizga qaramasdan, ohangdor ohangda kulinib qo'ydi. Y/N ba'zan shunchalik yoqimtoy bo'lib ketardiki, uning hatto bu haqda o'ylaganining o'zi ham Jungkookning tasavvuriga sig'masdi.

"Ustimdan kulmang", โ€” deb norozi ohangda to'ng'illadi Y/N va Jungkook qizga qaraganida, uning ko'zlarini qisib qarab turganini ko'rdi. Hozir u Y/N ni quchoqlab, o'pishni shunchalik xohlardi.

"Kechirasan, shunchaki buni eshitish juda qiziq bo'ldi, gulyuzligim", โ€” dedi Jungkook Y/N ga.

"Nima qiziq?"

"Sen mening boshqa birovga uylanishimdan xavotir olganing", โ€” deb Jungkook yana kulib qo'ydi.

"Sizchi, xavotir olmasmidingiz?"

"Meni kim ham majburlay olardi, Y/N?"

"Nima?"

"Mening boshqa birovga uylanib ketishimdan xavotir olganingni aytyapman", โ€” deb Jungkook yana kulinib qo'ydi.

"Sizchi, xavotir olmasmidingiz?"

"Meni kim ham majburlay olardi, Y/N?"

"Bilmasam, oilangizdir?" โ€” Y/N yelkalarini qisdi.

"Xullas, hech kimning parvoyi yo'q. Hech qaysi qarindoshimni zarracha o'ylamayman. Otam vafot etgan, qabrda yotibdi. To'rt yil oldin uning o'rnini (ishlarini) egallaganman, onam esa Amerikada o'z hayoti bilan band. Shunday ekan, nima ish qilishim bilan hech kimning ishi yo'q", โ€” dedi Jungkook qizga zarracha pushaymonliksiz. U o'z oilasi haqida hech qachon o'ziga tegishli bo'lgan biror bir qizga aytmagan edi.

Lekin u negadir Y/N bularning hammasini bilishga loyiq deb hisobladi.

"Oh. Buni eshitganimdan afsusdaman", โ€” deb pichirladi qiz.

"Afsuslanma. Shunisi ma'qul."

Shundan so'ng oraga sukunat cho'kdi, ammo Y/N ikkilanibgina Jungkookdan onasi haqida so'rab, sukunatni buzdi.

"U yaxshi ayol, shunchaki eng yaxshi ona emas. Biz u bilan yiliga kamida bir marta ko'rishib turamiz va shuning o'zi yetarli", โ€” Jungkook qizga bor-yo'g'i shuni tushuntirib bera oldi.

"Aha, baribir yomon emas ekan", โ€” deb xo'rsinib qo'ydi Y/N.

Jungkook ma'qullab bosh irg'adi va: "Shunday ekan, mening boshqa birovga uylanib ketishimdan xavotir olmasang ham bo'ladi", โ€” dedi.

"Ha- to'xtang. Men bu haqda xavotirlanganim yo'q!" โ€” deb e'tiroz bildirdi Y/N.

"Yaxshi, nima desang shu", โ€” Jungkook bosh barmog'i bilan qizning kafti orqasiga aylanma harakatlar bilan sekingina chizib qo'ydi.

"Siz... baribir yomon ekansiz", โ€” deb kฤฑkฤฑrlab kulib yubordi qiz gapining oxirida.

"Nima bo'lganda ham," โ€” Jungkook gapida davom etishdan oldin qizga qaradi, โ€” "sening o'sha chiroyli va kichkina qayig'ing qayerga suzsa shu, gulyuzligim."

Y/N uning nigohlari ostida qizarib ketdi va lablarini yaladi. Jungkook esa qadam tashlashdan to'xtab va qizni o'ziga qaratdi. Biror soniya ham vaqt yo'qotmay, Jungkook bo'sh qo'li bilan qizning bo'ynidan ushladi va lablaridan bo'salar olishdan oldin uni o'ziga yaqinroq tortdi. Y/N o'sha soniyada hayratdan tin ololmay qoldi, lekin darhol unga hamohang tarzda javob qaytara boshladi.

Jungkook o'z lablari bilan qizning pastki labini yengil tishladi, Y/N esa yigitning og'ziga qarshi ohista ingrab qo'ydi. Jungkookning ikkinchi qo'li qizning qo'lini qo'yib yuborib, belidan ushladi va uni yanada yaqinroq tortdi. Uning hozirgi yagona istagi qizni butunlay o'ziniki qilish edi. Qizning lablari uning lablariga qarshi turishi eng mukammal va qoniqarli uyg'unlik edi.

Jungkook qizni har safar o'pganida atrofda uchqunlar uchayotgandek tuyulardi. Qiz bir lahzaga uning fikrlarini chalg'itib, es-hushini o'g'irlardi va uning ta'mini his qilish uchun tilini ichkariga sirg'atib yuborganida, Jungkook har safar boshining aylanib ketayotganini his qilardi. Bu xuddi ularning birinchi marta o'pishganlaridek tuyulardi.

Jungkook ilgari hech kimni, hech bo'lmaganda o'z xohishi bilan o'pmagan edi. Avvalgilar shunchaki unutishni xohlaydigan narsalari edi, lekin Y/N bilan bo'lgan har bir soniyasini u hech qachon unutishni istamasdi. Y/N Jungkook butun vujudi va xohishi bilan o'pgan birinchi inson edi. Bu shunday o'pish ediki, u ich-ichingdan seni aqldan ozdirardi, miyangni chalg'itib, nega lablaring hali ham uning lablarida emasligi haqida o'ylashga majbur qilardi.

Jungkookning o'pichlari tobora ehtirosli tus olgani sayin, Y/N uning lablari orasida ohista ingrab qo'yardi. Yigitning ko'zlari yumiq edi va u qizning ta'mini yanada ko'proq his qilishga urinib, qoshlarini chimirdi. U bu aqldan ozdirar tuyg'uni, qiz o'zi bilan olib kelgan quyosh nurlarining butun bir jilosini va shunchaki, Y/N ning o'zini yanada ko'proq his qilishni istardi.

Ularning tishlari bir-biriga urilib ketardi. Jungkook qizni o'pganida, bu shunchaki oddiy o'pich emas edi. Bu o'pich lab tishlash, tishlar va tillarning to'qnashuvini o'z ichiga olardi. Bu xohish va ehtiros o'rtasidagi o'yin edi. Buning eng samimiy tomoni shundadaki, Jungkook Y/N ga nisbatan ham kuchli xohishni, ham cheksiz ehtirosni his qilardi.

๐—ค๐—ต๐—บ๐—บ ๐—พ๐—ต๐—บ๐—บ
๐—๐—ธ ๐—ฎ๐—ป๐—ฑ ๐—ฌ/๐—ก

Bu holat uning yuragi, miyasi va butun borlig'ini yanada ko'proq aqldan ozdirardi.

Ular nihoyat bir-birlaridan uzoqlashganlarida, Jungkook bosh barmog'i bilan qizning qizargan issiq bo'ynini ohista siladi va unga tikilib turgan yarim yumiq ko'zlariga tik qaradi. Ikkalasi ham tez-tez nafas olardi; Jungkookning qo'llari qizning vujudini ohista bag'riga bosib turgan bir paytda, Y/N uning paltosining old tomonini shu qadar mahkam ushlab olgan ediki, yigit qizning tirnoqlari matoni teshib yuborishidan xavotirlandi.

Jungkook chuqur xo'rsinib qo'ydi, Y/N esa atrofga qarashdan oldin unga bir necha bor ko'zlarini pirpiratib qaradi. Tansoqchilar ulardan ancha uzoqda bo'lsalar-da, ular ham yurishdan to'xtashgan edi. Y/N yutunib qo'yib, oldinga qaradi va Jungkook ham qizning qo'lini qayta o'z kaftiga olib, xuddi shunday qildi.

"Xo'sh, demak hammasi shu?" โ€” Jungkook noqulay bo'lmagan, ammo hozirgina sodir bo'lgan voqeaning hayajoni bilan to'la sukunatni buzdi.

"A-ha, shunday", โ€” Y/N nimanidir eslashga urindi.

"Yana, o'sha safar hovlida Janob Minatozaki men bilan birinchi marta uchrashganini eslaysizmi?" โ€” deb so'radi qiz Jungkookdan va yigit bosh irg'ab qo'ydi. Albatta, u bularning hammasini juda yaxshi eslardi. Jungkook o'sha kuni Janob Minatozaki bilan nima sodir bo'lganini hali ham tushuna olmayotgan edi. U Y/N ni ko'rganida kimnidir eslaganini aytgani nimani anglatishi yigitga qorong'u edi.

Biroq, Jungkook Minho bilan u Y/N ni birinchi marta ko'rganidagi g'alati xatti-harakati haqida gaplashgan edi. Minho unga voqeaning o'ziga tegishli qismini aytib berdi, Syra esa Janob Minatozaki buni boshqa ko'plab ayollarga nisbatan ham qilishini qayta-qayta Jungkookning yodiga soldi. Minho hali ham o'tmishdagi jarohatlaridan qutulmagan edi va ehtimol, Y/N ni ko'rgach, o'sha eski xotiralari yana qo'zg'alib ketgan bo'lishi mumkin edi.

"Xullas, u menga o'zining birinchi muhabbati haqida gapirib berdi. Bilasizmi, u hech qachon Xonim Minatozakiga uylanishni xohlamagan ekan. Ular shunchaki eng yaqin do'st bo'lishgan. Janob Minatozaki o'sha paytda boshqa birovni sevar edi, ammo oilalari sababli u o'sha ayolga uylana olmagan. U menga o'sha ayol to'satdan g'oyib bo'lib qolganini va meni birinchi marta ko'rganida, xayoliga aynan o'sha ayolga o'xshab ketganimni aytdi", โ€” deb gapini tugatdi Y/N va oxirida tabassum qildi.

Y/N ko'zlarini qisib, boshini tezda unga qaratdi. Vaziyat ancha chalkash edi. Bu degani, Y/N ni ko'rganda bir ayolni eslaydigan ikki kishi bor edi. Har ikki erkakning ham o'z hikoyasi bor. Xo'sh, har ikkala hikoyadagi ayol bitta odam bo'lishi mumkinmi?

"Kimdir uchun bu juda go'zal emasmi..."Y/N hali ham gapirardi, lekin u xayolini butunlay boshqa joyga jamladi. O'z o'ylari bilan band bo'lgani uchun, Y/N ga hali Minho haqida aytmadi. U hali ham aslida nimalar bo'layotganini tushunishga harakat qilardi. Biroq shu payt, Minho aytgan bir gap birdan uning xayoliga keldi:

"Uni oxirgi marta ko'rganimda, u xiyobonda aylanib yurgan edi va qorni xuddi homilador ayollarnikidek shishgan edi."Y/N nimadir haqida to'xtovsiz gapirayotgan bir paytda, u Y/N ga qayta qaradi va ich-ichidan qattiq hayajon hamda xavotir his qildi. Hozirgi paytda boshqa narsalarning umuman ahamiyati qolmagandi. Minho o'sha ayolga ergashgandi, biroq ba'zi kutilmagan vaziyatlar tufayli yo'lning narigi tomoniga o'tishga ulgurmay, baxtsiz hodisaga (avariya) uchragandi.

Bu haqida chuqurroq o'ylagan sari, uning nafas olishi og'irlashib bordi. Y/N o'sha ayolga o'xshash uning qizi bo'lishi mumkinmi? Minho aytib bergan o'sha ayol, yapon mafiyasi boshlig'i janob Minatozaki bilan ishqiy munosabatda bo'lgan ayol bo'lishi mumkinmi? Y/N uning yo'qolgan qizimikin? La'nat. Dahshatli chalkashlik.

"Xojayin," โ€” Y/N uning ko'zlariga qarashidan oldin, qo'lini yuzi qarshisida silkitdi. "Borib ular bilan biroz o'ynasam maylimi?" โ€” deb so'radi u. U ishora qilayotgan tomonga qaraganida, u yerda taxminan yetti yoshlardagi besh-olti chog'li bolalar bor edi, ulardan birining qo'lida futbol to'pi bor edi. Ularning barchasi yuzida tabassum bilan Y/N ga qarab turardi.

"To'p biz tomonga dumlab kelganda, uni tepib yuborganimni ko'rdingizmi?" โ€” deb so'radi u. Bolalarning unga qarab bunday jilmayib turishiga sabab shu bo'lsa kerak, deb o'yladi u.

"Boraqol," โ€” dedi u va Y/N quvongancha jilmaydi, so'ng bolalar tomon tez-tez mayda qadamlar tashlab ketdi. Har qanday kutilmagan xavfdan himoya qilish uchun ikki nafar soqchi ham uning ortidan ergashdi. U Y/N ning o'sha bolalar bilan xuddi o'zi ham begubor bolalik davrini surayotgan olti yoshli oddiy boladek jilmayib, o'ynayotganini kuzatdi. Chamasi, u o'z vaqtida, bolalik yillarida bunday quvonchni his qilib ko'rmagandi.

U og'ir tin oldi. Y/N haqida hali ochilmagan sirlar juda ko'p edi va bu yangi ma'lumotlar uning miyasini butunlay g'ovlatib yuborayotgandi. Uning yapon mafiyasining yo'qolgan malikasi bo'lish ehtimoli juda kam, ammo bu ehtimol mutlaqo nolga teng emas edi. U zudlik bilan harakat qilishga va ishni aynan shu shubhadan boshlashga qaror qildi. Cho'ntagidan telefonini chiqarib, shaxsiy yordamchisiga xabar yozdi:

"Janob Minatozakining DNK namunasini yashirincha topa oladigan biror kishini yolla."

Yordamchi xabarni o'qib, tezda "Xo'p bo'ladi" deb javob qaytardi. Y/N dan namuna olish esa unga hech qanday qiyinchilik tug'dirmasdi. Ortga qaytib, samolyot qo'nishi bilan u qiladigan birinchi ish โ€” namunalarni tahlilga topshirish va haqiqatni imkon qadar tezroq aniqlash bo'lardi.

Telefonini yana cho'ntagiga solib, u bolalar bilan kฤฑkฤฑrlab kulib o'ynayotgan Y/N ga qayta qaradi. Natija qanday bo'lishidan qat'i nazar, u bir narsani aniq bilardi: Y/N ning ketib qolishiga aslo yo'l qo'ymaydi.

Biroz vaqtdan keyin u Y/N ni chaqirdi. Y/N bolalarga qarab lablarini burishtirgancha noliy boshladi. Bolalar u bilan xayrlashishdan oldin qo'llarini urib, yuzidan bir-ikki marta o'pib qo'yishdi. Shundan so'ng u qadam tashlab kela boshladi. Unga bir necha qadam qolganda, yuzida katta tabassum bilan tezroq yura boshladi. Ammo yetib kelishiga ulgurmay, to'satdan oyog'i chalishib ketdi va chinqirib yuborgancha oldinga, uning ko'kragiga o'zini tashladi.

"Voy," โ€” muvozanatni saqlash uchun uning yelkalaridan mahkam ushlagancha Y/N hovliqib ketdi. Yiqilib tushmasligi uchun u Y/N ni belidan ushlab qoldi.

"Nima bo'ldi? Yaxshimisan?" โ€” deb so'radi u undan butunlay xavotirga tushib.

"Ha.Shuningdek, tuflimning poshnasi sindi shekilli," โ€” dedi u oxirida ovozini yig'lamsirab qilib.

Oyoqlariga pastga qarab olish uchun u Y/N ni joyida tik qilib turgizdi. Uning poshnalaridan biri orqa tomonidan singan bo'lib, poshnalik poyabzalning asosiy qismidan butunlay ajralib ketgandi. Y/N poyabzalini ko'zdan kechirish uchun pastga egildi, biroq u Y/N ni yarim yo'lda to'xtatdi.

"Qo'y uni," โ€” dedi u va Y/N qaddini rostlagan zahoti, qo'llarini uning tizzalari va beli ortidan o'tkazib, xuddi kelinlarni ko'targandek dast ko'tarib oldi.

Y/N yana chinqirib yubordi: "Xojayin! Unday qilmang. Hammasi joyida!"

"Nima, yo'lning narigi tomonidagi mashinagacha oqsab borishni reja qilayotganmiding?" โ€” deb so'radi u.

"Y-yo'q. Shunchaki... Odamlar orasidamiz-ku..."

"Xo'sh nima qipti? Senga g'amxo'rlik qilishim uchun menga xoli joy shart emas," โ€” deb javob berdi u va pastga qaraganida, Y/N ning chaqnab turgan ko'zlari bilan yuziga termilib, yonoqlari qizarib ketganini ko'rdi.

"Shunchaki mahkam ushlab ol. Seni hech qachon qo'yib yubormayman."

๐—๐—ฒ๐—ผ๐—ป ๐—ต๐—ผ๐˜ƒ๐—น๐—ถ๐˜€๐—ถ

๐—•๐—ถ๐—ฟ ๐—ต๐—ฎ๐—ณ๐˜๐—ฎ ๐—ผ'๐˜๐—ถ๐—ฏ: ๐—๐—ฒ๐—ผ๐—ป ๐—ต๐—ผ๐˜ƒ๐—น๐—ถ๐˜€๐—ถ๐—ฑ๐—ฎ

"Janob, shifokor bugun bergan ma'lumotga ko'ra, tahlil natijalari ertaga chiqadi," โ€” dedi shaxsiy yordamchisi unga.

Tashqarida juda kuchli, shovqinli yomg'ir yog'ayotgan edi. Momaqaldiroq xuddi osmonda kimdir nogora chalayotgandek g'uldardi. Ish xonasining deraza oynasiga urilayotgan yomg'irning kuchli va og'ir shitirlashi unga qonli, shafqatsiz urushlarni eslatib yubordi. Tashqarida kun juda qorong'i bo'lib, eng qora bulutlar xuddi choyshabdek har tomonni qoplab olgandi.

Y/N bunday ob-havoni unchalik yoqtirmasdi, shuning uchun u bu ishdan keyin Y/N ning xonasiga borishni reja qildi.

"Ajoyib," โ€” deb pichirladi u va oxirgi tutunni ichidan chiqarishdan oldin, stoli chetidagi kuldonga chekilgan sigaretani ishqalab o'chirdi. Hujjatni diqqat bilan o'qib chiqqach, uni yopdi va imzo chekdi.

U o'rnidan turgan zahoti, qarshisidagi odam gap boshladi: "Buni aytayotganim uchun uzr, lekin... Negadir ichim u qadar tinch emas."

"Nima haqida?" โ€” kuchli chaqmoq derazadan butun xonani yoritib, ortidan dahshatli momaqaldiroq gumburlashidan oldin, u ro'parasidagi odamga ko'zlarini qisib qaradi.

"Janob Minatozaki va Y/N haqida. Buni aytishga haqqim yo'qligini bilaman, lekin agar har ikkisining natijasi ijobiy (o'zaro mos) chiqsa-chi?"

Uning ovozida xavotir, ko'zlarida esa qo'rquv aks etib turardi.

"Xo'sh nima qipti? Bu meni zarracha ham xavotirga solayotgani yo'q," โ€” dedi u.

"Lekin janob, u holda Y/N ularga tegishli bo'lib qo'ladi-ku. U butun umr yetimlikda yashadi va o'zining aslida oilasi borligini bilgach, nima deb o'ylaysiz... U shu yerda qolarmidi?"

U boshini o'ng tomonga egib, unga qaradi. Ro'parasidagi odam esa yerga qarashdan oldin yutunib qo'ydi.

"Birinchidan, u meniki va doim shunday bo'lib qoladi. Ikkinchidan, uning oilasi kim bo'lishining menga zarracha qizig'i yo'q. Men uni xohlayman va shu yerda qolishga majbur qilaman. Qanday yo'l bilan bo'lsa ham, u shu yerga tegishli. U meniki. Agar uni butunlay shu yerda olib qolishning yagona yo'li shu bo'lsa, uni qafasga solib bo'lsa ham saqlayman," โ€” dedi u unga. Ro'parasidagi odam ega bunga ishonmay, ko'zlarini katta-katta ochdi.

"Agar u bu haqida bilib qolsa-chi? Unda nima bo'ladi?"

"Unda, unga bu haqida hech qachon bildirmayman."

Momaqaldiroq yana gumburladi va u xavotirli qiyofa bilan shunchaki bosh silkidi, so'ng ish xonasidan chiqib ketdi. U Y/N ga buni aytishga aslo jur'at qilolmasdi, aks holda u buni tiriklayin ko'mib tashlardi. Qolaversa, yordamchi uning qotillikka bo'lgan moyilligini juda yaxshi bilardi.

U xonadan chiqib ketgach, u o'z ish xonasini qulfladi va qo'llarini sport shimining cho'ntaklariga solgancha Y/N ning xonasiga yo'l oldi.

Jungkook Y/Nni hech qachon qo'yib yubormaydi.

.
.
.
.๐—™๐—ฎ๐—ป๐—ณ๐—ถ๐—ฐ๐—ป๐—ถ ๐—ผ๐˜…๐—ถ๐—ฟ๐—ด๐—ฎ๐—ฐ๐—ต๐—ฎ ๐—ผ'๐—พ๐—ถ๐—ด๐—ฎ๐—ป๐—น๐—ฎ ๐—ฏ๐—ถ๐˜๐˜๐—ฎ ๐—ฟ๐—ฒ๐—ฎ๐—ธ ๐—ฏ๐—ผ๐˜€๐—ฏ ๐—พ๐—ผ๐˜†๐—ถ๐˜„ ๐—พ๐—ถ๐˜†๐—ถ๐—ป๐—บ๐—ถ? ๐—ž๐—ฒ๐˜†๐—ถ๐—ป๐—ด๐—ถ ๐—พ๐—ถ๐˜€๐—บ ๐˜‚๐—ฐ๐—ต๐˜‚๐—ป ๐Ÿฒ๐Ÿฑ+ ๐—ฟ๐—ฒ๐—ฎ๐—ธ ๐˜ƒ๐—ฎ ๐Ÿญ๐Ÿฌ+๐—ธ๐—ผ๐—บ๐—ฒ๐—ป๐˜ ๐—ธ๐˜‚๐˜๐—ฎ๐—บ๐—ฎ๐—ปโœ”๏ธ
๐—ฆ๐—ฒ๐—ผ_๐—ฉ๐—ถ๐—ฒ๐—น๐—น๐—ฎ
๐—•๐—ฎ๐—ป๐—ด๐˜๐—ฎ๐—ป ๐˜„๐—ผ๐—ฟ๐—น๐—ฑ~๐˜‚๐—ฐ๐—ต๐˜‚๐—ป ๐—บ๐—ฎ๐˜…๐˜€๐˜‚๐˜€.