June 18

MASTER OF RUIN

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗧𝗪𝗘𝗡𝗧𝗬 𝗦𝗘𝗩𝗘𝗡|𝟮𝟳

"Men se...Men seni sevaman"

Aynan shu soʻzni aytmoqchi boʻldi. Tuygʻu tilining uchida turadi, goʻyoki Jungkook uchun eng taqiqlangan hislar emasdek lablaridan uzilib chiqayozdi. Oʻzi nimalarni oʻylayapti?Oʻsha lahzani eslar ekan, Y/N bagʻrida qattiq uxlab yotibdi. Bu soʻzlar ovoz chiqarib aytilishiga bir bahya qolganida, yuragi bir-ikki marta yoki undan ham koʻproq urishdan toʻxtab qolgandek boʻlganini haligacha eslaydi. Qanday qilib bu haqda oʻylashi mumkin?Jungkook qizni aniq sevmaydi. Toʻgʻri, Yn goʻzal uni oʻziga mutlaqo bogʻlab, telba qilib qoʻydi. Qiz unga kerak va uni hech qachon qoʻyib yuborishni istamaydi. Gap ham aynan shunda – yigit uni hech qachon seva olmaydi. Kimnidir sevsangiz, oʻzingizdan oldin uni oʻylaysiz. Agar uni baxtli qilsa, hatto qoʻyib yuborishingiz ham mumkin. Sevgi shartsiz boʻladi, Jungkookning ichidagi tuygʻu esa mutlaqo unday emas.

Bu ayolni oʻz yonida olib qolish uchun har qanday choraga qoʻl uradi. Jungkook uni oʻzi xohlamagan narsalarni qilishga majburlaydi. Hech qachon tashlab ketmasligiga ishonch hosil qilish uchun, hatto bogʻlab qoʻyishga toʻgʻri kelsa ham, uni qolishga majbur qiladi. Yigit hech qanday axloqiy me'yorlarsiz, sevgi kabi pok va goʻzal tuygʻu uchun haddan taxation buzuq va qora niyatli kimsaga aylangan.

Taxminan, oʻsha lahzaning sehridan sarmast boʻlib, bu soʻzlarni deyarli aytib yuborishiga bir bahya qoladi. Lekin ilgari yigitda bunday holat umuman kuzatilmagan.

Xayolining tubidan kelgan bu ovozdan Jungkook chuqur xoʻrsindi. Hayotida talaygina ayollar boʻlgan, balki toʻshakda undan koʻra yaxshiroq, ancha tajribali va xuddi oʻzi kabi shafqatsizlari ham uchragan. Har qanday erkakni oʻz ortidan emaklatadigan ayollarni Jungkook oʻziga boʻysundirgan.

Bagʻridagi bu ayolda nima shunchalik oʻzgacha ekanini hatto aniq tushuna olmayapti. Bu ayol Jungkookni oʻziga shu qadar qattiq bogʻlab olganki, yigit unga oʻsha xavfli uchta soʻzni aytib yuborishiga bir bahya qoladi. Hammasiga sabab shunchaki shahvatmikin?

Qoʻysang-chi,boshqa ayollar bilan qilgan narsalari oldida bu hech narsa emas.

Lana't. Jungkook hali qiz bilan sinab koʻrmagan juda koʻp narsalar bor. Kun kelib, albatta hammasini sinab koʻradi, lekin hozircha qizning chegaralarini sekin-asta kengaytirmoqda. Biroq eng asosiysi — yigit oʻziga eng yuqori zavq bagʻishlaydigan barcha narsalarni boshqa ayollar bilan allaqachon qilib koʻrgan, shunga qaramay, ulardan hech biri bu qiz qilgan narsani bera olmagan.

Qiz uning koʻksiga yuzini qoʻyib, mayingina nafas olayotganini va qoʻllari bilan belidan mahkam quchib turganini his qilganida, Jungkook asabiylashib tishlarini gʻijirlatdi. Bu ayol unga xotirjamlik va taskin bermoqda, yigit esa uni oʻz yonida olib qolish uchun har qanday ishga tayyor ekanini juda yaxshi biladi. Jungkook chuqur xoʻrsinib, koʻzlarini yumadi va qizning taftini his qilgancha uni oʻziga yanada yaqinroq tortadi, qiz uning bagʻrida tinchgina uyquga ketishga harakat qiladi.

𝗘𝗿𝘁𝗮𝘀𝗶 𝗸𝘂𝗻𝗶 𝗲𝗿𝘁𝗮𝗹𝗮𝗯.

"Meni urib qoʻying, xoʻjayin, meni urib qoʻying."Y/N yonoqlari qizarib, Jungkookka qaraydi, yigit ham uning nigohlariga javob beradi. Keyin ikkalasi ham Minatozakilar taklif qilgan mehmonxona kiraverishidagi katta qafasda turgan chiroyli, yashil toʻtiqushga qarashadi.

Atrofdagi hamma toʻtiqushning shunchaki sayrab yuborgan bu behayo gapidan pichirlab kula boshlaydi. Jungkookning oʻzi ham bundan kulib yuboradi va yonida yonoqlari pushti tusga kirgancha turgan ayolga qaraydi.

Xullas, ular mashinadan tushib, restoranning kiraverishi tomon yurishganida, Y/N toʻsatdan hayratdan baland ovozda nafasini ichiga yutib yubordi. Jungkook qizga qaraganida, uning kiraverishdagi katta qafasda turgan toʻtiqushlarga koʻzlari katta-katta ochilib, hayrat bilan qarab qolganini koʻrdi.

Qiz hayajondan porlayotgan koʻzlari bilan Jungkookdan soʻraydi:

"Borib ularni koʻrsak boʻladimi, xoʻjayin?"Yigit uning ovozidan hayotida hech qachon tirik toʻtiqushni koʻrmaganini yaqqol sezadi. Qiz oʻsha begʻubor nigohlari bilan soʻraganida, Jungkook rad eta olmaydi.

Shunday qilib, ular yashil qushlarni tomosha qilish uchun qafasning yoniga borishdi.

"Menga ular juda samimiy koʻrinyapti, xoʻjayin," — deya qiz qushlarga qarab zavq bilan pichirlaydi.

Taxminan aynan oʻsha lahzada qushlardan biri uning gapini ilib oladi va oʻsha behayo soʻzlarni qaytara boshlaydi.

"Bu senga biror narsani eslatmayaptimi, gulyuzligim?" — deb soʻraydi Jungkook shoʻxona tabassum bilan.

Y/N esa asabiylashib bosh chayqaydi, lekin shu zahoti yuzlari qizarib ketib, yigitni kulishga majbur qildi. Qiz bunday xijolat boʻlganida juda yoqimtoy boʻlib ketdi.

Qizni bu vaziyatdan qutqarish uchun Jungkook unga:

"Ichkariga kirishimiz kerak," — dedi. Yigit qizning qoʻlidan tutadi va ular birgalikda ichkariga kirishdi. Restoranning issiq va shinam havosi ularni qarshi oladi, ortlaridan esa ustki kiyimlarini olish uchun ofitsiant yaqinlashdi. Ikkalasi ham qalin paltolarini yelgalaridan tushirishdi.

Tasavvur uchun ko'ylak!

Palto ostidan Y/N ning qomatiga yopishib turgan, uning jozibali qomatini mukammal koʻrsatib beruvchi toʻq qizil rangli koʻylagi yana koʻzga tashlandi. Qizning uzun va biroz jingalak sochlari yelgasi osha orqasiga tushib turibdi. Agar oshirib yuborilmagan boʻlsa, u xuddi ma'budalarga oʻxshab koʻrindi.

Jungkook qizga qoʻlini uzatadi, Y/N esa yigitning koʻzlariga qarashdan oldin uning qoʻliga tikildi. Mayingina jilmayib qoʻygach, qiz yigitning qoʻlidan mahkam tutadi va ular bugungi uchrashuvga taklif qilgan odamlar kutib turgan maxsus stol tomon yurishdi.

Jungkook and Yn

Ularning nigohi mezbonlarga tushganida, ular jilmayib kutib olishdi. Jungkook ham qoʻlidan kelgancha samimiy tabassum qilishga urindi. Aslida yigit koʻp kuladiganlar toifasidan emas, biroq kerakli davralarda va ayrim odamlar uchun ishlatadigan bir nechta soxta tabassumlari bor. Shuning uchun ham ularga oʻzining "tanishganimdan xursandman" degan soxta kulgichini koʻrsatdi.

Stolga yetib borishganida, mezbonlar Jungkook bilan koʻrishish uchun oʻrinlaridan turishdi. Minatozaki xonim esa oʻsha zahoti Y/N ni bagʻriga bosdi. Qiz qisqa vaqt ichida ularga juda qadrdon boʻlib ulgurgan. Kecha tushlik paytida Jungkook yoʻqligida ular nimalar haqida gaplashganini yigit qizdan soʻrashni batamom unutib qoʻygan edi.

"Kelganingizdan juda xursandman," — deydi Minatozaki xonim marvariddek oppoq tishlarini koʻrsatib, ularga peshvoz chiqarkan.

"Kelmaslikning iloji yoʻq edi," — deya Jungkook ularga yana bir bor soxta tabassum hadya qildi.

"Oʻtiringlar. Namjoon ham hozir keladi. U tashqarida muhim qoʻngʻiroqqa javob beryapti," — deydi Minatozaki janoblari va Jungkook norozi qiyofasini yashirishga astoydil harakat qildi.

Yigit Namjoonni yomon koʻradi deb boʻlmaydi, u yaxshi inson. Namjoon undan bir necha yosh katta — yigit yigirma yetti yosh boʻlsa, u oʻttiz yoshda, biroq gohida shunday gʻashga tegadigan ishlar qiladiki, Jungkookning uning yuziga urgisi keladi.

Masalan, kecha Y/N ning qoʻlidan oʻpib, koʻrsatgan oʻsha qiligʻi. Aytganimdek, unda doim yigitning asabiga tegish odati bor va bu gohida Jungkookni chinakamiga gʻazablantiradi.Ular joylariga oʻtirisharkan, Jungkook Y/N ning oʻziga iloji boricha yaqinroq oʻtirishini ta'minladi.

Keyingi lahzada esa koʻz oʻnglarida eng ajoyib inglizcha nonushta paydo boʻldi. Taomni koʻrib, Y/N ning koʻzlaridan yosh oqayozganini yigit yaqqol sezadi. Qizni mazali taomlar va kitoblardan koʻra koʻproq xursand qiladigan hech narsa yoq, negadir bu yigitga juda ham yoqimli tuyuldi. Jungkook qizning ovqatlanishini va kitob oʻqishini har kuni, kun boʻyi hech zerikmasdan tomosha qilishi mumkin.

Jungkook qizga qaraganida, aynan oʻzi oʻylaganidek munosabatni koʻrib jilmayib qoʻydi. Roʻparalaridagi ofitsiantlar taomlarni Y/N ning oldidagi likopchalarga suzishdi. Yigit qizning koʻzlaridagi quvonch uchqunlariga va boyagina ular uchun tayyorlangan narsalarni tatib koʻrish ishtiyoqi yaqqol sezilib turgan, biroz ochilgan lablariga tikildi. Shunday boʻlsa-da, qiz xuddi aqlli qizlardek oʻtirib, xizmatchilar taqdim etayotgan har bir narsaga havas bilan qaradi.

Likopchasi toʻgandach, qiz oʻzlariga xizmat koʻrsatayotgan ayolga qarab, samimiy jilmayadi va minnatdorchilik bildirdi. Oddiygina shu harakati bilan qizning naqadar goʻzal koʻringanidan Jungkookning yuragi bir muddat urishdan toʻxtab qolgandek boʻladi.

Xizmatchi ayol ham unga samimiy tabassum hadya etadi va stolning narigi tomoniga oʻtdi.

Jungkook chuqur xoʻrsinib, qarshisiga qaraydi va Minatozaki oilasi unga havas bilan tikilib turganini koʻrdi. Yonidagi qizga mahliyo boʻlib jilmayib turgan yigit shu zahoti yuz ifodasini jiddiylashtirdi. Roʻparadagi er-xotin Jungkookka qarab jilmayishadi, soʻngra oʻzaro bir-birlariga ma'noli qarab qoʻyishdi.

Aynan shu payt xonaga Namjoon kirib keldi va stolga yaqinlashib, Y/N bilan qaytadan koʻrishish uchun qoʻl uzatdi.

Namjoon

"Salom, sizni yana koʻrib turganimdan xursandman," — dedi qiz unga hurmat bilan ta'zim qilgach. Jungkook esa buni kuzatib, Namjoonga qarab piching bilan iljaydi.

Namjoon Jungkookka qaraydi va uning gʻolibona nigohini koʻrib, koʻzlarini suzgacha qoʻlini qaytarib oldi. U onasining yoniga borib oʻtiradi. Jungkook gʻolibona tabassumini yashirishga urinib, hali ham unga qarab turganida, Namjoon shunchaki norozi boʻlib tikiladi va taomlar tortilishini kutdi.

Noqulay vaziyat va atrofdagi jimlik tufayli Y/N oʻrindigʻida oʻzini noqulay his qilib, qimirlab qoʻydi. Jungkook esa qizning qulogʻiga yaqinlashib:

"Aqlli qiz," — deb pichirladi.

Qiz yutunib qoʻydi va roʻparadagi er-xotinning Namjoon javob bergan qoʻngʻiroq haqida yapon tilida gaplashayotganiga tikildi.

Qizning e'tibori boshqa tomonga chalgʻiganidan foydalanib, Jungkook qoʻlini uning ochiq soniga qoʻydi.

Yigit uning sonini asta silashni boshlaganida, qiz hayratdan biroz nafasini ichiga yutdi va Jungkookka qaradi, qizning badani jimirlab ketdi. Y/N Jungkookka tikilganida, yigit qizning tomoq yutunishidan oldin yonoqlari biroz titraganini sezdi.

Keyingi yarim soat davomida ular nonushta qilishda va biznes haqida suhbatlashishda davom etishdi. Y/N hamma narsani, hatto boshqalardan sir tutilishi kerak boʻlgan gaplarni ham eshitib oʻtirdi, biroq Jungkook ich-ichidan qizga ishonish mumkinligini bildi. Chunki u buni kimga ham aytardi? Qiz yigit bilan birga yashaydi va uni tashqarida hech kim koʻrmaydi.

Ko'ylak rangini bardovi deb tasavur qilila

Jungkookning qoʻli butun vaqt davomida qizning sonida boʻldi. Qiz odamovilik sababli biror narsaga javob berayotganda oyogʻini qimirlatganida, yigit uni tinchlantirish uchun sonini asta silab turdi. Bu tashqaridagi boshqa odamlar bilan deyarli muloqot qilmagan inson uchun mutlaqo tabiiy holat edi. Qizning bunday titrashini toʻxtatish va unga taskin berish uchun Jungkookning qoʻlidan keladigan eng yaxshi narsa shu boʻldi. Qiz hech boʻlmaganda yigitning uning yonidaligini his qilib turadi.

.
.
.
𝗦𝗲𝗼_𝗩𝗶𝗲𝗹𝗹𝗮
𝗕𝗮𝗻𝗴𝘁𝗮𝗻 𝘄𝗼𝗿𝗹𝗱~𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗺𝗮𝘅𝘀𝘂𝘀.