June 25

MASTER OF RUIN

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗧𝗛𝗜𝗥𝗧𝗬|𝟯𝟬

Oradan bir necha kun o'tgandan so'ng

"Y/N?"

Kimdir uning ismini aytib chaqirganini eshitib, Y/N qulay holatga oʻtib oldi.

Ostidagi yumshoq choyshabning gʻijimlanganini his qilib, rohatdan ingrab qoʻydi va yana uxlash uchun oʻgirildi.

Lekin, koʻrinishidan, u inson Y/N ning xotirjam uxlashini xohlamasdi, chunki u yana uning ismini aytdi.

"Yarim soatdan keyin qoʻnamiz. Tayyorlanishing kerak shekilli," Y/N Jungkookning ovozini eshitdi va uyqusirab xoʻrsinib qoʻydi.

U koʻrpa ostida qoʻl-oyoqlarini yozib, koʻzlarini ochishga harakat qildi. Y/N shunchalik shirin uxlayotgan edi-ki...

Ular tez orada qoʻnishini anglagan zahoti qizning koʻzlari katta-katta ochilib ketdi. Yarim soatdan keyin! Ular Maldiv orollarida boʻlishadi!Y/N koʻrpani koʻkragiga qisgancha, tezda oʻtirgan holatga oʻtdi. Keyin atrofga va Jungkookga qaradi.

"Ajoyib, uygʻonibsan. Sen uxlayotganingda kiyimlaringni kiydirib, qoladigan joyimizga oʻzim koʻtarib borishim ham mumkin edi, lekin qoʻnishimizdan oldin seni uygʻotishimni soʻraganding. Shunday ekan, tur va tayyorlan," deb eʼlon qildi Jungkook va qiz bosh silkidi.

"Ha, ha!" Y/N ning ovozi boʻgʻiq chiqdi, lekin bu uning uchun ahamiyatsiz edi.

Hayajon tufayli qizning vujudida adrenalin koʻtarildi. Ular yetib kelishga deyarli oz qolishgandi. Oh, ular okean ustidan uchib oʻtishyaptimi?

"Tayyorlanib, tashqariga chiq. Tez orada oʻz oʻrindiqlarimizda boʻlishimiz kerak," dedi Jungkook qizga va xonadan chiqib ketdi.

Y/N darhol karavotdan irgʻib turdi va ichki kiyimini hamda hammomdagi qizgʻin jinsiy aloqadan oldin kiyib yurgan koʻylagini kiydi. Koʻylak karavotda, uning yonida yotardi, shuning uchun u buni Jungkook oʻsha yerga qoʻygan boʻlsa kerak deb oʻyladi.

Keyin Y/N koʻzgu tomon yugurdi. Uning sochi va yuzi tartibsiz boʻlishi kerak edi. Baxtiga, koʻzguda oʻziga qaraganida, yuzada buzilgan makiyajining hech qanday izini koʻrmadi. Qiz Jungkook buni tozalab tashlagan deb taxmin qildi va bu juda ajoyib edi, chunki qurib qolgan makiyajni oʻchirish ancha qiyinchilik tugʻdirgan boʻlardi.

U xoʻrsinib, koʻzgu qarshisiga oʻtirdi va odatda qiladigan yengil makiyajini boshladi. Bir necha kun oldin, Jungkook uni xarid qilishga olib borganida, savdo markazidan sotib olgan konsilerni qoʻliga olar ekan, Y/N ning xayoli oʻsha kunga qaytib ketdi.

Y/N qoʻlidagi vositaga qaradi va oʻsha kuni savdo markazida nima sodir boʻlgani haqida oʻylay boshladi.U oʻsha yerda oʻsha qizni uchratgan edi. Oylar oʻtib, uni oʻsha yerda koʻrib qoldi.

𝗢ʻ𝘁𝗺𝗶𝘀𝗵𝗴𝗮 𝗾𝗮𝘆𝘁𝗶𝘀𝗵

"Xoʻjayin, men tezda yuvinish xonasiga kirib chiqishim kerak," dedi Y/N, Jungkook avtoturargohda narsalarini mashinaga yuklayotgan vaqtda.

Jungkook unga qaradi:
"Biroz chida. Bir necha daqiqada uyda boʻlamiz."

"Chidolmayman. Iloji boʻlsa chidagan boʻlardim," dedi Y/N. Unga haqiqatdan ham borish juda zarur edi.

"Yaxshi. Bor, lekin koʻp vaqt yoqotma," dedi Jungkook va qiz bosh silkidi.

Jungkook oʻz ishini davom ettirdi, ularning ikki tansoqchisi esa Y/N yuvinish xonasiga yetguncha uning ortidan ergashdi. Qiz ichkariga yugurib kirganida, ular tashqarida kutib turishdi.

Y/N oʻz yumushlarini bitirib, kabinadan tashqariga chiqdi. Qoʻllarini yuvayotganida, yuvinish xonasiga kimdir kirdi, lekin u inson uning ismini aytib chaqirmaguncha qiz bunga unchalik eʼtibor bermadi.

"Y/N?"Ovoz shunchalik tanish ediki, qizning butun vujudi titrab, boʻyin tuklari tik turib ketdi.

Y/N oʻsha yerda turgan qizni koʻrish uchun tezda ortiga oʻgirildi. Uni oxirgi marta koʻrganiga oylar boʻlgandi. Koʻp vaqtlar davomida qiz goʻyo u allaqachon uzoqlarga ketgandek koʻrsatishga va uni sogʻinmaslikka harakat qilgandi, lekin mana, u shu yerda edi. Y/N ning roʻparasida turar va unga xuddi qizning oʻzi kabi katta-katta ochilgan koʻzlari bilan tikilib turardi.

"Mari?" deb pichirladi Y/N va u unga qarab koʻzlarini pirpiratdi.

"Salom, Y/N, qandaysan?" deb soʻradi Mari va Y/N ga qarab bir qadam yaqinlashdi.

Nima sodir boʻlgani haqidagi oʻtmish xotiralari koʻz oldidan oʻtar ekan, Y/N vahimaga tushdi, oʻsha kuni Marining qizni pichoqlashga harakat qilgani xayolidan oʻtar ekan, Y/N ortiga tahlika bilan tislandi va orqasi bilan mramor peshtaxtaga urildi.

Mari vaziyatni tushundi va baxtga qarshi toʻxtadi. Y/N koʻkragida yuragi gupillab urar, vujudi esa terlay boshlagan edi.

Marining koʻzlari qizga qaraganida yumshadi.

"Y/N, men... oʻsha kun uchun haqiqatdan ham afsusdaman. Hammasini buzganimni bilaman, lekin oʻsha voqeadan beri senga buni qilganimdan afsuslanmagan biror kunim boʻlmadi," deb uzr soʻradi Mari, lekin Y/N ning quloqlari jiringlab, bunga unchalik eʼtibor bermasdi.

"Menga ishonmasligingni bilaman va buni tushunaman. Men ham sening oʻrningda boʻlsam shunday qilardim, lekin seni ham sogʻinganimni bilishingni xohlayman," Marining koʻzlari yoshga toʻldi.

Y/N yutindi va unga tik boqish uchun qaddini rostlar ekan, yurak urishi yana meʼyoriga qaytayotganini his qildi.

"Bu yerda nima qilyapsan?" deb soʻradi Y/N undan. U ketishi kerakligini bilardi, lekin ichidagi qaysidir tuygʻu u bilan boshqa hech qachon koʻrishmaslikdan oldin rasmiyatchilik uchun suhbatlashishni buyurardi.

"Oh, men bu yerda xarid qilayotgandim. Pul yigʻib, ijaraga olgan kichkina uyim uchun baʼzi narsalarni sotib olmoqchi boʻldim," deb javob berdi Mari tabassum bilan.

"Oʻzing alohida yashayapsanmi?" deb soʻradi Y/N.

"Ha. Rostini aytsam, bu juda ajoyib. Yolgʻiz yashayman, oʻzim uchun pul topaman, tejayman va keyin uni oʻzimga sarflayman. Mustaqil boʻlish ancha yaxshi ekan, bilasanmi," Mari quyoshdek porlab gapirdi.

"Pul topyapsanmi? Qanday qilib?""Oh, uydan haydalganimdan keyin, bir necha kun mutlaqo chorasiz qoldim, lekin keyin shaharning chekkasidan ijaraga uy topishga muvaffaq boʻldim. Hozircha hammasi joyida va kafedagi ishim bilan buni eplash oson."

"Sen... Baxtlimisan?" deb soʻradi Y/N undan.

"Senga qilgan ishim uchunmi? Bundan hech qachon baxtli boʻlolmayman, bu haqda oʻylaganimda hamon ichimga pichoq sanchilgandek boʻladi. Lekin ha, hayotimdan qaysidir maʼnoda baxtliman. Avvalgidan ancha yaxshi. Uning jazmani boʻlish meni baxtliroq qiladi deb oʻylab, oʻzimni mutlaqo aldagan ekanman, lekin yoʻq. Men hech kimga tayanmasdan, biror xato ish qilib qoʻyishdan yoki shunchaki uning jinsiy quli boʻlganim uchun kimdir meni oʻldirib ketishidan qoʻrqmasdan, oʻzim uchun yashayapman," Mari koʻzlarini suzib gapirdi.

Y/N unga qarab jilmaydi. Albatta u baxtli boʻladi, u alohida va oʻzi uchun yashayapti, har bir inson buni xohlaydi. Kim ham shunchaki bir jinsiy qul boʻlishni istardi?

"Sening uchun xursandman," deb gʻoʻldiradi Y/N.

"Ha. Bilasanmi nima? Yaqinda gul doʻkoni ochish haqida ham oʻylayapman. Buning uchun astoydil pul yigʻyapman va oʻylaymanki, tez orada bunga erishaman. Senca aytgandim-ku, gul doʻkoniga egalik qilish mening orzuim edi," dedi Mari Y/N ga.

Y/N yutindi va unga qarab bosh silkidi. Mari samimiy baxtli koʻrinardi va Y/N nima qilib boʻlsa ham, nega u uchun aslida xursand boʻla olmayotganini bilmasdi.

"Aytgandek, sen bu yerda nima qilyapsan?" deb soʻradi Mari undan.

"Hech narsa, shunchaki narsalar xarid qilyapman."

"Xoʻsh, taxmin qilishga ruxsat ber, biror balga, ziyofatga yoki taʼtilga ketyapsanmi?" deb soʻradi Mari Y/N dan.

"Buni qayerdan bilding?

"Xoʻsh, xoʻjayin odatda biror joyga ketishimizdan oldin meni xarid qilishga olib borardi u yerga borishimizdan oldin. Shunday ekan, ha, men buni bilaman," deb javob berdi Mari.

"Oh."Y/N ning qoʻlidan kelgan barcha gap shu boʻldi. U oʻzini oʻzgacha (yagona) deb oʻylaganmidi..?

"Shunday ekan, oʻylashimcha, sen ketishing kerak. Uning kutishni yoqtirmasligini bilasan-ku," Mari kinoya bilan kuldi.

Butun suhbat mazmuni qizning ich-ichiga botib borar ekan, Y/N noqulay ahvolda atrofga qarab, sekingina "ha" deb gʻoʻldiradi.

"Y/N, hozir mendan nafratlanishingni bilaman, lekin qilgan ishim uchun samimiy afsusdaman. Shunchaki buni bilishingni xohlayman. Balki oʻshanda buni qilish uchun juda goʻl boʻlgandirman. Hozirgi kunlarda qayerda boʻlsang ham baxtli yashashingni chindan duo qilyapman, Y/N. Shuncha vaqtdan keyin seni uchratish juda yoqimli boʻldi," Mari gapida davom etishdan oldin Y/N ning koʻzlariga tikildi, "Tez-tez koʻrishib tura olamizmi?"Y/N unga koʻzlari katta-katta ochilgancha tikilib qoldi.

Unga ishonish-ishonmaslikni bilmas, shunchaki hozirgi daqiqada bu savolga javob berishga oʻzida kuch topa olmayotgan edi.

"Mari, bilasan-ku, men buni qilolmayman. Men..."

"Oh, ha-ya, biror ish qilish uchun senga uning ruxsati kerak," deb xoʻrsinib qoʻydi Mari va labini burishtirgancha bosh silkidi.

"Hechqisi yoʻq, bugungi uchrashuvimizdan ham xursandman. Umid qilamanki, taqdir bizni yana bir-birimizga roʻbaroʻ qiladi, albatta sen ham buni xohlasang, faqat oʻsha injiq, vaysaqining koʻzidan yiroqroq joyda," Mari kıkırlab kuldi va Y/N ham unga qarab jilmaydi.

"Men ketishim kerak," dedi Y/N va ular soʻnggi bor xayrlashishdi. Qiz yuvinish xonasidan chiqib, avtoturargoh tomon yurish uchun tansoqchilarga hamrohlik qildi; uning xayolida esa boyagi suhbat qayta-qayta aylanaverardi.

Oʻtmishga qaytish yakunlandi Makiyajini qilib sochini tartibga keltirayotgan butun vaqt davomida Y/N faqat shu haqda oʻylay oldi.

Bu birinchi marta sodir boʻlayotgani yoʻq edi, u oʻsha suhbatdan beri bu haqda tinimsiz oʻylayotgandi.

U bu haqda Jungkookka aytmadi. Kim biladi deysiz, agar aytsa, balki Jungkook uni tashqariga chiqishdan toʻxtatib qoʻyarmidi?

"Oh, ha-ya, biror ish qilish uchun senga uning ruxsati kerak."

Marining aynan shu gapi yana uning xayolidan oʻtdi. Toʻgʻri, u haq edi. Y/N haqiqatdan ham uning ruxsatisiz hech narsa qila olmasdi.

Lekin qiz, noshukur badbaxt boʻlishdan koʻra, hech boʻlmaganda markazda (boshpanada) boʻlgan vaqtiga qaraganda biror narsalar qila olayotgani uchun minnatdor boʻlishi kerakligini oʻyladi. Baribir Jungkook u uchun koʻp narsa qilgandi.

Shunday boʻlsa-da, bularning barchasi uning abadiy kelajagi boʻlishi haqidagi oʻy Y/N ni qoʻrquvga solardi. Dastlab, u bu yerda xizmat qilaman va bu joyni tark etganimdan keyin oʻzim alohida yashayman deb oʻylagandi. Mustaqil va baxtli boʻlishni istagandi. Lekin hozir bu juda qiyin va deyarli imkonsizdek tuyulardi.

U har bir kichikdan tortib to katta narsagacha Jungkookdan ruxsat soʻrashi kerakmi? U har doim uning puliga yashashga majburmi? Y/N ham oʻzi mustaqil ishlashni xohlardi, lekin u bilan abadiy shu yerda qolsa, buni uddalay oladimi?Jungkook uni baxtli qilardi va qiz buning uchun undan juda minnatdor edi, lekin agar kun kelib hammasi oʻzgarib ketsa-chi?Jungkook Y/N bilan qilgan har bir narsani vaqtida Mari bilan ham qilgan edi.

Qiz bu safargi taʼtil boshqacha boʻladi deb oʻylagandi, lekin bu yana Mari bilan boʻlgani kabi bir xil edi. Goʻyo voqealar oʻsha-oʻsha, faqat qiz oʻzgargandek.

U kimdir Jungkookning hayotiga kirib kelishidan va u oʻsha qizni Y/N dan yaxshiroq deb oʻylashidan qoʻrqardi. Oʻshanda Jungkook xuddi Mari bilan qilgandek, uni ham hayotidan otib yuborardi.

"Tayyor boʻldingmi?"Y/N Jungkookning ovozini eshitdi va u eshik yonida turgan joyga koʻzgu orqali qaradi.

"Ha," deb past ovozda javob berdi qiz, xayolidan nimalar oʻtayotganini hech qanday tarzda bildirmaslikka harakat qilib.

"Ajoyib, yur, oʻrindiqlarimizga oʻtirishimiz kerak," dedi u va Y/N uning koʻzlariga tikilib, unga tomon yurgancha oʻrnidan turdi.

Qiz har bir kun uchun undan juda minnatdor edi, lekin Jungkookni sevib qolgan bir vaqtda shunchaki uning jinsiy qoʻgʻirchogʻi boʻlib qolish haqidagi doimiy qoʻrquv uni tiriklayin kemirardi. U shunchaki Marining qismatiga tushishni xohlamasdi.

U bilan birga oʻrindiqlarga borar ekan, Jungkook qizning xavfsizlik kamarini bogʻlab qoʻydi. U Y/N ning qoʻlini oʻzining issiq qoʻllari orasiga olib, qizni oʻziga qarashga majbur qildi. Erkakning koʻzlari qizga cheksiz mehr va sadoqat bilan tikildi va toʻsatdan barcha ogʻir oʻylar Y/N ning xayolidan gʻoyib boʻldi.

Ular yerga qo'nishgach, darhol Jungkook'ning shaxsiy samolyotidan tushishdi. Havodan qilingan birinchi nafas sho'r, ammo juda tetiklashtiradigan edi.

Y/N Maldiv orollarida edi!

Y/N hozirning o'zidayoq hayajondan sakrashni xohlardi. U ko'k osmonga va ulardan biroz uzoqroqdagi plyajning oppoq, musaffo qumiga qaradi. Samolyot o'rmonlar orasidagi qayergadir ohista qo'ngan edi.

"Xo'jayin, bu yer tushdagidek go'zal ko'rinar ekan!" – deb hayqirdi Y/N. Quyoshning yorqin nurlari uning terisiga urilardi. Bu yer ancha issiqroq edi va bu juda ajoyib tuyg'u berardi.

Jungkook Y/N'ning qo'lidan ushladi va ularni kutib turgan mashina tomon yetakladi. Agar u Y/N'ni u yerga olib ketmaganida, u tabiatga mahliyo bo'lib, o'sha yerda turavergan bo'lardi.

Bu yerda daraxtlar yam-yashil, osmon ko'k rangning eng go'zal tusida edi, hatto uning oyoqlari ostidagi qum ham paxta bo'laklariga o'xshardi, havo esa... u ilgari hech qachon o'zini maintay tetik his qilmagandi.

Y/N bu yerga kelganiga atigi bir necha daqiqa bo'lgan bo'lsa-da, shu yerda abadiy yashashni istardi.U yerda kimdir bilan suhbatlashayotgan bir kishi bor edi... u odam Jungkook bilan hozir Y/N'ning zarracha ham parvoyiga kelmaydigan qandaydir narsa haqida gaplashayotgan edi. Y/N'ning xayolida faqat plyaj, plyaj va yana plyaj edi.

"Xojayin, plyajni ko'rgani borsak bo'ladimi?" – deb so'radi Y/N undan.

"Ha, boramiz, ayguling, lekin avval qayerda turishimizni ko'rib olishimiz kerak, to'g'rimi?" – dedi Jungkook va Y/N lablarini burishtirib, arazlaganday qiyofa soldi.

Buni keyinroq qilsa bo'lmasmidi? Agar bir necha soatdan keyin suv hozirgidek go'zal ko'rinmay qolsa-chi?U jiddiy gapirayotganmidi? Yo'q. Lekin u aynan hozir o'sha yerga borishni istayotgandi!Ular mashinaga o'tirishgach, Jungkook Y/N'ning yoniga o'tirdi. Y/N tashqaridagi manzarani tomosha qilib, oynaga yopishib oldi. U xuddi Tarzandek bo'lishni, daraxtlardan daraxtlarga sakrab, bu yerdagi hayvonlar bilan do'stlashib, shu o'rmonda abadiy yashashni qanchalik xohlayotganini his qildi. Y/N baribir bu yerda qanday hayvonlar yashashi bilan qiziqardi.

Mashina joyidan qo'zg'alganda, u Jungkook'ka qarab xo'rsinib qo'ydi. Jungkook allaqachon unga tikilib turgandi. Mashina oynalari tushirilgan bo'lib, shamol Y/N'ning sochlarini havoda uchirardi. U Jungkook'ka qarab jilmaygancha, sochining bir nechta tolasini qulog'ining ortiga qistirdi.

"Bu senga yoqayotganini bilaman," – dedi Jungkook unga.

"Bu men hayotimda bo'lgan eng zo'r joy," – dedi Y/N.

Aslida, bu u umrida bo'lgan yagona joy edi, lekin hechqisi yo'q, keling, vaziyatni biroz dramatiklashtiramiz.

"Sen bor bo'lgan har qanday joy eng zo'r joy, ayguling," – deb Jungkook unga qarab makkorona jilmaydi va Y/N'ning yuzlari qizarib ketdi.

U hozirgina Y/N'ga noz-karashma qildimi?

"...bu yetti kun davomida qayerda qolishimiz senga juda yoqadi," – deb ma'lum qildi Jungkook.

"Xo'sh, ko'ramiz," – Y/N lablarini yaladi. Jungkook uning lablariga tikilib qoldi, lekin uni o'pish uchun yaqinlashish o'rniga, shunchaki jilmaydi va oynadan tashqariga qarash uchun ortiga o'girildi.

Butun yo'l davomida ular o'rtasida yoqimli sukunat hukm surdi. Jungkook telefonini titkilab, Y/N tushunmaydigan qandaydir hujjatlarni o'qiyotgan bir paytda, Y/N oynadan tashqariga qarab, ajoyib va ekzotik manzaradan zavqlanardi.

Jungkook ta'tilda bo'lysisiga qaramay, ishi uni hech qachon tark etmasdi. Y/N buni tushunardi, chunki Jungkook'ning zimmasida juda katta mas'uliyat bor edi.

Taxminan o'n daqiqalik yo'ldan keyin ular plyaj juda yaqin bo'lgan qayergadir yetib kelishdi. Mashina to'xtadi va ular mashinadan tushishdi.

Qarshisidagi manzarani ko'rib, Y/N'ning og'zi ochilib qoldi. Oq qum va moviy, yaltirab turgan ummon. Ufq qadar faqat suv va suv cho'zilib ketgandi. To'lqinlar uzra tushayotgan quyoshning oppoq nurlari xuddi olmoslardek porlardi. Nam havo tufayli u hatto og'zida tuz ta'mini his qilayotgandek edi. Eng go'zal narsa esa shu to'lqinlarning ovozi edi.

Maldiv

U shunchalik tiniq va osoyishta ediki, Y/N shunchaki shu yerga yotib, uxlab qolgisi keldi.

U ortidan beliga tegingan qo'llarni his qildi va ularning kimga tegishli ekanligini ko'rish uchun ortiga o'girilib o'tirishi shart emas edi. O'sha qo'llar uni ortidan quchoqladi va u boshida ohista o'pich ta'mini tuydi.

"Bu so'zning to'liq ma'nosida tushga o'xshaydi," – deb pichirladi Y/N. Intizorlikdan va qanchalik ko'p jilmayayotganidan uning yonoqlari qizarib ketgandi. Yuragi tinimsiz dukurlar edi. U bularning barchasi o'zi bilan sodir bo'layotganiga hatto ishona oolmayotgandi.

.
.
.
𝗔𝘂𝘁𝗵𝗼𝗿: 𝗦𝗲𝗼 𝗩𝗶𝗲𝗹𝗹𝗮🤍