December 24, 2024

ONLY MINE

Avtor: Lee Luna

Epp27

Yn pov: tong otdimi...? Juda erta emasmi, negadir bugun unchalik yaxshi uxlay olmadim, balki bu bugungi kundan havotirlanganligim sabablidir.. nima bo'lganda ham tuzalishga qaror qildim.. va qarorimni o'zgartirishga endi kech!

Uyg'ongach dush qabul qilasiz, o'zingizni ancha yengil his qilasiz, Kookning ishxonasi yani shifoxonaning 4 qavatida turib qandaydir shovqinlarni eshitasiz va nima bo'layotganiga qiziqib zinalardan birinchi qavatga ko'z tashlaysiz.. u yerda Jungkook o'z mafia to'dasi bilan shifoxonani bosib olgan edi... shubxasiz u sizni qidirayotgan edi..

Jk: hamma qo'lini boshiga qo'yib tiz cho'ksin TEZ! TEZ BO'L HAMMANG... !! KOOK qayerdasan Kook.. bu yoqqa chiq qo'rqoq..

Kook: nimalar bo'lyapti? Jungkook? sen bu yerda nima qilyapsan?

Jungkook Kookning yoqasiga yopishadi...

Jk: Yn qayerda? Gapirrr.. Yn.. qani MENI Yn im qayerda???

Kook: qo'lingni tort.. qanaqa Yn haqida gapiryapsan?

Jk: o'zingni jinnilikka solma, yaxshilikcha ayt! Yoki shifoxonangda nafaqat kasallar balki soppa sog' odamlar ham o'ladi..

Kook: tinchlan bu yerdagi odamlar ayibsiz.. kimni va nega qidirayotganingni bilmayman, ammo bu yerda qidirayotganing yo'q... butun kasalhonani tekshirib chiqishinng mumkin har bir honani ochib beraman, faqat hech kimga zarar berma..

Jk: kelishtik..

Jungkook odamlariga sizni qidirish bo'yicha buyruq berdi Jungkookning odamlari shifoxonani ostin ustun qilib sizni qidirisharkan, siz IU va Taehyung havfsiz joyda edingiz.. Buni Kook bilardi, Kook bilardi Jungkook tez orada shifoxonaga bostirib kelishini, taxmin qilgan edi..

Kook pov: demak Yn soxta ekanligini bilgan, meni kechir soxta Yn jungkook ning azoblaridan allaqachon o'lgan bo'lsang kerak..

Jungkookning odamlari 8 qavatli shifohonaning har bir xonasini burchagini hatto tom va yerto'lani ham tekshirishdi.. lekin sizdan hali ham sado yo'q...

Kook: bu mening asosiy ish xonam..

Jk: yaxshi bu honani ham och..

Kook: u yerda hech kim yo'q.. faqatgina kerakli jihozlar va noyob dori darmonlar bor..

Jk: och..!

Jungkookning qatiy buyrug'i va Kook eshikni kalitlar orqali ochdi.. Jungkook ichkariga kirar ekan hamma narsa oppoq edi, ha bu aynan siz ko'rikdan o'tgan hona edi.. Jungkook honada sizni iforingiz borligini sezdi va biroz tinchlangandek bo'ldi.. ko'zlarini yumdi siz haqingizda hayolga berildi..

Jk pov: Yn meni eshityapsanmi..?

Jungkook ich ichidan sizni ismingizni aytdi buni hech kim eshitmadi ammo siz huddi uni eshitgandek bo'ldingiz yuragingiz g'ash va har doimgidan tezroq ura boshladi..

Kook: honadagi jihozlarga tegmang ular juda noyob..

Jungkookning odamlari ehtiyotkorlik bilan honani tintuv qilishdi.. Kook biroz asabiylashdi chunki siz aynan shu xonada edingiz.. devor ortidagi yashirin honada.. Jungkook Kookdagi asabiylikni sezdi ammo sizni topolmagach hafsalasi pir bo'ldi.. u sizga juda yaqin edi, u sizni deyarli topgan edi...

Kook: ko'rdingizmi hech narsa yo'q.. keraklicha tekshirdingiz... endi marhamat qilib ketsangiz..

Jk: uni topaman va uni mendan berkitayotgan hammani jaxannam olovida kuydiraman..

Kook: anchadan beri ko'rishmadik.. uchrashganimizdan so'ng aytgan gaplaring faqat shumi?

Jk: uzur so'rashimni kutmagandursan..

Kook: ......

Jk: men esa tan olishingni kutgandim, hech bo'lmasa bir martta..

Kook: seni kuzatib qo'yaman..

Jungkook tabassum qildi chunki Kook, ayibdor ekanligini bilardi.. Kook Jungkookni shifoxona eshigigacha kuzatib qo'ydi...

Yn: IU nima deb o'ylaysiz Jungkook ketdimi?

IU: kook kelishini kutamiz..keyin chiqamiz..

Yn: ho'p..

Kook: chiqavering..

Yn: bu kook mi?

V: chiqamiz..

Siz IU va Taehyung devor ortidagi maxfiy xonadan chiqdingiz..

Yn: u ketdimi?

Kook: ha u ketdi.. shifoxonadagi qo'riqchilarni ko'paytiraman.. u boshqa bizni bezovta qilmaydi..

IU: unga qarshi tura olasanmi?

Kook: bilmadim, ammo qo'limdan kelganini qilaman.. hozir Jungkook palitsiyani ham boshqara oladi, hatto palitsiya ham Mafia boshlig'idan qo'rqadi.. ammo bu degani taslim bo'laman degani emas.. Yn muolajani ertadan boshlaymiz.. hozir kasalxonadagi tartibsizliklarni tuzatishim zarur..

Yn: ha albatta..

~

Kook bugingi muolajaning birinchi kuniga biroz kechikayotgan edi, siz u aytgan honadagi narsalarni ko'zdan kechirar ekansiz o'zingiz uchun yozilgan kun tartibini ko'rib qoldingiz..

Yn: har kuni nonushtaga bir xil "2 ta qaynatilgan tuxum va salat bargi" tushlik ham bir xil "oq karam va 100gr guruch" hatto kechki ovqat ham bir xilmi.. ehudoyim manabu dorilar nimigiga esa tshunmadim.. ammo dorilar unchalik ko'p emas...

Kook: dorilar qo'rqinchli emas..

Kook ning mayin ovozi quloqlaringiz ostida jarangladi.. va har doim uni ko'rganingzdagi savol va hislar sizni yana qamrab oldi..

Yn pov: u jungkookmi? Yo'q... u Kook va u sababli tuzalaman..

Kook: dorilar qo'rqinchli emas.. va asosiysi.. hozir sizni maxsus honaga kuzatib qo'yaman..

Yn: boldimi shunchalik tezmi..

Kook ha degandek bosh silkitadi va ortidan yurishingzni ishora qiladi.. siz borishni istamaydigan o'sha kichik, atrofi 4 ta devordan boshqa hech narsa yo'q o'sha hona.. Kook ichkariga kirishingizni ishora qildi..

Yn: bu hona juda yorug' ammo negadir honadagi zulmatga cho'kib ketadigandekman..

Kook: unday bo'lmaydi.. kichik zulmatga e'tibor bermang..

Ko'zlaringiz to'qnashdi.. bir biringizga huddi avvaldan tanigandek tikilib turardingiz.. ko'zlar faqat bir narsani so'zlardi.. "meni tashlab ketma" va "seni yolg'iz qoldirgim yo'q" soniyalar o'tishi bilan bir biringizdan ko'zlaringizni uzdingiz..

Kook: soat 7:59, 8:05 da nonushtani eshik darchasidan beraman..

Yn: 6 oy.. janob Kook

Kook: 6 oy Yn honim...

Kook tashqariga chiqarkan eshik oldida to'xtab qoldi va ortiga o'girilib..

Kook: bir kitobda o'qigandim, "hayotda sevishganlar hech qachon birga bo'lisholmaydi.." ammo muallif kitob boshida yozgan bu satrlariga, eng so'ngida shunday fikr bildirgan.. "inson yolg'iz yasholmaydi, hammaning o'z jufti bor!" Kelasi safar oldingzga kelganimda mualkif nega unday qilganini sizdan so'rayman va siz o'z xulosangizni men bilan baham ko'rasiz..

Yn: albatta...

Tadammmm epp 27 reak va fikrilani kutib qolaman♡ imloviy xatolaf va rasim yo'qligi uchun uzur texnik nosozlik!