March 27, 2025

SHATTER ME

Ushbu tarjimada 18+ sahnalar mavjud. Ruhiy bosimga sezgir bo‘lganlar va yosh bolalar uchun o‘qish tavsiya etilmaydi. Kitobda zo‘ravonlik, psixologik bosim va hissiy og‘ir sahnalar bo‘lishi mumkin. O‘qishni boshlashdan avval buni inobatga oling!

Chapter_1)

Men 264 kundan beri qamalganman.
Menda kichkina bloknot, siniq ruchka va miyamdagi raqamlardan boʻlak hamroh boʻluvchi hech narsam yoʻq. 1 deraza. 4 devor. 144 futlik joy. Alifbodagi 26 ta harf va men yolgʻizlikning 264 kunidan beri gapirganim yoʻq.
Inson zotiga teginmaganimga 6336 soat boʻlyapti.
"Sen qamoqxonadoshga xonadoshga ega boʻlyapsan" ular aytishdi menga.
"Umid qilamizki sen bu yerda chirib oʻlasan Yaxshi xulq atvor uchun" ular aytishdi menga.
"Xuddi senga oʻxshagan boshqa bir psix Boshqa yolgʻizlik yoʻq" ular aytishdi menga.
Ular qayta tiklanishning qoʻgʻirchoqlari. Oʻlayotgan jamiyatga yordam berish uchun tuzilgan dastur. Nazoratimdan chetda boʻlgan bir narsa uchun ota onamning uyidan sugʻurib olgan va mana shu jinnixonaga qamab qoʻygan bir xil odamlar. Qanday qobiliyatim borligini bilmaganimga hech kim etibor bermaydi. Ya'ni men nima qilayotganimni bilmaganman.
Qayerda ekanimni bilmayman.
Men faqat meni bu yerga olib kelish uchun Oq furgonni 6 soat 37 daqiqa haydagan inson tomonidan koʻchirilganligimni bilaman. Men joyimga kishanlab qoʻyilganimni bilaman. Stulimga bogʻlab qoʻyilganimni bilaman. Ota onam hatto men bilan xayrlashishga ham urinmaganligini bilaman. Olib ketishayotganda yigʻlamaganimni bilaman.
Osmon har doim yerga qulashini bilaman.
Quyosh okeanga botadi va derazam ortidagi olamga jigarrang, qizil, sariq va toʻq sariq ranglarini sochadi.

Yuzlab shoxlardan millionlab barglar shamolda egilib, uchish haqida yolg‘on va’dalar bilan hilpiraydi. Shudring ularning qurigan qanotlarini ushlab qoladi, faqat ularni pastga majburlash uchun — unutilgan, oyoq osti qilinib, pastda joylashgan askarlar tomonidan tap-tayoq bo‘lish uchun.
Olimlarning aytishicha, avvallari daraxtlar bundan ko‘proq bo‘lgan.

Ular aytadiki, bizning dunyomiz avvallari yashil boʻlgan. Bulutlarimiz avvallari oq boʻlgan. Quyoshimiz avvallari har doim olamni eng mukammal nur bilan yoritardi. Lekin o‘sha dunyo haqida xotiralarim juda xira. Ilgari qanday bo‘lganini deyarli eslay olmayman. Hozir men faqat menga berilgan hayotni bilaman — o‘tganlarning aks-sadosi xolos.
Kaftimni kichkina deraza qatlamiga bosaman va sovuqlik qoʻlimni oʻziga tanish bir quchoq bilan tortayotganini his qilaman. Biz ikkimiz ham yolgʻizmiz, ikkimiz ham boshqa bir narsaning yoʻqligi evaziga mavjudmiz.

Men deyarli ishlatib bo‘lmaydigan ruchkamni — har kuni tejashni o‘rgangan juda ozgina siyoh qolgan ruchkani — qo‘limga olaman va unga tikilaman. Fikrimni oʻzgartiraman. Yozishga sarflanadigan harakatni tark etaman. Qamoqxonadoshing bor boʻlishi yaxshi boʻlishi mumkin. Haqiqiy inson zotiga gapirish narsalarni osonlashtiradi.
Men ovozimni mashq qilaman, lablarimni tanish, ammo tilimga yot tuyulgan so‘zlarga shakllantiraman. Kun boʻyi mashq qilaman.
Gapirishni eslay olganimdan hayron qoldim. Men kichkina daftarimni dumaloqlab, devorga tiqib qo‘yaman. Men ustida uxlashga majburlangan, matoga o‘ralgan prujinalar ustiga o‘tiraman. Kutaman. Oldinga-orqaga tebranaman va kutaman.
Men juda koʻp kutdim va uxlab qoldim.

Mening koʻzlarim 2 koʻz, 2 lab, 2 quloq va 2 qoshlarga qarab ochildi. Men qichqirigʻimni ichimga yutdim, qochishga boʻlgan istagimni bosdim va oyoq qoʻllarimni qotirib qoʻygan dahshatdan qutula olmadim.
"Sen oʻ-oʻ-oʻ-oʻ—"
"Sen esa qiz bolasan" U qoshini uchirdi. U orqaga suyandi. U tirjaydi, lekin tabassum qilmayotgan edi va men yigʻlashni xohladim, mening koʻzlarim umidsiz, qoʻrqqan, men juda koʻp marta ochishga uringan va hisobni yoʻqotgan eshikka qarab oʻqday intilardi. Ular meni oʻgʻil bola bilan qamab qoʻyishdi. Oʻgʻil bola.
Yo Xudoyim
Ular meni oʻldirishga harakat qilyapti.
Ular buni ataylab qilgan.
Meni azoblash uchun, meni qiynash uchun, men endi tunda toʻyib uxlashdan ushlab turish uchun. Uning qoʻllari tatuirovkalarga toʻla, yarim yenglari tirsagigacha yetadi. Uning qoshida bitta halqa yoʻq— ular ehtimol uni musodara qilishgan. Toʻq koʻk koʻzlar, toʻq malla sochlar, oʻtkir jagʻ chizigʻi, baquvvat va nozik gavda. Goʻzal. Xavfli. Dahshatli. Qoʻrqinchli.
U kuldi va men kravatdan yiqilib, burchakka shoshib sudraldim.
U tongda bo‘sh joyga tiqib qo‘yilgan qo‘shimcha karavotdagi ozgina yostiqni sinchiklab ko‘zdan kechiradi. Yupqa matras va juda eskirgan adyol uning gavdasining yarmini ham to‘liq yopishga yetmaydi. U mening karavotimga qaraydi. Keyin o‘zining karavotiga yana bir qaraydi.

Ikkalasini ham bir qoʻlda itarib birlashtirdi. U oyog‘i bilan ikki metall karavotni xonaning o‘z tomoniga surdi. U ikki matras ustiga cho‘zildi va bo‘ynining ostiga qo‘yish uchun yostig‘imni olib bukladi. Men qaltirashni boshladim.
Labimni tishladim va oʻzimni yanada qorongʻudagi burchakka yashirishga harakat qildim.
U mening kravatimni, adyolimni, yostigʻimni oʻgʻirlagan.
Menda poldan boshqa hech narsa yoʻq boʻladi.
Men hech qachon unga qarshi urisha olmayman chunki men qo‘rquvdan qotib qolganman, butkul falaj bo‘lganman, vahima va shubha ichida o‘ralashib qolganman.
"Shunday qilib, sen nima? Aqldan ozganmisan? Shuning uchun shu yerdamisan?"
" Men aqldan ozmaganman"U oʻzini biroz koʻtarib, yuzimga qaradi. U yana kuldi. "Men senga zarar yetkazmoqchi emasman"
Men unga ishonishni istayman Men unga ishonmayman.
"Isming nima?" U soʻradi.
Bu sening ishing emas. Sening isming nima?
Men uning asabiy nafas chiqarganini eshitdim. U avvallari meniki boʻlgan kravatga agʻdarilganini eshitdim. Tun boʻyi uxlamay chiqaman. Tizzalarim iyagimga bukchaygan, qoʻllarim kichik tanamni quchgan, mening uzun malla sochlarim, oʻrtamizdagi yagona parda edi.
Men uxlamayman.
Men uxlay olmayman.
Men bu qichqiriqlarni boshqa eshita olmayman.