BORN IN BLOOD
Onam menga mehr koʻrsatadigan yagona inson edi. Ammo uni yoshligimda koʻp koʻrolmasdim. U paytlar Koreyada yashardik. Yaʼni.. birga.. bir oila boʻlib. Esini tanimaydigan bola boʻlgan vaqtlarim onam ham, dadam ham yaxshi edi.. Hamma qizlariga qanday muomala qilsa, ular ham shunday edilar. Hayotim oddiy.. hamma singari tinch yashardik. Men u paytlar dadam nima ish qilishini bilmasdim, ishdan uyga kelgan vaqtlarda men allaqachon yotoqda boʻlardim. Hozir oʻylab qarasam, u oʻsha "ish"ga ketgan vaqtlari missiyada boʻlgan... Va men uni "ish"da deb oʻylaganman. Ammo bu zolim dunyodagi odamlar foydalanadigan kasblardan farqli oʻlaroq bizning, qotillarning "ish"i bir tekisda ketmaydi.. Oʻsha damlarda buni anglash uchun oʻta yoshlik qilganman axir...
Bu narsalar haqida endi, endi eslab.. xiralashib ketgan xotiralardagi changni yuvib, uni tiniqroq qilishga harakat qilyapman.. Hayotimdagi eng goʻzal, ammo noaniqligidan bor goʻzalligini ham sekin-asta yoʻqotayotgan xotiralar...
Bilmadim hozir kimman-u , nima uchun yashayapman... Balki men oʻlsam bu manfur dunyo odamlari "qotil" deb ataydigan maxluqlar bittaga kamayarmidi...
Oʻzimni yigʻib olganimda esa samolyotda ekanimni his qildim.
Ha-ya.. topshiriq boʻyicha Koreaga uchayapmiz... Boshimni qoʻyib kelayotgan kichik "deraza" deb ataladigan oynadan qizgʻish tus olayotgan osmon va yoshligimdagi shirinpaxtalarni eslatuvchi bulutlarga qaradim..
Yonimga qaradim...
Nega?
Kim yoki nima u?
Maqsadi nima?
Yonib ketyapman.
Sochlari shokolad rangini eslatuvchi, kelishgan italyan yigit tabassum qilib turardi...
Uning kulgichlari.. yo xudoyim u menga qarab kulyapti..
Koʻzlari moviyrang... Goʻzal. Qalin malla kipriklar koʻzlar atrofini oʻrab dengiz bilan tutashgan oʻrmonni eslatadi.. quyuq oʻrmon..
—Salom.
Salom?
U salom dedimi?
Unga tikilib qoldim.. kimdir mendek insonga bunday ochiqkoʻngillik bilan salom beradimi?
Bir zumga hayollarni pastga choʻktirib unga qarasam u hamon menga tikilib turibdi.
Ammo.. endi u menga yoki jinni yoki kar odamga qaragandek qarayapti.
Jinnimanmi? Boʻlishi mumkin. Ammo kar emasman, eshitdim uni yaxshigina..
U mendan goʻzal koʻzlarini uzib qoʻlidagi noutbukga qaratdi. U film koʻrib ketardi.. men ham oʻz tomonimga qaradim.. oʻrindiqqa yanayam kichkina boʻlib joylashdim.
Diqqat, hurmatli yo‘lovchilar! Samolyotimiz yaqin daqiqalarda qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Iltimos, o‘rningizga o‘tirib, xavfsizlik kamarlaringizni taqing. Qo‘nish vaqtida barcha elektron qurilmalar o‘chirilgan yoki parvoz rejimiga o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Kabinadagi xizmat tugatilgan. Diqqat va hamkorligingiz uchun rahmat.
Qaytaraman. Diqqat, hurmatli yoʻlovchilar! Samolyotimiz yaqin daqiqalarda qoʻnishga tayyorgarlik koʻrmoqda—
Samolyotdan tushib Aeroportga kirar ekanmiz, haligi yoqimtoy kuchuk bizning oʻrindiqlarimiz orqasidagi joylarda oʻtirib kelgan ikki qizga qoʻshilib ketdi. Samolyotdan tushib olishgach qizil sochlisining belidan ushlab oʻziga tortdi.
Oʻzi umuman men bunday oʻylamasligim kerak edi... Axir menga hech kim uylanish tugul, munosabatda boʻlishga ham qoʻrqishadiku. Balki ular meni oʻylaganda ayol kishini emas maxluqni tasavvur qilishsa kerak... Shunchaki yuzimni koʻrishmagan xolos... Shuning uchun haligi dovdirga oʻxshaganlar shunday tikilib qarashi mumkin. Hech biri kimligimni bilishmaydi.
Uyga keldim. Avvallari, tahminan besh yoki olti yilcha oldin bu yerda bobom va buvimni topsa boʻlardi. Ammo hozir yoʻq.. jin ursin hech kim yoʻq... Na bobom, na buvim, na onam va... Otam ham.. balki uning yoʻqligi yaxshidur..
Uyga kirar ekanman har bir koʻrinishni sinchkovlik bilan kuzatardim. Bekalar har doimgidek yaxshi kutib olishdi. Albatta biroz bezovta boʻlishganini sezdirib qoʻyishdi. Tana tilini yaxshi bilaman. Oʻrganishni yetti yoshimda boshlagandim.
Toʻgʻrisi bu oddiy hol. Meni hech kim xursand boʻlib kutib olmaydi. Baʼzan bu ich-ichingdan kemiradigan tuygʻu boʻlib tuyuladi. Senga soxta va qoʻrquv toʻla nigohlar bilan tikilishlari...
Bir soatcha vaqt ichida uyga joylashib oldim. Bu ham terapiyaning bir turi aslida. Kayfiyatim yaxshilandi.
Yaxshilandi?
Yaxshilangandi!
Hozir shaharni bar atrofini kezib yuribman. Bu biron iz qoldirmasligim uchun. Bu aslida eng oson kechadigan ish menda. Oʻzingni aylanib yurgandek koʻrsatasan va hammasi "bajarildi".
Kechga yaqin yana oʻsha yerga qaytdim. Bu safar borganimda bu yerdagi odamlar unchalik koʻp emasdi. Men ham xuddi bu yaramas maishatparastlarning birini rolini oʻynashim kerak. Oxirida esa bu filmimiz bosh qahramoni ham dunyodan koʻz yumadi. Bularni oʻylar ekanman, yana yuragimga gʻulgʻula tushdi. Menga esa umuman farqi yoʻq.
Kirishim bilan alkogol va sigaret hidi dimogʻimga urildi. Bir zum koʻnglim aynidi bularning ahvolini koʻrib... Butunlay tamom boʻlgan odamlar... Bularni nima deb atashni bilmayman. Bilganim shuki, bu odamlarda haqiqiy, insoniy tuygʻular boʻlmaydi. Faqat hirs, ochkoʻzlik, xudbinlik...
Panaroq joy topib oʻtirdim. Bir chekkada bugungi oʻlja boʻrsildoq Jinhwanni kutib oʻtiribman. Hech kimning etiborini tormaslikka harakat qilyapman. Ammo menga yovvoyi koʻzlar bilan qarab qarab qoʻyayotganlar kam emas. Bu ishda faqat qotil va jabrlanuvchi, ya'ni faqat men va Seo Jinhwan boʻlishi kerak. Ishga boshqalar aralashib ketsa katta muammolar chiqadi.
Bu yaramas kuchuklar orasidan birovi tez-tez qarab qoʻyardi menga. Kelganimdan beri uning bu qarashlari qayta-qayta mening koʻzlarim bilan uchrashmoqda. Gʻalati...
Lekin men bunday turdagi insonlarni jinimdan yomon koʻraman. Shunday ekan oʻzim va oʻz kasbimni ham yomon koʻraman. Manavi menga moʻltillagan koʻzlari bilan qarayotgan yoqimtoy kuchuk nimalarni oʻylayapti bilmadimku, lekin meni bu jirkanch insonlar bilan hech narsa qilishga xohishim yoʻq.