Yashirin yuraklar
Korea. Seoul shahri. Yonsei Universitetida talabalarning qizgʻin sarguzashtlari avj olmoqda. Hamma yerda qiy-chuv, huddi bolalar bogʻchasi kabi.
Hammasi odatdagidek ammo Umidaning yuragi emas, u haddan tashqari tez urmoqda chunki hozir u bolaligidan beri yashirincha sevadigan insoni Taehyung bilan yonma yon oʻtiribdi. Umida sinfdagi eng xushchaqchaq, hazilkash va mehribon qiz. Ammo Taehyung. . . U Umidani gʻirt teskarisi. Sovuqqon odatda doʻstlari yoʻq, kamgap yigit. U haqida sinf uncha koʻp maʼlumot bilmaydi ham. Umida har kuni, har soat Tehyungga yashirincha boqardi. Taehyung har gal tabassum qilganda, Umidaning yuragi qattiqroq urardi. U buni hech kimga aytmasdi. Yozuv daftarining orqa betiga faqat bir jumla yozilgan edi: “U bilmaydi, lekin men har kuni uni koʻrganimda yuragim boshqacha boʻlishini” Aksiga olib, aynan shu kuni o‘qituvchi ularni birga loyiha tayyorlashga juft qilib qo‘ydi.
— Umida va Taehyung — sizlar biologiyadan sheriksizlar, bir hafta muddat. — dedi o‘qituvchi.
Umida ichida qichqirdi. U bularni barini tush deb oʻyladi. Umida Taehyung bilan birga! U oʻzini bosishga harakat qildi. Va Taehyunga qaradi lekin uning yuzida oʻzgarish yoʻq edi har doimgidek jiddiy edi. U shunchaki bosh silkib qoʻydi.
Bir necha kun ular kutubxonada, maktab bog‘ida, hatto sport zalida ham uchrashib, loyiha ustida ishlashdi. Har safar, nimadir deyish uchun lablariga kelgan gapni yutib yuborishardi.
Taehyung daftarini sumkasidan chiqarib, stolda unutib ketdi. Umida daftarni qaytarish uchun uni ochib yubordi. Sahifalar orasida bitta buklangan varaq tushib ketdi. O‘zini tutolmay, varaqni ochdi.
“Men Umidani sevaman. U buni hech qachon bilmasin. Uni faqat uzoqdan ko‘rib turish ham yetadi.”
Umida qotib qoldi. Yuragi go‘yo og‘irlik bilan to‘ldi. U hozir nima qilishga nima deyishga ham hayron edi. U bu his qanday ekanligi yaxshi bilardi.
Pov Umida: bu... Bu nimasi? U ham meni sevadimi? U ham buni mendan shu paytgacha yashirdimi? Demak bizni sevgimiz bir tomonlama boʻlmagan. Nega axir? Meni buni bilmadim yoki koʻzlarim sevgidan shu darajada koʻr boʻlib qolganmidi? Endi nima qilishim kerak. Unga barchasini aytib sevgimni tan olishim zarur ortiq bunday yura olmayman. U ham meni sevadi chunki. Sevadi! Eshityapsanmi Seoul ? U ham meni sevadi! Umidaning koʻzlaridan asta sekinlik bilan yoshlar sizib chiqa boshladi. Axir u bu kunlar hech qachon sodir boʻlmaydi deb oʻylardi. U doim Taehyung uning ushalmagan orzusi boʻlib qoladi deb oʻylardi. Lekin orzular albatta amalga oshadi. Shunday emasmi?
Soʻng Umida koʻz yoshlarini artdi. Maktubni esa shunchalar qattiq siqdiki, goʻyo hozir undan kimdir xatni olib qoʻysa , Taehyung uni boshqa sevmaydigandek. U shu tariqa uyiga ketdi. Uyida ham bir daqiqada maktubni qoʻymadi. Uxlash uchun oʻz oʻrniga yotgan qiz bularni bari tush boʻlmasin deya iltijo qildi. Va koʻzlarini yumdi.
Tong 🌞
Kimlar uchun eng yaxshi tong. Kimlar uchun eng yomon ammo Umida uchun bu tong hayajonlisi boʻladi.
Umida tezgina nonushta ham qildi. U bugun maktabga boshqacha tayyorgarlik koʻrdi. Shosha pisha uyidan chiqib ketti. Universitetga keldiyu ammo darvozadan negadir kira olmayapti. U shu holatda yarim soatcha turdi negaligini hatto oʻzi ham bilmasdi. Umidani bu holatini koʻrib turgan ustoz Chan uni oʻzining yoniga chaqirdi va yordam soʻradi. Yangi kelgan kitoblarni sinfiga tarqatishni iltimos qildi. Umida esa rozi boʻldi.
Sinf xonaga qoʻlida juda ham koʻp kitoblar bilan ketar ekan, tezroq Tae ni koʻrishga oshiqardi. Ammo kitoblar koʻpligidan uning yuzi ham koʻrinmay ketgan edi.
U sinf xonaga keldi. Koʻzlari esa arang Taehyungni koʻrdi kitoblari tushib ketishiga sal qoldiyu ammo qaddini rostlab barini nazoratiga oldi. Endi ham oʻz oʻrniga oʻtirmoqchi edi lekin sinfdagi 3-4 qitmir qizlar Umidaning stulini saqichlar bilan bezab tashlashgan edi. Taehyung esa buni allaqachon payqagan edi. Umida asta sekinlik bilan endi ham stuliga joylashaman deganida Taehyung epchillik bilan stulni bir oyogʻi bilan tepib, 1 metr uzoqqa uchirib yubordi, va Umida oʻtirishi uchun bir oʻyogʻini bukdi. Bari shu qadar tez sodir boʻldiki, Umida oʻzi xoxlamaygina Tae ni tizzasiga oʻtirib qoldi. Nima boʻlganini anglay olmay qolgan qiz koʻzlarini chirt yumib olgan edi. Koʻzlarini ochibdiki, Taehyungning ustida va uning yuziga yaqin darajada oʻtirar edi. Ularning yuzlari bir biriga juda ham yaqin edi. Taehyungning har bir olayotgan qaynoq nafasini Umida his qilayotgan edi. Hozir yuzlar emas, yuraklar uchrashgandi. Ular jim ammo koʻzlari emas. Huddi necha yillar davomida bir biriga ayta olmagan gaplarini aytayotganlardek edi. Sinf esa jimjit. Hamma ularga birdek qarayabdi ammo baʼzilari hayrat bilan baʼzilari quvonch yana baʼzi qizlar esa hasad. Umidaning yerga tushib ketgan barcha kitoblari orasida Taehyungning maktubi bor edi. U shundoqqina Taehyungning oyoqlari ostiga tushib qolgan edi. Umida va Taehyung oʻzlarini oʻnglab olishdi. Bir zumga Umidani yuragi toʻxtab qolay degandi. Umida nima boʻlganini tushunish uchun uchib ketgan stul yoniga bordi. Tae bu paytda oʻzi yozgan xatga koʻzi tushdi. U buni kechadan beri izlayotgan edi va tahmini toʻgʻri chiqqaniga ishonch hosil qildi. Sinf esa ularni yolgʻiz qoldirish uchun xonadan birin ketin chiqib ketishdi. Bu payti Umida holatni tushunib yetgan edi, Sekinlik bilan maktubni choʻntagiga solayotgan bola tomon yaqinlashib keldi. Unga qanday minnatdorchilik bildirishni bilmayotgandi.
Umida: Senga qanday raxmat aytishni bilmayman. Bu qarzimni uzish uchun nima qilay?
Taehyung avvaliga javob bermadi, koʻzlari esa faqat qizning koʻzlarida edi. Boshqacha nigohlar bilan qarardi. Umida gʻalati boʻlib ketdi undan faqat javob kutardi
Taehyung: Sevgan qizim boʻlasanmi?