𝓐𝘮𝘯𝘦𝘴𝘪𝘢
Kuchli his tuygʻular . Unutilmas ruhiy aloqalar . Qoʻl- oyoqlarimni chirmab tashlagan koʻrinmas arqon . Sen ?
Eshikni ochdim . Xona ichki manzarasi koʻzga tashlanishidan oldin ayol kishining ovozi ortimga oʻgirilishga majbur qildi .
— Xush kelibsiz . — Men unga qaradim . Judayam istarasi issiq , yoqimtoy . Lekin jiddiy va rasmiy ohangda gapirardi .
— S . . Salom — duduqlanib zoʻrgʻa gapirdim men . Qarshimdagi begona qizni deb 5- xona ichidagi olam bir lahza yodimdan koʻtarildi . Diqqat etiborim yonimdagi koʻzoynakli qizda edi .
— Sizni tanimagan koʻrinaman ? Menga yuzida jiddiy qiziqish bilan qaradi qiz .
— Men . . . Men q . . qarovchiman . — Atrofimda sodir boʻlayotgan chalkashlikdan biroz dovdirab qoldim men .
— Men Luna Meadows . Suhbatdan oʻtish uchun kelgandim . — Nihoyat , biroz hushimni yigʻib javob berdim qarshimda turgan oʻtkir nigohli qizga .
— Yaxshi , tushundim . Men bilan yuring .
Men asabiy edim . Chunki u kelishidan oldin , yana bir qadam va hammasi aniq boʻlardi . Chunki , men qalban his qilyapman . U Lucien . Va u tirik . Biz yana birga boʻlishimiz mumkin .
Har bir 5- xonadan uzoqlashib bosgan qadamim xuddi yerga yopishgandek boʻlardi . Men ortiq uzoq ketishni istamasdim . Ortga qarab yugurishni istardim . Mendan uch qadamcha oldindagi qizning esa bundan zarracha xabari yoʻq , u menga nima yoki qayernidir koʻrsatish uchun shoshilib- shoshilib yurardi . Mening esa qadam sayin ichki vahimam oshib borardi . Qoʻllarim mushtga tugilgan . Tirnoqlarim oʻz terimga botardi . Buning bari hayajondan . Asabdan .
Zal oxiriga yetganda yana bir zina bor edi . Biz undan yuqoriga koʻtarildik . Uchinchi qavat yanada shohona edi . Oq rangli , nafis , ochiq turgan deraza orqali magʻrur qad koʻtargan , sof sevgising ilk boʻsasi olinadigan joy . . . Eyfel minorasi yaqqol koʻrinib turardi . Deraza ustida turgan vazada oq atirgul ifori odamni mast qiladigan darajada goʻzal yoqimli edi .
Biz yana biroz yurib eshigiga 7 raqami yozilgan xona oldida toʻxtadik .
— Bu xona sizniki , allaqachon tayyorlab qoʻyishgan . Bu yerda oʻz uyingizdagidek his qiling . — U biroz tabassum qildi .
— Aytgancha , mening ismim Naelora Simon . Nimadir kerak boʻlsa menga murojaat qiling .
Men unga bosh irgʻab xonaga kirdim . Xonadagi nafis muhit mening hayollarimni oʻgʻirlab oldi , bu xuddi ertakdagi kabi goʻzal edi . Men endi bu yerda yashashimga ishonish qiyin edi . Lucien bilan birga boʻlish , orzuyimdagi muhitda kun kechirish , sevimli ish uchun esa menga anchagina pul ham toʻlashadi . Bu voqealar bari juda tez sodir boʻldiki , ishonish oʻta qiyin ammo ishonishga boʻlgan ishtiyoq meni hayajonga solardi .
— Akamni ertalabgi muolajalari bor . — dedi eshikdan meni kuzatib turgan Naelora .
— Soat 9 da butunlay sizga topshiriladi . To uxlaguncha . — uning yuz ifodasi yana jiddiy tus olgan , ammo bu safar juda sokin koʻrinardi .
— Yaxshi . — tabassum qildim men .
Soʻngra u meni yangi xonamda yolgʻiz qoldirdi . Men xonaga joylashib oldim , u juda chiroyli edi .
Ayniqsa Lucienni tezroq koʻrishga oshiqardim . Uni koʻrish , ovozini eshitish , koʻzlariga tikilib qarash . . . Men soʻnggi yillarda oʻzimni buning imkonsizligiga ishontirishga harakat qilib yashadim . Ammo boʻlmadi . Bilmadim . Balki koʻnglim sezgandir u bilan bir osmon ostida yashayotganimizni .
Eshik tutqichini ushlarkanman , ichimda kuchli hislar isyon qilardi . Asabiylik , hayajon qoʻrquv . . . Ammo men bilardim , bu jangda unga boʻlgan muhabbatim gʻolib chiqishini .
Eshikni ochdim . Xonaga kirdim . Xonada katta kitob javoni , markazda yotoq , chap devorda kiyimlar uchun javon va kravat yonida kichik tumbochka . Ustida shohona lampa . Bezaklari jihatdan bu xona uy ichida koʻrganlarim boʻyicha eng chiroylisi edi . Xonadan katta balkon ochilgan boʻlib , harir pardalar osigʻliq , ertalabgi yengil shamolda uchib oʻynardi .
Men u yerda kimningdir malla sochlariga koʻzim tushdi . Hayajonim yanada kuchaydi . Men aravachasida oʻtirib kitob oʻqiyotgan yigitga tomon yaqinroq odimladim .
Bu Lucien edi . Uning yonida kichkina stol . Stol ustida qahva , oʻsha ikkimiz yoqtirgan qahva . Yengil shabada tufayli sovib qolgan . Yo xudoyim , uning sochlari shamolda uchib , farishtadek koʻrinardi koʻzlarimga . U juda goʻzal . Buni tariflash uchun soʻzlar kam , shavqatsiz dunyo u kabi farishtani soʻzlar orqali tasvirlay olmaydi .
Men suyanib turgan eshik shishasini taqillatdim . U menga qaradi . Koʻzlari . . . Ular hamon oʻsha- oʻsha . Ammo endi bu koʻzlarda menga boʻlgan sevgini koʻrmadim .
— Siz kimsiz ? Xonamga besoʻroq , taqillatmasdan kiribsiz ! — uning ovozi meni reallikga qaytardi . Chindan ham men hech qanday soʻzsiz eshik ochdim . Va buning uchun hech pushaymon qilmayman .
— Xayrli kun , janob . — tabassum qildim . Boʻlayotgan chalkashliklarga hech eʼtibor bermasdim . Muhimi men uni topdim .
— Men , Luna Meadows . Siz uchun yollanganman .
— Enaga ? — uning ovozi sovuq , mazahomuz edi . Etim jimirlab ketdi . U bu yerda meni emas , aslo meni emas . Oʻzini ustidan kulayotgandek boʻldi . Ortiq yura olmasligi unga alam qilayotganligini shu lahzada his qildim . Va u , aynan alamidangina , achchiq muomala qilgan .
— Qoʻysangizchi . . . — men uni oʻzini boshqalardan past koʻrishini istamasdim . Koʻz oldimdagi achinarli manzara yuragimni siqdi . Men u bunday ahvolda ham oʻzini mustaqil shaxs deb his qilishini istayman .
— Meni ovutishingiz shart emas , madmuazel . Oʻrganib ketganman . — uning ovozi yana sovuq va hissiz .
Oʻrganib ketganman ? Nimaga oʻrganadi ? Nega oʻrganadi ? Nega oʻzini yetarli emasdek his qilib , mendan qochadi . Uch yil oldin bari mutlaqo boshqacha edi . Hozir nega bunchalar ishonchsiz u ? Nahotki uning oila aʼzolari uni shu ahvolga solgan boʻlsa . Bunga ishonish qiyin , ammo Lucien chindan ham mehrsiz qolib ketganga oʻxshardi . Atrofdagi sovuq munosabat tufayli , uning qalbi hozir devorlar bilan oʻralgan .
— Iltimos , kitobni javonga olib qoʻying . — u menga kitobni uzatdi , men uning qoʻlidan olib haliroq koʻzim tushgan javonga qoʻyib keldim .
— Va menga bunaqa , ' katta- katta ' koʻzlaringiz bilan qarashni bas qiling . — u mendan nigohlarini olib qochib yerga qaradi .
— Men ham insonman . . . — past , deyarli eshitilmaydigan qilib qoʻshib qoʻydi u .
— Nimadir qilishni istaysizmi ? — mavzuni oʻzgartirishga harakat qildim .
— Ha , albatta . Sayr qilgim kelyapti . Bugun ob- havo quyoshsiz , shunday boʻlgani yaxshi .
Biz tashqari chiqdik . Haligidek yoqimli shabada esardi , va bu uning sochlari uchishiga , yanada chiroyli koʻrinishiga sababchi edi . Men uni surib ketar , u esa atrofni tomosha qilardi . Lablarimda mavjlanayotgan tabassumni yashira olmasdim . Menga uning yonida boʻlish hissi yoqadi . Va bu hisni , usiz hech kim oʻrnini toʻldira olmaydi .
U boshini burib menga qaradi . Tabassum qildi . Tinch okeaniga choʻkkandek his qildim oʻzimni .
— Shunday qilib ismingizni nima degandingiz ? — u hozir oʻzini ancha yengil tutardi . Xuddi qulay joyga moslashib olganga oʻxshardi .
— Sizga qancha toʻlashyapti ? Nega bunaqa ishga rozi boʻldingiz ? — u nigohlarini yelkasidan oshirib qarar , koʻzlari sinchkov boqardi .
— €3.500 ( uch yarim ming yevro )
— Mana nega bunchalar xursandsiz . . . — uning yuzi soʻldi , yana jim boʻlib qoldi . Uning bu gapidan qornimda qandaydir nohush hislarni sezdim , uning bu soʻzlari meni kasal qildi . Men u yana hammasini eslashini , unga boʻlgan sevgim chegarasiz ekanini bilishini xohlardim . . .