UNLILAR 1# QISM
Koreys tili alifbosi umumiy 40 harfdan iborat edi , yodingizda boʻlsa . Va yodda tuting , koreys alifbosi harflardan tashkil topgan , Xitoy yoki Yapon iyerogliflaridan emas .
Jami harfimiz 40 ta boʻlsa , bundan 21 ta harf unli harflar edi . Koreys tilida unli harflar ikkiga boʻlinadi .
2 . Diftonglar ( ikki oddiy harf qoʻshilishidan paydo boʻlgan )
Oddiy unlilarimiz 10 ta boʻlib , diftong unlilar 11 tani tashkil etadi . Bugungi darsda siz bilan 10 oddiy unlini oʻrganamiz .
ㅓ. O
ㅏ. A
ㅕ. Yo
ㅑ. Ya
ㅣ. I
ㅡ. Ы
ㅠ. Yu
ㅜ. U
ㅗ. Oʻ ( o singari talaffuz qilinadi )
ㅛ. Yoʻ
Mana shu 10 ta harf bizning oddiy unlilarimizdir . Va yana bir qoida , bunisi barcha unli harflarga tegishli .
Masalan :
ㅏ A harfi keladigan boʻlsa boʻgʻinda bu hech qachon yolgʻiz oʻzi shu holicha kelmaydi . ㅇ harfi bizda aslida 'ng' undoshini beradi . Ammo , bir unlilik boʻgʻinda unli harfga qoʻshilib keladi :
Koʻrib turganingizdek bu ikkisi birga kelishi shart va zarur . Faqat bular emas , hamma unli harflar boʻgʻinda yolgʻiz kelsa shu holda yoziladi .
10 ta unlini oson qilib yodlash yoʻli bu ularni ikki qismga boʻlib olish .
Masalan :
1. Tik unlilar ( ㅏ , ㅓ , ㅕ , ㅑ , ㅣ )
2. Yotiq unlilar ( ㅗ , ㅛ , ㅜ , ㅠ , ㅡ )
Mana shu tarzda beshtadan tegadi har bir guruhchaga , tik unlilarda tayoqchasi tik yoziladi , yotiq unlilarda esa yotgan chiziq bilan yoziladi .
Vazifa
Har bir harfni daftaringizga besh qatordan yozib chiqing . Bu yozishni shakllantirib , qoʻl xotirasi yordamida darsni eslab qolishingizga yordam beradi .