ᯏ𝖠𝖬𝖭𝖤𝖲𝖨𝖠
Biz birovning qismatini oʻzgartira olmas ekanmiz . Biz birini qanchalar sevsak ham , uni oʻlim olib ketayotganda qoʻlimizdan hech narsa kelmas ekan . Bunga chidab yashash qanchalar qiyin boʻlsa-da , qafasdagi qushdek jim boʻlishimiz , taqdirga koʻnishimiz shart .
Aslida biz insonlarni emas , ular qachonlardir bizga bergan hislarnigina sogʻinamiz . Ularning kichik odatlari va bizga aytgan yoqimli gaplardan olgan yoqimli energiyani qumsaymiz .
Ammo baʼzi hislar borki , ularni faqat bir kishigina bera oladi . Boshqalar qanchalik urinsada , bu ularning qoʻlidan kelmaydi . Shunday joylar borki , ular boʻsh qolsa oʻrnini toʻldira olmaysiz . Shunday gullar borki , hech narsa ular kabi ifor tarata olmaydi . Va , shunday qalblar borki , ular umuman boshqachadirlar . Bunday qalblardan antiqa sado chiqadi , ularni tinglagan sari tinglaging keladi .
Mana u ketganiga ham uch yil boʻldi . U ketdi . Oʻzi istamasada , men istamasamda ketdi . U shunga majbur boʻldi . Men esa qoʻrqoqlik qilib uni soʻngi manzilga ham kuzata olmadim . Naqadar ahmoqman . Noshudman . Qoʻrqoqman . Koʻz oldimda u dunyoni tark etdi ammo men ortimga qaramay chopdim . Qochdim ? Qochishimga qaramay u doim men bilan birga . Mana bu yerda , qalbimda u hamon tirik . Bu yerda qochishning hech hojati yoʻq edi aslida .
U bilan birinchi bor uchrashganimdagi tabassumi hali ham koʻz oldimdan ketmaydi . Kulgusi hanuz quloqlarimni tark etgani yoʻq . Oʻsha payt qanchalar begʻubor edi bu kulgi . . . Goʻyo quloqlarimga musiqadek eshitilar edi . Hozir esa bu ovoz uni olib ketgan avtohalokat , ajal ovozi bilan qorishib ketgan . Eng yomoni ham shu aslida . Chunki bu ovoz har soniya u endi yoʻqligidan darak berib turadi .
Sening oʻlimingdan keyin hayotim algʻov-dalgʻov boʻlib ketdi , ishon . Maʼno yoʻqoldi . Men esa hamon toshdek qotib turibman , harakatsiz , jimlikda . Lekin qoʻlimdan boshqa narsa qilish ham kelmaydi axir .
Men koʻp marta urinib koʻrdim yangi hayot boshlashga . Lekin oʻxshamadi . Seni unuta olmadim . Hayotimdan keraksiz hammasini chiqardim . Lekin sen . . . Sen qolding faqat .
Men senga vaʼda bergandim . "Oxirigacha" deb vaʼda bergandim. Lekin meni kechir , vaʼdamda tura olmadim . . . Endi buning ahamiyati yoʻq , lekin seni hali hamon sevaman , Taehyung .
Tonggi signal chalindi . Uygʻondim . Har doimgidek rasvo kunlarning navbatdagisi boshlandi . Qaraya , men ham endi 20 ga toʻlibman . Bugun ikkinchi aprel . Tugʻilgan kunimga uch kun boʻldi . Ammo men buni oddiy kun sifatida oʻtkazdim , chunki istasam ham baxt topa olmayapman . Onam ham hatto mening tugʻilgan kunimni eslamadi .
U ikki yildan beri kasal , oʻpka kasaliga chalingan ekan . Oʻpka saratoni . Avvaliga buni oddiy yoʻtal deb oʻyladik lekin yoʻtal bunchalar uzoq davom etishi mumkin emas . Uning ahvoli ogʻirlasha boshlagach otam bizni tashlab ketdi . Qanday rasvolik bu ? Men uni avvallari "dadam" deganim uchun uyalaman . Hozir u men uchun oʻlgan . Meni unday otam yoʻq . Togʻrisi bunday holatlar alam qiladi . Sababi biz kelajak haqida oʻylasak , yonimizdagi insonlarni yanada yangi va yaxshiroq bosqichda , oʻzimiz bilan birga tasavvur qilamiz . Ularni juda yaxshi koʻramiz xullas ular ham qachondir oʻzgaradi degan fikr begona boʻladi .
Nima boʻlganda ham uni unitdim . U endi yoʻq odam va hayotimizning yangi qolipiga konikdim . Endi faqat onam va men yashaymiz . Parijdagi soliqlar balandlik qilgani uchun Versillga koʻchib oʻtdik . Men hozir uyimiz yaqinidagi pitsaxonada yetkazuvchi boʻlib ishlayman . Shahar boʻylab pitsa tarqataman . Onam esa uyda ayni paytda operatsiyaga muhtoj . Shuning uchun ham qattiq ishlayman . Kasalligi kuchaygan . Balki tirik murda deyish ham mumkin. Tugʻilgan kunimni eslamaganining sababi shu . U hozir hech narsaga etibor qaratib yashay olmaydi . Umid qilamanki operatsiya unga foyda beradi .
Uygʻongach , mushukdek choʻzilib oldim va qay vaziyatda ekanimni anglash uchun xonaga alanglab nazar tashladim . Narigi burchakdagi karavotda uxlab yotgan ayol xir-xir tovush chiqarib qiynalib nafas oladi . Birdan barcha meni ezib kelayotgan muammolar birma bir koʻz oldimdan oʻtdi . Qiya ochiq derazadan mayin shabada kirib tursada , hushimni yigʻganimda tonggi poklikni qorongʻulik bosib olgandek boʻldi . Men haliyam oʻsha ayanchli taqdir ichida ekanligimni his qildim . Har doimgidek rasvo bir kun . Oʻrnimdan turib oyna yoniga bordim , oʻzimga sinchkovlik bilan nazar tashladim . Biroz ozganimni his qildim , balki buning bari charchoqdandir . . .
Tayyorlanib ishga keldim . Bino ichiga kirishda bir yigit skuter bilan tashqarida turardi . Formasi meniki bilan bir xil edi . Nima yangilik ekanini anglashga urungandek boʻlib , unga sinchkov tikilib oʻtib ketdim . Menimcha u mening sherigim boʻlgan . . .
— Xayrli tong , janob Fransua — quruqqina salom berib , oshpaz tomon yurdim .
— Xayrli emas ! — u chollarga xos ovozi bilan baqirdi . Nima boʻlayotganiga tushuna olmadim .
— Nima ? Biror muammo bormi ? Agar shunday boʻlsa , menimcha jahl qilishga arzimaydi . Siz bunday vaqtda hammaga salbiy energiya tarqatasiz . — Qoʻlimni yuvarkanman , xona ichidagi kayfiyatni ijobiy tomonga oʻzgartirishga harakat qilardim . — Aytgancha , endi yana bitta yetkazuvchi bormi ?
Janob Fransua malla kishi . Qizil-malla sochli , xuddi Sherlok Xolms haqidagi "Mallalar uyushmasi" degan kitobdagi odamga oʻxshab ketadi . Yuzi ham , burni ham doim qizarib turadi . Lekin hozir , jahli chiqqaniga pomidorga oʻxshab qolgan . Men hali-hamon uning nega jahi chiqqanini anglay ololmagan edim . Menimcha ish boʻyicha biror nimadir ?
— Sen ishdan boʻshatilding . — Oʻshqirdi u menga . Shu payt , ichimda bir narsa uzilgandek boʻldi . Buni aniq his qildim .
— Siz . . . Nima ? Bunday , bunday qila olmaysiz . . . — Oxiriga kelib ovozim qaltirab qoldi , men bunchalik koʻp yoʻqotishdan soʻng ishimni ham yoʻqota olmasdim . Allaqachon , u jahl ustida aytgan boʻlsin deb kutishni boshladim .
— Yoʻq ! Beshinchi marta hammasini chalkashtirib yubording sen ! Boʻshatilding ! — U bir ikki marta hovurini bosish uchun chuqur nafas oldida , kinoya qilib dedi — Narsalaringni olib chiqib ket , Luna .
U fikrini oʻzgartirmasligini sezib hech narsa demasdan , soʻzsiz binoni tark etdim . Boʻgʻzimga nimadir tiqilib qolgan , yigʻlamoqdan beri boʻlib turardim . Eshikdan chiqib ketayotgan vaqtimda ham , haligi yigit meni ketayotganligimni koʻrib , mazahomuz iljayib qoʻydi .
Fransua qiziqqon odam , injiq va takabbur odam . Qilayotgan ishi notoʻgʻri ekanini bilsa ham oʻz fikrida qoladigan odam . Shuning uchun ham u bilan ortiqcha tortishib oʻtirmadim .
Bir haftadan soʻng onamni operatsiyasi oʻtkaziladi . Maʼlum muddat ichida pulni topishim kerak , lekin men bu yerda oʻtiribman . Chunki hozir qoʻlimdan boshqa narsa kelmaydi . Juda ham yigʻlagim kelyapti , lekin odamlar oldida yigʻlashga oʻrganmaganman . Shu tufayli , bor kuchim bilan oʻzimni yigʻlashdan tiyib turibman . Bunday holatda hech narsa qilolmayman , buni bilganligim uchun ham shu yerdaman .
— Qahvangiz , xonim — har safar kelganimda , menga hush muomalalik bilan gapiradigan ofitsiant qiz qahvani stolga qoʻydi .
— Rahmat . — Birgina soʻz aytgan boʻlsamda , ovozim tomogʻimda qotib qolgan hislar sababli yoʻgʻon chiqdi .
Angelina kafesi . Oʻzimni yolgʻiz his qilgan paytlarim tashrif buyuradigan yagona joy . Bu yerga birinchi marta Taehyung bilan kelgandim , birga qahva ichgandik , soatlab suhbatlashgan edik , bizga oʻsha dam oʻzimizdan oʻzga barchasi begona edi . Dunyo koʻz oʻngimizda yoʻqolgandek goʻyo . Faqat oʻz baxtimiz koʻrinardi koʻzimizga .
Qahvadan bir ikki hoʻplab , telefonimni choʻntagimdan olib , menga yaqin joydan ish izlashni boshladim . Negadir menga mos biron narsa yoʻqdek tuyulardi . Hammasi maoshi kichik , lavozimi kichik ishlar edi . Shu vaqt , yangi qoʻshilgan reklama etiborimni tortdi . Maʼlumotnomani oʻqiy boshladim .
80% nogironlik kasalligi bor shaxsga qarovchi kerak !
Negadir , bu men oʻqigan eng qisqa reklama edi . Ammo bu ish yaxshi toʻlagani uchun suhbatga borishga qaror qildim .