𝑪𝑼𝑹𝑬𝑳𝑬𝑺𝑺
asta qadam tashlab ish bo‘limi tomon yurdim.
Ofis ichiga kirganimda hamma o‘z ishiga sho‘ng‘igan edi — printer ovozi, klaviatura chalishlari, telefon qo‘ng‘iroqlari.
Men joyimni qidirib turganimda, yon tomondan iliq ovoz eshitildi.
Jilmayib turgan qiz menga qarab turardi. Ko‘zlari muloyim, qarashi esa ishonchli edi.
— Ha… bugun birinchi kunim,” dedim biroz tortinib.
— Men Yuna. Shu bo‘limda ishlayman.
— “Tanishganimdan xursandman,” dedim uning qo‘lini siqib.
— CEO xonasidan endi chiqdizmi?–dedi u biroz past ovozda.
Men bosh irg‘adim.
Yuna atrofga bir qarab qo‘ydi, keyin ovozini pasaytirdi:
— U yerga birinchi marta kirish har doim qo‘rqinchli bo‘ladi. Hammaning yuragi urib chiqadi.
— “Shunday deyishadi… lekin u haqida hamma narsani bilamiz deb o‘ylamang.”
–ha yana sizdan bir narsani soʻramoqchi edim
–ha albatta soʻrang–dedi Yuna xushmuomilalik bilan
–CEOning ismi nima?–dedi luveria
–raxmat –dediq qiz ortiqcha soʻzsiz
Shu payt kimdur "Yuna" deb chaqirganini eshitdi Yuna biroz jim qoldi soʻng
–yana koʻrishmiz hozir kelaman –deb shoshilib yugurib ketdi.
Luveria esa joyini topib sekin otirdi va kompyuterni yoqib ishlay boshladi. Uning qiyofasi jiddiy edi ishga juda berilib ketganidan yuna uni yoniga oʻtirgaini sezmay qoldi. Yuna sekin kulumsiradi va u ham oʻz ishida davom etdi.kun juda uzoq oʻtdi
Kompaniya binosi jim-jit edi. Derazalardan kirib kelayotgan oqshom nuri uzun soyalarni polga cho‘zib yuborgan, koridorlar esa odatdagidan ham sovuqroq tuyulardi. Hammasi allaqachon ketib bo‘lgan — xodimlar ham, shovqin ham, odatiy hayot ham.
Uning stolida hujjatlar uyilib yotar, noutbuki esa hali ham ochiq turardi. Ko‘zlari charchagan, ammo qo‘llari to‘xtamasdi. Har bir fayl, har bir hisobot kechagi muddatni eslatib turardi. U chuqur nafas oldi, sochini ortga surib, yana yozishda davom etdi.
Lift ovozi ham eshitilmasdi. Hech kim qaytib kelmasligini u bilardi. Shunga qaramay, yuragining bir chetida “yana biroz yordam bo‘lsa edi” degan sokin o‘y aylanardi.
Soat esa tobora kechga yaqinlashardi.
Luveria monitor ekraniga tikildi, ko‘zlari achishayotgan bo‘lsa ham, taslim bo‘lmadi. U uchun bu oddiy ish emas edi — bu mas’uliyat, bu ishonch, bu o‘zini isbotlash edi.
Koridordan shamol o‘tib ketgandek eshik yengil qimirlaganida u bir lahza to‘xtadi. Ammo bu ham faqat binoning eski odatiy shovqini edi xolos.
Va kompaniya ichida yagona yorug‘lik manbai bo‘lib, Luveria tun bilan birga ishlashda davom etdi.
Vanihoyat ozi ishini alo darjada bajardi kompyuterni ochirdi stolning ustida turgan papka va hisobotlarni yigʻishtirdi va sumkasini olib sekin kompaniyadan chiqdi hatto oʻzini koʻtaraolmayabdi juda charchagan koʻzlari qizargan harakatlaris sekinlashgan qiz tezroq avtobusga chiqdi va boʻsh joyga oʻtirdi
Qiz manzilga yetib keldi va avtobusdan tushib uyigacga ozgina yurdi uyiga yetib kelgandan soʻng sumkasiga qoʻl choʻzib kalitini oldi eshikga tiqdi va eshikni ochib uyga kirdi va chiroqni yoqdi u hatto ovqat ham yemagan ammo hozir unga yagona kerakli narsa bu uyqu edi qiz sumkasini joyga qoydi va kiymini almashtirdi yotoqxonasiga kirdi derazani ochish uchun qolini qoydi va ochdi shaharaga qarab oʻylanib qoldi va taxminan 2 daqiqadan soʻng chiroqni oʻchirdi hona jim-jit butun uy sukutda qiz sekin yotoqga yaqinlashdi va joyiga yotdi ustiga adyol yopdi sekin koʻzlarini yumdi
~
Taehyungo‘z uyida yolg‘iz o‘tirardi. Xona sokin, faqat devor soati sekin tiqillab turardi. Chiroqning iliq nuri ham uning kayfiyatini o‘zgartira olmasdi.
U divan chetida o‘tirib, deraza tomonga qarab qoldi. Tashqarida shahar hayoti davom etardi, lekin uning ichida faqat bitta o‘y bor edi — Luveria.
U o‘rnidan turib, oshxonaga o‘tdi. Muzlatkichni ochdi, ichiga qaradi, lekin hech narsa olishga ishtiyoqi yo‘q edi. U faqat o‘ylar bilan band edi.
Uning doim yolg‘iz ishlashi, o‘zini haddan tashqari qiynashi.
Taehyung muzlatkich eshigini yopdi va stolga suyandi.
Xonada jimlik cho‘kdi.
Taehyung bir lahza ko‘zlarini yumdi. Go‘yo Luveria shu yerda, uning yonida turgandek tasavvur qildi — charchagan, lekin baribir kuchli.
U ko‘zlarini ochdi.
— Men seni shunchaki o‘ylab o‘tira olmayman… lekin hozircha faqat shuni qila olaman Luveria seni qiynaganimga afsusdaman –dedi taehyung
Taehyung ertalab uyg‘ondi. Xona yorug‘, tashqaridan mashinalar ovozi eshitilib turardi.
U bir muddat o‘rnidan qimirlamay yotdi, keyin sekin turib o‘tirdi. Sochini bir qo‘li bilan tartibga soldi.
— Ertalab… — dedi u o‘zicha, ovozi hali uyquli edi.
U oshxonaga o‘tdi. Suv ichdi. Muzlatkichni ochib ko‘rdi, ichidan hech narsa olmadi.
Keyin stolga suyanib bir necha soniya jim turdi.
Oddiy ertalab edi.
U deraza yoniga bordi, tashqariga qaradi. Odamlar ishga shoshilayotgan, kun allaqachon boshlanib ketgan edi.
U kiyinishni boshladi va tayyorlana verdi.