June 14

𝖡𝗅𝗂𝗇𝖽 𝖯𝗂𝗋𝗈𝗎𝖾𝗍𝗍𝖾

Luveria balet zalining sovuq polini qo‘llari bilan sekin paypaslab his qilar, atrofdagi tovushlar esa unga yo‘l ko‘rsatardi: pianino ohangi, oyoq uchida sirg‘algan raqqosalar, va uzoqdan eshitilgan nafaslar.

Isabel — uning balet ustozi — zalning o‘rtasida to‘xtadi. Ovozi muloyim, lekin qat’iy edi.

— Luveria, bugun yangi harakatni sinab ko‘ramiz. Musiqani his qilishga harakat qil.

Luveria boshini biroz ko‘tardi. Ko‘ra olmasdi, lekin u har doim Isabelning ovozidan uning kayfiyatini sezardi.

— Men… yiqilib ketmaymanmi? — dedi u past ovozda.

Isabel bir lahza jim qoldi, keyin yaqinlashdi. Uning oyoq tovushlari Luveria yonida to‘xtadi.

— Yo‘q. Men shu yerdaman. Har bir qadamingni sanab turaman.

Pianino sekin yangradi. Luveria qo‘llarini havoga ko‘tardi, go‘yo musiqani ushlamoqchidek. Bir qadam… yana bir qadam…

Isabel uning harakatlarini kuzatar edi.

— Yaxshi… endi burilish, — dedi u. — Juda yumshoq.

Luveria nafasini ushlab, aylana boshladi. Bir lahza muvozanatini yo‘qotdi.

— To‘xta! — Isabel tezda oldiga keldi va uning bilagidan ushladi.

Luveria yiqilmadi. Faqat yuragi tez urardi.

— Men… ko‘ra olmayman, lekin baribir raqsga tushmoqchiman, — dedi u titroq ovozda.

Isabel uning qo‘lini qo‘yib yubormadi.

— Shuning uchun men shu yerdaman, Luveria. Ko‘rish shart emas. His qilish kifoya.

Zal yana jim bo‘lib qoldi. Faqat musiqa davom etardi.

Va Luveria birinchi marta qorong‘ulikni qo‘rqinch emas, balki ritm sifatida his qildi.

Pianino ovozi yana balandroq yangradi. Isabel Luverianing qo‘lini sekin qo‘yib yubordi, lekin yonidan ketmadi.

— Endi yana urinib ko‘ramiz, — dedi u sokin ohangda. — Bu safar men hisoblab turaman.

Luveria boshini qimirlatdi. Uning ichida qo‘rquv bor edi, lekin shu bilan birga g‘alati ishonch ham paydo bo‘lgan.

— Boshlaymiz… bir, ikki… uch.

Luveria qadam tashladi. Pol sovuq edi, lekin har bir tovush unga yo‘l ko‘rsatayotgandek tuyulardi. Isabelning ovozi esa uning ichidagi adashishni to‘g‘rilab turardi.

— Yaxshi… chapga biroz, — dedi Isabel.

Luveria sekin burildi. Bu safar u yiqilmadi. Hatto muvozanatini ham yo‘qotmadi.

Uning lablari biroz titradi.

— Men… to‘g‘ri qilyapmanmi? — deb so‘radi u ehtiyotkorlik bilan.

Isabel jilmaydi, buni Luveria ko‘rmasa ham, uning ovozidan sezish mumkin edi.

— Ha. Juda yaxshi. Endi musiqa bilan birlash.

Pianino ritmi o‘zgardi — biroz tezlashdi. Luveria chuqur nafas oldi va harakatlarini musiqa bilan moslashtirdi. Qadamlar endi qo‘rquv bilan emas, balki ishonch bilan qo‘yilardi.

Zal ichida boshqa raqqosalar ham jim bo‘lib, uni kuzatardi.

— Ajoyib… davom et, — dedi Isabel past ovozda.

Luveria qo‘llarini keng yoydi. U ko‘ra olmasdi, lekin endi o‘zini yo‘qotmayotgandek edi. Har bir tovush uning yo‘lini chizardi.

Bir lahza…

U to‘xtadi.

— Men yiqilmadim, — dedi u hayrat bilan.

Isabel yaqinlashib, uning yonida to‘xtadi.

— Chunki sen endi faqat ko‘z bilan emas, yurak bilan raqs qilayapsan.

Pianino ohangi asta-sekin susaydi. Zal jim bo‘ldi.

Luveria esa birinchi marta qorong‘ilikni bo‘shliq emas, balki imkoniyat sifatida his qildi.

Luveria shu tarzda davom etdi u haraktlarni oʻzlashtira boshaldi u keyin yiqilmadi chunki u oʻziga ishondi qilolishiga ishondi.

Mashg‘ulot tugadi. Zal asta-sekin jimlikka cho‘mdi, faqat derazadan kirgan shamol pardalarni yengil tebratardi.

Isabel Luveriyaning yoniga keldi.

— Bugun yetarli. Juda yaxshi ishlading.

Luveria biroz charchagan, lekin ichida g‘alati yengillik bor edi.

— Men uyga ketaman… — dedi u sekin.

Isabel uning qo‘liga yengil tegdi, yo‘lni ko‘rsatish uchun.

— Ehtiyot bo‘l. Haydovchi allaqachon tashqarida.

Luveria bosh irg‘adi va zal eshigi tomon yurdi. Har bir qadamini u endi oldingidan ko‘ra ishonchliroq qo‘yardi. Eshik ochilishi bilan sovuq havo yuziga urildi.

Tashqarida mashina kutib turardi. Haydovchi eshikni ochdi.

— Rahmat, — dedi Luveria past ovozda va ehtiyotkorlik bilan o‘tirib oldi.

Mashina sekin harakatlana boshladi. Derazadan o‘tib ketayotgan shahar tovushlari uning ichki dunyosiga aralashib ketgandek edi: odamlar ovozi, mashinalar shovqini, chiroqlar aks-sadosi.

Luveria boshini oynaga suyadi.

Bugungi mashg‘ulotni esladi — Isabelning ovozi, pianino ritmi, yiqilmagan o‘sha lahza…

Uning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.

— Men yiqilmadim… — deb pichirladi u o‘ziga o‘zi.

Mashina yo‘l bo‘ylab davom etdi, Luveria esa birinchi marta uyga qaytishni qo‘rquv bilan emas, balki ichki ishonch bilan his qilardi.

Mashina Luveriyani uy oldida tushirdi. Haydovchi eshikni ochdi, u esa ehtiyotkorlik bilan tashqariga chiqdi. Havo sal sovuq, lekin tanish edi.

U qo‘lini oldinga cho‘zib, eshikni topdi va sekin qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.

Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi.

— Luveria! — degan tanish ovoz eshitildi.

Suna edi.

U darhol Luveriyaning qo‘lidan ushlab ichkariga boshladi.

— Qanday o‘tdi mashg‘ulot? Charchamadingmi?

Luveria yengil nafas oldi va ichkariga kirarkan, devor bo‘ylab qo‘lini olib yurdi.

— Yaxshi o‘tdi… Isabel bilan ishladik.

Suna uni yumshoq ohangda eshitdi.

— Yana yiqildingmi?

Luveria biroz jim qoldi, keyin boshini chayqadi.

— Yo‘q. Bu safar… men yiqilmadim.

Suna hayrat bilan to‘xtadi.

— Rostdanmi?

— Ha, — dedi Luveria yengil jilmayib. — Men musiqa bilan harakat qildim.

Suna uning qo‘lini mahkamroq ushladi.

— Men sen bilan faxrlanaman.

Ular oshxonaga kirishdi. Suna stulni tortib berdi.

— O‘tir. Men choy damlayman.

Luveria stulga o‘tirdi, qo‘llarini tizzasiga qo‘ydi. Uy jim, iliq va xavfsiz edi.

— Suna… — dedi u sekin.

— Ha?

— Bugun birinchi marta qo‘rqmadim.

Suna choynakni to‘xtatib, unga qaradi.

— Chunki sen endi yolg‘iz emassan, Luveria.

Luveria boshini biroz egdi. Uning ichida uzoq vaqtdan beri bo‘lmagan sokinlik paydo bo‘ldi.

–Suna men koʻchada aylanmoqchiman–dedi Luveria sokinlik bilan

–Yaxshi unda birga aylanimiz ancha bolgan edi aylanmaganimizga –dedi Suna mayin jilmayib


Eshik ochildi va ular ko‘chaga chiqishdi.

— Bugun havo ancha salqinroq, sezayapsanmi? — dedi Suna yonida yurib.

— Ha, sezayapman, juda ham yoqimli, — dedi Luveria.

Ular sekin yurib ketishdi.

— Oyoqlaringni ehtiyot qil, yo‘l tekis emas, — dedi Suna.

— Bilaman, lekin baribir o‘zim yurmoqchiman, — dedi Luveria.

— Yaxshi, lekin men yoningdaman, — dedi Suna.

— Ha, bilaman, shuning uchun ham xavotir olmayapman, — dedi Luveria.

Ko‘cha shovqini orasida ular oldinga yurishdi.

— Atrof ancha gavjum ekan, — dedi Suna.

— Ha, odamlar ko‘p, lekin menga unchalik bilinmayapti, — dedi Luveria.

— Ko‘zing ko‘rmagani uchun shovqin ko‘proq sezilyaptimi? — dedi Suna.

— Ha, ovozlar hammasi bir joyga to‘planib qolgandek, — dedi Luveria.

— Unda biroz sekinroq yuramiz, — dedi Suna.

— Mayli, menga farqi yo‘q, sen qanday desang shunday bo‘ladi, — dedi Luveria.

Ular birga sekinlashib yurishdi.

— Mana shu yo‘l to‘g‘rimi? — dedi Suna.

— Ha, to‘g‘ri, chap tomonda kichik burilish bor, — dedi Luveria.

— Yaxshi, eslab qolibsan, — dedi Suna.

— Men har safar sezishga harakat qilaman, — dedi Luveria.

Ular burilishdan o‘tishdi.

— Bu yer biroz tinchroq ekan, — dedi Suna.

— Ha, shu yer menga yoqyapti, — dedi Luveria.

— O‘tirib dam olamizmi? — dedi Suna.

— Ha, biroz o‘tirsak yaxshi bo‘ladi, — dedi Luveria.

Ular skameykaga o‘tirdilar.

— Bugun charchaganmisan? — dedi Suna.

— Yo‘q, lekin ko‘p his qildim, — dedi Luveria.

— Yaxshi, bu ham progress, — dedi Suna.

— Ha, men ham shunday deb o‘ylayapman, — dedi Luveria.

Ular yo‘l bo‘ylab ketayotgan edi.

— Shu yerda magazin bor, — dedi Suna.

— Ha, — dedi Luveria.

— Kirib chiqaman, — dedi Suna.

— Mayli, — dedi Luveria.

Suna eshik tomon burildi.

— Men tez chiqaman, shu yerda tur, — dedi u.

— Ha, turib turaman, — dedi Luveria.

Suna ichkariga kirib ketdi.

Luveria tashqarida yolg‘iz qoldi. U devor yoniga yaqinroq turdi.

— Suna chiqyaptimi? — deb ichida o‘yladi u, lekin javob yo‘q edi.

Atrofda odamlar o‘tib ketardi, shovqin bor edi.

Bir necha soniya o‘tdi.

Luveria biroz joyidan qimirlamoqchi bo‘ldi.

— Suna…? — dedi u past ovozda.

Hech javob bo‘lmadi.

Shu payt yaqin atrofda begona qadam tovushlari eshitildi.

— Kimdir…? — deb Luveria boshini biroz burdi.

Lekin gap tugamasidan, uning bilagidan kimdir tezda ushlab oldi.

— Qo‘yib yuboring… — dedi u hayrat va qo‘rquv bilan.

Lekin javob bo‘lmadi.

Atrof tovushlari aralashib ketdi.

Luveria Suna nomini chaqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmay qoldi.

Shu payt hammasi juda tez sodir bo‘ldi — va u o‘zini notanish yo‘nalishda ketayotganini sezdi.


Magazin ichida Suna kassaga yaqinlashgan edi.

— Tezroq olaman, — deb o‘yladi u.

Keyin u bir lahza to‘xtadi.

— Luveria…?

U tashqariga qaradi.

Luveria turgan joy bo‘sh edi.

–yoʻq Luveria –Dedi koʻzida
yosh bilan–qayerdasan dedi u qattiq ovoz bilan


Luveria atrofni aniq ko‘ra olmasdi, faqat tez harakat va notanish qo‘llarni sezardi.

— Qo‘yib yuboring… — dedi u past ovozda.

Lekin javob yo‘q edi.

Mashina eshigi yopildi.

Ichkarida jimlik.

Haydovchi ovozi eshitildi:

— U biz bilan.

Orqa o‘rindiqda Seowoon o‘tirardi. U Luveriaga qaradi, lekin hech narsa demadi.

Luveria nafasini sekin oldi.

— Siz… kimsiz? — dedi u qoʻrqibgina

Seowoon biroz jim qoldi.

— Savollar keyin, — dedi u qisqa.

Mashina harakatlana boshladi.

Luveria🪷