Любовь из прошлого ❤️
“Yoshligingdan yaqiningni kamchiliklarini kechirishga oʻrgan, oʻzingni xatolaringni esa hech qachon kechirma.” Suvorov A.
Jungkook mehmonga taksida borishga qaror qildi, chunki oʻzining mashinasini haydashga uncha xohishi yoʻq edi. Buning sababi yo ishdan charchagani edi, yoki miyasini kemirayotgan tinimsiz oʻylari.
Sochi qora yigit iyagini qoʻliga tirab, oynaga qarab borardi.
Koʻzlari yumilib ketganda, uxlab qolmaslik uchun har safar oʻzini majburlab ochardi.
Oʻgʻliga qarab, oʻylanib, qiziqib turgan yuzchasini koʻrib, labining cheti bilan salgina jilmaydi. Kichkina haydovchiga rosa koʻp savollar berayotgandi, bundan Jk biroz noqulay boʻlayotgandi, lekin haydovchi qoʻl siltab, bolaning savollariga javob berish unga qiyin emasligini aytdi.
Jk t yana oynaga qaradi, osmon sekin qorongʻulashayotganini payqadi. Kun juda tez oʻtib ketdi,bu uni biroz xafa qilardi, chunki ertaga yana bitta qiyin kun kutyapti.
Boz ustiga, bugungi boʻlgan ishlar ham Jk miyasi uchun ogʻirlik qilayotgandi. U hayot uni qiynashga, u bilan oʻynashga yoki yaxshigina doʻpposlashga qaror qildi degan xulosaga keldi.
Tennie: Dapajon, uxlmayapsizmi?
Jungkookning yelkasidagi kichkina qoʻlcha uning yana yumilishga ulgurgan koʻzlarini ochishga majbur qildi.
Jk: Yoʻq, uxlashni xohlamayapti va charchaganidan noliyotgani ham yoʻq, shunchaki bu sukunat uni yeyapti va u sekin oʻchib qolyapti.
U bolaligidan jimjitlikni yomon koʻrardi, bu har doim kichkina kookini qoʻrqitardi.
Oʻshanda unga butun dunyo oʻlib qolgandek va u mutlaqo yolgʻiz qolgandek tuyulardi; goʻyo uni hech kim quchoqlamaydi, boshidan silab, burnidan oʻpib qoʻymaydigandek. Jungkook har doim mehrga zor edi, unga koʻp eʼtibor kerak edi, ota-onasi esa buni bera olmasdi. Dadasi kichkintoy besh yoshligida olamdan oʻtgan, bu travma bolaning psixikasiga qattiq taʼsir qilgandi.
Otasi uchun esa oʻziga berkinib olgan bolaga yoʻl topish qiyin boʻlgan.
Otasi aloqa oʻrnatishga harakat qilgan, kooki ham goʻyo javob berishga harakat qilgandek boʻlgan, lekin bir-ikki urinishdan keyin katta Jeon sevikli insonini yoʻqotgan ogʻriqni unutish uchun boshini ishga tiqqan.
Va jufti undan qoldirgan oʻsha mitti zarrachani butkul unutib qoʻygan. Kichkina omejacha xizmatchilar qoʻlida katta boʻldi, u koʻpincha oshxonada Sonuning oldida yurardi.
Ular har xil ovqatlar tayyorlashardi, keyin esa qoʻllariga tushgan hamma odamni oʻsha ovqatlar bilan toʻydirishardi. Bir kuni esa...
Bu nima? Erkak kishi kichkina qoʻlchalari bilan katta idishda nimadir ovqat koʻtarib turgan oʻgʻliga sovuqqonlik bilan qaradi.
Bola ovqatni beoʻxshov, bolalarcha, lekin juda harakat qilib, mehri bilan tayyorlagandi.
Jk: Bu sizga, otajon, oʻzim pishirdim,
Uning galaktikadek qop-qora koʻzlarida goʻyo oʻz yulduz turkumlarini hosil qilgan porloq yulduzchalarni koʻrish mumkin edi.
Dad: Sen yana xizmatchilarning oshxonasida ovqat pishardingmi? Qattiqqoʻl qarash bolajonni seskantirib yubordi va qoʻllari endi idishni u qadar ishonch bilan tutib turolmasdi, Senga nima deganim esingdami?
idishni chetga urib yubordi va oʻgʻlining oppoq qoʻlchalariga tegib ketdi. Uzoq boʻlmagan joyda turgan xizmatkor ayol oʻzini zoʻrgʻa ushlab qoldi, chunki xoʻjayinning feʼlini yaxshi bilardi.
Dad: Hyeryn, bu yerlarni yigʻishtirib qoʻy,
Oyoq kiyimining darsi sekin-asta uzoqlashib borardi, kichkina nozik tana esa otasining kabineti oʻrtasida turgancha, hozir otilib chiqishga tayyor boʻlgan koʻz yoshlarini zoʻrgʻa ushlab turardi.
Xizmatchi bolaning oldiga tiz choʻkib, pastga egilgan yuzchasini koʻtarishga harakat qildi. U nima ish qilsa ham har doim yordamga yuguradigan bu bolacha uchun juda qoʻrqib ketgandi. Hatto ayol gulzorga gul ekayotganda ham
Jungkook ingliz tili repetitoridan yugurib kelib, qimmat kiyimlari kir boʻlishidan qoʻrqmay, oʻzining yaxshi koʻrgan oq atirgullarini ekardi.
Ayol xoʻjayinning hamma aytganini qiladigan oʻz bolasiga nisbatan bunchalik shafqatsizligidan hayron qolardi.
Besh yoshida u repetitorlarga borar, qoʻshimcha darslarda qatnashar va maktabda kerak boʻladigan hamma narsani oʻrganardi.
Jk: Hammasi joyida, nuna, oʻzim yigʻishtiraman,
Jk boshini koʻtardi, yonoqlaridan oqayotgan yoshlarga eʼtibor bermay, salgina jilmaydi.
U singan idishning yoniga borib, burnini tortgancha kichkina qoʻllari bilan parchalarni yigʻa boshladi.
Taomning qolgan qismini yigʻishning iloji boʻlmayotgandi, hamma narsa polga toʻkilib ketardi, lekin sal keyinroq u otasi uchun mehr bilan tayyorlagan ovqatining izlarini butunlay tozalashga baribir muvaffaq boʻldi. Shu kuni Sonuning rosa jahli chiqqandi, chunki shundan keyin yana ikki hafta davomida Jungkook qoʻllari bogʻlangan holda yurishga majbur boʻldi.
Jm: Kelmaysizlar deb oʻylagandim, Jimin eshik yonida, boshini eshikga suyanib turardi.
Jk: Men Yoongiga kelyapmiz deb yozgandim-ku. Tannie, narigi oyogʻingni ham,
Tannie pufikda oʻtirib, oyoqlarini oldinga uzatgandi.
Jk oʻgʻlining yaxshi koʻrgan jigarrang botinkalarini yechib, boʻsagʻaning chetiga qoʻyayotgardi.
Taksida uxlab qolishimga sal qoldi. Shirinim, qoʻllaringni koʻtar, Bola dadasining gapini qilib, ustidagi dinozavr rasmi bor kulrang koʻftasini yechishga ruxsat berib, qoʻllarini tepaga
Jm: unda uyda qolsang boʻlarmidi? Rosa charchaganga oʻxshaysan,
Yeontan xonaga yugurib kirdi, bir necha daqiqadan soʻng u yerdan oʻzining choʻqintirgan oʻgʻlini koʻrganidan xursand boʻlgan Yoongining ovozi eshitildi.
Nega aynan Yoon ekanligini Jungkook baribir tushunmadi, shunchaki shuni xohladi.
Jimin umuman xafa boʻlgani yoʻq, aksincha xursandligini, chunki oʻzida allaqachon ikkita borligini, Min esa ancha paytdan beri kimgadir choʻqintirgan ota boʻlishni xohlab yurganini aytdi.( yani kuchukchaga ota de )
— Yoʻq, shunchaki sukunat meni oʻrab oldi, — Kurtkasini yechib, madaniyatli odamdek kiyim ilgichga osdi-da, Pakning ortidan zalga qarab yurdi. — Yana kimnidir kutyapmizmi? — Ustiga narsalar qoʻyilgan va aniq uch kishilik boʻlmagan stolni koʻrib, yuzida hayron qolish alomatlari paydo boʻldi.
— Ha, Yoongining qaysidir bitta oʻrtogʻini, — Kresloga oʻtirib, boshini orqaga tashladi, — Ikki soatcha hamma narsani tayyorladim, kim uchun? Toʻrt kishi uchunmi?
— Hax, boʻlib turadi, — Chon stol atrofidan oʻziga oldindan joy tanlab, chiqish eshigiga va oʻzining sevimli kalmarli salatiga yaqinroq joyga oʻtirdi. U labini tishlab, stolga koʻz yugurtirdi-da, koʻzlarini oʻsha orziqib kutilgan salat idishiga tikdi. Keyin esa yalinchoq, rosa qiynalgan va
7-sahifa
och qolgan nigohini koʻtardi.
— Yaxshi, olaqol, — Jimin salgina kuldi. Jungkook har doim bola boʻlgan, toʻgʻri, nega "boʻlgan"? Hozir ham shunaqa, faqat bu bolaning endi oʻzining bolasi bor, lekin u oʻzgarishni xohlamaydi. Unga buni keragi ham yoʻq, bolalarcha feʼli uni faqat chiroyli koʻrsatadi, xuddi keksning tepasidagi gilosdek uni toʻldirib turadi.
— Yoongi, oʻrtogʻing qayerda qoldi? Choni ikkalamiz ochimizdan oʻlyapmiz, — Deb baqirdi Pak, qoshlarini chimirib norozi boʻldi, — Qornimdagi kitlar yaqin orada serenada aytishni boshlaydi.
— Sen ularga ayt, bizda Italiya emas, — Erining gapiga tilini tishlab, sargʻish sochli omeja qoʻllarini koʻksiga chora qildi, javobdan qoniqmagandi, — U yetib keldi, stolga oʻtiringlar.
Yigitlar oʻz joylariga oʻtirishdi, hatto Tani bilan birga pristavkada oʻyin oʻynashdan boshi chiqmayotgan Yoongi ham keldi. Bola kattalarning gapini eshitmaslik va oʻzi maza qilib oʻynashi uchun ichkaridagi xonada oʻtirgandi. Hayron qolarli joyi, bolaning ovozi ham chiqmasdi.
— Kalmarli salat butunlay meniki, — Jungkook oʻzini
8-sahifa
unchalik chiroyli boʻlmagan tomondan koʻrsatib, hamma salatni oʻziga agʻdarib olishga tayyor edi, lekin madaniyatli yigit boʻlgani uchun oʻzini tiydi.
— Biroz kechikdim, uzr soʻrayman, — Orqadan juda tanish ovoz eshitildi va bryunet eshikka teskari qarab oʻtirgani uchun oʻgirilishga majbur boʻldi. Eshik boʻsagʻasida tirjayib turgan Kim Taehyungni koʻrganda, haligi kalmarga deyarli tiqilib qolayozdi.
— Hechqisi yoʻq, Tae, oʻt oʻtir, — Min yaxshi mezbon sifatida joyidan turib, mehmonga qulayroq joylashishga yordam berdi, — Bu nima? — U doʻstining qoʻlidagi ikkita katta paketni payqadi.
— Ochligim keltirgan zararni qoplash uchun sizlarga mahsulotlar sotib olgandim, — Alfaning ogʻzidan yengil kulgi chiqdi va u divanga oʻtirdi. U toʻppa-toʻgʻri Jungkookning roʻparasida oʻtirgandi, bu esa ikkinchisini biroz taraddudga solib qoʻydi.
Ular bir soatcha hamma narsa haqida gaplashib, oʻtirishdi. Bu vaqt ichida Chon Kimning borligiga eʼtibor bermaslikka harakat qildi, uning shaxsiyatiga unchalik ahamiyat bermadi, shunchaki suhbatdosh, ortiqcha narsa emas.
9-sahifa
Mavzular tez-tez almashib turardi, yigʻilganlarning suhbatida ham, xayolida ham uzoq ushlanib qolmasdi. Taehyung koʻpincha uning shaxsiga boʻlgan hamma eʼtibor belgilarini eʼtiborsiz qoldirishda davom etayotgan qora sochli omejaga koʻz qiri bilan qarab qoʻyardi.
— Kompaniya direktori boʻlaman deb oʻylamagandim, — Yoongi pivo stakanini stolga qayta qoʻyib, oʻzini majburlab tirjaydi, — Oʻylashimcha, hayot yomon kechmadi.
— Ha, hammasi men kutgandek boʻlmadi, — Taehyung koʻzining qiri bilan Jungkookga qaradi. Jungkook qoshini ham qoqgani yoʻq, lekin lablarini salgina tishlab oldi. Kim jilmaydi. Omejada har doim lablarini tishlash, yalash odati bor edi, bu juda chiroyli va seksual koʻrinardi. Baʼzida alfa oʻzini tutolmasdan ulardan oʻpib olardi. Jamoat joyidami, ularga doʻstlari yoki ota-onalari qarab turibdimi — farqi yoʻq edi. Yonida bu moʻjiza unga yaqinroq tiqilib, mehr soʻrab turganda hamma narsaga tupurgandi. Bularning hammasini rasvoro qilish eng ahmoqona xato edi.
— Papa, — Mehmonxona eshigi oldida Yeontan paydo boʻldi va kichkina oyoqchalari bilan yugurib keldi. Uning
10-sahifa
yuzida hayron qolish va xursandchilik aralashgan tuygʻular bor edi, u nimadandir ilhomlangan va hayratda edi.
— O, Yoon, uylaringda oʻgʻil borligini aytmabsan-da, — Hayron qolgan Taehyung bolaga qarab, uning bolalarcha mimikasiga salgina jilmaydi.
— Toʻgʻrisi, bu unchalik bizniki emas.., — Min bu vaziyatda qanday toʻgʻri tushuntirishni bilmay, biroz dovdirab qoldi, lekin miyasiga goʻyo ataylabgandek hech narsa kelmasdi.
— Qanaqasiga? — Taehyung bitta qoshini tepaga koʻtarib, biroz chimirildi, lekin alfaning tushunmayotgani aniq koʻrinib turardi.
— Dapajon, qarang, — Kichkina alfocha bryunetning yoniga yugurib keldi. Bryunet oʻgʻlini qoʻliga olib, uni tizzasiga oʻtqazdi va bolani diqqat bilan eshitishga tayyorlandi.
Agar boya Kim shunchaki hayron qolgan boʻlsa, hozir u butunlay daxshatda (shokda) edi. U koʻzlarini katta-katta ochib, goʻyo miyasida bir-biriga yopishishni xohlamayotgan chalkash jiz-pizni birlashtirishga harakat qilib, bir omejaga, bir bolaga qarardi. Agar oʻgʻli boʻlsa, demak eri ham bor, demak Taehyung Jungkookning yuragi uchun kurashishni boshlamasdanoq yutqazib boʻlgan. Hozir jilmayib turgan,
11-sahifa
qoʻllari bilan tushuntirayotgan bolaga va Chonning koʻzlaridagi oʻsha cheksiz mehrga qarab turardi.
— Quyoshim, bor, buyogʻiga ham oʻynayver, — Uning oppoq sochliridan oʻpib qoʻyib, oʻgʻlini polga qoʻyib yubordi va boyadan beri oʻynayotgan xonasiga qaytib ketishiga ruxsat berdi.
— Tani, qorning ochmadimi? — Jimin bolaning ortidan baqirdi, lekin bola faqat boshini har tomonga silkidi, — Xuddi dadasidek, hech narsa yemaydi.
— Menga gapirma, — Jungkook koʻzlarini tepaga qilib, ogʻziga salatni tiqdi va orqasidan vino ichib yubordi.
— Uzr, men borishim kerak, — Kim stoldan turib, dahlizga qarab yurdi, — Kecha uchun hammaga rahmat, xayrli tun.
— Men seni kuzatib qoʻyaman, — Yoongi ham sekingina Jiminga imo qilib, uning ortidan turdi.
— Mayli Tae, senga ham xayrli tun, — Jimin mehmonga qarab oxirgi marta jilmaydi va Chonning yoniga yaqinroq oʻtirdi.
— Xayr, — Bryunet Taehyung bilan koʻzi koʻziga tushdi va darrov
12-sahifa
nigohini chetga burdi. U oʻzini noqulay his qilayotgandi va Kimni nimadir xafa qilganini tushundi. Uning yuzi aynan shuni koʻrsatib turardi, garchi buni yengil tabassum va goʻyo charchaganlik haqidagi bahona ortiga yashirayotgan boʻlsa ham.
— Gapir, — Pak omejaga oʻgirilib, oʻzining qiziquvchan, porlab turgan nigohini tikdi. Uning bu ayyorona yuz koʻrinishi kichkinani qoʻrqitib yubordi, uni butun tanasi, har bitta mushagi bilan taraddudlanishga majbur qildi. Chon bu narsa yaxshilik bilan tugamasligini bilardi.
— Nima haqida gapiryapsan? — Oʻzini ahmoqlikka solish suhbatdan qochish uchun ayni muddao edi.
— Yaxshi, keyinroq gaplashamiz. Davom ettiramizmi? — Qoshlarini oʻynatib, kattasi divanning orqasidan ertalab yashirib qoʻygan qizil vino shishasini chiqardi.
Qoʻngʻiroq qabul qilindi.
— Allo?
— Salom...
— Salom. Sen... mening raqamimni qayerdan bilding?
— Men uni oʻchirmagandim ham..
— Menga nega... telefon qilyapsan?..
13-sahifa
Qoʻngʻiroq qabul qilindi.
— Allo?
— Salom...
— Salom. Sen... mening raqamimni qayerdan bilding?
— Men uni oʻchirmagandim ham..
— Menga nega... telefon qilyapsan?..
— Oʻzim ham bilmayman. Toʻgʻrisi, bularning hammasi ahmoqona va bekorga...
— Ha, Tae, bekorga.
— Kechir, oʻzimni tutolmadim..
— Nima xohlayotganding?
— Men bilan gaplash..
— Mastmisan?
— Salgina..*
Jungkook kabinetga kiradi, lekin dahliz oʻzidayoq qotib qoladi; u oʻz kabinetida Taehyung Chonning stoli yonidagi stolda ishlayotganini koʻradi. U buni butunlay unutib yuboribdi.. Yana kechagi qoʻngʻiroq ham, bularning hammasi ayni vaqti emasdi. U chuqur nafas oladi va chiqarib, boʻsagʻadan hatlab oʻtadi.
— Xayrli kun, janob Kim...