May 20

00:00

​Ikki shahar o'rtasidagi yuzlab kilometrlar faqat xaritadagi chiziqlar emas edi. Ular tunlarni qisqartiradigan, odamni ich-etidan kemiradigan cheksiz sukunat edi. Jungkook buni hammadan ko'ra yaxshiroq his qilardi.

Har safar telefon ekrani yorishib, ekranda Taehyungning ismi chiqqanda, uning xonasi xuddi quyosh chiqqandek yorishib ketardi.

​Ular ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, umumiy qiziqishlar orqali tanishishgandi. Ikkalasi ham hayotda g'ururli, yetakchi va hech kimga bo'yin egmaydigan yigitlar edi.

Ammo sevgi degan tuyg'u Jungkookning eshigini qoqib kelganida, u o'z prinsiplaridan kechishga tayyorligini angladi. U Taehyungni shunchalik qattiq sevdiki, hatto o'zining "men"ligini, o'sha takabburligini ham uning oyoqlari ostiga to'shashga rozi bo'ldi.

Jungkook munosabatlarda har doim himoyachi, yetakchi bo'lishni istasa-da, Taehyung uchun "bottom" roliga, uning soyasi bo'lishga ham jon-jon deb ko'ndi.

Chunki uning uchun Taehyungning borligi, uning ovozi va borlig'i har qanday g'ururdan ustun edi.

​Biroq, bu sevgi bir tomonlama yuk kabi og'ir edi. Taehyung go'zal, jozibali va hamma joyda e'tibor markazida bo'lgan yigit edi.

Uning atrofida oshiqlari, unga intiladiganlar son-sanoqsiz edi. Virtual dunyoda ham, haqiqiy hayotda ham Taehyung hammaning qahramoni edi. Shu sababli ham u Jungkookka xohlaganicha vaqt ajrata olmasdi.
​Jungkook soatlab javob kutardi.

Telefonga termulib, xonaning bir burchagidan ikkinchi burchagiga borib kelarkan, ichidagi rashk va alamni yutishga majbur bo'lardi. Taehyung ba'zan biror qisqa xabar yozib, yana g'oyib bo'ladi

​Thv: Kechir, JK, bugun do'stlarim bilan uchrashuvim bor edi, rosa charchadim. Ertaga gaplashamiz, xo'pmi?"

​Jungkook pichirlab bo'lsa ham "Xo'p" derdi.

Har safar xafa bo'lardi, yuragi og'rirdi, lekin sevgani uchun doim uni kechirishga, uning shartlariga rozi bo'lishga tayyor edi.

​Aslida Taehyung ham Jungkookni yaxshi ko'rardi.

Uning samimiyligini, unga bo'lgan g'amxo'rligini qadrlardi. Ammo bu tuyg'u sevgi emas edi. Chunki Taehyungning kaliti allaqachon yo'qolgan edi.

U umrida bir marotaba, o'sha ilk sevgisini uchratgan va o'sha inson uni tashlab ketgan bo'lsa-da, qalbining eng chuqur joyida hanuz o'sha o'tmish arslonidek yashardi.

​Taehyung Jungkookning xabarlarini o'qiyotganda jilmayardi, unga bog'lanib qolganini his qilardi, lekin o'zini butunlay unga baxsh eta olmasdi.

U ich-ichidan o'zini ayblardi:
​"Nega men uchun borini berayotgan bu bolani xuddi u meni sevgandek seva olmayapman?"
​Kunlar haftalarga, haftalar oylarga ulandi. Ularning gaplashishni boshlaganiga naqd 7 oy bo'lgandi.

Yetti oy davomida faqat ovozli xabarlar, rasmlar va tungi uzoq qo'ng'iroqlar bilan yashagan Jungkook endi chiday olmasligini tushundi.

U o'z shahridan poyezdga chipta oldi. U Taehyungni ko'rishi, uning ko'zlariga boqishi kerak edi.

​Uchrashuv belgilangan kun shahar uzra mayda yomg'ir yog'ayotgan edi. Jungkook uchrashuv joyiga markaziy xiyobon ro'parasidagi katta ko'cha chetiga kelganida, hayajondan qo'llari titrardi. Egniga Taehyung eng yaxshi ko'rishini aytgan o'sha qora plashini kiyib olgandi.

​Ko'chaning narigi betida, soyabon ostida kutilmaganda Taehyung paydo bo'ldi.

​O'sha lahzada dunyo to'xtab qolgandek bo'ldi. Taehyung ko'zlarini qisib, narigi tomonda turgan yigitga qaradi. Telefon ekranidagi o'sha tanish chehra, ammo hayotda u ming chandon go'zalroq, ko'zlarida cheksiz sadoqat porlab turgan Jungkook edi.

​Taehyungning ko'kragida nimadir qattiq gursilladi. O'sha 7 oy davomida uyg'onmagan tuyg'u, qalbining eng tubidagi muzlik bir soniyada erib ketdi. U Jungkookni ko'rdi-yu, shu paytgacha qanchalik ko'r bo'lganini, baxt uning yonida turganini angladi.

Taehyungning ichida shunday kuchli hislar to'lqini ko'tarildiki, u hozirning o'zida yugurib borib, hamma odamlarning ko'z o'ngida Jungkookni bag'riga bosishni, uni to'yib-to'yib o'pishni va "Seni sevaman, endi seni hech qayerga qo'yib yubormayman" deb baqirishni istadi.
​Jungkook ham uni ko'rdi.

Uning yuzida shunday baxtli jilmoyish paydo bo'ldiki, go'yo dunyodagi barcha masofalar yo'qolgandek edi.

U Taehyungga qo'l silkitdi va piyo dalar yo'lagidan yo'lni kesib o'tish uchun birinchi qadamni tashladi.

​Hammasi soniyalar ichida sodir bo'ldi.

​Taehyungning yuzidagi tabassum dahshatga aylandi. Katta tezlikda kelayotgan qora mashina tormoz berishga ulgurmadi. Dahshatli ovoz, tormozning achchiq ovozi va havoga ko'tarilgan tananing yerga og'ir qulashi...

​JUNGKOOK!!!

​Taehyung qo'lidagi soyabonini qayerga tashlaganini bilmay, o'zini mashinalar oqimiga otdi. U qanday qilib yo'lning o'rtasiga yetib kelganini, odamlarning baqir-chaqirini eshitmadi. Uning ko'zlari faqat bitta narsani ko'rardi asfaltdagi qora plash va uning atrofida qizarib borayotgan qon qatlamini.

​Taehyung tiz cho'kib, Jungkookning boshini o'z tizzasiga oldi. Uning butun tanasi qaltirar, lablari titrar edi.

Thv: Yo'q, yo'q, yo'q... Kook, menga qara, ko'zingni och! Men keldim, men shu yerdaman

Taehyungning ko'zlaridan yoshlar tinmay oqar, u Jungkookning qonli yuzlarini o'par, uni qattiq quchoqlashni istardi, lekin unga shikast yetkazishdan qo'rqib, daxshatli shok holatida baqirardi.

​Jungkookning kirpigi sekin qimirladi. U og'ir azob bilan ko'zlarini ochdi. Uning chiroyli, charos ko'zlari Taehyungning yuziga tikildi. Uning lablarida og'riq aralash, lekin juda shirin, xotirjam bir tabassum paydo bo'ldi.

Jungkook o'layotganini his qilayotgandi, lekin uning ko'zlarida qo'rquv yo'q edi. Faqat cheksiz muhabbat bor edi.

​U zo'rg'a qo'lini ko'tarib, Taehyungning yuzidagi ko'z yoshlarini artmoqchi bo'ldi, lekin kuchi yetmadi.

Taehyung uning sovuq, qonli qo'lini tutib, o'z yuziga bosdi va faryod urdi

Thv:Kechir meni... Men seni endi tushundim, endi sevdim, Kook
Meni tashlab ketma"

​Jungkook oxirgi kuchini yig'ib, Taehyungning ko'zlariga qaradi. Uning ovozi pichirlashga aylangan bo'lsa-da, shu qadar chiroyli va sokin eshitildi

Jk: Ko'zlarim quvonchi... qalbim armoni...

Jungkook yutindi, tomog'idan kelayotgan qon uni bo'g'ayotgan bo'lsa ham tabassum qilishga urindi.

Seni shu qadar sevdimki... hatto buni badalini to'lashga ham tayyor bo'lib... va bu yerdan xursand ketaman... Negaki men seni qo'llaringda jon berayapman...

​Jungkookning ko'zlaridan oxirgi tomchi yosh yumalab tushdi. Uning go'zal ko'zlari sekin yumildi, Taehyungning yuzini tutib turgan qo'li bo'shashib, asfalthga tushdi.

​Epilog: Kechikkan e'tirof
​Yomg'ir kuchaydi. U go'yo bu beshavqat dunyoning xatosini yuvmoqchi bo'lgandek tevarak-atrofni selga ko'mdi.

​Taehyung esa jonsiz tanani bag'riga bosgancha, o'zining kechikkan sevgisini osmonga baqirib yig'lardi. U endigina baxtga yetgandilar, endigina u Jungkookning sevgisini his qilib, unga butun borlig'ini bermoqchi edi.

Ammo taqdir ularga bor-yo'g'i bir necha soniyalik uchrashuvni va bir umrlik ayriliqni ravo ko'rgan edi.

​Jungkook o'z sevgisining eng oliy badalini to'ladi u sevgilisining bag'rida, uzoq kutilgan taftni his qilib, bu dunyoni tark etdi.

Taehyung esa o'sha kundan boshlab, har kuni o'sha ko'cha chetida, qo'lida qora soyabon bilan o'z qalbining yagona quvonchini eslab yashaydigan bo'ldi...

Albatta Taeni ham o'z hayotida qandaydur ishlar bo'lgan lekin buni Jk ga aytmagan...