Любовь из прошлого ❤️
Ular meni sodiqlikni qadrlashga va sevadigan insonlarimni hech qachon unutmaslikka oʻrgatishdi...
Dam olish kuni boʻlishiga qaramay, Jungkook toʻyib uxlashni ham xohlamadi. Chunki uning yonida har bir daqiqasini birga oʻtkazishga tayyor boʻlgan kichkina moʻjizasi bor edi.
Tani yugurib kelib, oʻzini Jungkookning ustiga otdi va uni mahkam quchoqladi.
Keyin dadasining qulogʻiga shivirladi
Tani:Dadajon, turing boʻlaqoling
Jungkook koʻzlarini ochmay, jilmaysa ham oʻzini uxlaganga soldi.
Tani: Turing axir, bugun parkka boramiz dedingiz-ku! deb Tani dadasini silgita boshladi.
Dadasi baribir qimirlamagach, Tani qoshlarini chimirib, krovatda sakray boshladi
Tani: Dadajon, turing, turing tezroq
Oxiri Jungkook chiday olmay taslim boʻldi
Kichkina Tani esa xursand boʻlib xonasiga qarab yugurdi.
Jungkook krovatda biroz kerishib yotarkan, ichida "Yigirma ikkiga kirgan boʻlsam ham, xuddi qariyadek hamma joyim qarsillaydi-ya", deb kulib qoʻydi.
Tani: Dadajon, tezroq boʻling, parkka borishimiz kerak! Tani u yerda Taehyung amakisini koʻrishni juda ham kutyapti.
Nimagadir u Taehyungni dadasidek yaxshi koʻrar va unga judayam bogʻlanib qolgandi.
Jk: Tani, hali soat endi 9 boʻldi. Biz soat birda koʻrishishga kelishganmiz.
Jungkook xalatini kiyib, oshxonaga oʻtarkan. Judayam shoshilyapsan, quyoshim.
Tani: Men Taehyung amakim bilan tezroq aylanmoqchiman
Tani xonasidan ryukzagini eng yaxshi koʻrgan oʻyinchoqlariga toʻldirib chiqdi. Buni koʻrgan Jungkookning yuragiga gʻalati bir xavotir oraladi. Muzlatgichni ochib, boʻsh qarab qoldi. Xavotiri kundan-kunga kuchayib borayotgandek edi: "Agar hammasi fosh boʻlsachi? Axir u Tanining haqiqiy otasi Taehyung ekanini bilmaydi-ku..." Jungkookning birdan ishtihasi yoʻqoldi.
Jk: Tani, nonushtaga nima yeysan? (deb soʻradi, yoʻlakdan kelayotgan uylarning toʻpirlashini eshitib.
Jk: Keyin, paypoqlaringni kiyib ol, kun sovuq.
Jungkook chakkasidagi ogʻriqni his qilib, zoʻrgʻa jilmaydi
Jk:Hamma narsasini ryukzagiga joylabdi-ya... Xoʻsh, senga nima pishirib beray?
Tani kiyimlarini kiyib, oshxonaga kirdi.
Jungkook oʻgʻlining qarshisiga tiz choʻkib, uni quchoqladi
Jk: Buning uchun nima qilish kerak, mmm?
Jk: Dadajonimdan bir marta oʻpish kerak
Tani dadasining yuzidan shirin oʻpib qoʻydi.
Jk: Aqlligim, endi borib multfilm tomosha qil.
Jkpov: Men rostdan ham qattiq ichaman. Senga qoʻngʻiroq qilgim keladi, lekin oʻzimni tiyaman. Sening sobiq sevgililaringni ham, hozirgilarini ham, hatto oʻsha ahmoq itingni ham yomon koʻraman.
Lekin nega hali ham seni sevinganman? Nega hamon seni yaxshi koʻraman?
Tani televizorga tikilib, pishiriqlarni mazza qilib yerdi.
Jungkook esa hech narsa yemay, faqat achchiq choy ichdi.
Chakki ogʻrigʻi biroz bosilgach, soatга qaradi 11 boʻlibdi. U xonasiga Xiu kiyim tanlay boshladi.
Taehyung bilan uchrashuvga kiyishga munosib narsa topolmay, bor kiyimlarini krovat ustiga otdi. Boyagina yuvib, dazmollab taxlagan kiyimlarini sochib tashlab, xunob boʻldi
Jk: Nima kiysam ekan? deb xoʻrsinib, yana kiyimlarni yigʻishtirishga tushdi va oxiri oʻziga mos keladigan kiyim topdi.
Soat 12:30 boʻlganda shoshib kiyinib, xonadan chiqdi.
Tani: Qalay, yaxshi kiyinibmanmi?
deb soʻradi oʻgʻlidan.
Tani dadasiga qarab hayratdan ogʻzi ochilib qoldi
Tani: Vauv Dadajon, judayam chiroylisiz Taehyung amakimga aniq yoqasiz
Jungkook oʻgʻlining bu gapidan xuddi pomidordek qizarib ketdi. U ustiga och rangli jinsi, oq futbolka va yelkasidan sal tushib turadigan katakli koʻylak kiygandi.
Tani: Asosiysi, oʻzing kiyin, deb dadasining gapini boʻlib,
Tani quvonch bilan xonasiga qarab yugurdi.
Jungkook idishlarni yuvib boʻlguncha, Tani ham tayyor boʻldi. U qizil kombinezon va quloqlari bor qizil shlyapa kiyib olgandi.
Tani: Men tayyorman! Ketdikmi?
Jk: Ha, yuraqol, vaqti boʻldi.
Ular uylariga yaqin boʻlgan, doim aylanadigan parkka yoʻl olishdi. Parkka yetib borishgach, Tani darrov qumloq tomonga, doʻstlarining yaniga yugurdi.
Taehyung esa oʻrindiqda soatiga qarab, intizorlik bilan ularni kutib oʻtirardi. U atrofga alanglab, oʻsha oʻzi uchun eng muhim insonni qidirardi.
Meni qidiryapsanmi? orqasidan eshitilgan ovozdan Taehyung oʻrindiq suyanchigʻiga oʻgirildi va Jungkookning koʻzlariga qaradi.
Thv: Yoʻq, shunchaki atrofni tomosha qilyapman,
Taehyung labini tishlab, tabassumini yashirishga urinib.
Keyin Jungkookning yoniga oʻtirdi.
Ertalabdan beri oʻzimda emasman... Sizlarni judayam kutdim.
Jk: Men ham, Jungkook uning koʻzlaridan nigohini uzolmay.
Thv:Shunchaki qiziqib soʻrayapman, Tanining dadasini umuman koʻrmayman, u bolasi bilan aylanmaydimi?
Taehyungning bu savolidan Jungkookning koʻzlari katta-katta ochilib ketdi
Taehyung ich-ichidan xursand boʻlib ketdi va buni yashira olmay jilmadi
Thv: Demak, siz yolgʻizsiz? U sizlarni tashlab ketganми?
Jk: U meni tashlab ketgan. Tanining borligini esa umuman bilmagandi va bilmaydi ham, Jungkook bu gapdan keyin mavzuni tezroq burishni xohladi.
Shu payt kichkina dalmatin kuchugi yugurib kelib, Jungkookning qoʻllari orasiga suqildi va uning koʻylagini yalay boshladi.
Bu qanaqa moʻjiza? — deb soʻradi Taehyung hayron boʻlib.
Thv: Bu Sheggi... yaqinda sotib oldim. Eslayman, sen ham shunaqa kuchukni orzu qilarding,
Jungkook yutunib qoʻydi. Nega sotib olganimni oʻzim ham bilmayman... Balki sendan keyingi boʻshliqni toʻldirmoqchi boʻlgandirman?
Taehyung Jungkookning bu gapidan keyin uning yuzidagi sarosimaga qarab qoldi.
Agar oʻgʻli kelib qolmaganida, u hammasini tushungan boʻlardi.
Tani kuchukchani koʻrib, xursandchilik bilan yugurib keldi va u bilan quvlashmachoq oʻynay boshladi.
Thv: E, menga eʼtibor yoʻqmi?
Taehyung atay xafa boʻlgandek yuzini burishtirdi, lekin Tani kelib uni quchoqlaganida baxtdan sarmast boʻldi. U bolani qoʻllariga koʻtarib oldi. Sheggi esa pastda ularning oyoqlarini tishlab oʻynardi.
Jungkook ularga qarab jilmadi:
Taehyungdan judayam yaxshi dada chiqqan boʻlardi...deb oʻyladi.
Shu payt chakkasiga yana qattiq ogʻriq urdi, lekin buna eʼtibor bermaslikka harakat qilib oʻrnidan turdi