May 18

Любовь из прошлого ❤️

Uzoqdan dengiz ovozi eshitilyaptimi?
Boradigan joy qidiryapman,
Faqat yorug‘lik bor xayollar ichida yuribman.

Hozir qo‘llarimdan tut.

Sen mening eyforiyamning sababchisisan.

Jeogi meolliseo badaga deullyeo
Kkumeul geonneoseo supul neomeoro
Seonmyeonghaejineun geugoseuro ga.

Take my hands now.

You are the cause of my euphoria.

​<center>***</center>

​Jk: Xayrli kun, mister Kim.

Jungkook stol yoniga kelib, biroz egildi va Taehyungni o‘ziga qaratdi. Kechagi tungi gaplashishlardan keyin o‘rtada noqulaylik qolgandi.

Kimning ko‘ziga qarashni ham xohlamasdi, uyatdan boshidan oyog‘igacha qizarib ketayotgan edi.

​Thv: Xayrli kun, Jungkook.

Taehyung u stolga kelguncha nigohini uzmadi. Uni quchoqlashni yaxshi ko‘radigan xushbichim beliga, o‘pishga to‘ymaydigan chiroyli bo‘yinlariga, ochiq yoqasidan ko‘rinib turgan terisiga qarab chiqdi. Ichida uning yoqimli hidini to‘yib hidlash istagi bor edi.

​Jk: Biror topshiriq bormi?

Jungkook o‘ziga qadalgan nigohlarga e’tibor bermaslikka harakat qilib, uyga olib ketgan hujjatlarini stolga qo‘ya boshladi. Kechikmaganiga xursand bo‘lib, devor soatiga qarab qo‘ydi.

Bola bilan kechikmaslik qiyin, chunki Jungkook birinchi navbatda kichkina Tannie haqida o‘ylaydi.

Sog‘lig‘ini tekshirish uchun, xatto shikoyati bo‘lmasa ham, og‘ziga gradusnikni tiqib, isitmasini ko‘rmaguncha tinchlanmaydi.

Jungkook o‘g‘lining hamma injiqliklarini ko‘taradi, garchi bolakay hech narsa talab qilmasa ham. Tannie hech narsaga, ayniqsa Taehyungga muhtoj bo‘lib qolmasligi uchun zo‘r dada bo‘lishni xohlardi.

Jungkook ularning to‘liq oila bo‘lganini tasavvur qilarmidi? Yo‘q desa, yolg‘on gapirgan bo‘ladi, chunki dearli har kuni bu haqda o‘ylaydi.

Hayotini faqat kichkina Yeontan yengillashtiradi, u bunaqa narsalarga qiziqmaydi, chunki ulg‘aygan va dadasiga bunaqa savollar berish noqulayligini tushunadi.

​Kutilmaganda kechasi Taehyung qo‘ng‘iroq qildi.

Jungkook birinchi uyquga ketganida, ekranning u yog‘idan bo‘g‘iq, mast ovoz eshitildi.

Shunchaki gaplashmoqchi bo‘lganini aytdi, Jungkook esa rad etishni bilmaydi.

Rad etolmadi, chunki bu ovozda g‘alati narsani sezdi.

Balki qayg‘u, g‘am yoki yolg‘izlikdir Jungkook buni aniq tushunolmadi.

​Jk: Ishni uyga olgandmidingiz?

Thv: ancha hujjatlarni ko‘rib, Taehyung biroz qoshini chimirdi, O‘zingizni bunchalik urinqtirmang.

​Jk: G‘amxo‘rlik uchun rahmat, mister Kim, lekin men hamma narsani vaqtida qilishga o‘rganganman. Bu mening shaxsiy muammom.

Shu bilan gap tamom bo‘ldi, xonada og‘ir sukunat cho‘kdi.

Xodimlardan rahbarlar birin-ketin kirib, kompaniyaning biznes hamkori bilan tanishdi.

Boshqa xodimlar ichida yangi xo‘jayinning kelishganligini, uning hazil tuyg‘usi va xarizmasini aytib, ko‘z urishtirishdi. Hamma Kimni yaxshi yetakchi deb bilib, hurmat qildi.

​Yaramas Yoongi bir marta ham kirmadi, bandligini bahona qildi. Lekin Jungkook Yoongining bugun hech qanday ishi yo‘qligini bilardi, hamma ishlarni uning bo‘yniga yuklab ketgandi.

Sokin xonada chuqur uf tortgan ovoz eshitildi.

Taehyung kompyuter kožoynagini yechib, stolida yig‘ilib qolgan papkalar ustiga qo‘ydi va burnini uqaladi.

​Taehyung ro‘parasida o‘tirgan va butunlay ishga sho‘ng‘igan Jungkookqa tikilib qoldi.

O‘zi sezmagan holda Jkni yuziga qarab qoldi.

Tanish yuzlar biroz o‘zgargan bo‘lsa ham, baribir yuragiga yaqin, o‘sha-o‘sha edi.

​Jk: Biror narsa demoqchimidingiz?

Taehyung xayol surib, tutilib qolganini sezmay qoldi.

Jungkook ham unga qaradi, lekin u charchagan va nigohi bir nuqtaga qadalmagandi.

Bunaqa ko‘rinish Taehyungning yuragini titratib yubordu.

Ichida uni quchoqlash, tizzasiga o‘tqizish, orqasidan silab, yuzida tabassum uyg‘otadigan chiroyli so‘zlarni pichirlash istagi paydo bo‘ldi.

​Thv: Biz ancha vaqtdan beri ishlayapmiz, balki tushlikka borarmiz?

lablarini biroz tishlab olishi ishonchsizlik va rad etilishdan qo‘rqish belgisi edi, lekin baribir kichik umid bor edi.

​Yoongi: Men sizlarga xalaqit bermayapmanmi?

bu manzarani Yoongi buzdi.

Taehyung sekingina Jungkookdan uzoqlashdi va o‘zini sezdirmaslikka harakat qilib, unga qarab qo‘yishda davom etdi.

Xijolat bo‘lgan Jungkook esa boshini egib, pirojnisini chaynab, labida birorta ham uvoq qolmasligi uchun tili bilan lablarini yaladi.z

​Yoongi: Vaqt tugayapti, qimirlanglar.

Yoongi zerikkan holda stulga suyanib, qo‘l soatiga qaradi, Bu ayniqsa Jungkookka tegishli...

Ichimda his-tuyg‘ular juda ko‘p, men esa bilmayman, yashashni xohlaymanmi yoki o‘lishni.

Men shunchaki parvoyimga ham kelmaydigandek ko‘rsatyapman o‘zimni.

Bu birinchi marta o‘zimni o‘g‘irlashim emas, bu menga juda tanish.

Tuyg‘ularimni yashirishni xohlayman, lekin qilolmayman.
These mixed feelings with my life on the line,
I pretend to be careless.
This isn’t the first time, I better get used to it.
I try to hide it, but I can’t

​Ish kuni tugab borardi, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p edi.

Ba’zida buni iloji yo‘qdek tuyuladi, lekin baribir yaxshilikka umid qilish kerak. Eng yaxshisi, faqatgina kechqurun Jungkook va Tani birgalikda televizor ko‘radigan, hamma yangiliklarni gaplashadigan va Jungkook unga qanday chiroyli baliqlarni ko‘rganini aytib beradigan vaqt bo‘lishi mumkin.

Taehyung ham u uchun shunday qilardi. Bir safar Taehyung unga yo‘lda uchratgan ikkita xaskini ko‘rsatish uchun videoqo‘ng‘iroq qilgandi.

Jungkook buni eslab, uzoq vaqt jilmayib yurdi, chunki Taehyung o‘shanda otasining majlisi bilan band edi, lekin shu arzimagan narsa uchun vaqt topgandi.

​Negadir hamma narsani qaytarishni xohlaydi, lekin nega ekanligi tushunarsiz. Jungkook necha marta Taehyung uni nega tashlab ketganini, nima bo‘lganini bilishni xohlayotganini o‘ylab qoldi.

Lekin shu vaqt ichida faqat bitta sabab topdi u uni sevmay qolgan.

Bu ishni yana qanday oqlash mumkin? Hozir qilayotgan ishlarini-chi, qanday oqlash mumkin? Jungkook ahmoq emas va nimadir noto‘g‘ri ekanligini ko‘rib turibdi, balki Taehyung uni qaytarishni xohlayotgandir, lekin Jungkookning o‘zi buni xohlaydimi, buni hali o‘zi ham bilmaydi.

​Ba’zida hamma narsani va Yeontan haqida ham aytib berish istagi paydo bo‘ladi, lekin Jungkook o‘zini vaqtida to‘xtatadi, chunki bu haqiqatni yashirish kerak deb hisoblaydi.

U mashinaga yaqinlashib, yo‘l-yo‘lakay qulfdan ochdi va shoshilib rulga o‘tirdi, portfelini yonidagi o‘rindiqqa otdi. Hozir u o‘g‘lini oladi va ular birga uyga ketishadi, nahotki bu sodir bo‘lsa, chunki u o‘zining mo‘jizasini juda sog‘ingandi.

​Mashina joyidan qo‘zg‘alib, binoning turargohidan chiqdi.

Sekingina yo‘lga chiqib, muassasadan uzoqlashdi va uy tomon ketdi.

Kompaniyaning yuqori oynasidan avtomobil ortidan ikkita karamel ko‘z qarab qoldi.

Taehyung chuqur uf tortib, katta oynadan uzoqlashdi va Yoongining xonasidagi o‘ziga yoqib qolgan divanga suyandi.

​Yoongi: Xo‘sh, ish senga qanday yoqyaptimi?

Yoongi kresloda u yoqdan-bu yoqqa aylanib o‘tirardi.

U qiziqqan va xuddi ichingni ko‘rib turgandek aqlli nigoh bilan qaradi, Jungkook xafa qilmayaptimi?

​Thv: Xax, to‘g‘rirog‘i, savol boshqacha bo‘lishii kerak. telefondagi tebranish Taehyungni unga e’tibor qaratishga majbur qildi.

Jungkookdan vaqtinchalik yangi post. U qachon ulgurdi? Layk. Izoh. Ekranda yugurayotgan ko‘zlar, biroz parishonlik va sog‘inch. O‘zini bunaqa his qilish g‘alati, lekin to‘rt yil ichida bu odatga aylandi, undan hech qachon qutulolmaydi...

​<center>***</center>

​Jk: Tannie, yuzingni yuvdingmi?
O‘g‘lining sevimli kotletlari pishayotganidagi chizillagan ovoz butun oshxonani qopladi.

Qovurilgan go‘sht va olma sharbatining hidi, shuningdek, pishirish uchun qo‘yilgan ramen hidi anqirdi.

Jungkook oshxonadan zalga yugurib o‘tib, bir haftadan beri ketayotgan serialini ko‘rib, kechki ovqatni buzib qo‘ymaslik uchun yana ortiga qaytdi. Kichkina Tani polda o‘tirib, disklar va ularning qutilari bilan o‘ynardi.

Bolakay ulardan butun mehmonxonani egallab, oddiy chodirlardan tortib, minoralargacha bo‘lgan butun bir qirollik qurib tashlagandi.

​Tennie: Dada, u unga suv parisi ekanligini aytdi.

o‘g‘li Jungkook eshitishi uchun baqirdi, chunki u dadasining yordamchisi edi, u ovqat pishirish bilan band bo‘lganida nima bo‘layotganini aytib turardi.

​Jk: U-chi, u nima dedi? lag‘monni aralashtirib, kotletlarni ag‘darishga ulgurayotgan Jungkookning ovozi eshitildi.

​ U turibdi, hayron qoldi, dada. Tani polda oyoqlarini kerib o‘tirgancha katta ekranga qaradi, vaqti-vaqti bilan dadasiga baqirish uchun o‘girilib qo‘yardi.

​Jk: Yaxshi, rahmat, quyoshim. Endi yugur, ovqatlanamiz, men hammasini tugatdim. bola joyidan sakrab turdi, ostonadan o‘tib, darhol stoldan o‘z joyini egalladi.

​Tannie Ooovqatlaaanish...

.....................................................

​Krovatda yotgancha, Taehyung shiftga tikilib, uxlashga, ozgina bo‘lsa ham uykuni ilishga harakat qilardi, lekin bu juda qiyin edi. U noma’lum raqam bilan yaqinda bo‘lgan yozishmalar haqidagi o‘ylarni boshidan chiqarib tashlolmasdi.

Yurakka aziz bo‘lgan narsani qo‘yib yuborish qiyin, ayniqsa og‘riqli bo‘lsa, u buni uddalay olarmidi?

................................................

​Jk: Tani, sen men bilan ishga borishingga to‘g‘ri keladi, bolakay.

Jungkook krovat chetiga o‘tirib, uyqusiragan ko‘zchalarini mushtchalari bilan ishqalayotgan o‘g‘lini kuzatdi.

​Tannie: Ura, dadamning ishiga boramiz bola quchoqlab olgan yumshoq pingvinchasini mahkam qisib, charog‘on tabassum qildi, Jungkook esa unog sochlarini to‘zg‘itib qo‘ydi.

​Jk: Tayyorlan, quyoshim.