Babydoll
Tungi o'rmon havosiga achchiq kuyindi hidi qorishib ketgandi.
Tevarak-atrof o't ichida yonar, quruq shox-shabbalarning qarsillab sinishi xuddi o'lim oldidan chalinayotgan musiqaga o'xshardi.
​Yoongi qo'lidagi to'pponchaning sovuq metalini qattiq qisgancha, daraxt panasida nafasini yutib turardi. Uning ko'zlari g'azabdan qizarib ketgan, miyasida faqat birgina o'y aylanardi: Taehyung.
O'sha o'ziga yaqin olgan do'sti Jimin bilan birga bo'lgan o'sha tun...
Qasos hissi uni yondirayotgan olovdan ham qattiqroq kuydirayotgan edi. Mafiya olamiga tinchgina ketish uchun qaytmagandi u.
​"Yoongi, ortimizdan kelishyapti.
Bu yerdan tezroq chiqmasak, ikkalamiz ham shu yerda qorayib kul bo'lamiz."
​Jungkookning ovozi odatdagidek sovuq va xotirjam chiqdi. Uning ko'zlarida zarracha qo'rquv yo'q edi.
Avariyadan keyin xotirasini yo'qotgan deb o'ylashgan o'sha Jungkook hozir Yoongining yonida turibdi. Aslida hamma narsani eslashini besh oydan beri sir saqlab kelayotgan, Taehyungning hayotini saqlab qolish uchun Yoongi bilan bir uyda yashashga majbur bo'lgan Jungkook...
​Yoongi unga o'g'rincha qarab oldi-da, tishlari orasidan pichirladi:
"Senga o'limdan qochish qiyinmas, Jungkook. Lekin men bu yerdan o'sha iflosning jasadini ko'rmay ketmayman."
​Ular o'zlarini o'rab olgan tuzoqni kim tayyorlaganini hali bilishmasdi. Biroz narida, olov taftidan uzoqroqda bitta mashina to'xtab turardi. Mashina ichida Jin o'tirar, lablarida sovuq va zaharxanda tabassum o'ynardi.
Jin Yoongi va otasining eng ishongan odami, har bir siridan voqif sodiq do'sti. Ammo hech kim uning Suaning haqiqiy o'g'li ekanini bilmasdi. Onasi bilan tili bir bo'lgan xoin ayni damda o'rmonni o'rab olgan odamlariga buyruq berayotgandi.
​Jin telefonini qulog'iga tutdi
"Ona, hammasi tayyor. Yoongi ham, Jungkook ham o'rmonda qolib ketdi. Bu safar ulardan butunlay qutulamiz. Yoongining o'sha qari otasi esa hamma boylikni menga qoldirganini o'zi ham bilmay o'lib ketadi."
​...
​Olov tobora yaqinlashib kelardi. Yoongi Jungkookning bilagidan mahkam ushladi.
Yoongi :Senga bitta savol, Jungkook... 3 yil oldin, to'ydan qochgan kunimiz... Jimin haqiqatan ham mendan nafratlanarmidi?"
​Jungkook ko'zlarini olib qochdi. O'sha 3 yil oldingi mudhish kun, avariya va Kanada xotiralari ikkisining ham yuragida bitmas yara edi.