November 23

The road to hell

The road to hell

9-qisim

Mualif:Min Mina

O'tgan qisimda

Minni uning yuzini aniq ko‘ra olardi. g‘azab, nafrat va sovuqqonlikdan yasalgan
Inson qarshisida turardi

Sharpa keskin ohangda buyurdi:
— Qo‘riqchilar! Qiynoq uskunalarini olib keling!

Uning tovushi xonani larzaga soldi. Bir necha soniyadan so‘ng, eshik g‘iyqillab ochildi va ikki qo‘riqchi temir va zanjir tovushlari ostida ichkariga kirib keldi.

Minni yuragi bo‘g‘ziga tiqildi, u orqaga tisarilar, qadamlarini qayerga qo‘yishini ham bilmasdi.
Ammo befoyda edi. Qo‘riqchilar yaqinlashdi, sovuq nigohlari Minni ustida edi.

Ular uni shafqatsizlarcha ushlab, og‘ir yog‘och stolga bosishdi.
Minni qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi, ammo hozir u oldingi kuchli qiz emasdi tom ma'noda Qo‘llari va oyoqlari zanjir bilan bog‘landi, temir halqalar tovushi xonani to‘ldirdi.
Va uni stolga zanjir bilan o'rab o'tkizib qo'yishdi

Hozirgi qisimda

Sharpa qiynoq uchun turli qurollarni ko‘zdan kechira boshladi va unga ma’qul bo‘lganini qo‘liga oldi.

.

Minnipov ichida: “Uning yonidagi qurolni olishim kifoya, ammo qo‘llarim bog‘lagan lekin ilojni topaman

Tabbasum qilgan deb tassavur qilamiz

Minni unga sovuq nigohlar bilan qarardi hudi uni o'ldirgisi kela yotgandek

Minni ni nigohi

Sharpa Minni tamon yurib kelardi va gap boshladi
Sharpa: Qo'riqchilar
Qo'riqchilar:ha janob
Sharpa:Uni qo'lini yeching
Qo'riqchilar Minni ni qo'lni yechishdi Minni qo'lini siltab ulardan oldi

Shunda Sharpa yana gap boshladi:

Sharpa: — Endi xonani tark eting. Men o‘zim chaqirmaguncha hech kim kirmasin.

Qo‘riqchilar: — Xo‘p, janob.

Ular tashqariga chiqib ketishd

Xonada faqat Sharpa va Minni qolgach, Sharpa Minni qo‘lidan ushlab, qo‘lidagi qurolni chetga surdi va unga og‘riq yetkazish maqsadida bosim bera boshladi. Qo'li bilan Minni ni qo'lni qayirdi

Minni o‘tkir nigohlari bilan unga qaradi — bu nigohlar ichida qo‘zg‘algan g‘azab ham, qarshilik ham yaqqol sezilardi. Sharpa esa buni darrov payqadi va lablarida mayin, ammo mazmunli tabassum paydo bo‘ldi.

Minni esa ichida boshqa reja pishitayotgan edi. U o‘zini yengilgandek ko‘rsatib, vaziyatni o‘zgartirish uchun aktyorlik qobiliyatidan foydalandi.

Minni (go‘yoki asabiylashib):
— La’nati… qo‘limni qo‘yib yubor!

Sharpa uning holatiga qarab sal egildi.

Sharpa:
— Azizam, shunday bidirlab gapiraverma. O‘zingga yomon bo‘ladi.

Shunda Sharpa qo'lidagi qurolidan foydalanin Minni ni birta tirnog'ni yulib oldi

Minni o‘zini tutolmay, Sharpa tomon baqirib yubordi. Uning ovozi g‘azab, qo‘rquv va qarshilikning qorishmasidan titrar edi.

Minni:
— A-aa! La’nati axmoq! Iflis! Jahannamda yon!

Sharpa esa bir zum boshini yon tomonga egib, uning qichqirig‘iga g‘alati bir hotirjamlik bilan quloq soldi. Ko‘zlarida na g‘azab, na shoshilish bor edi — faqat nimadandir zavqlanayotgandek sovuqqon nigoh.

Sharpa:
— Sen ham, azizam…

Uning bu so‘zlari Minni uchun tahdid emas, balki yanada ko‘proq sirli va xavotirli tuyulardi. Minni ichida esa butunlay boshqa reja shakllanayotgan edi… U tezroq kettishni o'ylamoqda

Qurollar shunday tassavur qilila

Minni joni qattiq og‘rigan bo‘lsa-da, bu og‘riqqa yengilmaslikka harakat qildi. Hozir vaqtni boy berish — yana bir imkoniyatni qo‘ldan chiqarish demak edi.

Sharpa esa boshqa bir qurolni olish uchun ortga o‘girildi. Uning e’tibori bir lahzaga bo‘shashganini Minni darrov payqadi.

Shu fursatdan foydalanib, Minni asta-sekin qo‘lini cho‘zdi. U ilgari ko‘rib qolgan, Sharpaning cho‘ntagida yashiringan kichik qurol borligini bilardi. O‘sha qurolni ehtiyotkorlik bilan, ovoz chiqarmasdan qo‘liga oldi.

Hozir uning yuragi kuchli urardi — qo‘rquvdan emas, balki nihoyat imkon tug‘ilganidan.

U qurolni oldi va Sharpani orqasidan o'q uzdi O'q Sharpani boshiga tegdi , Sharpa o'ldi

Minni bir lahza to‘xtab, yonidagi odamni tekshirdi — u endi xavf sololmasdi. Ichida titroq bo‘lsa-da, vaqtni boy bermaslik zarur edi. Shuning uchun asta eshik tomonga yurdi, yo‘lni topdi va tashqariga chiqdi.

Koridor bo‘sh edi, faqat chiqish yo‘lini ikki qo‘riqchi qo‘riqlardi. Minni ularni chetdan kuzatib, xavfni kamaytirish uchun yashirinib yaqinlashdi. O‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan Minni Qo‘riqchilarni chalg'tib birin ketin jahannamga ravona qildi

U birinchi qo‘riqchi yonida mashina kaliti borligini oldinroq ko‘rgandi. Endi uni topish uchun tezda cho‘ntaklarni ko‘zdan kechirdi va nihoyat kalit qo‘liga tushdi. Bu kichik g‘alaba ichida umid uchqunini yoqdi — u omon qolishi mumkin edi, faqat tezroq harakat qilish lozim edi.

Minni hovliga chiqdi. Mashina bog‘ tomonida ekanini payqadi. Uni faqat bitta qo‘riqchi kuzatib turardi — qolganlar yangi “mollar” uchun tashqariga ketgani sababli joy bo‘sh edi. Minni vaziyatni o‘z foydasiga hal qilib, Qo‘riqchini o'ldirishga muvaffaq bo‘ldi.

U mashinaga shoshildi, kalitni tiqdi va dvigatelni ishga tushirdi. Yuragi qattiq urardi. Darvozaga yaqinlashganida ikki qo‘riqchi uni uzoqdan ko‘rib:

Qo'riqchilar :Janob! — deya, mashinani tanib, hech qanday to‘siqsiz yo‘l ochib berishdi.

Minni bu imkoniyatdan foydalanib, darvozadan tezda chiqib ketdi. Shamol oynadan ichkariga urilib, uning yuzini siladi.

U hozircha ozod edi.
Oldinda esa yana noma’lum yo‘l, lekin eng muhimi — u nihoyat qutulishga bir qadam yaqinlashgan edi.

Yarim tunda

Minni yarim tunda nihoyat uyiga yetib keldi. Eshikni asta ochdi, ichkariga kirganida atrof jimjit edi. U kuch bilan yotoqxonaga yo‘l oldi va charchoqdan tinkasi qurib, to‘shakka yiqilib tushdi. Ko‘zlari yumilishi bilanoq chuqur uyquga cho‘kdi.

Ertalab

Tong yorishganda Minni ko‘zlarini ochdi. Tana hali ham og‘ir, kechagi voqealarning izlari esa aniq sezilardi. U boshini ko‘tarib, sekin dushxonaga yo‘l oldi.

Sovuq suvni ochdi. Suv yuziga tegishi bilan biroz o‘ziga keldi, lekin tanadagi yaralar hali bitmagani sabab achishish bor edi. Shunga qaramay, u o‘zini tinchlantirish uchun biroz vaqt suv ostida turdi — go‘yo hammasini yuvib tashlamoqchi bo‘lgandek.

Keyin u dushdan chiqib, asta sochlarini quritdi, kiyindi va oshxonaga yo‘l oldi. Muzlatkichni ochdi, ammo ichida deyarli hech narsa qolmagandi. U hafsala bilan eshikni yopdi.

Minni tashqariga chiqishga qaror qildi. U ustiga kiyimini kiyib, ko‘chaga otlandi. Hali ham charchoq bor edi, lekin ichida mustahkam bir narsa uyg‘ona boshlagan — endi hech kim uni sindira olmasdi.

Minni shunday kiyindi

Minni ko‘chaga chiqqach, bir lahzaga to‘xtadi. Ertalabki havo salqin, ammo yoqimli edi. U boshini biroz ko‘tardi — quyosh ufqdan asta ko‘tarilar, oltin rang nurlari butun ko‘chani iliqlik bilan to‘ldirar edi.

Minni chuqur nafas oldi. Quyosh nurlari yuziga tekkanda yuragidagi og‘irlik bir zum bo‘lsa-da yengillagandek bo‘ldi.

U shu yerda qisqa muddat to‘xtab, quyoshning haroratidan zavq oldi. Go‘yo bu iliqlik unga kuch berayotgandek, kechagi zulmatni ortda qoldirishga yordam berayotgandek edi.

Bir necha daqiqa shunday turib, o‘zini birmuncha yengil his qildi. Endi u oldinga yurishga, yangi kunni boshlab olishga tayyor edi.

Mana shunday tassavur qilila

Keyin Minni bozorlik qilib, kerakli narsalarni oldi. Shahar hali uyg‘onib ulgurgan, odamlar shoshilinch, kimdir nonushta izlayapti, kimdir ishga ketayotgan edi. Minni esa o‘zini biroz tinchroq his qilardi — odamlar orasida yurganda yuragi xotirjam bo‘lib qolgandek.

Bozorlikdan so‘ng u yaqin atrofdagi restoranga kirdi. Ichkaridagi sokin musiqa va issiq hid uni o‘ziga tortdi. O‘ziga yoqqan deraza yonidagi joyga borib, sekin o‘tirib oldi. Quyosh shu joyga bevosita tushib, iliq bir muhit yaratgan edi.

Minni stolga tirsagini qo‘yib, chuqur nafas oldi. Keyin qo‘lini ko‘tarib, afitsantni chaqirdi:

Minni:Afitsant!

Afitsant darrov uning yoniga yaqinlashdi, muloyim tabassum bilan.

Afitsant stolga yaqinlashdi va muloyim ovozda dedi:

Afitsant:Ha, xonim, tinglayapman.

Minni:Menga menyuni olib keling.

Afitsant bosh irg‘ab, darrov orqaga qaytdi va bir necha soniyadan so‘ng menyuni Minni stoliga qo‘ydi. Minni uni ochib, betoqat varaqlay boshladi. Bugun u o‘zini erkalatishni, biroz bo‘lsa-da tinchlanishni xohlardi.

Unga ko‘zi tushgan bir taom ayniqsa yoqdi. Qorong‘u tun ortidan iliq, mazali ovqat ayni muddao edi.

Minni:Menga mana shu taomni olib keling, iltimos.

Afitsant buyurtmani qabul qildi va ortiga qaytdi.

Minni asta deraza tomonga qaradi. Odamlar shoshilardi, hayot esa avvalgidek davom etardi. U esa nihoyat o‘zini biroz xavfsiz his qilayotgan edi.

O‘n besh daqiqa o‘tib, afitsant buyurtma bilan qaytdi.

Afitsant:Taomingiz, xonim. Yoqimli ishtaha.

Minni bosh irg‘adi va issiq hidli taomni o‘ziga tortdi…

Minni buyirma qilgan taom deb tassavur qilila

Minni restorandan chiqqach, Koreyaning shovqinli, ammo o‘ziga hos sokinlikka ega ko‘chalarida biroz sayr qildi. Neon chiroqlar, odamlarning shivirlari va do‘konlar oldidan kelayotgan hidlar unga go‘yo boshqa dunyoga kirgandek his berdi.

Bir necha ko‘cha narida dorixona ko‘rindi. Minni ichkariga kirib, kerakli dorilarni oldi — tanasidagi og‘riqlarni yengillatishga yordam beradigan oddiy dori vositalari edi. Hammasini sumkasiga joylab, mashinasiga qaytdi va uy tarafga yo‘l oldi.

Uyga kirishi bilan avval yengil nafas oldi. Bugungi kun og‘ir bo‘lsa-da, u baribir o‘zini yig‘ib olgandi. Dorilarni olib, ehtiyotlik bilan yaralarga surtib chiqdi. So‘ng kiyimini almashtirdi va yotoqqa cho‘zilib yotdi. Charchoq uni tezda bosdi va u tez uxlab qoldi.

Minni kechga borib uyg‘ondi. Ko‘zlarini ochganda xona yarim qorong‘u edi. U asta boshini ko‘tardi va devordagi soatga qaradi.

Soat allaqachon to‘rt bo‘lgandi.