December 12, 2020

M1noR L1GHTDreaM - Qish yaqin 2 (hallucination (pilot - dsodd)) TEXT

YouTube: MINOR


01.11.2017*11:56
M1noR L1GHTDreaM - Qish yaqin 2 (hallucination (pilot - dsodd))

01.11.2017*11:56
M1noR L1GHTDreaM - Qish yaqin 2 (hallucination (pilot - dsodd))

1
Har bir yolim, alohida voqea
Har bir yolim, davom etar toki
Yarim yolim, bosilmadi,
Do'stlarim to'nin, teskari kiydi, yoki bari

2
Vaqtinchalik, boganidi, lekin
Vaqt unchalik, otmagandek
Mani ahdimchalik, qo'yilmaganidi
O'sha ultimatum o'sha ultimatumin

3
Ko'rinadi illusia, yolg'iz tabaqa
Omad kegani bu taqdirdan sadaqa
G'amgin notala oktava terciya
Endi hammasi qoladi demo versiya

4
Kelar kun kutamiz, otar tun yutamiz
Kopini unutdik, buniyam unutamiz
Birma bir barini qoydik izzaga
Davomi bor buni qoyishgacha tizzaga

5
Bebaxt muzikant, o'tdi mavsumi
Qanaqa baxt axir? shuyam mavzumi?
Shunchaki trik? hayotdan afv shumi?
Shunchaki trek? a repdan naf shumi?

6
Bemador behol, go'yo oddiy hol
Nega yonimdegila aytardi, oddiy qol
Abstract nima? yoqotilgan mavzumi?
Hammaga yoqadi she'riyat afsuni

7
Ko'rsatib sehr, ko'rsatib mehr,
Nega hamma nazarida bo'ldim bemehr
Hatto yurak endi prosto tak urar
Qoldi faqat yig'lagancha sakura

8
O'tdi 3 yilim, huddi kuch bilim
Yordam beromadi zid keldi duch fe'lim
Gruzchik yukidan og'riganida belim
Tushunganim Mandegi kuch fe'lim

9
Axir o'qiganidim sanab tamoyil
Endi nimaga M1noR san'atga moyil
Qizil diplomda maktab "daho" lari
Konspekt orqali ogan baholari

10
Yo'q biorobot emasman biling
Qando chuntirib bersamikin blin!
Doimiy jon saqlab reja salqinida
Kichik Shahzoda Holywood talqinida

11
Yurmadim achinib, suymasada jinim
20 yoshimda paydo bo'ldi ajinim
To Mani ko'rinishim sanga mayusmi
To kottala maqtab Sovetskiy Soyuzni

12
Balki o'zim tomonimga og'di og'irim
Turaman jim mana yog'di Yomg'irim
Eski bir tanishim maktub yo'llamas
Hudo qo'llamasa banda qo'llamas

13
Mana yer, yana ulg'aydi bir yoshga,
No sistema o'sha bir o'lim bir boshga
Goh mehr toshgan goh nafrat oshgan
Kimla uje yetib bordi a kim haliyam shoshgan

14
Tekiz gorizont, go'yo zamin so'nggi
Tuman ortida ko'ringan chiroqlar har tungi
Sukunatga botgan dengizida bugun
Osoyishtalikda suzar achchiq tutun

15
Negadir qalb qora, zahrim favvora
Kimla Manga qarshi chiqdi a kimla tan olar
Kim damini olar, kim gapda qolar
Aql bo'lishga urindi ko'plab daholar

16
Ko'plari baholadi, ilishmadi daholani
Shoirla ko'payib ketdi boshida qosin qalami
Kim bula? tanimadim, repperskiy podalarmi?
Bu sanlaga nima? Rep maydonimi yo dalami?

17
A? ey? sanmi? Manga bas kelolasanmi?
Textini Mandan ko'ra ancha yaxshi terasanmi?
Mandan yuqorida turadigan atmosfera sanmi?
Sanga savollarim bor, hop eshitasanmi?

18
Kim davay, qatda ko'rgan o'qiganlar pastligini
O'qimagan AC ligini, MINOR ga basligini
Rep sultoniyam, she'riyatti sheriyam
Hammasini ko'rdik, osmoniyu yeriyam

19
E! Lyuboyini gapda yevoraman hop?
Janjaldan muomalagacha, rohibdan domlagacha
Terroristu ateistu aqlliyu tom lagacha
Qolishadi bari ketimdan yomonlangancha

20
Uzilib boganida umid so'nggi tolalari
Nima endi modadami tipo ko'cha bolalari
Ko'cha bolasimas, ota ona bolasi bo'ladi
Tushunmiman, vashe kim qiladi bu xatolani?

21
Ou, odamlar qanchalar aqlli
Bitta Man tupoy i bitta Man bahil i?
Nahotki Manga tegishli hamma naqli i?
Hamma sahiy, bitta Man bahil i!

22
Bittaman, yo'q, bittaman!
Hammani olib ketar o'sha siniy kitdaman
Qanaqa qarama bari yuqori hitdaman
Qanaqa qarama L1GHTDreaM daman feat daman yo!

23
Eski manzara, eski narsala
Eski masalayu, eski hafsala
Kormadik naf sira, yashadik havfsirab
Hali manzilga yetmadik hayotda hansirab

24
Qancha kitob mana berdi savod
Shu savodimdan ijodim ga qurdim ravot
Boshqotirma text, "boshqotirma! next!
Kimga oxshamoqchisan? ostyn malec!"

25
"Qara matnini, qara satrini,
Chuqur qaraganda ozing qiyasan tilini
Ayt Manga o'zi kimga aytasan sirini
Bir zum tohtat hayotin bilan battle ni"

26
Eslisanmi? hichkim bolomaganimiz
Eslisanmi? hop Man nodon no esli sanmi?
Hop qoganla yangiyu, eski sanmi?
Ilgarigimas xulosen tez, bu sanmi?

27
Eslab yomg'ir yog'sa quyib
Esindami qasrin oldidegi bir xona uyim?
Yuregim ezilganidi bosada bu tosh tanam
Ayt, kimlaga qop ketdi yagona boshpanam?

28
Yetadi shoshma "G'am", qalb bor toshda ham
Oqqa aylanadi qora hatto sochda ham
Qancha berdim bardosh, koksimi keraman
Muhabbatim ketdi, bungayam bardosh beraman

29
Yo! cheksiz toqatimi shaxtasi
Bo'lib ko'ringan, no aslida qilar vaqt ta'sir
Yuragim eshigini qorovullab vaxtasi
Vaqt ta'sirida buzulganidi bu baxt qasr

30
A! Atrof to'la soxta aqlli
Sani gapin Manga poxuy bosa ayt nima qli?
O'zimga quloq solib, ko'z ochig'u uyquda
Shu 3 yilda ayrildim o'sha 6-tuygu dan

31
Yo'q! Bunga brola sababchimas
Ayblashga haqqim yo'q, jonsiz hashorat sapchimas
Silaga bergan kupletim qalbimi bir pistoni
Repimi bezatmasam ooo "Fillar qabristoni"

32
Ey! Qani kim eshitardi bu repdi?
Tushunmaganlaga poxuy, tushunsa ezar yurekdi!
Quyosh chiqqanida egilmaganidim no tun egdi
Qismlab o'zimi yig'dim, ayt butunmanmi endi

33
Balki yo'nalishim boshqadur
Balki sila uchunmas asli boshqa yoshgadur
Qancha sxemani buzdim, sistemaga tushmadim
Balki rostan ozimidim eng ashaddiy dushmanim

34
Kuplet yozish keregidi, no shunchaki yozmadim
O'zimga ustoz no yaxshi ustozmidim?
Vaziyat go'yo Nux qavmiga sherigidi
Xalq uchun bulaga ko'z yumishim keregidi

35
"Tamom" db oyladim azobli dunyo tor bo'lib
Endi bosa kupletlarim aylanar maqol bo'lib
Ko'zga tashlanaman go'yo yuzga chiqqan hol bo'lib
Ayt, nimaga yashamiman qoyilmaqom bo'lib

36
Esliman damlarimi, ex yaqin odamlarimi
Eng qiyin vaziyatimda kotarishgan kamlarimi
Esliman gaplarimi, ex injiq taraflarimi
Go'yo boltasiz kesdim bog'imda daraxtlarimi

37
To'ldiraman daftarimi, yozmiman dardlarimi
Oldi-qochdi gap bilan o'tkazib sarhadlarimi
Tushunishga harakat qib korgin san xatlarimi
Axir ochiq namoyon qmiman san'atlarimi

38
Yashiraman sirlarimi, yagona ozimiki
Ko'rganlar "Repdegi shu rostan ozimikin?
Ko'rinishi kamtar-u no repida kar-kar"
Sabr qigin, koz oldinda osadi bu sarkarda!

39
Ko'z ochildi borgan sari, endi sotganlari nari
Qara yangi odamlar, yangi sotqin bosa bari
Yo'q xabari tajribayu, ko'z ochilganidan hali
Hali sinaladi bari, qiyin vaziyat mahali

40
Ilgari, rep yozishim osonidi bilganim
Endi ko'p, "Unga hozi osonku?" db bilgani
Bilgani kamku Mani bir o'lib-tirilganim
Bilganim? shuncha ishga sababmi sir bilganim

41
Yetti qavat osmon uzra Astral sayohatim
Ekstrasensorikaga berilgan layoqatim
Bir tunim o'tganida huddiki bir asrdek
Etik kiygan mushuk bo'lib qurgan uyim qasrdek

42
Nimaga bu topishmogu, nimaga bu Abstract
Nimaga endi Mo'minlarcha qiladi bu nafs tilak
Da O'zimi yasadim sabrli MINOR
Lekin hammaga kere 1 li M1noR

43
Replarimi mantigini asli tezlik hal qimadi
Ortida shaxsiy hayot, a tezlikchi? bir kun sinadi
Da bu hayot qonuni, doimo oilada bo'l
Nimaga Mani kontaktimda "Oila" gruppasi nol

44
O'zimga o'zim aytaman "yo'q san chidomadin
100 tasi kifoya, San 101 Dolmatin
Taqdirri o'zin tanladin, borimas, yagona it
Hammasi Zevs tomonida, ayt nimaga San Aid?

45
Qayoqqacha o'sasan? go'yo gullamas terek?"
Axir hikoyaga bitta yomon qahramon kerek!
Barchasi kurashdi bil, yagona o'zim bilan
A Man kurashdi boshladimmi? Aytchi suka kim bilan?

46
Na Azon, na bir shovqin eshitilmas, sukunat
Sanga tushunarsiz no Manga go'yo tarqamas tuman
Sodiqlik kutmadim na bir odam na bir Xaskadan
Go'yo umrbod jazo, bu hayotiy Azkaban

47
50% mentalist, Manga muzika talisman
Nimaga Vatandoshimmas Yanni Hrisomallis
Mana Man unga loyiq sherik, Man istenniy muzikant
To'sqinlik qiladi ingliz tili - talaffuzim kam

48
O'tdi 22 - kuzzi oktyabriyam
Haliyam notasi topilmadi Cantabria
Shu sabab oqituvchim o'ylagandi kam tarbiyam
Bu hayotda rolim ham ijobiy ham salbiyam

49
Qancha oylanib oxiri tanlab qora rangimi
Bilmadim bu qaysi obraz classic yo yangimi
Exx bezor qilardim savolim bilan Tangrimi
Ayt nimaga chiqaromadim Qur'on ohangini

50
Axir chiqar POP, RAP, yo bez problem ballada
Zanjirband she'r hali ham titratadi qal'ada
Daje otsa asr asli ijod uni abadiy fasli
Endi bosa yashasin kochirmachilar nasli


51
Eh Fillar Qabristoni qanchalar bag'ri keng a!
Qanchalik toldirsamam yana bo'shliqqa teng a!
Yo'q bu metafora yo Abstractciyamas asli
Shunchaki bularda qop ketgandi bolalik fasli

52
Jinni ketdi - rap cover, Jinni ketdi -ijrochilar,
Jinni ketdi - sevgiparast, jinni ketdi - hijronchilar
1 lahza Mandaqa 1 dona kuplet yozib ko'r
San'atti bukri togini igna bilan qazib ko'r

53
Rap revoluciya, qilib qadamma qadam
Eh Evolyutsiya, qogan orqada bir qadam
Qani o'sha bilagoni, kelitirish nazariyada
Bilmadim bula hayolda yashidimi Narniyada

54
Rovna 2000 - yil olinganidi imkonni
18 yil ichra qatga yetdik kim kordi?
"Da bu sani ishinmas, Uzrap shundogam yaxshi"
Unda nimaga bu raqamlar o'ynar sanlaga qarshi?


55
Qora zamin, Quyosh nuri yetmagan joylar,
uch 6,teskari pentagram saroylar
Balkida ko'rinishidanda sani o'ylar
Balkida ko'rinishidan bo'sh saroylar

56
Da qani bir ko'rsam tog' qasrlarin
Vayron qilib piramida - OCA sirlarin
Aytishadi boshqotirmasidan nari yur
Mekorama, Somorost, Machinarium

57
Qancha mavzulada tortishmadim qo'ydim ultimatum
Hamma mavzularim o'zimiki no, multivacuum
Manga qosa bora-bora Man aqldan ozaman
Manga qosa ves ilm-fan ni boshqattan yozaman

58
Qancha Mani loyihalarim oqlamadi o'zligini
Balki oqlagandi lekin ko'rdim ko'z - ko'zligini
Bo'ldi bugun cosinus, tenglamani irg'itila
Iltimos maktabga "Hayot" fanini kiritila

59
O'qigan bo'lardik eng past-u past bahosiga
Uchramadim hali beri bu hayotni dahosiga
Qaniydi bosh olib ketsam orol-u sahrosiga
Hatto ko'ngil bermasam-u bu hayotni shahlosiga

60
Balki bu hayotda hamma zamonaviy Robinzon
O'ylanib o'tib qachon bo'ladi mansabin zo'r?
Yoki personaj to'g'ri kemidimi? Robinzon?
Bu hayotda yashagani luchshe Mr. Bean zo'r!

61
Stop (hey) M1noR? Nimani muhokamasi?
Tushunishimcha abstrakt - falsafami hammasi?
Balki san uchun hammasi muhabbat drammasi?
Lekin kartada karolni ham bo'ladi "dama"si

62
San balki mikrofon no Man kompressor!
Erishganimiz bo'ldi hozi online pressa
Qani? Yoki Man ko'rmadim Sidney, Odessani?
Lekin aytishadi Manga,"Hayotin 5 sani!"

63
Eshit sanam, sanikimasidanam kech sanam
Tegsamam g'ururingga, ijodda kechiksamam
Hudo kechirgandi nima bopti Man kechirsamam?
Lekin javob umr bo'yi o'tmiman Ehencher sanab

64
Bejiz sanab o'tkizmadim umrimmi vecher sanab,
Erishgan muxlislarimi Man ko'rmadim hech sanab
Berishsada Mangada madadila, tegsada
No topildi o'ylaganla "bu shunchaki text edi"

65
Bejizmidi? Shuncha bedor tunlarim bejizmidi?
Xor kunimga ko'z yumganimda hayotim tekizmidi?
Bizmidik? Repida qoladigan o'chmas izmidik?
Yanada yangilarigacha turamizmi tik? OK