May 5, 2025

❕ OGOHLIK BAYONOTI (DISCLAMER) ❕

“So‘z — najot ham bo‘lur, balo ham. Ammo bizda u mehr ila aytilur.”
📜 🕊️ 💫

Assalomu alaykum, azizlar!

*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*

🔖 Kanal Mazmuni Va Maqsadi

• Bu kanal — hech bir tashkilot, harakat yoki jamoaning rasmiysi emas. Unda keltirilgan har bir satr — muallif (ya’ni men)ning shaxsiy fikri, ichki mulohazasi, ba’zan esa savolga aylangan shubhasidir.

• Aksar yozuvlar ishonchli kitoblar, maqolalar va tarixiy manbalardan ilhomlangan. Zarur holatda manba ko‘rsatiladi.

• Kanal avvalo muallifning o‘z ma’naviy o‘sishi, tafakkurini toblash uchun ochilgan. Shuning uchun, u birinchi navbatda o‘zim uchun, keyin esa, siz azizlar bilan bu fikrlarni baham ko‘rish uchundir.

*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*

⚖️ Huquqiy Va Siyosiy Betaraflik

• Ushbu sahifa hech bir siyosiy, diniy, mafkuraviy va jamoaviy tashkilotga aloqador emas. Unda bitilgan har bir satr — muallifning shaxsiy tafakkuri, hayotiy kuzatuvlari va ichki izlanishlaridan tug‘ilgan fikrlardir.

• Ayniqsa diniy mazmunga doir satrlar xususida ochiq aytilmog‘i lozim: sahifa egasi o‘zini hali to‘liq ilmga musharraf bo‘lmagan TOLIBI ILM deb bilur. Shu bois, noyetuk xulosalar orqali g‘aflat ila birovga zarar yetkazishdan, xato fikr sabab kimnidir adashtirib qo‘yishdan nihoyatda cho‘chiydi. Bunday holat — nafs yoki shaytonning yengil vasvasasi bo‘lishi mumkinligini anglaydi.

• Shu boisdan, iloji boricha diniy mavzularga chuqur kirishmaslik yo‘lini tutadi. Agar shunday bir mavzu tilga olinadigan bo‘lsa ham, bu hech qachon FATVO EMAS, va MUTLAQO DA’VAT EMAS, balki SHAXSIY MULOHAZA, so‘roq va kuzatuv sifatida qabul qilinmog‘i kerak.

• Har qanday mulohaza, izoh yoki tuzatma — xushmuomalalik va odob ila yetkazilsa, ochiq qalb bilan, mamnuniyat ila qabul qilinur.

• Sahifada bitilajak har bir so‘z va fikr — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun-qoidalari, konstitutsiyaviy so‘z erkinligi va axloqiy-me’yoriy mezonlarga muvofiq yuritiladi.

*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*

🧠 O‘quvchiga Hurmat Va Mas’uliyat

• Fikrlarim vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, yangilanishi, inkor etilishi mumkin. Chunki tafakkur o‘sadi, inson o‘zgaradi.

• Har kim bu yerda o‘z fikrini aytishi mumkin. Biroq bu odob doirasida bo‘lishi lozim. Haqorat, nafrat, diniy yoki milliy adovat uyg‘otuvchi so‘zlarga bu sahifada joy yo‘q.

• Ba’zi yozuvlar badiiy, kinoyali yoki hazil-mutoyiba shaklida bo‘lishi mumkin. Har so‘zni jiddiy qabul qilmaslik, balki kontekstda anglash kerak.

*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*

✍️ Erkin Ulashish Va Muloqot

• Ushbu kanal yozuvlari mualliflik huquqi talab qilmaydi. Ko‘nglingizga yoqsa — olavering, ulashing, ko‘chiring, manbani ko‘rsatishingiz shart emas.

• Kimki bu yerda yozilganlarga qiziqsa — yozing, baham ko‘ring. Savollar uchun alohida bot orqali bog‘lanishingiz mumkin:
👉 [Savol Botiga o‘tish] (http://t.me/anonaskbot?start=Foziliy)

*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*_*