June 13

❤️Forced to forever❤️

9-qism | Haqiqatning narxi💸

Muallif : #Bahromiddin va #Madina

Namjoon ishdan qaytganida ichkariga kirib Jisooni xonasiga moʻraladi. Avvaliga uni uhlab qolgan deb oʻylagani uchun bezovta qilgisi kelmagandi, oʻzi bilan bir qancha ovqatlar olib kelib uni stol ustiga qoʻydi va yana birozdan keyin xonaga kirdi.
Jisooni uygʻotdi lekin uygʻonmadi,peshonasiga qoʻlini qoʻydi. Jisoo istmada yonib yotgandi. Namjoon uni koʻtardida mashinasida kasalxonaga olib bordi...🏨

Kasalxona palatasi odatdagidan ham sovuq tuyulardi. 🏥

Deraza ortida yomg‘ir tomchilari shisha bo‘ylab sirg‘alib tushardi. Xona ichida esa faqat apparatlarning past ovozi eshitilardi...🪫

Jisoo ko‘zlarini sekin ochdi. Boshi og‘rirdi. Tanasi holsiz edi. Bir necha soniya qayerda ekanligini tushunolmadi.👀

Keyin yonidagi stulda uxlab qolgan odamni ko‘rdi. Namjoon... ❤️‍🩹

Uning boshi karavot chetiga suyanib qolgan, qo‘llari esa hanuz Jisooning qo‘lini ushlab turardi.🫴🏻

Jisooning yuragi g‘alati bo‘lib ketdi.

— Qayerdaman? — dedi u pichirlab.😕

Namjoon uyg‘onib ketdi.

— Ahvoling yaxshimi? Oʻzinga keldingmi?😳

— Qayerdaman? Sen bu yerda nima qilyapsan, kelma degandimku

— Uyga kelsam allaqachon hushdan ketgan ekansan, kasalxonaga olib keldim👀

— Raxmat endi ketaver, men yaxshiman

— Ketmadim va ketmayman😒

— Nega?😟

Namjoon bir necha soniya sukut saqladi.

— Chunki seni yolg‘iz qoldirgim kelmadi. Ahvoling juda ogʻir edi,Kasalxonaga olib keldim seni, qanday tashlab ketishim mumkin 🍃

Jisoo javob topolmadi. Ko‘nglidagi muz uning mehridan asta-sekin eriy boshlagandi goʻyoki,lekin unga biroz tikilib turdi-da boshqa tomonga yonboshlab oldi❄️

Shu paytda shaharning boshqa chekkasida Chaeryong yolg‘iz o‘tirardi. Telefon ekranida esa uning eski xabarlari ochiq turardi. Yolg‘onlar. Soxtalashtirilgan suratlar. Uyushtirilgan fitnalar. Hammasi birma-bir fosh bo‘layotgandi. Namjoon anoyilardan emasligi endi yana takror Chaeryongga ayon boʻlayotgandi...⚖️

Lekin Chaeryong ko‘z yosh to‘kayotgan edi. Chunki bu voqealarning ortida shunchaki yovuzlik emas, og‘riq ham yashiringan edi. Bir vaqtlar u ham Namjoonni sevgan. Juda qattiq sevgan. Ammo Namjoon uni hech qachon ko‘rmagan. Qiz esa Namjoonning e'tiboriga tushush uchun oʻzini shunday yomonliklarga urgan.🌧

Har safar uning nigohlari boshqa tomonga — boshqa qizlar tomon ketgan. Shu sabab Chaeryongning sevgisi asta-sekin hasadga aylangan edi. Oxir oqibat Jisoo bilan qolgani uni tilka pora qilgandi...🥀

Hasad esa nafratga. Nafrat esa xatolarga yuz tutdi. Natijada Chaeryong fosh boʻldi...

— Men faqat bir marta bo‘lsa ham meni tanlanishni xohlagandim... — dedi u yig‘lab.🥲

Ammo endi juda kech edi. Haqiqat allaqachon yuzaga chiqib bo‘lgandi.👌🏻

Birozdan soʻng Chaeryongning uyiga politsiyadan kelishdi:

— Park Chaeryong, iltimos eshikni oching ustingizdan shikoyat tushgan

Chaeryong koʻp yigʻlaganidan juda holsiz boʻlib qolgandi lekin sekin borib eshikni ochdi

— Kimsiz?👀
— Seoul politsiyasidanmiz xonim, ustingizdan shikoyat tushgan
— Qanday shikoyat?🤔
— Siz Kang Namjoon bilan aloqador suratlarni tarqatib, matbuot xodimlariga pora berganlikda, taxdid qilishda ayblanasiz, iltimos biz bilan ketsangiz
— Bu qanday bemaʼnilik boʻldi 😐
— Iltimos xonim biz bilan boring, janob Kang Namjoon tomonidan koʻplab dalillar sizga qarshi berilgan

U bunday ishni kutmagandi lekin aybi borligini oʻzi ham bilardi va u politsiya bilan birga ketdi 🚓

Jisoo bir necha kun shifoxonada boʻldi, Namjoon esa uni bir lahza ham yolgʻiz qoʻymasdi. Bundan baʼzan Jisoo hafa boʻlardi, chunki u Namjoonga ishonmay uni koʻp ayblagandi...💔

Bir kuni tunda Jisoo uxlay olmay yotardi. Namjoon esa deraza yonida turardi. Yomg‘ir hali ham yog‘ardi. 🌧️

— Namjoon👀

— Ha?

— Nega bunchalik harakat qilyapsan? Shuni hech tushunolmayapman...

Yigit sekin unga qaradi.

— Chunki seni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Seni chindan ham sevib qoldim Jisoo. Toʻgʻri bu balki sen uchun gʻalati tuyular. Ishongin kelmas.. ammo bu ayni haqiqat. Yuragim sendan oʻzga uchun urmayapti. Koʻzlarim esa sendan boshqani koʻrolmayapti...🍃

Jisooning yuragi yana tez urib ketdi.

— Men seni juda ranjitganman.❤️‍🩹

— Yoʻq bunda sening aybing yoʻq, har qanday inson ham ishonmagan boʻlardi bu holatda menga

— Balki meni kechirmasliging kerakdir. Seni notogʻri tushunib, senga yomon muomala qilganim uchun...🪽

Namjoon kulimsiradi.

— Qoʻysangchi... hammasi yaxshilanib ketadi farishtam.😅

— Ha yaxshilanadi

— Oʻsha kuni bir narsani oʻzing bilmagan holda aytib qoʻyding

— Nimani aytyapsan? Namjoon men mast edim👀

—Mast boʻlsang ham bu gaplaring menga yoqdi balki bu yolgʻon boʻlsa ham🫠

— Yolgʻon? Yolgʻon boʻlishiga shubha qilayotgan ekansan,nega haliyam shu yerdasan 😶‍🌫️

Bu safar Namjoon javob berishga shoshilmadi. U Jisooning yoniga kelib o'tirdi.🙇🏻‍♂

— Chunki sevgi ba'zan g‘ururdan kuchliroq bo‘ladi❤️‍🔥

— Lekin meni gʻururim ham sevgim ham parchalanib ketdi

— Sendan hoziroq meni kechirishingni,hammasini boshidan boshlashizni soʻramayman. Sendan yagona iltimosim meni oʻzingdan uzoqlashtirma. Yoningda boʻlishimga, seni tuzatishimga cheklov qoʻyma🫂

Jisoo indamay uning gaplarini eshitardi🕊️

— Sendan avval faqat Chaeryong bilan emas bir nechta qizlar bilan yurganman lekin seni sevib qolganimdan keyin hamma narsa oʻz oʻzidan ortga chekindi. Jisoo menga faqat sen keraksan, sendan boshqasini hohlamayman🤕

— Mendan boshqasini hohlamaysanmi?

— Umuman. Yo sen yoki hech kim🕊️🍃

Xonada jim jitlik hukm surib qoldi. Jisoo esa birinchi marta uning qo‘lidan o‘zi ushladi. 💘

Qisqa lahza edi. Lekin ikkalasi ham bu lahzaning ahamiyatini his qildi. Ular hali toʻliq yarashib ketmagan edi. Hali ham og‘riqlar bor edi. Ishonch ham to‘liq tiklanmagan edi. Ammo uzoq vaqt ichida ilk bor...🌝

Ular bir tomonga qarab qadam tashlay boshlashgandi. Namjoon oshkora tarzda, Jisoo esa pinxona tarzda...🌚

Ertasi kuni Jisoo butunlay kasalxonadan chiqdi. Namjoon uni uyiga olib bordi. Gʻamxoʻrlik qilishdan toʻxtamadi. Bu bir tomondan Jisooga yoqardi ikkinchi tomondan esa yoʻq, chunki Namjoon uni koʻnglini olaman deb juda qattiq harakat qilayotgandi, hatto oʻziga ham eʼtibor bermay qoʻygandi.

Jisoo oʻz uyida qolgandi, Namjoon esa doim u bilan. Uning ota onasi bunga qarshilik qilmadi,Janob Kang uni oʻz qizidek koʻrib, doʻstini omonatini asrashini tushunib turardi🕊️

— Endi uhlab dam ol men shu yerda boʻlaman 🌝

— Namjoon 👀

— Nima boʻldi 😌

— Balki men bilan shu yerda yotarsan, — Jisoo undan buni biroz hijolat boʻlib soʻrayotgandi 🫠

— Bu senga yoqmasdiku 👀

— Yo Xudoyim ahmoq,yot deganimdan keyin indamay aytganimni qilsang boʻlmaydimi 😒

— Hoʻp nima desang shu😻, — Namjoon biroz kulimsirab qoʻydi

— Yoʻq endi kelma,fikrimdan qaytdim 😒

— Yoʻq mana aytganingni qilyapman,qani surulchi 😂

— Surulmayman, divanda yot, Bu tentakka yaxshilik qilsang ham yoʻq deydi,ertaga nolib yurasan belim oʻgʻrib qoldi deb😒

— Jim boʻlsangchi namuncha koʻp gapirasan,suril bu meni oʻrnim 😌

— Jimgina uhla 😒

—Jim uhlamasamchi😌

— Bore tentak 🙁

— Oʻzi endigina keldim,endi ketmayman 😻

Namjoon shartta uni quchoqlab oldi🫂
Jisoo uni qoʻlidan qutulishga harakat qilardi lekin Namjoon juda kuchli edi 🙂‍↔️

— Meni qoʻyib yubor 🗿

— Yoʻq mana shunday uhlaymiz 🫂

—Bekorlarni aytibsan 😒

— Tan ol senga ham yoqadiku bu😍😂

— Kim aytdi yoqadi deb 😲

— Sezdim🤭

Ikkisi tun boʻyi yoqimli tortishuvlar bilan gap talashib oxirida bir birini quchgancha uyquga ketishdi 🥰🫂