Evil Angel 🖤
Kunlar odatdagidek oʻtib borardi. Lucifer oʻz ishlari bilan Mirae esa oʻz ishlari bilan mashgʻul.
Tun payti Lucifer Seoul shahri ichida yuqori tezlik va baland musiqa bilan sayr qilayotgan bir paytda ortidan politsiya ergashganini payqadi va mashinani chetga oldi.
— Musiqani ovozini pasaytirsangiz janob 🫡
— Siz yuqori tezlikda harakatlandingiz bu qonunga zid
— Jarima toʻlashim kerakmi 😏. Lucifer hamyonidan pul chiqarib hodimga berdi
— Bu kammi? Koʻproq hohlaysizmi?, — U yana biroz pul qoʻshdi va majburlab uni qoʻliga tutkazdi
— Kechirasiz bu pora hisoblanadi bu uchun sizni politsiyaga topshirishimga toʻgʻri keladi 👀
— Aytingchi siz qonunni buzmaysizmi?
— Janob ofitser qani aytingchi aslida haqiqiy hohishingiz nima?😈
— Men sababsiz sirenalarni yoqib, yuqori tezlikda mototsikl haydashni hohlayman 😶, — dedi u oʻzi bilmagan holda Iblisning nayrangiga uchib
— Pulni oling, jarima uchun toʻlaysiz 😼
Lucifer musiqani baland qoʻydida yoʻlida davom etdi va Luxga yetib keldi🪩
Luxda har doimgidek odam gavjum. Musiqa,raqs, koʻngilxushligu aysh-ishrat avjida edi💃🏻
Lucifer xonasiga kirdi va uning ortidan Jahannamdan beri unga ergashib kelayotgan bir nechta jin xizmatkorlari aybdorlardek boshini egib kirib kelishdi.
— Hukmdorim avf eting sizga yomon habarimiz bor☹️
Lucifer ularga jahl bilan qaradi,gapirishni hojati boʻlmadi.
— Oʻsha siz odamlarning qoʻliga tushmasligi uchun yashirib qoʻygan konteyner 🚃
— Jin ursin laʼnati, qanday qilib yoʻqoladi👿
— Hozir politsiya surishtiruv ishlarini olib boryapti, aytishlaricha qorovul va bir nechta hodimlar oʻldirilgan 🙇🏻
— Nimaa? Odamlar iblisni tunashdi 😂
Avvaliga kulib keyinchalik jahl bilan jinlar yoniga borib hammasi kaltakladi
— Oʻsha oʻgʻrini yerni tagidan boʻlsa ham topib olib keling aks holda trikligingizcha yoqib kul qilaman👿
Ertasi kuni esa bu butun yangiliklarda yoritildi:
Seoul chetidagi maxsus konteynerlar saqlanadigan katta omborda qotillik sodir etildi, qorovul va bir necha hodimlar oʻldirilgani aytilmoqda, faqat bitta, mashxur LUX clubi egasi Lucifer Morningstarga tegishli boʻlgan katta konteyner oʻgʻirlangan‼️
Bular Miraening qulogʻiga yetib borgach uning yoniga borishga qaror qildi.
— Qara Mirae Iblisning konteyneri oʻgʻirlanibdi😂
— Luciferni aytdim,oʻzini iblis deydiku, hatto iblislarni ham tunasa boʻlarkan 😂
Mirae narsalarini oldida tezda LUXga yetib bordi.
— Lucifer katta omborda qotillik sodir boʻlibdi 👀
— Mirae kichik ishlarga toqatim yoʻq, oʻzimni tashvishim boshimdan oshib turibdi 🗿
— Seni narsalaring oʻgʻirlanganini eshitdim,biror yangilik yoʻqmi deb kelgandim, huddi men oʻgʻirlagandek nega menga zahringni sochasan 🤧
— Politsiyaga ishonmayman,uni oʻzim topib jazosini ham oʻzim beraman, mening obroʻyimni yer bilan bitta qildi👿
— Bu meni konteynerim,meni obroʻyim, meni..., — dediyu birdan baqirishdan toʻxtadi
— Uni ichida nima bor,nega bunchalik jahling chiqyapti?
— Bu seni ishing emas, borib qotillik ishini tasvirga olsang foydaliroq boʻlardi 😑
Shu on jinlardan bir yonida bir erkak bilan kirib keldi, uning qoʻllari bogʻlangan va labi qonagan edi. Mirae uni koʻrib biroz qoʻrqib ketdi.
— Xonimni pastga kuzatib qoʻying va xonaga hech kimni kiritmang 👿
Jinlar Miraega zarar yetkazmay uni clubga olib tushishdi. Qiz ajablangancha clubdan chiqib ketdi.
Yuqorida esa Lucifer boyagi yigitni soʻroq qilardi:
— Gapir laʼnati, meni narsalarimni kim oʻgʻirladi 😡
— Janob buni bilmaymiz,kuzatuv kameralarini ham tekshirib chiqdik, bir barzangi erkak edi
Lucifer uning boshini suvga tiqib yarim daqiqa ushlab turdida yana oldi
— Janob chindan habarimiz yoʻq, oʻzingiz bilasiz bu yerga yaqinda xoʻjayin boʻldim,mendan avval bir kontrabandachi guruh uni boshqarardi 😖
— Uni ismi nima? Gapir jin ursin seni 😤
— Oʻlim yoqasida sendek odamlar yolgʻon gapirmaydi. Oʻrningdan tur
Yigit oʻrnidan turib ust boshini toʻgʻrlay boshladi
— Unga pul berib chiqarib yuboring, jim yurishing va senga qilingan qiynoqlar uchun istaganincha pul soʻra🗿
Jinlar unga pul berib ketkazib yuborishdi. Gʻazabdan quturgan Lucifer esa Park Do-hyunni qidirish uchun chiqdi.
Lucifer tashqariga chiqdi. Mirae esa uni oʻsha yerda kutardi.
— Unga nima qilding? Kimsan oʻzi?
— Bu savolingga yetarlicha javob berib boʻldim
— Uyingga bor, uyer odamlar uchun havfli
Mirae uni gaplariga quloq tutmasdan mashinaga oʻtirib oldi, hafsalasi pir boʻlgan Lucifer indamay mashinani haydadi
Ular Park Do-hyunni Busanning bir burchagidan topishdi. Atrof toʻla qurolli odamlar edi.
Mirae uning ortidan ergashdi. Ular Do-hyunni xonasiga jahl bilan kirgandi ammo uyerda oddiy, yoshi 50 dan oshgan bir amakini koʻrishdi
— Ha men Park Do-hyun, oʻzing kim boʻlding 🧐
— Hoʻoʻoʻsh Lucifer Morningstar, senga nima yordam kerak😁
— Meni buyumlarim oʻgʻirlangan, sen hoʻjayinlik qiladigan ombordan 😑
— Kechirasan ogʻayni endi bu ish bilan shugʻullanmayapman, kontrabanda ishlariga nuqta qoʻydim😅
— Qani aytchi qari toʻnka haqiqiy hohishing nima?😈
— Men oʻz shaxsiy brendim boʻlishini hohlayman, shu uchun bularni yigʻishtirdim, yaqinda sumka,kepka va kurtkalar ishlab chiqarishni boshlayman
Lucifer toʻgʻri odamni topgandi lekin savolni notoʻgʻri berdi. Ular tashqariga chiqqanda Mirae gap boshladi
— Menimcha u kimligini biladi👀
— Ha biladi va bizni olib boradi 😑, — Kinoya qilib gapirdi Lucifer
— Gapini eshitmadingmi, u Brend egasi boʻlishini hohlaydi shu uchun bu ishni yigʻishtirgan, lekin kim qilganini biladi menimcha eski tanishlaridan biri 👀
Shu paytda Park Do-hyun mashinasiga oʻtirib qayergadir yoʻl oldi. Ular esa ortidan haydashdi. 25 daqiqalik yoʻldan keyin toʻxtashadi.
Park Do-hyun kimningdir oldiga bordi lekin oʻsha odam unga qurol oʻqtaldi va yelkasidan otib yubordi 🔫
Lucifer oʻsha odam ortidan bordi Mirae esa yaralangan Do-hyunni oldida qoldi.
— Seni topdim yaramas axlat tashuvchi 😈
— Nimalar deyapsan, kimsan oʻzing 😶
— Meni konteynerim qayerda, Lucifer Morningstar nomidagi konteynerni qayerga yoʻq qilding 🤬
Lucifer jahl bilan baqirar ekan koʻzlari iblisona koʻzlarga almashdi
— Yo Xudoyim, janob kechiring, iltimos kechiring bu meni aybim 😖
— Savolimga javob ber aks holda oʻldirishimni yalinib soʻramaguningcha qiynoqqa solaman 🤬
U Luciferga qarashga botinolmasdi tinmasdan kechirim soʻrardi. Luciferning yuzi esa iblis yuziga aylandi atigi bir necha soniyaga😈
Shu paytda ortdan Mirae kelib qoldi, Luciferga qaradi u orqa oʻgirgancha soʻroq qilardi. Oʻsha onda uning iblis yuzini roʻparadagi oynadan koʻrib qoʻrqib ketdi va qoʻliga qurol oldi 🔫
— Mirae hozir savollaringga javob beradigan holatda emasman 👿, — ortiga oʻgirildi va qiz unga qurol oʻqtalib turganini koʻrdi
— Sen juda sirlisan, qandaydir kelishuvlar,sirli odamlar sirli buyumlar, aslida kimsan ☹️
— Istasang ot, bu baribir menga taʼsir qilmaydi,ahr iblisman deb necha marta aytishim kerak senga, men oʻlmayman, qon ham chiqmaydi🗿
Mirae qoʻrquvida edi, Lucifer esa uni otishga davat qilishda davom etdi va toʻsatdan uni otib yubordi 🔫.
— Ana koʻrdingmi, menga hech nima qilmadi, hatto ogʻrimadi ham 🙄
— Lucifer yelkangdan qon oqyapti 🥹
— Qon? Boʻlishi mumkin emas, — qoʻlini yelkasiga qoʻydi va qonni payqadi
— qoʻrqma, ogʻrimayapti. Yoʻq ogʻriyapti hatto juda ogʻriyapti