EVIL ANGEL 😈 "Farishta" va Iblisning takrorlanmas sevgisi haqida...🕊️
— Taqdir hukm qiladi: Lucifer " Kumush shahar" qoidalarini buzgani uchun uni Jahannamga surgun qilaman, umrining barcha qismini Jahannam hukmdori boʻlib gunohkorlarni jazolash bilan oʻtkazasan. Bu qonun‼️‼️‼️
— Men buni rad etaman, men bunga loyiq ish qilmadim 👿
— Loyiq ish qilmading? Sen " Muvozanat kitobi"ni yirtib, Jinlar, farishtalar va odamlar orasidagi muvozanatni buzding, natijada esa jahannamdan bir qancha gunohkor jinlar qochib ketdi 😡
— Bu sizning aybingiz ota, siz ularga tanlov bermaysiz, hammaning taqdirini oʻzingiz, oʻzingizcha yozmoqchi boʻlsiz😶🌫️
— Sen " Taqdir"ga qarshi chiqolmaysan. — Taqdir qoʻli bilan Luciferni koʻrsatib dedi : — Uni Kumush shahardan surgun qiling va hech qachon kiritmang, bugundan boshlab uning joyi Jahannamda 🗣️
Uning ikki akasi Mixail va Uriel uni Kumush shahardan olib chiqib Jahannamgacha kuzatib qoʻyishdi.
Mana shu ondan boshlab u " Jahannam qiroli" ga aylandi😈
Avvalgi 1000 yilni " Taqdir" unga nohaqlik qilgani uchun alamini gunohkorlardan olib oʻtkazdi...
Keyinchalik esa u bundan zavq ola boshladi va oʻz xohishi bilan ularni chidab boʻlmas azob uqubatlarga duchor qila boshladi.
Uning sevimli azoblash usuli esa oʻzi qilgan gunohni jahannamda qayta qayta takrorlab qildirish edi.
— Agar kimnidir oʻldirsang, sen uni bu yerda qayta qayta oʻldirasan,buni istamasang ham, bundan qocha olmaysan 😈
Bundan tashqari Jahannam olovida tayyorlangan qurollar bilan ularni qiynardi...🗡️
U oʻlmas umrini bunday ishlar bilan oʻtkazishni istamay qoldi, barchasidan zerikdi. Kundan kunga bularni hohlamay shunchaki taxtda oʻtirgancha buyruqlar berardi holos🫤
— Jin ursin👿
— Hukmdorim 🙇🏻
— Men necha ming yillardan beri bu laʼnati jahannamni boshqaraman, hammasi jonimga tegdi🗿
— Siz uchun nimadir qila olamizmi, — soʻradi uning xizmatkor jinlaridan biri 🙇🏻
— Bu yerdan ketishni hohlayman👿
— Lekin agar buni Taqdir bilsa oqibati yomon boʻlishi mumkin Hukmdorim
— Lekin ketganimizni bilmasachi 😈
Xizmatkor unga jim tikilib turardi va Lucifer gapida davom etdi:
— Men Jahannamning har bir qarichida nima borligini juda yaxshi bilaman,qayerda tunellar,yashirin yoʻllar. Shunday ekan bir rejam bor...😼
Oʻsha kecha Lucifer bir nechta xizmatkorlari bilan birlashib jahannam darvozasiga kelishadi
— Hukmdorim sizning ketishingizga yoʻl qoʻyolmaymiz iltimos shu yerda toʻxtang🙇🏻
— Yoʻlimdan qoch laʼnati, menga toʻxta deyishga qanday hadding sigʻdi.
Lucifer uni chetga surdi va unga qarab gapirdi:
— Agar bu kimning qulogʻiga yetib borsa seni oʻzing kutmagan azoblarga duchor qilaman‼️
Jahannam darvozalari katta ochildi, atrof qora tutun bilan toʻldi, darvoza ortidan esa yorugʻlik nuri taralib turardi✨
Lucifer qanotlarini yozdi va Yerga qarab parvoz qildi🪽
Lucifer Yering qaysidir burchagiga qulab tushdi.
Yer 🌏
Mashinalar 🚗
Binolar 🏬
Odamlar 👫
Telefonlar☎️
Hammasi unga gʻalati tuyulardi. U yerga tushgan paytlarda 2-Jahon urishi allaqachon tugagan, XX asr oxiri edi. U avvaliga nima qilishni bilmasdi lekin sekin astalik bilan oʻz qobiliyatlaridan foydalanib hamma narsani tushunishga harakat qildi. Bunga naqd 1.5 yil vaqti ketdi. Bu vaqt ichida u Yerning Osiyo qitʼasidagi Janubiy Koreyaga qulagani, ularning tillari va urf odatlari, odamlarini oʻrganib oldi...
Luciferning yerdagi ishi kun boʻyi Kazinoda oʻtirib vaqti chogʻlik qilish edi. Koʻplab mehmonlar bilan tanishib, ularning hohishini bilardi va baʼzan ularga yordam berar lekin evaziga oʻzi uchun kerakli paytda kerakli ishni qilishlarini aytardi, shunday mijoz ham u ham hursand edi 🪩
U koʻplab yillarini shunday oʻtkazdi. Atrofida qizlar girdi kapalak, har kun har hil qiz yoki qizlar bilan tun oʻtkazardi👄
U milliardlab pul yigʻgandi va endi oʻzi uchun koʻngilxushlik maskani ochishni hohlab qoldi. Seoul markazidan katta penthouse va undan ham kattaroq bino sotib oldi
— Bu yerda katta Klub boʻladi, - Dedi Lucifer
— Lekin janob bu biroz qonunga toʻgʻri kelmaydi 😁
— Qonun? Qonun menman, meni istagim amalga oshishi kerak 👿
Tezda bino taʼmirlanib klub koʻrinishiga keltiriladi va unga LUX deb nom berildi🪩
— Nega aynan Lux?, - Soʻradi xizmatchilaridan biri jazm etib
— Luciferning qorongʻu oʻtmishidan keyin yagona yorugʻlik u boʻladi 😈
Ichida katta bar, yuzlab turdagi spirtli ichimliklar, kokteyl va mokteyllar, Burbon, Viski, Sharob,Sojuning barcha turlarini topsa boʻlardi.
Yuqorida, pastda va saxna oʻrtasida esa qizlar turli shahvoniy harakatlar bilan raqsga tushardi. Bu yerda hamma oʻzi istagan ishni qilardi, kimdir ichar, kimdir chekardi, kimlardir esa ukol yoki kukun bilan koʻngilxushlik qilardi 💉
Bir necha yil o'tadi.
Seulda mish-mish tarqaladi.
"Lux egasi istagan narsangni beradi."
"Lekin evaziga nimadir oladi."
Aslida esa Lucifer odamlarning qalbidagi eng katta istagini biladi.
— Mirae, senga shu Luxni nimasi qiziq boʻlib qoldi👀
— Bu qiziqku,sen ham men ham Lux borligini bilamiz lekin uning egasi kim? Bilasanmi Lux shu paytgacha umuman foyda topmagan, faqat zarariga ishlagan ekan 🌝
— Qoʻysangchi, oʻrningda boʻlsam bunday maqolalar yozmasdim, bundan avvalgi korrupsiya bilan bogʻliq maqolang ham rad etilib ish yopilgandi😂
— Ularning qoʻli uzun Ara, lekin harakatdan toʻxtamasligimiz kerak, biz jurnalistlar ularning chirkin ishlarini ommaga olib chiqmasak kim qiladi buni🙁
— Boshingga balo orttirib olma deymanda dugonajon😌
— Lux egasinig ismi Lucifer emish👀
— Ha Lucifer, lekin Koreys emas, qayerlik ekanini hech kim bilmaydi 😂
— Bu uning haqiqiy ismimi yoki tahallusi? Kim farzandiga Iblisning ismini beradi 🤔
— Kim biladi deysan, u bilan hamma ham koʻrisha olmaydi, aytishlaricha u hammani tilagini bajararkan🌝
— Koreys boʻlmasa ham bizning mamlakatimizda yaxshigina nom va eʼtibor qozonibdi,bu aniq qiziq boʻladi 😊
— Luxga boraman va uni topaman 😌
— Ha mayli oʻzing bilasan 😂, — Ara uni hazillashyapti deb oʻyladi va ustidan kulishda davom etardi. Seo Mirae bir necha kunini Lucifer bilan qanday uchrashish haqida oʻylab oʻtkazardi,unga turli savollar jadvalini, kameralarni ham tayyorladi📸
Lucifer bilan koʻrishishga harakat 1-kun:
Mirae Luxga kirarkan ichida qandaydir qoʻrquv uygʻondi lekin dadil qadamlar bilan ichkariga kirdi. LUX odamlar bilan toʻla va barcha oʻzi istagancha koʻngilxushlik qilardi. Mirae bar yonidan boʻsh joy topib oʻtirdi va alkogolsiz kokteyl oldi 🍸
Koʻziga koʻringan bir qancha odamdan u haqida maʼlumot toʻplashga harakat qilardi
— Aytishlaricha u bilan koʻrishish oson emas
— Albatta,men har kuni kelaman lekin hali uni uchratganimcha yoʻq 😂
— U barcha istaklarini bajarishi rostmikan 👀
— Albatta, shaharda bekorga gap soʻz boʻlmaganku 😏
— Lucifer aslida kim? - soʻradi Mirae ham qiziqib.
— Uni kimligini qayerdan bilamiz koʻrmagan boʻlsak, u hamma bilan ham uchrashavermaydi😂
— Janob barmen, siz uni taniysizmi?, Mirae taslim boʻlmasdi
— Hoʻsh u bilan qanday uchrashsam boʻladi 👀
— Bu oson ish emas honimcha, u bilan birga boʻlishni orzu qilasanmi deyman 😂
— Birga boʻlish? Yoʻq yoʻq yoʻq, men buning uchun kelmadim unda boshqa muhim ishim bor 🙁
— Qizlar uning oldiga aynan u bilan tun oʻtkazish uchun kelishadi 😂
Bu gaplar uning nafsoniyatiga tegdi, jahl bilan sumkalarini oldida klubdan chiqib ketdi🛍️
Lucifer bilan koʻrishishga harakat 2-kun:
U yana klubga keldi, bu gal barga yaqinlashmadi, Luxning boshqa burchagida oʻtirib odamlar bilan suhbatlashardi, kechadigan yaxshiroq javoblar olaman deb oʻylagandi ammo hammaning javobi bir xil edi. Uning xafsalasi pir boʻldi va klubdan ketdi🗿
Lucifer bilan koʻrishishga harakat 3-kun:
Oradan bir necha kunlar oʻtib u yana Luxga qaytdi. Bu gal u saxna oʻrtasida pianino chalib oʻtirgan bir erkakni koʻrdi. "U Koreys emas" balki Yevropadan kelgandir" oʻylab qoldi Mirae.
Bir necha daqiqadan soʻng musiqa tugadi va Lucifer bir nechta qizlarni quchoqlagancha yuqoriga chiqib ketayotgan paytda Mirae uning ismini aytib chaqirdi🗣️
Lucifer orqaga oʻgirilib qararkan roʻparasida farishta misoli bir qizni koʻrardi, qoʻlida esa ruchka va kichik blaknot📖
— Qani aytchi haqiqiy hohishing nima😈, — dedi unga Lucifer iblisona makrini ishga solib
— Haqiqiy hohish? Janob men sizdan shunchaki intervyu olish uchun kelgandim 👀
Shu onda Lucifer hayron qoldi, birinchi marta insoniyatga qilgan makri ish bermadi va bu unda kichik qiziqish uygʻotdi...💫