Yesterday

Evil Angel🖤

3-qism 💫

— Uni qayerdan boʻlsa ham topib Jahannamga qaytaring,aks holda oʻzingizni jazolayman. — yana bir hukm oʻqidi Taqdir💫

Ertasi kuni kelishilganidek soat 9 da Mirae Luxga keldi.

— Hush kelibsan qizaloq 😻

— Salom Lucifer

— Balki nonushta qilarmiz,soat endigina 9 boʻldi 🌝

—Qornim toʻq, shunday ekan avval menejer bilan koʻrishsak yaxshi boʻlardi 👀

— Xohishing😌

Yarim soatlik yoʻldan keyin ular SM entertainmentga yetib kelishdi va Sullining menejeri Choi Dae-hyun bilan uchrashishdi.

— Oh Lucifer bu senmisan

— Sullining menejeri sen ekansanda 👀

— Bir biringizni taniysizmi?,— Soʻradi Mirae

— Albatta uni bizga koʻp yordami tekkan 😁

— Ana shu yordam evaziga haqqimni olgani keldim Dae-hyun

— Nimadir kerakmi? 👀

— Uning savollariga yolgʻon aralashtirmay javob ber, — dedi Lucifer Miraeni koʻrsatib

— Albatta, qanday savolingiz bor?

— Sullini jasadini siz topdingizmi? Iltimos batafsil aytib bersangiz

— Ha uning tanasini men topdim va tezda politsiyaga habar berdim, ular buni oʻz joniga qasd qilish deb aytishdi 🙂

— U bilan oxirgi marta qachon gaplashgandingiz?

— Oʻlimidan oldingi kecha u bilan gaplashdim,unda hammasi yaxshi edi. Keyin esa unga bogʻlana olmadim, tushlik paytida esa Sonnamdagi uyiga bordim va uni oʻlik xolda topdim💔

— Aytingchi uyda undan boshqa yana kimdir boʻlishi mumkinmidi?

— Yoʻq Sonnamdagi uyini hamma ham bilmasdi, faqat sanoqli odamlar ☹️

— Siz va yana kimlar?

— Men, eski yigiti Choiza, ota onasi holos

— Choiza? Repper Choizani aytayapsanmi 🙄, — oraga tiqildi Lucifer

— Ha oʻsha kashandani aytdim,uni deb Sulli ham giyohvand moddalar qabul qilishni boshlagandi😶

— Maʼlumotlar uchun tashakkur janob Choi, sizga hamdardlik bildiraman, — deb suhbatni yakunladi Mirae

—Hoʻsh endi nima qilamiz detektiv 😼

— Meni bunday chaqirishni bas qil, detektiv emasman🗿

—Namuncha zerikarli odam boʻlmasang 😒

— Sen ishga diqqatningni qaratmayapsan 👀

— Ishon bor diqqatim ishda 🌝

— Seni nega haligacha oʻzim bilan olib yuribman Xudo biladi 😏

— Ortiqcha narsalar haqida gapirmasanchi,men senga yordam beraman 😌

— Hoʻsh menga qanday yordam bermoqchisan🤔

— Oʻzimga xos koʻnikmalarim bor,odamlarda ishonch uygʻotolaman, yana boshqalar koʻrolmaydigan narsalarni koʻrolaman😼

— Nima bashoratchimisan 😅

— Yoʻq shunchaki kishilar fikrini oʻqiyolaman, bashoratchi emasman, odamlar menga koʻnglini ochishni hush koʻrishadi 🫣

— Haaa, nahotki, balki gunohlariniyam tan olishar 😂

— Yoʻq gunohlarni emas, ularning gunohlarini avf qilish meni vazifamga kirmaydi, insonlarni koʻngli tubidagi istaklarni amalga oshiraman😌

Mirae undan koʻzini uzmay butun vujudi quloq boʻlib eshitib turardi

— Iymon ochiq koʻngilda boʻlsa shunchalik oson, buni aksi boʻlsa shunchalik qiyin lekin zavqli. Gunohlar bu sizlarniki 🌝

— Insonlarga xos demoqchimisan😂

Lucifer boshini qimirlatib tasdiqladi

— Boʻldi seni tushundim, Isming Lucifer Morningstar, istak soʻralsa qobiliyating ishga tushadi 😂

— Bu shunchaki Xudoning tuhfasi😌. Mayli koʻzlarimga yaxshilab qara jurnalist xonim

Mirae uning koʻzlariga tikilib qarab turardi

— Bu hayotda hammadan koʻra, nimani koʻproq hohlaysan😈

— Bu sen aytgan ustunlik tomoningmi🤔

Mirae undan koʻzlarini uzmasdan javob berardi

— Nazarimda bolaligimdagi eng katta orzuyim,ulgʻayganimda otam kabi detektiv boʻlish va odamlarga yordam berish boʻlgan, yana jinoyatchilarga buyruq berganimda menga soʻzsiz boʻysunishlari ham 🤓

— Mabodo oʻzing bashoratchi emasmisan 😂

— Mashinaga oʻtir Lucifer,ketishimiz kerak,Choiza bilan qanday uchrashishni tashkillashtirishimiz kerak 😒

Ikkisi mashinaga oʻtirib Luxga qaytishdi. Ular Luxda boʻlgan paytida Ara Miraega qoʻngʻiroq qilib tezroq qaytishi va bir ishda yordami kerakligini soʻradi. Mirae shu zahoti ketdi...🚶🏻‍♀️

Lucifer Luxda Viski ichib oʻtirardi 🥃
Shu onda huddi vaqt toʻxtab qolgandek boʻldi. Soat chiqqilashi, musiqa, yoʻnib oʻchayayotgan chiroqlar judayam sekinlashdi va Luciferning qarshisida uning akasi, yaxshilik farishtasi Amanidiel paydo boʻldi🤍

— Obbo yana senmi 🗿

— Lucifer meni eshitishing kerak

— Mendan nima hohlaysan 👿

— Lucifer amal qilishimiz kerak boʻlgan muvozanat bor, senga aytilgan buyruqqa boʻysinib uyga qaytishingni maslahat beraman

— Amanidiel, menga tahdid qilyapsanmi? Ehtiyot boʻl urush boshlanishi mumkin😏

— Urush boshlansa hursand boʻlardim 😑

— Baribir Jahannamga qaytmayman 👿

— Oh Lucifer har koʻrishganimizda sendan yanada nafratlanib ketayapman

— Boshqacha boʻlishini kutmayman aka, jon deb qalbingni yutib yuborgan boʻlardim😈

— Yana qaytaman ukajon

— Omad 🗿

Amanidiel qanotlarini yozib Kumush shahar tomon parvoz qildi. Lucifer esa xoʻmraygancha ichishda davom etardi 🥃

Shu paytda Miraedan qoʻngʻiroq keldi 📱

— Lucifer Morningstar eshitadi

— Lucifer tezroq Seoul markazidagi katta univermagga kel

— Jonim bilan 😈

Telefonni qoʻydida, tezlik bilan mashinaga oʻtirib yuqori tezlikda harakatlanib aytilgan manzilga yetib bordi va Miraeni topdi

— Nima boʻldi, nimadir topdingmi 👀

— Qara🫵🏻

Univermag katta zalida Choizaning muhlislar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtayotganini koʻrishdi

— Hoʻsh uyerga kira olamizmi

— Sen istasang bas, yerning istalgan burchagiga kiritaman seni 😈

Lucifer bir onga undan uzoq ketib Choiza bilan uchrashish imkonini topib keldi va Miraeni olib ketdi.

— Mana oʻsha bizga kerakli odam,— ishora qildi Lucifer

— Janob vaqtingizni olganim uchun uzur lekin baʼzi savollarim bor edi

— Tezroq soʻra vaqtim ziq, — dedi gʻalati ohangda Choiza

— Juda qiziq, kecha sobiq sevgilingiz vafot etdi, lekin ertasi kuni siz bu yerda koʻngilxushlik qilib fan meeting uyushtiryapsiz

— Sullining oʻlimidan afsusdaman, oʻz joniga qasd qilishga arzirli sababi yoʻq edi aslida lekin nega bunday qildi hayronman

— Arzirli sababi yoʻq edi deysanmi? Sen sababli u ham giyohvand moddalar qabul qila boshladi ablah 👿, — yoqasidan oldi Lucifer

— Qoʻyib yubor, qoʻlingga koʻp erk berma 😏

— Uni Sonnamdagi uyini bilarkansiz, u bilan oxirgi marta qachon uchrashgandingiz?

— Oxirgi marta bir necha oy oldin, u menga xiyonat qilgandi 🗿

— Xiyonat qilgandi?.

— Ha honim, yaqinda bir brendga ambassador boʻlgandi va oʻshaning direktori bilan ishqiy munosabatda boʻlgan, hatto birga yotgan 😑

—Bu uni oʻldirishing uchun yaxshi sabab isteʼdodsiz repper Choiza👿 — Uning jahli chiqa boshladi

— Hech qachon bunda qilmagan boʻlardim

— Unda menga aytchi haqiqiy hohishing nima, bu hayotda nimani koʻproq hohlaysan😈

— Men Sullini baxtli qilmoqchi edim, u bilan koʻplab musiqa yaratib hammani ortda qoldirmoqchi edim 😶

— Oh demak uni chindan sevgansan

— Albatta ☹️

— Bu ahmoqdan foyda yoʻq detektiv, bu lapashang qotil boʻlishi mumkin emas 😶‍🌫️

Mirae unga oʻz vizitkasini berdida
— Nimadir boʻlsa yoki yodingizga tushsa albatta qoʻngʻiroq qiling, bezovta qilganimiz uchun uzur 🙂

<Choiza>

Ular tezda oʻsha Brendni va uning direktorini topishga muvaffaq boʻlishdi

Kim Min Jun. 360 Sounds brendi egasi, sumka va mebel ishlab chiqarish hamda Itevonda bir nechta restoranlarga ega boʻlgan qoʻli uzun shaxslardan biri. Uylangan va 2 nafar farzandi bor.

Mirae va Lucifer uni Itevondagi restoranlardan birida topishdi va u bilan suhbat qilishga muvaffaq boʻlishdi. Maʼlum boʻlishicha Kim Min Jun Sulli bilan biroz vaqt aloqada boʻlgan va rafiqasi bilib qolmasidan oldin aloqalarni uzgan va unga shunchaki ambassador sifatida qarashni boshlagan. Shu bilan ular orasidagi bogʻliqlik yoʻqolgan, Min Jun Sullining Sonnamdagi uyini ham bilmasdi chunki uning ishlariga aralashmasdi. Ular gaplashib boʻlishganda allaqachon kech tushgandi va mashinada Seoulga qaytishardi 🚗

— Sullining oʻlimida ularning aloqasi yoʻq, bu juda chigal ish, uning oʻlimi kimga kerak boʻlib qoldi ☹️, — Miraeni ishtiyoqi soʻnib bormoqda edi

— Yoki kimgadir foyda keltirarmidi?

— Foyda deysanmi? Bu aniq Min Jun emas uning oʻlimi brendiga zarar berardi 🙁

Shu paytda radiodan yangiliklar aytila boshladi:

Hech kim kutmagan yangilik, Choi Sullining 2 oy avval chiqqan musiqiy albomi reytinglarni portlatmoqda, uning albomi sotuvda ham tinglanishlar sonida ham BigBangni ortda qoldirdi...

Lucifer va Mirae bir biriga qaradi. Mirae tezlikni oshirdi va zudlik bilan Choi Dae-hyunnig uyiga yetib bordi

—Yaramas ablah, Sullini oʻldirishga qanday hadding sigʻdi 👿,— Lucifer uni urib yubordi

— Nimalar deyapsiz ahr bor gapni aytdimku ☹️

— Uning albomlari sotuvi oshgan va bu orqali sizga juda katta daromad kelardi. Bundan avval uning bir qancha gunohlari tufayli siz koʻp zarar koʻrgansiz shu sababli uni oʻldirgansiz 😑

— Ayt ablah uni qanday oʻldirding 👿

— Uning giyohvandligi sabab SM entertainmentga katta zarar yetdi va men uning dorilarini dozasini oshirib berishga qaror qildim, — dedi u oʻzi bilmagan holda

— Gaplari yozib olindi,uni qoʻyib yubor Lucifer,tez orada politsiya yetib keladi

— Uni oʻzim jazolashim kerak, Jahannamda sendeklar uchun qanday qiynoqlar kutib turganini bilganingda edi, afsuski uyerda emasman 👿

Politsiya keldi, Mirae va Lucifer qoʻlga kiritilgan dalilni ularga topshirishdi va Luxga yoʻl olishdi 🔮

— Sen bilan bu yerda nima qilyapman oʻzi 😌

— Tan ol ogʻir kun boʻldi lekin senga koʻp yordamim tegdi 😻

— Ha buning uchun raxmat 😌

— Qani aytchi bu dunyoda haqiqiy hohishing nima 🌝

— Yana boshladingmi 👀

— Yoʻq shunchasi soʻrayapman, Ahr senga sehrim taʼsir qilmaydi,qalqoning borku 😂

— Avval aytganimdek odamlarga yordam berishni hohlayman, dadam detektiv edi, u otishmada halok boʻlganidan keyin oyim uning izidan borishimni hohlamadi, shu sababli jurnalist boʻlishga qaror qildim🌝

— Sen juda qobiliyatlisan 😌

— Tashakkur Lucifer, endi men ketishim kerak juda charchadim🌝

— Mayli yaxshi bor meni esa goʻzal xonimlar kutib qoldi 😂

— Hayrli tun Lucifer 🌝

— Hayrli tun Mirae 🌚

Shu tariqa ular birinchi ishni birgalikda fosh qilishdi lekin bu oxirgisi emasdi...🤍