June 30

Evil Angel🖤

— Qani aytchi haqiqiy hohishing nima😈, — dedi unga Lucifer iblisona makrini ishga solib

— Haqiqiy hohish? Janob men sizdan shunchaki intervyu olish uchun kelgandim 👀

Shu onda Lucifer hayron qoldi, birinchi marta insoniyatga qilgan makri ish bermadi va bu unda kichik qiziqish uygʻotdi...💫

— Gʻalati 👀, - Dedi Lucifer va gapida davom etdi : — Intervyu dedingizmi, mendanmi? Qoʻysangizchi😂

— Albatta bunga vaqtingiz boʻlsa, - Kinoya qildi Seo Mirae yonidagi 2 qizga ishora qilib 🙄

— Azizam, ikkingiz meni xonamga,meni kichik ishim bor, bitiramanda tezda borman😻

Qizlar ketishdi, Lucifer esa qizni chetroqqa taklif qildi va ikkita alkogolsiz ichimlik olib kelishlarini buyurdi🍹

— Mendan nimani soʻramoqchisiz 😁

— Lucifer Morningstar? Bu sizning tahallusingizmi👀

— Xudo tomonidan berilgan ism😈

— Hoʻsh unda qayerliksiz, ahr umuman koreysga oʻxshamaysiz 🤔

— Yerliklardek yoqimtoy emassiz demoqchimisiz 😂

— Yerliklar? Sir boʻlmasa oʻzingiz qaysi sayyoradansiz?😅

— Aytsam ishonmaysiz 😌

— Ishontirishga harakat qiling 🤓

— Kumush shahardan, toʻgʻrirogʻi oʻsha yerda tugʻilganman keyin esa Jahannamda hukmdorlik qildim 😈

— Hahaha metafora bilan gapirish yoqadimi deyman, mayli menimcha Yevropa yoki Amerikadan boʻlsangiz kerak janob Lucifer Morningstar 😅

— Aytdimku ishonmaysiz deb 😂

— Yoshingiz nechada oʻzi? Bilishimcha Lux kamida 50 yildan beri bor 🙄

— Ibtidodan boshlab hisoblasak necha asr boʻladi👀

— Nima 😬

— Hisoblashib yuvorolmaysizmi, matematikada uquvim yoʻq 😂

— Menimcha siz otangizni ishini davom ettiryapsiz,kamida 27-30 yoshlar orasidasiz 🤒

— Bu gapingiz Otamga hush kelmasa kerak,u meni Ibtidodan beri yoqtirmaydi 😂

— Nega aynan Koreyaga keldingiz 🌝

— Jahannamdan qochganimda shu yerga qulab tushdim, sizlarni oʻrganishga 1 yarim yil vaqtim ketdi 🗿

— Balki qanotlarim ham bor dersiz 🥴

— Bor edi lekin qirqib yubordim,uyoqqa qaytmaslik uchun 😎

— Bu borgan sari asabimga tegyapti,savollarimga jiddiy javob bering janob Morningstar 😾

— Men savollarga aniq javob berdim,kichik xonim meni goʻzal qizlar kutyapti, ularni kuttirish yaxshi emas,ishonamanki yana koʻrishamiz😼

— Koʻrishmasak yaxshi boʻlardi 😏

Lucifer unga miyigʻida kulimsirab qaradida ortiga qaramay ketdi 🚶🏻

— Nima u aqldan ozganmi?😏

— Nima boʻldi Mirae 👀

— Nima emish, Jahannam qiroli emish, ibodatidan boshlab hisoblasak necha asr boʻladi deydi😅

— Nima? Oʻzini shunchalik yashirishni yoqtirarkan😂

— Oʻzini sirli qilsa huddi hamma unga qiziqadigandek 🗿

— Qiziqyapsanku 😂

— Aljirama, Xudodan Lucifer Morningstar bilan hech qachon koʻrishmaslikni iltijo qilib qolaman🤒

— Mayli qoʻyaver, oʻz ishimizni qilaylik, yangi habarlar bormi....👀

Kunlar oʻtib hamma oʻz izidan ketdi, ancha vaqt ikkisi bir birini umuman uchratmadi.

LUX🪩
Tun🌃

Luciferning yoniga mashxur boʻlib porlagan lekin ayni damda hayoti izdan chiqqan goʻzal sanʼatkor ayol Sulli keldi.

— Ouu kimlarni koʻryapman 😼

— Salom Lucifer 😻

— Adashmasam siz Sulli boʻlsangiz kerak,yoʻq demasangiz dastxat qoʻyib bersangiz 🤩

Ikkisi Luxning bir burchagidan joy egalladi va bir qadahdan viski ichishdi 🥃

— Lucifer, men senga qalbimni sotdim. Men iblisga qalbimni sotdim 😅

— Unda sendan qalbingni olgan boʻlardim azizam, bor yoʻgʻi qilgan ishim, mendan qarzdorlar bilan seni tanishtirib qoʻydim holos 🌝

— Lekin mashxurlik ortidan juda yomon ishlar ham keldi 🙃

— Oh shundaymi, seni bu ishlarga men majbur qildimmi, giyohvand moddalar,ichkilik va hokazolar, bular meni emas seni tanlovining😅

— Ahr ular albomimga prodyuserlik qildi😕

— Men ular bilan seni yulduz boʻlishing uchun tanishtirgandim,ular bilan yotishing uchun emas 😌

— VMA paytida u menga yopishib oldi, birga boʻlishimizni va men butun umr mashxur boʻlishimga kafolat berdi lekin hozir u boshqa qiz bilan munosabatda, Yo Xudoyim bu juda qiyin boʻlyapti🙁

— Bunga Xudoning aloqasi yoʻq,ishon menga, senga iltimosim bor

— Qanday iltimos 👀

— Bu seni qoʻlingdan keladi, yagona iltimosim oʻzingni qoʻlga ol🌝

U Sulli bilan uzoq suhbatlashdi va uni mashinasigacha kuzatib qoʻydi 🫶🏻

— Ahr oddiy insonsan azizam, bor iqtidoringni shamolga sovurma🤓

— Albatta aytganingni qilaman Lucifer🌝

Ular shunday hayrlashdi, Sulli uyiga Lucifer Luxga qaytdi 🪩

Ertasi kuni esa Sulli oʻz uyidan oʻlik holda topildi.
Bu Koreyada eng shov-shuvli oʻlimlardan biri boʻldi💔

< Sulli Choi >

Uning oʻlimi hammani larzaga keltirdi. Turli muhlislar turlicha talqin qilardi. Baʼzilar u giyohvand moddalar taʼsirida oʻzini oʻldirdi desa baʼzilari bu qotillik derdi. Tezda Sullining turli erkaklar bilan rasmlari tarqala boshladi va bular orasida kechagina Lucifer bilan koʻrishganidagi suratlari ham bor edi...

Sullining oʻlimi habari yashin tezligida uning qulogʻiga yetib bordi va zum oʻtmay u qizning uyida paydo boʻldi. Uy atrofi toʻla muhlislar, ichkarida esa politsiya va jurnalistlar toʻlib ketgan edi. Sullining jasadi haligacha uyning oʻrtasida yotardi.

— Sulli, kechagina sen bilan oʻzingni qoʻlga olishing haqida gaplashgandikku 🙁

— Siz uni taniysizmi janob? — soʻradi politsiya xodimlaridan biri

— Albatta, u bilan kecha uchrashgandik

— Iltimos biz bilan borsangiz, sizning koʻrsatmangiz bizga zarur

Inspektor uni bir chetga oldi. Ichkarida yana bir tanish inson ham bor edi. Seo Mirae 🕊️

Mirae uyni sinchiklab oʻrganib chiqar va har bir detalni suratga olardi va koʻzi birdan koʻrsatma berayotgan Luciferga tushdi

— Jin ursin u bu yerda nima qilyapti 👀

— Bu kim? — Soʻradi u birlan birga kelgan Ara🐞

— Lucifer Morningstar 😏

— Ouu u juda kelishgan ekan,huddi magnitga oʻxshaydiya, oʻziga tortib olayotgandek 😻

— Aqldan ozdingmi, ishga qaytamiz 🙄

— Jurnalist qiz 👀

— Voy Xudoyim bu yerda kimni koʻryapman

— Nega har gapni ikkisida odamlar otamni yod etaveradi😶. Bu yerda nima qilyapsiz

— Men jurnalistman, bu meni ishim

— nahotki,sizni detektivlardan biri deb oʻylabman, hamma narsani shunchalik jiddiylik bilan tekshiryapsizki hamma ham shunday deb oʻylagan boʻlardi 😅

— Hahaha albatta🙄

— Juda tez ishlarkansiz 😼

— Siz politsiyaga qanday koʻrsatma berdingiz? Uni taniysizmi 👀

— Albatta, uni mashxur boʻlishiga oʻzim yordam berganman afsuski 🙃

— Qanday qilib?

— Tilagini bajarganim uchun mendan qarzdor boʻlib qolganlar bilan uni tanishtirib qoʻygandim 🗿

— Demak juda yaqin ekansizda? U sevgilingiz boʻlganmi?

— Yoʻq qoʻysangizchi u bilan hatto birga yotmaganman😂

— Menimcha bu qotillik

— Shunday deb oʻylaysizmi,juda qiziq👀

— Yoki chindan ham oʻz joniga qasd qilishmikan,lekin ich ichimdan bu qotillik degan his oʻtyapti

— U bilan kecha uchrashgandik va unga oʻzini ehtiyot qilishi va qoʻlga olishini, isteʼdodini shamolga sovurmasligini uqtirgandim va u bilan hammasi yaxshi edi, ketayotganda ham kulib turardi ☹️

— Demak bu aniq qotillik 👀

Politsiya uning uyini bir necha kunga yopishga qaror qildi,uydan hamma chiqib ketishga majbur boʻldi, tashqaridagi muhlislar esa haydab yuborildi

Mirae ijtimoiy tarmoqlardan koʻplab maʼlumotlar, rasmlarni yigʻdi va ularni bir doskaga yopishtirib ular orasidagi bogʻliqlikni qidira boshladi.

Bir necha kundan keyin Mirae yana Luciferning oldiga Luxga borishga majbur boʻldi.

— Janob Lucifer 👀

— Jurnalist xonim 😈

— Menga yordamingiz kerak

— Kel Mirae rasmiyatchilikni yigʻishtiraylik meni Lucifer deyishing mumkin 😌

— Juda hursand boʻldim Lucifer, bu yerga qara u bir nechta erkaklar bilan aloqada boʻlgan ekan

— Mmm buni bilaman, seningcha ulardan biri qotilmi 👀

— Boʻlishi mumkin, balki u boshqa bir erkak bilan boʻlgani uchun rashk tufayli oʻldirgandir

— Odamlar bazida sevgi tufayli sevgilisini oʻldiradi 😈

— Nima qiladi 🙄

— Har holda menga shunday deyishgandi 😂

— Jiddiy boʻlsang yaxshiroq boʻlardi

— Shoshma sen detektiv boʻlsang yaxshiroq boʻlardi, nega u seni bunday qobiliyat bilan oddiy jurnalist qilib yaratdi😂

— Nima senga politsiyachi roʻli yoqadimi?

— Yoʻq koʻproq detektiv rolini hushlayman 😌

Ular Sullining oʻlimi haqida juda koʻp suhbat qurishdi va ertadan ishga kirishishga qaror qilishdi.

— Mensiz hech qayerga jilma Lucifer

— Albatta ahr sheriklarmizku 😎

— Bekorlani aytibsan,sen bilan hech qachon sherik boʻlmayman, agar yordaming kerak boʻlmaganida yoningga kelmasdim🙄

— Tan ol senga qiziqman azizam 😍

Mirae jimgina narsalarini yigʻishtirib, Luxdan chiqib ketar ekan

— Ertaga soat 9 da shu yerda boʻlaman, - dedida chiqib ketdi

— Hukmdorim, koʻryapmanki bu yerda juda baxtlisiz 😼

— Albatta, menimcha endi zerikarli boʻlmaydi bu kichik detektiv jurnalist xonim bilan 😈

Bu paytga kelib Luciferning qorongʻu jahannamdan qochgani Taqdirning qulogʻiga yetib bordi.

Jahannamda tartibsizliklar avj olishni boshladi. Oʻlgan gunohkorlar jazolanmay qoldi. Qul jinlar esa oʻzboshimchalik qilishni boshladi.

— Ota endi nima qilamiz, - Soʻradi odil farishta Amanidiel

— Ota Luciferga ishonib boʻlmaydi degandim,uni qamab qoʻyish kerak edi,shunda hech qayerga qocholmasdi😏, — Gap qoʻshdi ustamonlik bilan Luciferning egizagi Mixail

— Uni qayerdan boʻlsa ham topib Jahannamga qaytaring,aks holda oʻzingizni jazolayman. — yana bir hukm oʻqidi Taqdir💫

Muallifdan:
* Taqdir - Xudo 💫
* Kumush shahar - Jannat 🌱
* Amanidiel - yaxshilik farishtasi 🤍
* Lucifer - Yovuzlik farishtasi 🖤
* Mixail - Ayyor farishta 🩶