Forced to forever♾️
6-qism | Sezilmagan oʻzgarish🫀
Matbuot anjumani boshlandi va shu zahoti savollar yogʻildi ❓
— Kim xonim eringiz bilan qayerda tanishgansiz, bilamizki sizlar bir necha yillardan beri raqobatdoshsizlar?👀
— Namjoon bilan katta Tenderda tanishib qolganmiz, oʻsha paytda Aurelius gʻolib boʻlgandi men esa 3 oʻrinda qolib ketgandim 😅
— Sizga uning aynan qaysi jihati koʻproq yoqadi❓
— Kang Namjoon juda aqlli, kuchli mehnatkash, yana nima deyishim mumkin albatta kelishgan ham😁
Namjoon Jisooga oʻzgacha bir nigoh bilan qarab turganida Jisooning koʻzlari bilan toʻqnash keldi 🫠
— Janob Kang aytingchi rafiqangiz bilan umumiy oʻxshash jihatlaringiz bormi 🤔
— Albatta,bular juda koʻp, bir xil mevalar,bir xil taom yoqadi😌
Ha yana aytgancha yotoqni bir tomonida yotish yoqadi, u ham men ham oʻng tarafni talashgan paytimiz boʻlgan 😹
Bu umuman yolgʻon edi lekin Jisoo ham kulib yubordi🫣
Bundan tashqari koʻplab savollar berildi, bunday narsalarga ikkisi kelishgan holda javob berishdi. Va nihoyat oʻsha savol berildi...
— Janob Kim Park honim bu nikoh sevgi asosida qurilmagan degandi, aytingchi rafiqangizni sevasizmi🤔
Hamma jim qoldi, Namjoon Jisooga,Jisoo esa Namjoonga qarab turardi, yuragida sevgi yoʻq lekin ikkisining ham yuraklari qattiq ura boshladi, ammo bu sevgidan emas savolga qanday javob berishni oʻylashdan kelib chiqdi🫀
Namjoon koʻzlarini rafiqasining koʻzlaridan uzdida qoʻllarini tutib tepaga koʻtardi🫴🏻
— Shu sizga javob boʻla oladimi 😁
Jisooning koʻzlari dam Namjoonga dam tutib turgan qoʻllariga qarardi 🫠
Namjoon gapida davom etdi:
— Uning qoʻllaridan tutib turibman,kecha ham bugun ham shunday, bu ertaga ham to oʻlgunimizcha davom etadi, har xil mish-mishlarga quloq solmang 😅
Namjoon yolgʻon gapirmadi,lekin rostini ham aytmadi. Ammo bir haqiqat shunda ediki bu qoʻllar aslo ikkinchi qoʻlni yolgʻiz qoldirmasdi😇
Jisooning nigohlari yumshab Namjooning qoʻlidan qattiqroq tutdi. Shunday qilib matbuot anjumani ham oʻz nihoyasiga yetdi, hamma hursand edi, ikkisini eng namunali va chiroyli juftliklar qatoriga kiritishdi❤️
Mana endi hamma narsa oʻz joyiga qaytgandi. Ikki ota doʻstligi, kompaniyalar obroʻsi, ayniqsa Aurelius avvalgi holatiga juda tez qaytdi, bunda eng katta yordamni Park Chaeryong berdi desak adashmagan boʻlamiz. Chunki oʻshanda Chaeryong ahmoqona intervyu bermaganda bu voqealar sodir boʻlmasdi, Namjoon va Jisoo ham oʻzlari sezmagan holda bir biriga yaqin boʻlib ishonch bildirishmagan boʻlardi...💘
Bunday sarguzashtlar bilan oradan deyarli 1 yil ham oʻtib ketdi, endi hammasi avvalgidan yumshoqroq edi ammo sevgi uchquni sezilmaydigan darajada porlardi, bu alanga olishi uchun esa yana bir voqea sodir boʻldi ✨
Erta tongda onasi yuqori qavatga koʻtarildi va ne koʻz bilan koʻrsinki Namjoon oʻz xonasidan emas boshqa xonadan chiqib kelgandi, birozdan keyin esa Jisoo xonasidan chiqdi va yumshoqlik bilan " Hayrli tong Namjoon, Hayrli tong Kang xonim" dediyu -1 qavatdagi zalga yoʻl oldi. Kang xonim esa oʻgʻlini xonaga olib kirdiyu soʻroq qilishni boshladi🌟
— Nima boʻldi janjallashib qoldingizmi 🤔
Namjoon alanglab qoldi,bunga javob yoʻq chunki onasi avvalgi gaplardan bexabar edi
— Nega bu xonada tunayapsan oʻgʻlim 👀
— Mmm, oyijon bilasizmi biz... Biz tortishib qoldik, keyin esa arzanda keliningiz meni xonadan xaydab chiqardi 🫣
Uning miyasiga bundan boshqa hech narsa kelmadi😅
— Oʻzingdan ayb oʻtgandir oʻgʻlim, nimadir qildingmi 👀
— Yoʻgʻe oyijon nimayam qilaman😌, - va pichirlab qoʻshib qoʻydi " Unga hatto barmogʻimni uchini ham tekkazmadimku 😏"
— Voy oʻgʻlimeey bunday yurish yarashmaydi,kap-katta odam boʻlsangiz, kelin bilan yarashib ol🤗
— Hoʻp boʻladi,jonim bilan yagonam,bugun yarashaman,oʻzingiz yordam bering😼
Kang xonim Jisooga bir soʻz demadi. Ikkisi ham ishga ketdi, kuni boʻyi ishda boʻlishdi 🕘
Jisooning telefoniga SMS keldi ✉️
— Balki bugun birga tushlik qilarmiz-a?
Bu habar hamkor erkak tomonidan yozilgan edi, Jisoo esa biroz oʻylanib keyin manzil va vaqtni yozib yubordi.
Tushlik vaqti, ular Namjooning kompaniyasiga yaqinroq joylashgan bir restoranga kelishdi. Birozdan keyin esa buyurtmalari va qizil shampan vinosi keldi🍷
Jisoo shampanga qarab gʻalati jilmaydi, huddi hech nimani tushunmayotgandek.
— Ichasizmi xonim 😍
— kechirasiz, hozir bunga hushim yoʻqroq😁
— Atiga 1 qadah, men uchun iltimos,ahr hamkorlar boʻlsak😉
— Faqat kamro iltimos, men ruldaman 👀
Erkak biroz vino quyib Jisooga uzatdi va ichishdi🙇🏻♀️
Erkak qadahini stolga qo‘yib, Jisooga boshdan oyoq qarab chiqdi.
— Rostini aytsam, sizni televizorda ko‘rganimda bunchalik go‘zal deb o‘ylamagandim.
Jisooning yuzi o‘zgarmadi.
— Biz bu yerga biznes haqida gaplashish uchun kelganmiz deb o‘ylagandim.
— Biznes haqida ham gaplashamiz, shoshilmang.
U kulib qo‘ydi.
— Lekin janob Kang sizni ishga yuborib juda katta tavakkal qilibdi.
— Nima demoqchisiz?
— Shunday ayolni yolg‘iz qo‘yib bo‘ladimi?
Jisoo qadahini sekin stolga qo‘ydi.
— Bu mavzu sizga tegishli emas janob
— Balki,- Erkak yelka qisdi🤷🏼♂️
— Lekin sizga qarab turib, Namjoonning o‘rnida bo‘lishni istaydigan erkaklar ko‘pligiga ishonchim komil🥰
Jisooning sabri tugay boshladi.
— Janob, chegaradan oshyapsiz.
— Men faqat haqiqatni aytyapman.😅
U yana yaqinroq egildi.
— Aytgancha, internetdagi gaplar rostmi?
— Nikohingiz faqat biznes uchun emasmidi?
Jisoo unga sovuq qaradi.
— Bu savolga javob berish niyatim yo‘q, agar bilishni hohlasangiz bu haqida ancha oylar avval anjuman oʻtkazganmiz 🗿
— Demak, odamlar bekorga gapirmayotgan ekan.
Erkak miyig‘ida kuldi.
— Chunki bir-birini sevgan er-xotinlar odatda boshqacha ko‘rinadi.
— Hoʻsh sizningcha qanday koʻrinadi,doim birga yoki bir birini taqib qilib yurgan boʻlishi kerakmi 🙄
Bu orada Namjoon oʻz hamkasblari bilan restoranda paydo boʻldi va Jisoo qandaydir erkak bilan oʻtirganini,yonida esa qizil vino borligini koʻrdi, bundan oʻzi bilmagan holda jahli chiqib rashk qilishni boshladi🙉
Jisoo Namjoonni koʻrdi va oʻrnidan turdi, Namjoon jahl bilan qadam bosib uning yoniga borar ekan, Jisoo:
— Namjoon bu mehmonxona tarmogʻidagi kichik hamkorim,- dedi huddi Namjoonni tinchlantirmoqchi boʻlib.
— Azizam, sen ham shu yerdamiding, aytganingda oʻzim kutib olardim farishtam,- dedida Jisooni bagʻriga olib ikki yuzidan oʻpib qoʻydi 🫂
Jisoo biroz shokda qoldi chunki avval bunday narsa sodir boʻlmagandi, lekin buni koʻrsatmadi va uni hamkori bilan tanishtirdi 🤝
— Omadingiz bor ekan Janob Kang, shunday ayol sizga nasib qildi 😅
— Ha koʻrib turganingizdek juda omadliman, aslida omadga unchalik ham ishonmaymanu lekin omadim kelmagan taqdirda ham Jisooni oʻzimniki qilib olardim 😈
— Juda qatʼiyatlisiz,taqsinga sazovor😹
Tushlikdan keyin ular oʻrnidan turishdi, Namjoon esa :
—Azizam istasang seni olib borib qoʻyaman 😍
— Qoʻyaver oʻzim yetib olaman,oʻz mashinamda kelganman ☺️
Hamkor allaqachon ketdi, Namjoon esa rafiqasini mashinaga kuzatib qoʻyarkan:
— Bu nimasi, bu bilan nima qilib yuribsan🗿
— Kechirasan? Oʻzingni qilgan ishingni qanday baholaysan 🙄
— bu hamkorlik nikohi, jiddiy qabul qilib yuborma degandim senga😶🌫️
— Jisoo qani boraqol, ishing kutyapti, buni uyda gaplashamiz 🫥
Jisoo mashinada ketar ekan oʻziga oʻzi gapirib oʻtirardi:
— Voy yaramasee, menga qoʻl tekkizib oʻpishga qanday haddi sigʻdi, ahmoq, seni oʻldiraman Namjoon😐.
U bir vaqtning oʻzida ham jahlni, hijolatni va uyalishni his qildi,ikki yuzi huddi atirguldek qizarib olovdek yonib ketgandi❤️🔥
Namjoon ham bunday hissiyotlardan uzoq emasdi, u ham baʼzi narsalar haqida hayol surib qolgandi:
" Ashshshsha bu nimasi,oʻzim ham bilmay qoldim, endi tamomman, uyda zahar xonimdan bir dunyo gap eshitadigan boʻldim 🗿
Hoʻsh nima qibti, kim unga begona erkak bilan vino ichib tushlik qil dedi,yana hammani oldida, hech qaysi er bunga jim qarab turmaydi 🤧"
Kechga borib Jisoo ishdan keldi, keyin esa Namjoon. Jisooning xonasidan baland ovozlar eshitildi
— Bugungi ahmoqona ishlaringni juda oshirib yubording🗿
— Men oshirib yubordimmi, oʻsha ablah odam bilan vino ichib ovqatlanib oʻtirishingni qanday izohlaysan😏
— U meni hamkorim ahmoq,necha marta aytishim kerak
— Nima farqi bor, begona erkak bilan ham ichadimi,yana eri bor ayol 😵💫
— Sen meni... - dediyu gapida toʻxtab qoldi, chunki Namjooning onasi kelayotganini eshitishdi
— Yana janjallashyapsizlarmi
— Yoʻq oyijon janjal yoʻq
— sizni oʻgʻlingiz hamkorim oldida ahmoqona harakatlar qildi 🗿
— U bilan boshqa uchrashmaysan😑
— ishimga aralashma 🗿
— Hoy Ikkingiz, boʻldi qiling, bu nimasi, ovozingizni pastlatib gapiring, qani Ikkingiz ham oʻtiringchi 👀
Ular oʻtirib biroz tinchlanib olishgandan keyin onasi yana gap boshladi...
— Jisoo qizim, Namjoonni xonadan chiqarib yuboribsan,hafa qildimi 😌
— Men haydabmanmi? Sen yaramas bor aybni menga agʻdardingmi hali 😾
— Ha nima yolgʻonmi oʻzing haydadingku👀
— boʻldi janjallashmang, bunaqasi ketmaydi,bundan keyin Ikkingiz ham bir xonada qolasiz ☺️
— Hech qachon, - dedi Jisoo
— Ana koʻrdingizmi oyi,uni oʻzi meni xonaga kiritmayapti😌, - gap bilan aralashdi
— Bunday qilmang, qani oʻgʻlim tez kechirim soʻrachi☺️
— Menmi? Jisoodanmi? Qoʻysangizchi 👀
— Kechiriming shart emas, olib ovqatingga solda yeb yubor 🗿
— oyi koʻrdingizmi qaysarligini, lekin havotr olmang, Kechirim soʻrasam ham soʻramasam ham yarashib ketamiz😌
Kang xonimning jahli chiqdi va buyurdi
— Men sizga Ikkingiz ham shu xonada yotasiz dedim,gap tamom, agar aytganimni qilmasangiz oʻzingizdan koʻring 🗿
Ikkisi ham rozi boʻldi va bu tundan boshlab bir xonada yotishdi, Jisoo yotoqda Namjoon esa divanda tunashdi...😴