June 6

Forced to forever♾️

5-qism | Bir tom ostida 🏤

Chaeryong kelin va kuyovga yeb qoʻygudek boʻlib qarab turarkan uning yoniga Lee Sara kelib gap boshladi🌬️

— Judayam chiroyli qizsanu lekin farosating ishlamaydi bilasanmi 💅🏻
— Nima?🙄
— Jisooga nafratning bunchalik ochiq koʻrsatishingni aytyapman 😅
— Ya'ni?🗿
— Qaysi ahmoq toʻyga oq koʻylakda keladi? Toʻyda faqat kelin oq libosda boʻlishi kerak,bilmasmiding😅
— Men istagan rangimni kiyaman,burningni tiqma Sara 😏
— Tomoshangni oxiri nima bilan tugashiga juda qiziqyapman🤧, - Sara undan uzoqlashib oʻz dugonalari yoniga bordi 🎀

Shunday qilib toʻy 2-3 soatda oʻz nihoyasiga yetdi Kelin kuyov va ularning oilasi oʻz uylariga qaytishdi🌙

Namjooning onasi Kang Hae-sook ularni oʻz xonasiga kuzatib yubordi ✨

—Bugun bir xonada qolishga majburmiz Jisoo 👀
— Nega 🙄
— Hozir uyda mehmonlar bor,boshqa xonaga chiqib ketolmayman axr 🤷🏻
— Jin ursin🗿
— Men oʻng tomonda yotaman😅
— Sen yotaver men divanda uhlayman
— Hohishing 👀,- Namjoon oʻzini yotoqqa otdi
— Balki chiqib turarsan kiyimni alishtirib olishim kerak

Namjoon xonadan chiqib eshik oldida biroz turgandan soʻng Jisoo chaqirganini eshitdi va xonaga kirdi

— Koʻylagimni zamogini yechib yuborasanmi,qoʻlim yetmayapti 👀
— Jonim bilan😅

Namjoon koʻylakni sekin yechar ekan qoʻllari Jisooning tanasiga tekkanini his qildi🙇🏻

— Sen nima qilyapsan 🙄
— Nima qildim, soʻragan ishingni bajardim 🤧
— Xonadan chiq Namjoon 🗿
— Kiyinishingni tomosha qilish niyatim yoʻ, zahar xonim 😏

Ikkisi ham kiyimlarini alishtirib, joylariga yotishdi, Jisoo yotoq oʻrtasini yostiq bilan toʻsib qoʻyganda Namjoonga
— Shu chiziqdan oʻtsang oʻldim deyaver👀
— Lekin sen hohlasang oʻtishing mumkin 😂
— Uhla ahmoq😒

Ertasi kuni tongda Jisoo juda erta uygʻondi, pastga tushib xizmatkorlardan sport zali qayerda ekanini soʻradi va bir soatcha uyerda boʻldi🧘🏻‍♀️

Yuqoriga chiqqanida esa Namjoonning onasi xizmatchilar bilan birga ovqat tayyorlayotganini koʻrdi lekin bormadi,xonaga chiqib Namjoon uhlayotgan paytida kiyimlarini almashtirib ishga ketdi🤵🏻‍♀️

Toʻyining estasigayoq ishga chiqqanidan hamma hayratda edi, yigʻilish oʻtkazildi Aureliusga ajratiladigan mablagʻ hisoblab chiqildi va yuborildi💵

Jisooning bir kuni mana shunday ishlar bilan oʻtdi, Namjoon ham kuni boʻyi ishda boʻlib investorlar bilan kichik seminar oʻtkazdi va Seraphinadan kelgan pullarni qabul qilib kerakli tarmoqlarga yubordi 📝

Tez orada ikkisining toʻy suratlari butun internet boʻylab tarqalishni boshladi, odamlar ularni bir biriga mos juftlik deb bilardi💘

Bir kuni toʻy surʼatlari yetkazib berildi va Namjoon,onasi va Jisoo toʻydagi albomlarni tomosha qilib oʻtirishganida Kang Hae-sook gap boshlab qoldi:

— Oʻgʻlim toʻydan keyin Ikkingiz ham yana ishga shoʻngʻib ketdingiz, ahr hali yangi kelin kuyovsiz ☺️
— Oyijonim kompaniya ishlarini joyiga tushirib olishim kerak bilasizku 🌝
— Bilaman oʻgʻlim lekin hozirgi zamonda kelin kuyov Asal oyi oʻtkazib dunyo kezishyapti😌
— Asal oyi?😅
— Kang xonim hozir bundan muhimroq ishlarimiz bor🙂
— Kelinim ham oʻgʻlimning oʻzginasi,Ikkingiz ham faqat ish deysiza 😁
— Kang xonim deganing nimasi, oyi deyaver 🙄
Bu gapni eshitgan Jisoo jahl bilan Namjoonga qaradi va yigit jim boʻlib qoldi 🤐

Endi ular allaqachon alohida-alohida xonalarda yashashni boshlashgan edi. Namjoonning xonasi Jisooning xonasining roʻparasida edi. Har tongda bir biriga koʻzi tushib salomlashar, baʼzan esa Jisoo uni koʻrmaslik uchun ertaroq ishga ketardi 🚶🏻‍♀️

Toʻydan bir necha hafta allaqachon oʻtib ketgandi va juda muhim voqealar sodir boʻldi.

Park Chaeryong Empire mexmonxonasi ochilishidan chiqayotganida atrofini " Sariq matbuot" oʻrab olib unga turli savollar bera boshlaydi :

— Aytingchi xonim Kang Namjoon va Kim Jisooning nikoxiga munosabatingiz qanday
— Ikkingiz turmush qurasilar deb oʻylagandik
— Nega ajralishdingiz....

Bu kabi savollardan uning jahli chiqa boshladi va toʻxtadi, koʻz oynagini yechib dedi

— Bu savollarni menga emas ularga berishingiz kerak
— Chaeryong xonim bu nikohga munosabat bildirsangiz
— Oʻzingiz bilasiz har doim ham nikoh sevgi asosida qurilmaydi, oʻylashimcha ular bir birini sevmaydi 😅
— Nega bunday deb oʻylaysiz? Sizningcha ular kompaniyalarini asrab qolish uchun turmush qurganmi?
— Bunisini bilmayman, lekin bu nikohga ishonmayman 💅🏻

Bunday qora xabar internet tarmogʻida yashin tezligida tarqalib ketdi va tez orada Namjoon va Jisooning qulogʻiga yetib bordi. Jisoo mashinaga oʻtirdida yuqori tezlikda xaydab Aureliusga yetib bordi 🏢

— Namjoon qayerda?
— Xonim ular yigʻilish oʻtkazyotgandi
— Qayerda dedim sizga😡
— 27 qavat 259 xonada 👀

Kompaniya tezda mish-mishlar tarqaldi

Jisoo tepaga chiqib xona yonida kotibani koʻrdi
— Xonim uyerga kirolmaysiz
— Yoʻlimdan qoch
— Lekin xonim....

Jisoo xonaga otilib kirdi, yigʻilish toʻxtatildi, Namjoon ishchilarga chiqib turishi kerakligini iltimos qildi 👐🏻

— Nima boʻldi Jisoo, nega bostirib koʻryapsan🤐

Jisoo jahl bilan qoʻlidagi planshetni Namjoonga uloqtirdi, Namjoon avvaliga nima boʻlayotganini tushunmay unga qaradi

— Chaeryong?
— Ha Chaeryong, eski sevgilingdan yangi tomosha Kim Namjoon 😅
— Laʼnat, jin ursin, telbami bu qiz 🗿
— Seni deb shunday habarlar tagida qoldik yaramas 😑
— Jisoo, oʻtir iltimos tinchlan, oʻzim hal qilaman buni 🫤
— Tinchlan? Men tinchlanishim kerakmi, bu mening obroʻyimga toʻgʻri kelmaydi 😤
— U bilan seni yoningda hoziroq gaplashaman 👀

Namjoon qizga qoʻngʻiroq qildi 📱

— Eshitaman
— Chaeryong bu nima qilganing, aqldan ozib qoldingmi😑
— men nima qildim azizim?
— Nima qilganingni oʻzining ham bilmaysanmi, bu xabarlar,bu intervyular nimasi boʻldi 🗿
— Haaaa bularni aytdingmi, ha nima yolgʻonmi, har holda uni sevib qolganing uchun uylanmagan boʻlsang kerak 😂
— Xoziroq bu xatoyingni toʻgʻrlaysan Chaeryong, aks holda seni burdalab tashlayman 🤬
— Bu meni deb emas seni deb boʻldi Namjoon, bularni barchasi seni aybing, meni tashlab oʻsha laʼnati qizga uylanganing sening aybing boʻldi😮‍💨
Chaeryong telefonni qoʻydi, Namjon hatto javob qaytarishga ham ulgurmagandi.

— Men hozir bu qizni boʻgʻizlab tashlayman Namjoon 😡, - Jisoo xonadan chiqib ketayotganda Namjoon uning qoʻlidan tutib stulga oʻtkazdi

— Bu ishni jahl bilan xal qilib boʻlmaydi, oʻzingni qoʻlga ol Jisoo iltimos
— Bu ishni qanday hal qilmoqchisiz janob Kang Namjoon bilsam boʻladimi 😑
— Hozircha biror fikrim yoʻq🤷🏻

Shu onda Namjooning ish boshqaruvchisi kirib qoldi

— Janob prezidenti, Jurnalistlar tashqarida izoh kutishyapti 👀
— Ularni bu yerdan yoʻqoting,- deb buyruq berdi Jisoo
— Lekin xonim...

Namjoon Jisooni qoʻlidan turdi-da pastga, jurnalistlar yoniga tushdi.
Hamma hayratda edi, tarqalgan habarlarga qaramay ular birga qoʻl ushlashib jurnalistlar yonida paydo boʻlishdi,hamma ularni surʼatga olardi 📷

— Janob Kim, Park honimning aytgan gaplari rostmi?
— Biznez uchun oila qurdingizmi?
— Nahotki bir biringizni sevmasangiz

Namjoon ularni tinchlantirdi va gap boshladi

— Xonimlar va janoblar iltimos tinchlanib oling, barcha savollaringizga javob olasiz.

— Oʻz munosabatingizni bildirsangiz Jisoo xonim.

— Nimaga javob berish kerak boʻlsa man men javob beraman, - Dedi Namjoon va gapida davom etdi

— 2 kundan soʻng katta matbuot anjumani boʻlib oʻtadi,oʻsha paytda istalgan savolingizga javob olishingiz mumkin🙌🏻

Jurnalistlar tinchib tarqala boshladi va hamma oʻsha matbuot anjumaniga tayyorlanishi kerak edi ✍🏻

Shu kundan eʼtiboran ikki ham katta anjumanga tayyorlanishni boshladi. Namjoon va Jisoo uchun PR mutaxasislari kichik nutq tayyorlashdi va ularga taqdim qilishdi.
Ertasi kundan boshlab Namjoon va Jisoo bir birini oʻrganishni boshladi:
Qanday odatlari bor
Nimalarni yoqtiradi
Nimalar yoqmaydi
Boʻsh vaqtlarida nimalar bilan mashgʻul boʻlishadi
Ishdagi kelishmovchiliklarni qanday hal qilishdi
Hatto kichik detalgacha eʼtibor berib bir birini oʻrganishdi 🌝

— Namjoon, senga nimalar yoqadi?
— Velosipedda sayr qilish, sengachi 👀
— Muzey aylanish 😌
— Vau sanʼat shaydosiman degin 😂
— Bilasanmi men Luvr, Britaniya muzeyi, Ermitaj va Madam Tyusso muzeylariga bir necha marta borganman 😌
— Luvrga men ham borganman 3 yil avval 👀
— Mayli gapni choʻzmaylik yoqtirgan, Taom, mevalaringni ayt 👀
— Ummm, balki Bulgogi,Samgyopsal, mevalardan esa Qulupnay va Kiwi yoqadi🥝
— Qulupnayni yoqtirasanmi, mening sevimli mevamku 😅
— ovqatlardanchi 👀
— Qoʻzichoq goʻshtidan steyk, Pasta, Chajamyon va Samgyopsal 🌝

Shu yoʻsinda ular bir birini oʻrganib ham olishdi, hatto tuni bilan gaplashib chiqishardi 🫠

Matbuot anjumani kuni keldi.
Hamma yigʻildi, 15 dan ortiq kanal va saytlar jurnalistlari va bloggerlar toʻplanib oʻz anjomlarini ularning stuliga joylashtirishdi 🎤

1 soatlardan keyin Namjoon mashinadan tushdi va mashinaning eshigini ochib Jisooning qoʻlidan tutdi. Ular bilan birga kompaniya xodimlari va ikkisining ota onalari kelishdi. Namjoon rafiqasining qoʻlidan tutgancha kirib keldi va birga oʻtirishdi❤️

Odamlar hayratda edi, shu onning oʻzidan boshlab koʻplab bloggerlar Park Chaeryongni nohaq deb oʻylay boshlashdi, ular juda ajoyib koʻrinardi, bir birining liboslariga mos ravishda kiyinishgan, huddi haqiqiy baxtli oiladek koʻrinishardi...❤️