June 13

Forced to forever♾️

8-qism | Abadiy tanlov💍💘

Namjoon suddan qaytdi.
Xonaga kirdi.
Birozdan keyin Jisoo ham xonaga keldi va narsalarini yigʻishtirishni boshladi🧳

— Jisoo nahotki menga ishonmasang
— Nega senga ishonishim kerak?
— Seni hech qachon aldamaganman,nega tushunmaysan
—Tushunmayman,tushunishniyam hohlamayman
— Hech qayerga ketmaysan,- Namjoon chamadonga solingan kiyimlarni olib joyiga qaytarishni boshladi, Jisoo esa ularni olib yana chamadonga soldi
— Meni tinch qoʻy Namjoon
— Bir marta ishon
— Men ishongandim, senga ishongandim,ishonib qoʻlingni tutdim oxir oqibatda ishonchim parcha parcha boʻldi
— Yo Xudoyim, meni aybim yoʻq axir

Jisoo eshitib oʻtirmadi,oʻzi uchun kerakli narsalarni oldida chamadonni mashinaga qoʻydi.

— Kang xonim, Janob Kang hammasi uchun rahmat, omon boʻling

Ular indamasdi, Kang xonim esa tinmay koʻz yosh toʻkardi.
Jisoo ketdi.
Uy koʻz yoshlarga gʻarq boʻlib ketgandek edi.
Namjoon oʻz xonasida qimr etmay devorga suyangancha oʻtirardi.

Kech tushdi, Namjoon haligacha oʻsha yerda oʻtirardi. Birozdan soʻng onasi yoniga chiqdi.

— Hali ham shu yerda oʻtiribsanmi oʻgʻlim
— Oyi u endi qaytib kelmaydi, men uni sindirdim 💔
Onasi nima deyishga ham hayron edi chunki oʻgʻlini tarafini ololmasdi.

— Juda kech boʻldi yotib dam ol, - oʻgʻlining yelkasiga qoʻlini qoʻydida biroz yonida turgach eshikni yopib chiqib ketdi.

Namjoon oʻrnidan turib yotoqqa koʻz tashladi va har doim Jisoo yotadigan,oʻng tarafga borib yotdi. Jisooning ifori toʻshakni tark etmagandi, Namjoon yostiqni oldida chuqur hidladi, birozdan soʻng uni quchib uhlab qoldi❤️‍🩹

Jisoo esa tinmay yigʻlardi. Namjoonning qilgan ishi uchun emas singan ishonchi va parchalangan tuygʻulari uchun tuni bilan koʻz yosh toʻkdi...💔

Tong otdi.
Jisoo oʻzini qoʻlga oldida ishga yoʻl oldi. Oʻzini har qanday yoʻl bilan chalgʻitishni boshladi,oʻzini ishga koʻmib tashladi🙂

Namjoon esa tongda turdida yoniga qaradi, Jisoo yoʻq, xona deyarli boʻsh. Sekin ishga ketishga tayyorlanarkan hech kimga bir ogʻiz ham soʻz demadi. Kuni boʻyi jim yurdi lekin yuragida allaqachon boʻron boshlangandi.

Tushlikda uni oʻsha restoranda koʻrdi, Jisoo esa undan yuzini burib ketib qoldi...

Kunlar shu zaylda oʻtib borardi, kunlar ketidan haftalar oʻtar lekin ikkisi ham ich ichidan toʻkilib boʻlgandi. Namjoon juda koʻp marta unga qoʻngʻiroq qilardi, habarlar yuborardi lekin birortasiga javob kelmasdi. Bir kuni Namjoonning telefoni jiringladi lekin u javob berishni istamadi, bir necha marta jiringlagandan soʻng telefonni koʻtardi. Qoʻngʻiroq qilgan Park Chaeryong edi...

— Eshitaman
— Salom azizim
— Shuncha ishdan keyin qaysi yuz bilan qoʻngʻiroq qilyapsan
— Hol ahvol soʻray dedim, har holda majburiy nikoh qurgan rafiqang tashlab ketdi 😅
— Seni oʻldiraman Chaeryong
— Men bularni badalini toʻlataman degandim,mana hammasini sendan tortib oldim
— Shuni aytish uchun qoʻngʻiroq qilyapsanmi?
— Buncha qaygʻurmasang qayerdagi bir qiz uchun
— U qayerdagi bir qiz emas,ogʻzingga qarab gapir Chaeryong, u men uchun qadrli
— Ouuu Janob Kang Namjoon sevib qolibdilarku😅

Namjoon biroz jim qoldi va oʻyladi " Sevib qoldim?"

— Menga qara Chaeryong,agar yoʻlimdan chiqqudek boʻlsang seni omon qoldirmayman shunday ekan mendan iloji boricha uzoqroqqa qoch

Telefonni oʻchirganidan keyin yuragi yonayotganini his qilardi, savollar tinmay aylana boshladi...
" Men uni sevaman? Nahotki sevib qolgan boʻlsam" Bu narsalar unga tinchlik bermasdi. Uyning har bir burchagi unga Jisoo bilan oʻtkazgan vaqtlarini eslatardi.

Yotoq talashgan
Anjuman uchun tayyorlanib tonggacha suhbatlar qurishgan
Yuvinish xonasida koʻpikka burkangan
Birga kitob oʻqishib kino koʻrgan vaqtlarining barchasi miyasida huddi kinodek aylanardi.
Restoranga borganida uni birinchi marta rashk qilgani va bagʻriga olib yuzidan oʻpganini eslardi...💔

Kunlardan bir kun Jisooning otasi olamdan oʻtgani haqidagi habarlar tarqaladi. Yangiliklarda aytilishicha Janob Kim Ji-hyukda kamyob boʻlgan miya saratoni aniqlangan lekin bu haqida uning oʻzi hech kimga aytmagan ekan. Qizining boshiga tushganlardan keyin kasal battarlashib olamdan oʻtdi⚰️

Jisoo uchun yanada ogʻir kunlar boshlandi.
Onasi yoʻq 💫
Otasi vafot etdi ⚰️
Namjoon yoʻq 💔

Janoza oʻtgach Jisoo qattiq tushkunlikka tushib qoldi. Katta uyda bir oʻzi oʻtirarkan atrofi toʻla boʻshagan Soju va Pivo idishlari edi. Qoʻliga telefonni oldi, raqamlar ichidan bir raqamni topdida oʻylab oʻtirmay qoʻngʻiroq qildi📱

— Jisoo, - Namjooning ovozi gʻamgin lekin havotirli eshitilardi
— Kang Namjoon, yolgʻonchi Namjoon
— Jisoo yaxshimisan?
— Yaxshimisan? Sen soʻrayapsanmi shuni 😅, - asablari charchagan Jisoo oʻz oʻzidan kulishni boshladi
— Ichdingmi?
— Ha ichdim, Juuuudaaaa koʻoʻoʻp ichdim
— Hozir yetib boraman,uyda boʻl, - Namjoon goʻshakni qoʻyib,yarim soatda Jisooning uyiga yetib keldi. Atrof toʻla yoyilgan suratlar, boʻshagan shishalar🥃

— Yo Xudoyim Jisoo bu nima ahvol,- Uning yoniga kelib polda oʻtirgan Jisooni koʻtarib divanga oʻtkazdi
— Sen keldingmi 🫠
— Keldim azizam 🫂, - uni qattiq bagʻriga bosdi
— Qoʻlingni mendan ol, jirkanchsan
— Jisoo menga ishonishing kerak
— Biror dalilsizmi?😅
— Endi dalilsiz emas, men senga dalil olib keldim,- Choʻntagidan telefonni oldiyu Chaeryong bilan suhbatni yozib olganini Jisooga eshittirdi
— Lanati jodugaaaaar, — Jisoo habarni eshitgach baqirib yubordi, va telefonni olib unga qoʻngʻiroq qildi

— Eshitaman
— Eshityapsanmi laʼnati
— Jisoo, mastmisan?
— Hammasi seni deb boʻldi, seni deb boʻldi megajin
— Aqldan ozib qolibsan
Bu orada Namjoon uni tinchlantirishga harakat qilardi lekin bu taʼsir qilmasdi

—Ha aqldan ozdim, seni yoʻq qilaman,seni ham oʻsha ahmoqona kompaniyangni ham yer bilan bitta qilaman
— Oʻzingni kim deb oʻylayapsan
— Qoʻlimdan omon chiqaman deb oʻylama Park Chaeryong,
— Jisoo boʻldi qil iltimos,- Dedi Namjoon, bu ovozni Chaeryong eshitib turgandi
— Oshiq maʼshuqasini yonida ekanda
Jisoo toʻxtamay uni haqorat qilardi, Namjoon qoʻlidan telefonni oldi,oʻchirib bir chetga qoʻydi.

— Namjoon 🥲
— Azizam 🫂
— Bilasanmi seni sevib qolgandim 🥲
Namjoon bu gapni eshitdiyu quloqlariga ishonmasdi, chunki bu tuygʻu faqat unda bor,Jisoo esa uni yomon koʻradi deb oʻylardi, yuragi yorishib ketdi, lekin uni qanday qilib oʻziga qaytarishni oʻylardi.

— Men ham senga yoqaman deb oʻylardim,meni rashk qilyapsan deb bilardim Chaeryong bilan koʻrib qanday holatga tushganimni sen bilmaysan
— Jisoo, sensiz qolib men ham shuni angladim, sensiz yashay olmayman, uyning har burchagi menga seni eslatadi. Birga yurgan koʻchalarimiz, ovqatlangan restoran, musiqalar hammasi faqat seni eslatadi
— Tshshsh gapirma,- Jisoo sochini yigʻishga urunardi lekin eplolmasdi. Shunda Namjoon uning sochlarini silab,yigʻishni boshladi va gapirishda davom etdi
— Sen ketganingda nafaqat uy balki mening yuragim ham boʻshab qoldi, sensiz hech narsani qizigʻi qolmadi
— Chaeryong bilan qiziq😅
— Qanaqa Chaeryong yana, menga u kerakmas faqat sen keraksan Jisoo
— Seni yoqtirganim uchunmi
— Seni sevganim uchun

Shu onda hammasi toʻxtadi. Ikkisi bir biriga uzoq tikilib turardi, Jisooning koʻzlarida gʻam, Namjoonnikida esa umid bor edi.

— Meni kechir Jisoo 🫂
Jisooning koʻzlari yumilib ketardi,biroz jilmaydiyu Namjooning bagʻriga yiqildi,mastlikdan qattiq uhlab qoldi. Namjoon uni koʻtarib oʻz oʻrniga olib bordi,joyiga yotqizdi, Jisoo Namjoonni futbolkasidan qattiq ushlab olgandi, Namjoon uni qoʻlini boʻshatmadi va astagina uning yoniga yotdi, sochlarini,yuzlarini silardi va " U ham meni sevarkan, demak sevgim javobsiz emas, uni qaytarishim kerak" faqat shuni oʻylardi, biroz oʻylanib yotdida Jisooning qoʻllaridan ushlab uhlab qoldi ❤️‍🩹

Tongda Namjoon erta uygʻondi, ikkisi uchun nonushta buyurtma qildi, butun uyni ovqatning shirin hidi tutdi va Jisooning dimogʻiga yetib borib uygʻotib yubordi. Jisoo oshxonaga kirib uyerda Namjoonni koʻrib hayratdan qotib qoldi, Namjoon esa hotirjam va biroz hursand edi🫠

— Uygʻondingmi? Kel oʻtir nimadir yeb ol,necha kundan beri hech narsa yemading 🌝
— Bularni sen tayyorladingmi?
— Albatta, ahr ajoyib oshpazmanku🙂‍↕️, hazil bularni buyurtma qildim🌝
— Bu yerda nima qilyapsan?
— Sening yoningda qoldim tunda😌

Jisoo boshini changallagancha kechagi gaplarin elas elas eslay boshladi 🙉
— Kechagi gaplar...
— Qaysi gaplar,ichib olib alahsiraganingmi, qoʻyaver eslama😌
Jisooning yuzlari qizarib ketdi,yuzlaridan qanchalik hijolat ekani koʻrinib turardi 🫣
— Men ishga ketishim kerak , sen dam ol, kechroq qaytaman😌
— Uyingga ket bu yerga kelma

Namjoon unga biroz tikilib turdiyu keyin kiyimlarini alishtirib tezda ishga ketdi

Jisoo esa hamma narsani eslashga harakat qilardi lekin koʻp ichgani uchun boshi qattiq ogʻriyotgandi, joyiga bordi, 2 ta tabletka va Namjoonni kichik eslatma xatini oldi

“ Bilaman boshing ogʻriyapti, bularni ichib ol keyin dam ol♡"
Jisooning yuziga biroz tabbasum yugurdi va dorini ichib yana dam oldi 🫠

Jisoo umuman bilmasdiki bundan keyingi kunlari u uchun quyoshli boʻlishini,uni oldinda katta baxt va omad kutayotganini...🕊️