June 16

🍃Forced to forever🕊️

❤️ Qayta Tanladim Seni 💍

10-qism | Final | #BAHROMIDDIN 🍃 va #Madina 🕊️

Bahor asta-sekin Seulga qaytayotgandi. 🌸
Ammo hamma uchun ham yangi fasl bir xil boshlanmagan edi.
Park Chaeryong uchun esa bu fasl yakun fasli bo‘ldi. ⚖️

Tergov bir necha hafta davom etdi.
Matbuot xodimlariga berilgan pullar.
Soxtalashtirilgan ma'lumotlar.
Tarqatilgan suratlar.
Tahdidlar.
Hammasi birma-bir isbotlandi.
Sud zalida Chaeryong birinchi marta boshini egib turardi.
Endi na bahona bor edi.
Na qochish yo‘li.
Sudya oxirgi savolni berdi.🫀

— Ayblaringizni tan olasizmi Park Chaeryong?

Chaeryong ko‘zlarini yumdi. Namjoon va Jisoo uzoqroqda o‘tirishardi. Bir necha soniya sukut cho‘kdi.

— Ha. Men barini tan olaman hurmatli sudya...🙂

Sud zali jim bo‘lib qoldi. Chaeryong esa davom etdi:

— Hammasini men qildim.

Ko‘zidan yosh ham oqib tushdi.🥲

— Men uni sevardim. Lekin sevgi deb o‘ylagan narsam aslida xudbinlik ekan. Men yutqazdim. Chunki sevishni emas, egalik qilishni xohlagan ekanman...🌧

Shu bilan Chaeryong hikoyasi yakunlandi.
Ammo boshqalarniki endi boshlanayotgandi. Tarix qayta yozilmoqda edi. Yangi talqinda, yangi hissiyotlar bilan...🫶🏻

Jisoo kasalxonadan chiqqanidan keyin ham Namjoonni to‘liq kechira olmadi. Yuragi hali ham qo‘rqardi. Ishonch qayta tiklanishi uchun vaqt kerak edi. Namjoon esa buni tushunardi. Shuning uchun uni majburlamadi. Har kuni yonida bo‘lishga harakat qildi🕊️

Bir kuni eshigi oldida gullar paydo bo‘la boshladi
Kartochkada esa:
"Bugun ham kulishingni istadim."💐
— Namjoon.🍃
Jisoo gulni hidlab xatni oʻqirkan yuziga yoqimli tabassum yugurdi☺️

Bir hafta o'tib esa sevimli yozuvchisining yangi kitoblari keldi.
Kartochkada:
" Bu kitoblar hali sotuvga chiqmagan, sen uchun bularni birinchilardan boʻlib sotib oldim❤️
Lekin bularni kechirishing uchun pora deb oʻylama zahar xonim😂"

— Voy yaramasee, men zahar boʻldimmi hali 😒, - deb qoʻydi kitoblarni qutidan olarkan 📚

Yana bir kuni ishxonada tushlik payti.Yetkazib beruvchi kelib:
— Kang Jisoo xonim?
— Ha?
— Mana buni sizga yuborishdi, iltimos imzo qoʻysangiz😊
— Kimdan?
— Bunisidan habarimiz yoʻq

Qutida issiq Samgyopsal va bibimpap 🍱
Yonida esa yozuv:
"Bugun nonushta qilmaganingni bilaman. Iltimos oʻzingni ehtiyot qil💕"

Qishning sovuq kunlaridan birida esa Namjoon uning bo‘yniga sharf o‘rab qo‘ydi.
— Shamollab qolasan🌝
— Men bola emasman-ku Namjooon😌
— Bilaman👀
— Unda nega g'amxorlik qilaverasan?🫢
— Baribir xavotir olaman.
Jisoo esa indamadi.
Lekin yuragi asta-sekin yumshab borardi...❤️

Bir kuni Namjoon mashinasini qabriston tomon burdi.
Jisoo hech narsa demadi. Faqat qayerga ketayotganlarini tushundi.
🕊 Otasining qabri. Jisoo asta tiz cho‘kdi. Ko‘zlariga behad yosh keldi.
— Dada...jonim🥲

Uzoq vaqt jim o'tirdi.
Namjoon esa biroz orqaroqda turardi.
Keyin Jisoo sekin gap boshladi.
— Men juda charchadim. Bilaman. Ba'zan nima qilishni ham bilmay qoldim. Men sizni juda sog‘indim dada, yonimda boʻlib menga maslahat berishingizni,erkalashingizni, qizim deb chaqirishingizni sogʻindim dadajon 😭

Ko‘z yoshlar yana oqib tushdi.
Namjoon uning yoniga o'tirdi.🌙
— Janob Kang menga bir marta aytgandilar.
Jisoo unga qaradi.
— "Jisoo juda kuchli qiz."
— ...
— Menimcha ular haq edilar🍃
— Men kuchli emasman Namjoon,dadam meni qoʻllab turganim uchun kuchli edim🥲
— Sen har doim shunday boʻlgansan, boshingdan juda koʻp sinovlar oʻtdi,sen esa ularni yengib oʻtding🫂

Jisoo yig‘lab yubordi. Bu safar darddan emas. Yengillikdan. 🫂
O‘sha kuni ular birinchi marta hamma narsani ochiq gaplashishdi.
Hech qanday sirsiz. Hech qanday g‘urursiz. Faqat yuraklari bilan...❤️

Sevgi ularga borgan sari turli holatlarda qanday tuyg'ular his qilish kerakligini ko'rsatib berayotgandi. Hayotning turli jabxalarida ular hamisha birga bo'lish kerakligini anglayotgan edilar...🍃

Bir oy o'tdi.
Bir kuni Namjoon Jisooni shaharning chekkasidagi kichik bog‘ga olib bordi. Bu yer ular birinchi marta birga kelgan va nikohlari uchun kelishib olgan joy edi. Bahor gullari ochilgan. Havo iliq. Osmon musaffo... 🌸

— Nega bu yerga keldik?👀

— Chunki hammasi shu yerda o‘zgargan😊

— Ha toʻgʻri, oʻshanda juda kekkaygan eding esingdami menga gapirgan gaplaring😂

Namjoon jilmaydi. Keyin cho‘ntagidan kichkina quti chiqardi.
Jisooning ko‘zlari kattalashdi. 💍

— Namjoon...

— Birinchi nikohimiz majburiyat edi. Shu majburiyat yuzasidan birga yashadik😌
Jisoo hayron edi,jimgina unga qarab turardi🌝

—Dadam senga uylanishimni aytganida " Dunyoda Jisoo va Men qolsam ham unga uylanmayman" deb qasam ichgandim, lekin senga telbalarcha oshiq boʻlib qolganimdan keyin sendan ajralib yashagim kelmay qoldi. Chin qalbdan seni sevishimni tan olaman va seni qo'lingni chinakamiga so'rayman sevgilim...💍

Jisooning ko‘zlariga yosh keldi. Namjoon esa nutqida davom etdi.

— Bu safar majburiyat uchun emas.Ota-onalar uchun emas.Kelishuv uchun ham emas.Bu safar sevgi uchun. O'zaro baxtimiz uchun meni qabul qil.❤️

Ko‘z yoshlar Jisooning yuzidan oqib tushdi...❤️‍🔥

— Men seni qayta tanladim Jisoo. Har kuni. Har safar. Qayta-qayta o'yladim. Va bundan keyin ham tanlayman. Shuning uchun... Menga yana bir bor "ha" deysanmi, mening yarmim boʻlishga rozimisan?😍

Jisoo yig‘lab kulib yubordi.

— Ahmoq...🥹

— Bu "ha" deganimi?👀

— Ha😌

— Rostdanmi?🫢

— Ha dedim-ku tentak! Seni yarming boʻlishga roziman 🤭

Namjoon kulib yubordi. Uzuk uning barmog‘iga taqildi. Va uzoq vaqt kutgan baxt nihoyat ularga yetib keldi...💍❤️

Epilog 🌙

1 yil o'tib.

Kang Namjoon va Kang Jisoo baxtli hayot kechirayotgan edi. Uy yana kulgiga to‘la edi. Bugun esa mehmonlar kelgan...🚪
— Saloomlar!
Hyunwoo va Hae-in kirib kelishdi.🌘🌒
— Nihoyat keldinglarmi?😍
— Tirbandlikda qolib ketdik dugonajon kechir 🫢
— Yolg‘onchi sizlar kech chiqqansiz yo'lga😒

Hammasi kulib yubordi.
Shu payt Yoongi ham kirib keldi.

— Voy-voy. Opaginam, do'stginam!😻
— Hali ham sevishib yuribsizlarmi ukoo?😍
— Albatta Jisoo xonim.Men shunchaki paytini kutyapman holos sevgilimni kimgadir berib qoʻyish niyatim yoʻq. Keyin to'yga o'taverasizlar... 😂

Xona kulgiga to‘ldi. Ammo eng xavfli odam hali gapirmagandi. Kang xonim.👀

Dasturxonni turli noz neʼmatlar bilan toʻldirgan Kang xonim erining yonidagi kursiga oʻtirdi va Namjoon va Jisooga tikildi🌝
— Xo‘sh...🙂‍↕️
— Nimadir demoqchimisiz onajonim 😌
— Endi nevaram qani? 👀
Xona bir soniyaga jim bo‘ldi. Keyin hamma birdan kulib yubordi.
Jisoo esa qizarib ketdi. Namjoon esa kulib:
— Ona...
— Men jiddiy so‘rayapman. 😌
— Oyijon hali yoshmizku, Namjoon yaxshi ota,men esa yaxshi ona boʻlishni oʻrganishimiz kerak🤭,— uyalib gapirardi Jisoo

Tashqarida esa bahor shamoli esardi. Ba'zi sevgilar majburiyat bilan boshlanadi. Ba'zilari esa tasodif bilan. Ammo eng go‘zal sevgilar...
Bir-birini qayta tanlay olgan yuraklarda yashaydi...❤️

✨ TAMOM ✨

Maxsus epilog | Ushalgan orzular ❤️

Vaqt hech kimni kutmaydi. Oradan yillar o'tdi. 🌿

Bir paytlar bir-biriga ishonolmay yurgan Namjoon va Jisoo endi bir-birining eng yaqin suyanchig'iga aylangan edi. Ular birga juda ko'p narsalarni boshdan kechirishdi.
Ko'z yoshlarni.
Ayriliqlarni.
Qo'rquvlarni.
Ammo eng muhimi...
ular baxtni ham birga ko'rishdi. ❤️✈️

Nikohlaridan keyin ikkalasi bir qarorga kelishdi.
— Avval dunyoni ko'ramiz. 🌍
Shunday ham bo'ldi. Birinchi sayohatlari 🇯🇵 Yaponiya bo'ldi.
Tokioning tungi chiroqlari ostida Jisoo bolalardek quvonib yurganida Namjoon unga qarab kulardi.
— Nima bo'ldi? Nega kulyapsan 😒
— Seni shunday ko'rishni yaxshi ko'raman😻
— Qanday?
— Baxtli, bolalardek begʻubor 🥰

Keyin ular 🇫🇷 Fransiyaga borishdi.
Parijdagi yomg'irli kechalardan birida Sena daryosi bo'yida uzoq sayr qilishdi. Jisoo Namjoonning yelkasiga bosh qo'ydi.🫠
— Bilasanmi?
— nimani 😌
— Men baxtli ekanimni endi tushunyapman.
Namjoon uning qo'lini mahkamroq ushladi...❤️

Oradan vaqt o'tib ular 🇮🇹 Italiyani, 🇨🇭 Shveytsariyani, 🇰🇷 Koreyaning o'zidagi ko'plab shaharlarni ham birga aylanib chiqishdi.
Har bir surat.
Har bir xotira.
Har bir kulgi.
Ularning sevgisiga yangi rang qo'shib borardi.
📸

Ammo hayot ularga bundan ham katta sovg'a tayyorlab qo'ygandi.
Bir kuni Jisoo qo'lida test bilan Namjoon oldiga keldi.
Ko'zlarida yosh.
Lekin bu safar qayg'u emas.
Baxt ko'z yoshlari edi.
— Namjoon...
— Nima bo'ldi?
— Menimcha... dada bo'lasan.🫠
Bir necha soniya Namjoon qotib qoldi. Eshitishni istagan kunlar yillar kutgan yangiligini eshitgandida..😍

Keyin:
— Rostdanmi!? Hazil emasmi bu 👀
— Nima menga ishonmaysanmi, jiddiy mavzuda qachon hazil qilganman senga🫢
Namjoon uni quchoqlab aylantirib yubordi.
— Ehtiyot bo'l tentak!🥰🫂
— Kechirasan!😻
— Hali tug'ilmagan bolani qo'rqitib yuborma!😂❤️
— Yo Xudoyim, u uchun goʻzal kiyimchalar olaman,oʻzim ovutaman,katta boʻlsa maktabga olib boraman, istagan narsasini olib beraman 🤩

To'qqiz oy o'tib ularning birinchi qizi dunyoga keldi.
Ismini Kang Areum qo'yishdi. Areum — "go'zal" degani🔥
Namjoon esa qizini qo'lidan tushirmasdi.🫀

— Menimcha otasiga o'xshagan😌
— Yo'q u menga oʻxshaydi 🙂‍↕️
— Hechamda Jisoo qara quyib qoʻygandek oʻzimku👀
— Bekorlani aytibsan,qizim menga oʻxshaydi, faqat kipriklari senikidek uzun,burni ham senikiga oʻxshaydi holos 🫣
— Koʻzlari senikiga oʻxsharkan,lablari ham, quloqlari senikidek kichkina 😂

Jisoo kulib yuborardi qiz va ota munosabatini doim guvoxi bo'lib..😻

Ikki yil o'tib esa yana bir qiz tug'ildi. Bu safar uning ismi Kang Nari bo'ldi. Uy endi yanada shovqinli edi💧
O'yinchoqlar.
Kulgilar.
Bolalar ovozi.
Hammasi uyga hayot baxsh etardi.🫠

— Dadaaa!🥲
— Nima boʻldi malikam🌝
— Opam meni urdi!🥺
— Men urmadim!😒
— Urding!😭
— Urmadim! Sal qattiqroq turtib yubordim holos 😒

Namjoon boshini ushlab qolardi. Jisoo esa kulardi.
Ammo hikoya hali hanuz tugamagandi. Bir necha yil o'tib oilaga yana bir mehmon qo'shildi. Bu safar o'g'il bola.
Kang Minjun. Uyda yagona shahzoda.🌿

Lekin opalari uni erkalatib yuborishardi.
— Minjun bizniki!🥰
— Yo'q mening ukam!🔥
— Yo'q meniki!💧
Ajoyib talashishlar bu oilaga juda xos va mos edi..🍂

Bir kuni kechqurun Namjoon hovlida o'tirardi. Qizlari velosiped uchayotgan edi. Minjun esa to'p tepardi. Jisoo esa ularni kuzatib turardi. Namjoon uning yoniga kelib o'tirdi.🍓

— Nima o'ylayapsan?🌝
Jisoo bolalarga qarab kulimsiradi.
— Esingdami?🙃
— Nimani eslading?😌
— Bir paytlar hammasi tugadi deb o'ylagandik.
Namjoon uning qo'lidan ushladi🫴🏻
— Ha esimda, juda koʻp ishlar oʻtdi boshimizdan 🌝
— Lekin tugamabdi,bizni bunday baxt kutib turganini kim ham bilibdi deysan 🥰
— Toʻgʻri 😍
— Endi qaragin, 3 ta shirindan shakar farzandlarimiz bor...🤩

Ular uch farzandlariga qarashdi. Bir-birlariga qarashdi.
Va tabassum qilib yuborishdi.❤️
Ba'zi sevgilar baxtli yakun topadi.
Ba'zilari esa...
Baxtli hayotga aylanadi. 🌸💍✨

"Yoki Sen — Yoki Hech Kim" degan naqlga amal qilgan juftligimizning sevgi hikoyasi yaxshilik bilan yakunlandi...🍃🕊

Muallifdan🕊️ : Sevgi shunday narsaki agar u seniki boʻlsa,sendan boshqasi unga ega chiqolmaydi🌹
Ayriliqlar, koʻz yoshlar,hafagarchiliklar boʻladiyu lekin haqiqiy sevgi senga kerak boʻlganida doim seni topib keladi🍃

Haqiqiy sevishganlar esa:
Soʻngi nafasiga 🕊️
Oxirgi oniga qadar 🍃
Hatto qiyomatda ham doim birga boʻladilar 💞