July 1, 2025

🦋STILL WITH YOU🦋

Jimin u yerdan ketgandan sõng Riani ishxonasiga bordi.Ammo uyerda Ria yõq edi.Uyiga ham bordi.Uyida ham yo'ligini bilgach,uni õsha yerda kutishga qaror qildi.Uni mashinasida kutib õtirarkan birozdan sõng Ria piyoda uyi tomonga kelayotganini kõrib mashinadan tushdi.

Jimin<Ria

Ria

Ria uni kõrib qovog'i uyuldi.

Ria<Ufff sen yetmay turovding😒.

Jimin uni yoniga keldi.

Jimin<Kõp vaqtingni olmayman.Bir ikkita savolim bor.

Ria<Xõsh

Jimin<Jehani yonidagi sõtak kim?

Ria<Sõtak?Qanaqa sõtak?!😟Haa Taeni aytyabsanmi!Men bilmayman.)ketmoqchi edi qõlini ushlab qoldi.

Jimin<Bilmaysanmi?Menimcha juda yaxshi bilasan.Uni yonida nima qilyabdi.

Ria<Senga nima?Baribir u bilan orani uzgansan.Ishing bõlmasin.

Jimin<Ria jaxlimni chiqarma.

Ria<Bõlmasa nima?

Jimin<Ria)qõlini qattiq ushlagandi shu payt uni qõli ustiga begona qõl keldi.

JK<Hoy sekinroq arslon.Sevgan qizing yoki singlingni qõlini ushlamayabsan.

Jongkook

Jimin<Senga nima kimsan õzi?!

JK<Qallig'i bõlaman.Nimaydi.

Jimin<Hih nechinchisi😏?

JK<Og'zinga qarab gapir.)deb yoqasidan oldi.

Ria<Jungkook.Junkook bas qil.Bunga arzimaydi.

JK sekin uni qõyob yubordi.

Ria<Ket Jimin.Agar shunchalik senga qiziq tuyulayotgan bõlsa borib Jehani õzidan sõra.

Jimin ularga biroz qarab turib ketib qoldi.

JK<Nega uni senga bunday muomala qilishiga yõl qõyib berding?

Ria<Nima qilishim kerakedi.Nima bõlsa ham u meni eski dõstim.Seni ham.

JK<U bn anchadan beri gaplashmay qõyganman.

Ria<Tõxta sen boya meni qallig'im dedingmi?

JK<Ha nima?Demasligim kerakmidi?

Ria<Birinchidan Janob Jubgkook biz siz bilan hali unashtirilganimiz yõq.Ikkinchida hali hatto qõlimni sõraganingiz yõq.Shunday ekan,meni qallig'im deyolmaysan.

JK<Qõysangchi.Bugun sen bilan qolmoqchiman.)Deb uni bag'riga bosdi.

Ria uni bag'ridan chiqdi.

Ria<Yõq yõq yõq. Bugun juda charchaganman.Shuning uchun faqat uhlamoqchiman.)deb ketib qoldi.

JK<Yana arazladi.

Jeha

Keyingi kun

Kechki payt Jeha oynadan õziga qarab ichi siqilardi.

Jeha<Ria juda dabdabali emasmi?

Ria<Hechamda.Hozirgi holatga mos tushadi.

Jeha<Ahir oddiy ovqatlanishga ketyabman.

Ria<Bõldi kõp gapirma.

Eshik qõng'irog'i jiringladi.

Ria<Ana bizni yigit ham keldi.Sen õzinga qara eshikni ochaman.

Ria ketganidan sõng Jeha ham biroz oynada õziga qarab turdida kryin u ham chiqdi.Chiqqanida Ria va Tae gaplashib turishgandi.Jeha chiqqanini kõrib Tae unga mahliyo bõlib qoldi.Jeha ham jim qoldi.

Ria<Hoy shu yerda turaverasizmi?

Tae<Ha kettikmi?

Jeha<Haa

Ria Jeha va Taeni kuzatgach endi yotaman degandi qõng'iroq qilib qolishdi.Qarasa JK.Ria erinibgina qõng'iroqqa javob berdi.

Ria<Eshitaman.

JK<Hayotim qayerdasan?

Ria<Jehani uyida.Nimaydi?

JK<Shu hayolimga bir narsalar keldi.Ikkimiz hozir chiqsak sohilga borsak,bir narsalar yesak,film tomosha qilsak a?Nima deysan😁.

Ria<Jungkook tõg'risi bugun juda charchaganman.Uhlamoqchiman.

JK<Tushunarli...Haliyam arazdamizmi?

Ria<Bu nima deganing Jungkook?Bugun fotosessiyadan sõng oyimni ateliyesiga bordim.Oyim ham rossa ish buyurdi.Juda charchadim.Va'da beraman ertaga aniq birga aylanamiz hayotim.Bõpti õchiryabman😘😘.)deb telefonni õchirdi.

JK mashinada ketarkan,gapirdi<Haa dam ol,dam ol.Ertaga seni xursand qilaman.

Shunda unga qõng'iroq bõldi.

JK<Eshitaman holamni õg'li.Gapir.

RM<Salom Jungkook.Ertaga holdingda majlisimiz bor.Bilasana.

Jungkook<Yõõq ertaga meni uchrashuvim bor.Mensiz uddalab turinglar.

RM<Jungkook bu safar ham tashlab ketsang dadanga aytaman.

JK<Akaaa😫.Ertaga Riani qõlini sõramoqchi edim.

RM<Yõõg'e rostdanmi?

JK<Haaa shu oxirgisi bõladi.

RM<Keyinga qoldir.Men bilmayman ertaga seni kutaman.Bõpti)deb u ham õchirdi.

JK<Jin ursin nega hech kim meni eshitmaydi.Rasvo bõldi hammasi.

Taehyung

Tae va Jeha restoranga kelishgandi.O'z stollariga kelishganida Tae iltifot bn Jehaga stolni surdi.Jeha õtirganidan sõng õzi ham õtirdi.

Tae<Hõsh nimani kõproq yoqtirishingni bilmaganim uchun,aniq bir narsa buyurtma qilmadim.

Jeha<Men tanlamayman.Sen tanlay qol.

Tae<Unda bizga manabu taomdan olib keling)deb afitsantga menudan kõrsatdi.

Biroz vaqtdan sõng taomlari keldi va yeyshni boshlashdi.Ovqatlanayotgan paytda bir yigit yonlaridan õtib ketdi.U Jehaga g'alati qarab õtdi.Bundan Taeni jaxli chiqdi.Jehani esa parvoyi falak.

Tae sekin<Jiminni endi tushuna boshlayabman.

Jeha<Nima???

Tae<Yõõq...ovqat mazali ekanmi?

Jeha<Men seni eshitdim.Jimin haqida gapirding.Hõsh uni nima uchun tushuna boshlayabsan?

Tae nariroqdagi stolda unga qarab õtirgan boyagi yigitni imladi.Jeha unga qarashi bn yigit narigi tarafga qarab oldi.Jeha nima bõlganini tushundi.

Jeha<Haaa demak,sizda ham boshlandi janob Taehyung?Uni õzisan.

Tae<Rashk,....shunday tuyg'uki,Jeha.Kuchsiz bõlgan sevgingni yana kuchli qila olishga qodir.

Jeha<Ammo rashk shunday tuyg'uki,Taehyung.Juda kuchli bõlgan sevgingni bir onda parchalab tashlaydi.)Drb ovqatini yeyishda davom etdi.

Tae kulib<Juda aqllisan.Jimin seni bekorga sevmaydi.

Jeha<Bu oldin edi.Shoshma sen Jimin haqida qayerdan bilasan?

Tae<O'zing õylab kõrchi,Seni Jimin bn kim tanishtirgan ya'ni kimlar?

Jeha<Ria va Jungkook.

Tae<Men bilanchi?

Jeha<Ria va Jungkook......Haa endi tushundim.

Tae<Ria,Jingkook,Jimin va Yoongi yoshlikdan birga katta bõlishgan.Ammo ularni orasida yana bir odam bor edi.Ya'ni men.Biz juda yaqin edik

Jeha<Keyin orangiz buzulgan.

Tae<Buzulganmasu,..............gaplashmayqõyganmiz.

Jeha<Sababini bilsam bõladimi?

Tae<Qiz tufayli.

Jeha<Jiminni rashki ya'ni.

Tae<Uni juda yaxshi bilasan😅.

Jeha<Tõrt yil birga yashagandan keyin..

Tae<Haa mayli.Gapni chõzmay a!?

Jeha<Nimani aytyabsan?

Tae<Seni bu yerga nega olib kelganimni bilmoqchi emasmisan?

Jeha<Haaa uni aytyabsanmi?Hõsh.

Tae<Senga uchrashish taklifini bermoqchiman.

Jeha nima deyishni bilmay qoldi!Og'zi ochilib qolgandi.

Tae<Bilaman,bu holatingda taklif qilganim biroz g'alati tuyulishi mumkin Ammo men gapni chõzib yurishni istamayman.Bu Jiminni biroz muddatga unutishing uchun ham yordam beradi.Agar yõq desang ham.....

Jeha<Men hali yõq demadim.Menga vaqt kerak.)Deb õrnidan turib ketayotgandi.

Tae<Jeha.....Ertaga tongda uyingni oldiga boraman.Agar mashinamga chiqsang.Buni roziliging alomati deb hisoblayman.

Jeha indamay chiqib ketdi.

#5_qism_tugadi.