January 3

Reaksiya

-Yaxshiyamki Ustoz Park bizga yordam berdi. U tufayli imtihondan oson o'tdik. (Nara)

-Ustoz Kim esa bizni rosa qiynadi. Lekin u baribir kelishgan. Yomonlik qilsa ham uni yaxsh ko'raveraman (Nabi)

Universitet hovlisidagi o'rindiqlarning birida uch dugona o'tirgancha, ikkitasi dardini bir biriga sotardi. Ular orasidagi bir qiz esa kitobdan boshini ko'tarmay uni o'qirdi.

Nara

Nabi

-Ehh nimasini aytasan. U har qanday holatda kelishgan. Agar meni Ustoz Kimga o'xshagan yigitim bo'lsa bormi? Aish. (Deya Nara hayollar og'ushida ustozini gavdalantirarkan yoqimli tabassum qildi)

-Bunday erkakning Sevgan qizi bo'lish haqiqiy baxt! Nima deb o'ylaysizlar ustoz Kimni sevgan qizi bormikin-a? Agar bor bo'lsa unga rosa havasim kelyapti bir tomondan esa uni sevgan qizi bo'lmasligini hohlayapman. Men bunga ko'nika olmayman ( deya Nabi ham lablarini burishtirib qolarkan, dugonasining gapidan ta'sirlangan Nara ham lablarini shishirdi)

-Aish, Men ham ko'nika olmasam kerak. Isul sen nima deb o'ylaysan? Ustoz Kimning sevganj qizi bormikin-a (deya ikki qiz ham o'rindiqning bir boshida o'tirib kitob o'qiyotgan qizga savol nigohi bilan qarashdi. Bu suxbatni boshidan tinglab o'tirgan Isul kirik pirpiratgancha kitobdan boshini ko'tardi)

-Haligi, men o'ylaymanki bunday ishiga berilib ketgan va faqat bilim haqida o'ylaydigan odam uchun unga chidaydigan qizni o'zi yo'q. Ko'rdingizku, u faqat bilim berish, ish haqida o'ylaydi. Tashqi ko'rinish aldamchi holos! Qolaversa u zerikarli (deya Isul soxta tabassum yasab dugonalariga gapirarkan, Nara va Nabining birdan chimirilgan qoshlaridan jim bo'lib qoldi)

-Yaaa...ustoz zerikarli va faqat ishi haqida o'ylasa ham baribir har qanday erkak sevgan qizi uchun o'zgaradi-ku? Lekin zerikarli bo'lsa ham uning sevga qizi bo'lishga rozi edim. (Nara)

-Men ham. (Deya Nabi lablarini burib chuqur nafas chiqardida birdan ko'zlar porlab ketdi)

Kelinglar bugun klubga boramiz?! Axir imtihonni yaxshi baxolarga topshirdikku?! Ho'sh nima deysiz? Bugun qo'shimcha darslar ham yo'q. (Nara)

-Bo'kkunimcha ichgim kelyapti. Chiroyli yigitlar ham bo'ladi. Nabi boradi (deya Nabi o'zidan mamnun o'rindiqqa keng yoyilgancha o'tirib oldi. O'ziga kerakli bo'lgan javobni olgan Nara esa lab chetida jilmayib, Isul tomon qaradi)

-Senchi, Isul?

-Aaa... Men bilmadim

Yaa o'ylab o'tirasanmi? Rozi bo'laqol! Chigal yozib kelamiz, Isulshii

-Haligi...

~Hayrli kun qizlar

Erkak kishining yo'g'on Ovozidan bir vaqtda ortga o'girilgan 3 qiz qarshidida mukamal ko'rinishga ega ustozini ko'rib jim bo'lib qolishid. Nara va Nabi bir birlariga qarab hijolat tortgancha kulib qo'yishdi. Isul qizlarga sezdirmay lablarini tishlab burnini jiyirdi.

-Hayrli kun Ustoz Kim (deya Nara Isul va Nabi o'rinlardan turib quyi bosh egib qo'yishdi)

Qoshlari bir tekis bo'lib yuzini sovuqlik qoplagan Namjoon birdan huddi quyosh chiqqandek tabassum qildi.

-Suhbatingizni bo'lganim uchun qizlar. Sizlarga buni aytishim kerak deb o'yladim. Nabi kechagi qilgan ishing uchun seni Ustoz Jeon qidirayotgandi.

-Aa? Nima qildim? (Nabi)

-Kecha inshoni ohiriga yetkazmay darsdan javob so'rabsan uni tugallashing kerakligini aytdi.

-Aishh men tezroq qochishim kerak...Ustoz Jeon meni tinch qo'ymaydi? Ustoz Kim meni bu yerda ko'rganingizni aytmang, iltimos? Hopmi? Qizlar, men ketdim.. Kechki payt qo'ng'iroqlashamiz (deya Nabi sumkasini ortiga ilib egilgancha huddi, o'g'rilardek yugurib ketib qoldi. Uning ortidan qarab qolgan Nara esa ensasini qotirdi)

Shu ikki betlik narsani yozish qiyinmii? Tavba (Nara)

Ho'sh qizlar sizlar esa ortimdan yuring. Bugun Tarixdan qo'shimcha mashg'ulot o'tamiz.

Yaa Ustoz bugun Chorshanba-ku. Qo'oshimcha darslar ertaga (Nara)

Tarixdan otgan haftadagi baholaringizni
tekshirdingizmi? Oddiy savollarga javob yopa olmagansiz. Nara, sen o'z davlating asoschisini ham bilmaysan.

-Choson qirolimi? Ismi nima ediya?

Isul, sen "Hindistonni qaysi davlat mustamlakaga aylantirgan?" degan savolga Indoneziya deb javob bergansan. Ikkingiz ham testni ko'zzingizni yumib bajardingizmi?!

-Haligi m.men (Isul dovdirab nima deyishini bilmay qoldi. Nara ham lablarini tishlab o'zini oqlashga baxona topa olmay sekin sumkasini qo'liga oldi)

-Ustoz biz halgi endi qattiq o'qishga vada beramiz. Va shu desangiz bugun oyim vahliroq kel degandi. Men oyimni kuttirmay boraqolay. Yana bir bor Hayrli kun (deya Nara Isulning yelkasiga urib qo'ygancha tezda bu yerdan juftakni rostladi. Namjoon va Isul u ketgan tomonga qarab qolishdi. Keyingi navbatda Namjoon nigohlarini hali ham Nara ketgan tarafga qaratib turgan qizga qaratdi)

-Demak club degin (deya Namjoon qoshlarini chimirib qo'llarini cho'ntaklariga soldi)

-Men hali rozilik bermagandim.

-Men kelmaganimda berarding.

Baribir bermasdim.

Borib ham ko'rchi! Oyog'ingni sindiraman.

Time skipping

-Yaa, Jonnie, yana hafa bo'ldingizmi? (Deya Isul Mashina yo'lga tushgandan beri tinimsiz Namjoonga savol berib, o'rniga faqat sukunatni javob qilib olayotgan Isul qoshlarini chimirdi)

-Oxirgi payt qizlarga o'xshab tinimsiz hafa bo'lyapsiz.

-Chunki men zerikarliman va menga chidash qiyin (deya Namjoon Isulga qaramay mashina boshqarish davomida vanihoyat tilga kirdi)

-Nima?

Bugun menga sevgan qizim tomonidan shunday ta'rif berildi. Men zerikarliman va menga chidaydigan qiz yo'q

Bu gaplardan Isul ko'zlarini qisib, ayb ustida qo'lga olingan odamdek yuzlarini burushtirdi.

-Jonnie

-Namjoon. Kim Namjoon mening ismim. (Deya Namjoon kinoya bilan gapirib qovoq uyib Isulga qaradi)

Yaxshi. Men shunchaki ularga sizni sevganimdan shunday dedim. Chunki ular sizni yaxshi ko'rishadi. Sizdek sevgan insonlari bo'lishni xohlashadi. Nima deyishim kerak edi. "Ustoz Kim haqiqiy romantik uni sevgan qizi esa menman" deyishim kerakmidi Qolaversa rostini gapirdim (deya Isul jon jaxti gapirib ohirgi so'zlarga kelganda qo'llarini ko'ksi ustiga bog'lab arazlagan boladek oyna tarafga yuzini burib oldi)

-Nimani rost aytgansan?

-Siz rostdan ham zerikarlisiz va faqat ishingizni o'ylaysiz! Sizga Romantik degan so'z uvol!!

Shunday degin. Demak shunday o'ylaysan. (Deya Namjoon boshini quyi chayqab mashinani keskin yo'l chetiga to'xtatdi)

Yaa bu nimasi sekinroq. (Deya Isul mashinaning qoraytirilgan oynalarini ko'tarayotgan Namjoonga qarab kiprik pirpiratdi: -N.nnima qilyapsiz?
(Deya Isul Namjoonga tushunqiramay qarab turarkan, yigit savolga javo bermay Isulni bir urunishda belida ushlab o'ziga tortdi. Isulning ko'zlari moshdek ochilib ketdi. Namjoon bir qo'lini uni boshining orqasidan o'tkazib ushladi va ko'zlariga tikildi. Isul hayajondan yuragi chiqib ketgudek bo'lib urar, kiprik qoqmasdan Namjoonning ko'zlariga qarab turardi.Namjoon qizning ko'zlarida nigohini uzib sekin pastlashdi. Qizning tanasini skaner qilgandek qarab chiqib, so'nggi manzil och pushti lablarda nigohlar to'xtab sekin yaqinlashdi)

-Ana ko'rdingmi? Sen meni Ramantikamni ko'tarolmaysan Park Isul. Yuraging yorilib o'lishingni ham hohlamayman. Shuning uchun sen bu narsalarga qiziqma, Romantika faqat diydasi qattiqlar uchun. Pufak yuraklar uchun emas.(Deya yana Namjoon mashinani haydasha davom etdi Isul esa kipriklarini pirpiratgancha qolaverdi)

Tamom
Park Isul

Yoqimli mutolaa πŸ₯° πŸ₯°πŸ₯°